Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №13 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №13 InfoMaster Mart 31, 2022 88 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №13 SIFATLARNING QIYOSIY DARAJA SHAKLI SIFATLARNING OZAYTIRMA DARAJA SHAKLI SIFATLARNING MA’NO TURLARI XUSUSIYAT ,HAJM –O’LCHOV ,MAKON –ZAMON SIFATLARI RANG –TUS ,MAZA-TA’M VA HID SIFATLARI SIFATLARNING OTLASHUVI MUSTAHKAMLSH SON Mavzular yuzasidan testlar 1 / 52 Lablangan unlilar qatorini aniqlang A) a,i B) o’,o,u C) barcha unlilar D) a,i e 2 / 52 Quyidagi so'zlarning qaysisi uchta ma'noli qismlarga bo'linmaydi? A) yupanch B) o'tinch C) sevinch D) sog’inch 3 / 52 Fe’llar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) sodda fe’llar, qo’shma fe’llar, takroriy fe’llar B) sodda fe’llar, qo’shma fe’lar, juft fe’llar,takroriy fe’llar C) ) sodda fe’llar, qo’shma fe’llar, yasama fe’llar D) sodda fe’llar va qo’shma fe’llar 4 / 52 Orttirma nisbat ma'nosi kuchaygan so'zni aniqlang. A) gapirtirma B) surishtirishdi C) o'qittirmoq D) bildirib qo'ygin 5 / 52 O'tgan zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) - b(ib) B) - yotgan C) -gan D) -ydigan ,adigan ,-(a ) r 6 / 52 Fe’lning ravishdosh shakli haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) barcha javoblar to’g’ri B) -gancha (-kancha, -qancha) qo’shimchali ravishdosh harakatning holatini anglatadi C) -gani (-kani, -qani, -gali) qo’shimchali ravishdosh harakatning maqsadini bildiradi D) -b (-ib), -a (y) shakllari harakatning paytini ham anglatadi 7 / 52 Fe’lning munosabat shakllariga qaysilar kiradi? 1.zamon shakli 2.mayl shakli 3.shaxs-son shakli A) 2, 3 B) 2 C) 1, 2 D) 1, 2, 3 8 / 52 -gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’noni bildiradi? A) So’zlovchining o’zi o’tgan zamonda bevosita ko’rgan harakat va holatni bildiradi B) Harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi . C) Ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi . D) Harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtida yuz berishini bildiradi . 9 / 52 Xabar mayli shart mayli o'rnida qo'llangan gapni aniqlang. A) Biz ishlaylik-da, siz dam oling -shunaqami? B) Kuling, do'stlar, umringiz uzoq bo'ladi. C) Va'da berdingmi, bajar. D) Awal qarzingni to'laysan, keyin aka-ukachilik bo'ladi. 10 / 52 Qaysi maqolda ikki o'rinda narsa oti qo'llangan? A) Uying tor bo'lsa ham, ko'ngling keng bo'lsin! B) Ko'kka boqma, ko'pga boq! C) Asal aynimas, sariyog' sasimas. D) Sayoq yurgan tayoq yeydi 11 / 52 Qanday otlarga ko‘plik qo'shimchasi qo'shilganda kuchaytirish, ta’kidlash ma’nosi anglashilmaydi? A) donalab sanalmaydigan otlarga B) mavhum otlarga C) odamning juft a’zolari nomiga D) odamning toq a’zolari nomiga 12 / 52 Qaysi gapda nisbiy sifat qo’llangan ? A) Yangi kitob o’qidim B) Kengroq yerni tanladi C) Tushki ovqatni yedik D) Bola shirin uyquda edi 13 / 52 Sonlarni qaysi so’z turkumlaridan yasash mumkin. A) ot va sifatdan. B) fe'ldan. C) sonlar yasalmaydi. D) faqat sonlardan 14 / 52 Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to'lishrpagan qandaydir beshakl oyxira, rangsiz yiltiradi. Berilgan gapda rang –tus bildiruvchi nechta sifat ishtirok etgan ? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta 15 / 52 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud? A) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi. B) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik. C) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda. D) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. 16 / 52 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar qatnashgan? A) Sap-sariq oltinday behilar sotuvga chiqarildi. B) Bir g’uncha edingiz yel ham tegmagan,ifor taraladi sizdan muattar C) Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o’xshaydi. D) Elmurod chaynaganini yutinib, nonga tikilib qoldi. 17 / 52 Ki hisob ichra bor edi o’n lak, Har laki o’n tuman kelib beshak (Navoiy). Navoiyning misralarida qo’llangan bir lak nechaga teng. A) million. B) yuz ming C) ming D) yuz 18 / 52 Predmetning xususiyatnini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda berilgan ? A) shirin ,achchiq , nordon B) novcha , og’ir , katta C) ko’k ,sariq , yashil D) kamtar, xushfe’l , sho’x 19 / 52 Sonning morfologik hususiyatlari qaysilar ? A) Sonlar gapda aniqlovchi va kesim vazifasida keladi. B) Boshqa so’z turkumlaridan son yasalmaydi. C) A, B D) Sondan turli so’z turkumlari yasalishi mumkin. 20 / 52 Otlashgan sifatlar qaysi gapda berilgan? A) Oramizda bilimdon o’quvchilar ko’p. B) Hunarli o’lmas, hunarsiz kun ko’rmas. C) Yaxshilik, ezgulik insonning eng oliy fazilatidir. D) Dono, aqlli odamlar hech qachon yo’ldan adashmaydi. 21 / 52 -imtir, -ish qo’shimchalari sifatning qaysi ma’no guruhlariga qo’shiladi? 1. xususiyat 2. rang-tus 3. maza-ta’m 4. hajm-o’lchov 5. hid 6. makon-zamon A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) faqat 2 22 / 52 Qaysi gapda paytga munosabat bildiruvchi sifat mavjud? A) Sport musobaqalarida dastlabki natijalar chakki emas. B) Shodmonqul ertalab guzarga chiqib ketdi. C) Uydagi gap ko’chaga chiqmasin. D) Buvim va bobom pastki hovlida o’tirishadi. 23 / 52 Ozaytirma darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi B) Tilimiz dag'alroq ,ldkin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan . C) Lola qizil ,oq ,sariq ranglarda tovlanib ochiladi D) Onamning ismi Enaxon ,nihoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol 24 / 52 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) badbo’y, sovuq B) serob, kamchil C) nimtatir, chuchmal D) bo’ydor, xushbo’y 25 / 52 Oddiy va qiyosiy darajadigi sifat qaysi gapda qo’llangan. A) To’g’ri odam egri so’zdan or qilar. B) Sayohatchilar tog’ning eng baland cho’qqisiga chiqdilar. C) Ota, yurtimizning bu kuni baxtli, chiroyli, ertasi, indini yana baxtliroq, chiroyliroq bo’ladi. D) Anorning urug’i sersuv, nordon shirin. 26 / 52 Qaysi qatorda sifatning ozaytirma darajasi berilgan? A) Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq. B) Kutubxonadan yangigina kitobni olib keldim. C) Muyulishda eng katta yuk mashinasi ko’rindi. D) O’quvchilar tap-tayyor binoga ko’chib o’tishdi. 27 / 52 Quyidagi sifatlardan qaysilari xususiyat sifatlari guruhiga kiradi? 1) uzun ; 2) keng; 3) baland; 4) yangi : 5) xursand; 6) kamtar; 7) bulturgi; 8) bahabat, 9) no'noq; 10) notanish; 11) kechki; A) 4,7, 11 B) 5. 6, 9, 10. C) 1. 2, 3, 8 D) 1,2,3,4 28 / 52 Qiyosiy darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Lola qizil ,oq 5sariq ranglarda tovlanib ochiladi B) Onamning ismi Enaxon ,nihoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol C) Tilimiz dag'alroq ,lekin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan . D) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi 29 / 52 Quyidagi silatlardan qaysilari hajm-o'lchov sifatlari guruhiga kiradi? 1) uzun; 2) keng; 3) baland; 4) yozgi. 5) xursand; 6) kamtar; 7) bulturgi; 8) bahaybat; 9) no'noq: 10) notanish; 11) kechki; A) 5. 6, 9, 10. B) 4, 7, 11 C) 1. 2, 3. 8 D) A va C. 30 / 52 Zamon-makon sifatlariga qaysi bandda misol berilgan? A) devoriy, tonggi B) ertalab, har kuni C) suvda, yozda D) g‘ishtin, tashqari 31 / 52 .Sifatlarning ma’no guruhlarini belgilang. 1.Xususiyat bildiruvchi sifatlar 2.Rang-tus bildiruvchi sifatlar 3.Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar 4.Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlar 5.Hid bildiruvchi sifatlar 6.Makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar A) yuqoridagilarning barchasi B) 1,2,3,4 C) 1,2,4 D) 1,2,3,4,5 32 / 52 Otlashgan sifat qaysi gapda qo'llangan? 1. Sen meni yomon deding. 2 To'g'ri, haqiqategiladi, biroq sinmaydi, 3. Testlarning ko 'pida xato qildim. 4. Bu yerda о 'z ishining ustalari yig 'ilgan. A) faqat 1 B) 3,4 C) 2, 4 D) 1, 4 33 / 52 Qaysi gapda arab raqamlari ishlatilgan. A) Sen birovga birni bersang boshqa senga mingni beradi. B) Ikkinchi qavatga ko’tarilsangiz, biznikiga chiqqan bo’lasiz. C) Mahmud Koshg’ariy XL asrda yashagan. D) O’zbekistonda 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari “ yili deb e'lon qilindi. 34 / 52 Erkalash, suyish qo’shimchalari sifatlarga qo’shilgan gapni toping. A) Tentakkinangiz savlatlikkina yigit bo’lib qaytdi-da, sallotlikdan. B) Oyqizginam, sen bilan maslahatlashadigan ishlarim ko’payib ketdi. C) Kechir, arslonim, hozir uyingga bormoqchi edim. D) Kelinglar, qizaloqlarim, gullolalarim, o’tiringlar. 35 / 52 Qaysi qatorda sifat otlashmagan? A) Ko`r tutganini qo`ymas, kar eshitganini. B) Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyning past-balandini tekislab bo`lgandi. C) Senga o`xshash bilmasvoy bolalarga ketgan mehnatlarimga achinmayman. D) Axir, musulmonman, aylanay dedi Hoji xola. 36 / 52 Ozaytirma sifat hosil qiluvchi so’zlarni belgilang. 1.sal 2.biroz 3.juda 4.xiyla A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2 D) 1,2,3,4 37 / 52 1. Lobarxon oyoqlarida zo‘rg‘a tursa ham, nur ko'rganidanmi yo dimog'ini qitiqlayotgan yoqimli hiddanmi, har qalay tinmay jilmayar edi. 2. U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlami, mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o'qiydi. Berilgan gaplardagi yoqimli so‘zi sifatning qaysi turiga mansub? A) 1-gapda hid, 2-gapda xususiyat B) 1-gapda hajm-o‘lchov, 2-gapda xususiyat C) 1-gapda hid, 2-gapda maza-ta’m D) 1-gapda xususiyat, 2-gapda maza-ta’m 38 / 52 Boshqa turkumlardan sifatga ko’chgan so’zlar qatnashgan birikmalarni toping. A) ko’rpalik chit, yozgi bino B) tilla odam, kumush qish C) bemor kishi, och odam D) zangori osmon, beparvo odam 39 / 52 Qaysi qatorda ozaytirma sifatlari berilgan. A) jiqqa hol, g’irt dangasa, hammadan kuchli. B) tip-tiniq, yum-yumaloq, sap-sariq. C) gvoyat nozik, juda baland, eng go’zal. D) nim pushti, och ko’k, sarg’imtir. 40 / 52 Bu bog’lar ichida qizg’ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko’rkam binolar, ko’shklar, kichik-kichik sayyoralar ko’zga tashlanadi Ushbu gapdagi sifatlar haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) gapda bitta qo’shma sifat,bitta takror sifat mavjud. B) gapda beshta sifat qatnashgan C) gapdagi uchta sifat rang-tus bildiradi. D) gapdagi sifatlarning tuzilishiga ko’ra uchta …….. ishtirok etgan 41 / 52 Qiyosiy darajadagi sifat berilgan gapni aniqlang. A) Ziyrak juda xursand edi B) Sa'va chumchuqqa qaraganda kichikroq qush. C) Sa'va-kichik, chiroyli qush. D) Sa'vaning dumi qora. 42 / 52 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Hovli tor, devorlari baland edi. B) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. C) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. D) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda 43 / 52 Otlashgan sifat qaysi gapda berilgan? A) Safimizda qoloqlar qolmadi. B) Chiroyli kiyingan bolalar sf tortishdi. C) Dilshod tun-u kun tinmay ishladi. D) Kasal bolani darov shifokorga ko`rsatdim. 44 / 52 Qaysi gapda son qatnashgan? A) Biz ro‘yxatni birma-bir ko‘zdan kechirdik B) Momom yettinchi lampani tokchaga qo'yib, оЧчп sola boshladi. C) Salomatlik- tuman boylik. D) Bir u gapiradi, bir bu. 45 / 52 Berilgan gaplarning qaysi birida son ma'nosida qo’llangan so’z bor. A) Mirhaydar Mamadaliga qo’sh ho’kizini berib qo’yibdi. B) Yolg’iz otning changi chiqmas. C) Bir-bir gapirib chiqdi. D) B,C 46 / 52 Jumladagi sifatning ma’no turini toping Uning ynoqlari uzunchaqroq edi A) shakl ko’rinish bildiruvchi B) holat bildiruvchi C) hid bildiruvchi D) rang-tus bildiruvchi 47 / 52 .Hajm-o’lchov sifatlari berilgan qatorni toping. A) xursand, ma’yus, keksa B) odobli, kamtarin, sodda C) sirtqi, ichki, qishki D) katta, behisob, og’ir 48 / 52 .Otlashgan sifat qatnashgan gapni aniqlang. A) Baxilning qo’lida oy bo’lsa, olamni yoritmas. B) Salim aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum - yumaloq, hazilkash, shirinso’z odam. C) Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlar bilan qirga ko’tarila boshladilar. D) Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. 49 / 52 Bu go’zal qiz ...oq-sariq tusda yaratilgan edi.Ra’noning sochi gungurt-qora ,ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko’rinsa ham,quyoshda biroz sarg’ish bo’lib ko’rinar edi.Sochlari juda quyuq,sanoqsiz kokillar orqa-o’ngini tutib yotar. Ushbu matnda nechta sifat mavjud? A) 7ta B) 9ta C) 8ta D) 10ta 50 / 52 Ozaytirma sifat hosil qiluvchi qo’shimchalardan qaysi biri rang bildiruvchi sifatdan boshqalariga ham qo’shilishi mumkin? A) –ish B) –imtir C) boshqasiga qo’shilmaydi D) –gina ( -kina ,-qina ) 51 / 52 Predmet belgisining kamligini ko’rsatuvchi -mtir( -imtir) , -roq, -ish qo’shimchalari qaysi so'’zlar doirasida o’zaro sinonim sifatida qollanishi mumkin? A) oq, qora,yashil B) oq, sariq, ko’k C) oq, qora, sariq. D) yashil , sariq, qizil. 52 / 52 Sifat so’z turkumlari berilgan qatorni toping. A) go’zallik,yaxshilik,xotirjamlik B) oltin,kumush,yoqut C) to’lqin,qoziq,maysa D) salqin,jimjit,durkun 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz