Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №15 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №15 InfoMaster Mart 31, 2022 590 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №15 TAQSIM SON ,UNING YASALISHI KASR SONLAR .ULARNING YASALISHI VA IMLOSI HISOB SO’ZLARI TARTIB SONLAR MUSTAHKAMLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 54 Yopiq bo'g'inlardan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so'zni belgilang A) sunbul B) paxta C) kitob D) ko'cha 2 / 54 Dehqonchilikdan so'zida nechta morfema (ma'noli qism) bor? A) 2 B) 4 C) 5 D) 3 3 / 54 Fe’l asoslariga qo’shilib, gapda kesim vazifasida qo’llanishiga xoslovchi shakllar ... A) zamon qo’shimchalari hisoblanadi . B) mayl qo’shimchallari hisoblanadi . C) shaxs-son qo’shimchalari hisoblanadi D) munosabat shakllari hisoblanadi . 4 / 54 Qaysi nisbatdagi fellar vosita bilan bajarilgan harakatni bildiradi? A) birgalik B) majhul C) o’zlik D) orttirma 5 / 54 Qaysi qatorda fe’lning sifatdosh shakli berilgan ? A) Vahima –dushmanning yo’ldoshi B) Davlat –qo’shini fuqarolariga sadoqatli va fidoiyligi bilan qudratlidir C) Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar . D) Yozilgan narsa avlodlar xotirasida ,qilingan ishdan ham uzoq yashaydi 6 / 54 Yodgor kelib-kelmay hasharni adog’iga yetkazdi. Ushbu gapda ravishdoshning qanday ma’no turi bor? A) holat B) sabab C) payt D) maqsad 7 / 54 U bu gapni bilmasdan aytib yubordi. Ushbu gapda ko’makchi fe’lning ma’nosi ... A) davomiylik B) to’la yakunlanish C) tez va oson D) bajarishga imkoniyat 8 / 54 Kelasi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping. A) -qan B) -adigan C) -yotgan D) -gan 9 / 54 Qisqartma otlar qanday tuziladi A) Har bir so’zning bosh qismlaridan B) Har bir so’zning bosh harflaridan C) A,B,C D) Birinchi so’zning bosh qismi, keyingi so’zlarning bosh harflaridan 10 / 54 Shaxs oti yasovchi qaysi qo‘shimcha turdosh otga ham, atoqli otga ham qo‘shila oladi? A) -lik B) -dosh C) -vchi D) -soz 11 / 54 Kichraytirish otlarini yasovchi qo’shimchalar qo’shilgan so’zlarni toping A) o’zicha ,archa B) yangicha , eskicha C) novcha , o’zbekcha D) uycha , ko’zacha 12 / 54 Orttirma daraja yasovchi vositalar qaysi qatorda to’g’ri berilgan. A) -(i)sh, -(i)mtr, -ish. B) ser, hush, no. C) juda, -roq, -m. D) eng, nihoyatda, g’oyat. 13 / 54 Ozaytirma sifat hosil qiluvchi so’zlarni belgilang. 1.sal 2.biroz 3.juda 4.xiyla A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2 14 / 54 Jamlovchi son ishtirok etmagan javobni tanlang. A) Shu oltovimiz bir tan, bir jon bo’lib kurashaylik. B) Qizlarning uchoviga ham mukofot berildi. C) Maktabda o’n chog’li bola yig’ilgan. D) To’rtovlari qotib-qotib kuldi. 15 / 54 Taqsim son qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Hozir uyida shunaqa antiqa bodringdan to’rttasi bor. B) Ularning ikkovi ham jim qolishdi. C) So’rining shundoq yonida ikki dona olma tushibdi. D) Bemorlar palatalarga to’rttadan joylashtirildi. 16 / 54 Qachon tartib sonlardan keyin chiziqcha qo’yiladi? A) A, C B) rim raqamlari bilan ifodalanganda C) arab raqami bilan yozilganda D) so’zlar bilan ifodalanganda 17 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu gapni ikkinchi gapirmang . A) birov. B) boshqa. C) teng. D) g’alati. 18 / 54 Qaysi son arning yozilishida chiziqcha noto’g’ri ishlatilgan? 1. 14-bob 2. 26-uy 3. XV-asr 4. 1980-yil 5. 8-Mart A) 4,5 B) 2,3 C) 3 D) 1,2,3 19 / 54 Kasr son qo’llangan qatorni ko’rsating. A) ... qizarib —bo’zarib, ketmondek oyning yarmi ko’rinadi. B) ... to’rt —beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi C) Novvoyxonadan ikkita issiq. non olib chiqay D) Ikki hovli qo’shib yuborilgan edi. 20 / 54 Qaysi qatorda kasr son ishtirok etgan ? 1 Bolalar eshaklarga yem berib o'zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o'tdi 2 Oilada kimda kim sahar soat to'rt yarim behlarda uyg'onsa o'sha yuzga yaqin odamdan iborat navbatga chopadi 3. Yo'lning kengligi 10,5 m ni tashkil qiladi 4 Rejaning uchdan ikki qimi bajarildi A) 2,3,4 B) 1,2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,2 21 / 54 Taqsim son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi raumkin B) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan C) Shaharda bitta doktorxona bor D) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik 22 / 54 Qaysi qatorda taqsim son hosil qiluvchi qo’shimcha berilgan. A) -ovlon. B) -tadan. C) -tacha. D) -ov 23 / 54 Qaysi qatorda otlashgan sonlarga egalik qo’shimchasi noto’g’ri qo’shilgan? A) uchovi, to’rtovi B) uchovlari, beshalangiz C) beshovim, ikkalam D) ikkovimiz, to’rtalasi 24 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) Saida birinchi majlisni o’ttkazishga tayyorgarlik ko’ra boshladi. B) Biz ikki yarim yil ichida ko’p yutuqlarga erishdik. C) Besh oylar chamasi o’tgach, Ummatalini chaqirishibdi. D) Uchovimizning maqsadimiz bir. 25 / 54 Quyidagi guruhdan taqsim sonli gapni aniqlang. A) Zarifa ikki-uch og’iz gap qildi. B) Uchovi qabulxonaga kirishdi. C) Ikala moysafid ham ko’chatzorga borishdi. D) Har birimiz bittadan kitob oldik. 26 / 54 Quyida berilgan hisob so’z qanday ifoda uchun xizmat qilgan ? Bir qultum suvga zor bo’lib A) butunning bo’lagi B) masofa C) og’irlik o’lchovi D) predmetni yakkalab hisoblash 27 / 54 Quyidagi gapdagi sonning ma'nosini aniqlang. Tokchadagi beshinchi chiroq lippillab yonar edi. A) aniq miqdorni. B) tartibni. C) narsaning turini. D) noaniqlik ma'nosini. 28 / 54 1 Milliy istiqlolga birinchi qadam 1989 - yil 21- oktabr ”Davlat tili haqida”gi Qonunni qabul qilish bilan qo’yildi. Ushbu gapdagi birinchi so’zi o’rniga uning ma’nodoshlaridan qaysi birini qo’ysa mantiqan to’g’ri bo’ladi? 1.avvalgi 2.dastlabki 3.ilk 4.eng yaxshi A) 1,2,3,4 B) 1,4 C) 2,3,4 D) 2,3 29 / 54 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) burda, para, karch, chimdim, dasta B) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq C) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq D) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch 30 / 54 Taqsim son qanday hosil bo’ladi. A) Hisob so’zlardan keyin -dan qo’shimchasini keltirish orqali. B) dona sonni takrorlash orqali. C) Ikki sonni juftlash orqali. D) .A, С 31 / 54 Tartib son ma’no vazifasiga ko’ra qaysi so’z turkumiga yaqin turadi? A) olmoshlarga B) otlarga C) sifatlarga D) ravishlarga 32 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) Yoniga yarimta nonni tiqib, yo’lga otlandi. B) Shu yerda o’n besh minut turamiz. C) Beshovlon birdan xoxolab yubordik. D) U uchalasiga rosa sinchiklab tikildi. 33 / 54 Hisob so’zlar qo’llangan gapni toping A) Topgan bir dasta gul ,topmagan bir bog’ piyoz B) Yarim yorti ishlar bizga yoqmaydi C) Ikki do’st suhbatlashib o’tirishardi D) Tanklar jangini Ahmadjon birinchi marta ko’rishi edi 34 / 54 Qaysi songa egalik qo’shimchasi ikki marta qo’shilgan? A) o’ntasiga B) yarmisini C) beshovini D) yuztachasini 35 / 54 Hisob so’zlar asosan sonning qaysi turi bilan birga qo’llanadi ? A) chama son B) dona son C) sanoq son D) jamlovchi son 36 / 54 Ma’lum bir miqdordagi narsa-buyumlarni bir butunlik sifatida jamlab keladigan sonlar ......... deyiladi. A) sanoq son B) kasr son C) chama son D) jamlovchi son 37 / 54 Qaysi gapda qo’llangan o’lchov so’zi alohida olinganda predmet nomini bildirib matn ichidagi o’lchov ma’nosini bildiradi ? A) To’rt yashik xurmo terishdi . B) To’rt nafar talaba darsga qatnashmadi C) Uyning orqasida to’rt sotix ekin maydoni bor D) Shahargacha hali uch chaqirim bor 38 / 54 Qaysi gapda kasr son mavjud ? A) Qizaloq yarim tishini ko’rsatdi. B) Bu yarim yo’lda yodiga tushdi. C) Ikki yorti-bir butun. D) A, B , C 39 / 54 Kasr son haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri? A) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan qaratqich kelishigida keladi. B) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan o’rin payt kelishigida yeladi C) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish va qaratqich kelishigida keladi. D) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish kelishigida keladi. 40 / 54 Kasr son qatnashgan gapni toping. A) Sizlar mana shu to’qqizta xivichni birga qo’shib sindirib ko’ringlar-chi! B) Azim har yelkasiga to’rttadan odam o’tiradigan yigit bo’libdi. C) Bolalar eshaklarga yem berib, o’zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soat vaqt o’tdi. D) Bekatda o’ntacha odam avtobus kutib turardi. 41 / 54 Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar .... deyiladi ? A) kasr son B) chama son C) sonoq son D) taqsim son 42 / 54 Taqsim son qaysi gap tarkibida mavjud emas? A) U bu yilgi bahorda har yuz ona qo‘ydan bir yuz yigirma bittadan qorako‘l qo‘zisi oldi. B) Qurolsiz, navkarsiz mulla Fazliddin Ahmad Tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi?! C) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit boiibdi. D) Qulupnayning mevasi naviga qarab, uchtadan - saksontagacha bo‘lishi ham mumkin. 43 / 54 Qaysi sonlar ma’no jihatidan sifatlarga yaqin turadi? A) jamlovchi sonlar B) tartib sonlar C) kasr sonlar D) miqdor sonlar 44 / 54 Butunning bo’lagini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so’zlar berilgan qatorni toping A) siqim , to’da , botmon B) dasta ,shoda , bog’ C) chaqmoq , luqma , shingil D) nafar, bosh , nusxa 45 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu shubhasiz, bizning yutug’imiz. Lekin ikkinchi tomonini ham esdan chiqarmaslik kerak. A) teng. B) boshqa. C) g’alati. D) birov. 46 / 54 Kasr son berilgan gapni aniqlang. A) Ahmadjon ularga qarab uch sidra o’q yog’dirdi. B) Bobom yarimta tishini ko’rsatib kuldi. C) Uchovimizning maqsadimiz bir. D) Bir bor gapirdim, ikki bor gapirdim, quloq solmadi. 47 / 54 Qaysi javobda bir xil kasr sonlar berilgan. A) bir butun, beshdan uch, nimchorak, ikki yarim. B) nol butun uchdan ikki, bir chorak, sakkiz yarim. C) to’rtdan uch, yarim chorak, bir yarim. D) yettidan besh, uchdan ikki, oltidan bir. 48 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar sonlar bilan qo’llanganda qanday tinish belgisi qo’yiladi ? A) tire, vergul B) ikki nuqta C) tinish belgisi qo’yilmaydi D) nuqtali vergul 49 / 54 Tartib son yasovchi –inchi (-nchi) qo’shimchalari murakkab sonlarga qay tarzda qo’shiladi? A) faqat oxirgi songa qo’shiladi B) hamma songa qo’shiladi C) vaziyatga qarab murakkab sonning talab etilgan qismiga qo’shiladi. D) birinchi songa qo’shiladi 50 / 54 Qaysi qatorda hisob so’zlar berilgan? A) uchdan biri , yarimta , nimchorak B) minglab ,minglarcha,o’nlab C) gektar , tanob , qop D) beshtadan , uchovlon ,yuztacha 51 / 54 Tartib son yasovchi qo’shimchani toping. A) -larcha. B) -lab. C) –lar D) -(i)nchi. 52 / 54 Qaysi sonlar omonimlik xususiyatiga ega bo’lishi mumkin? 1.ikki 2.yuz 3.yigirma 4.to’rt 5.uch 6.qirq A) 2,3,5,6 B) 2,5,6 C) 1,2,6 D) 1,2,3,4,5,6 53 / 54 Qaysi qatordagi gapda hisob so’zlari mavjud? A) Aravaga qo’shib bo’lmaydigan begona ikki otdan tamoman darak yo’q. B) Shu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan tog’olchani keltirib qo’ydi. C) Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi. D) Cho’ponlar har tunda bittadan qo’y g’oyib bo’layotganini sezib qolishdi. 54 / 54 Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida qo’llanib, bu narsaning o’lchovini bildiradigan so’zlar ... A) kasr son B) taqsim son C) tartib son D) hisob so’zlari 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz