Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №13 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №13 InfoMaster Mart 31, 2022 87 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №13 SIFATLARNING QIYOSIY DARAJA SHAKLI SIFATLARNING OZAYTIRMA DARAJA SHAKLI SIFATLARNING MA’NO TURLARI XUSUSIYAT ,HAJM –O’LCHOV ,MAKON –ZAMON SIFATLARI RANG –TUS ,MAZA-TA’M VA HID SIFATLARI SIFATLARNING OTLASHUVI MUSTAHKAMLSH SON Mavzular yuzasidan testlar 1 / 52 Qaysi qatordagi barcha so’zlarda urg’u ma’no farqlaydi? A) qoshlar,boshlar, yoshlar B) fizik, yo’llar, gullar C) oshiq, doston, ildizlar D) olma, surma, childirma 2 / 52 "qoramtir" so'zida nechta so'z yasovchi qo'shimch bor? A) 3ta B) 1 ta C) 2ta D) Bu tub so'z 3 / 52 Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalarni toping. A) –xo’r, -lik, -soz B) –k, -ag’on, -ona C) –miz, -im, -man D) –roq, -imtir, -ta 4 / 52 Birgalik nisbatidagi fe’llar aniq nisbatdagi fe’llarga teng kelgan so’zlar qatorini aniqlang A) bahslashdi ,janjallashdi,to’qnashdi B) qimirlashdi,yurishdi,janjallshdi C) urishdi,janjallashdi ,bajarishdi D) so’kishdi ,to’qnashdi ,ketishdi 5 / 52 Odatlanmoq fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi ? A) aniq B) majhul C) orttirma D) birgalik 6 / 52 Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi o’shimchalari qo’shiladi? A) –kach, -kuncha, -kani B) yuqoridagilarning barchasi qo’shiladi C) –gach, -guncha, -gancha D) –qach, -quncha, -qani 7 / 52 Quyidagi fe'llarning qay biri sifatdan yasalgan? 1) tuzlamoq; 2) dodlamoq; 3) yangilamoq; 4) tezlamoq; 5) yaxshilamoq; 6) varaqlamoq; 7) to'g'rilamoq; 8) sekinlamoq; 9) ho'plamoq; 10) qishlamoq.. A) 4. 8, 9 B) 3. 5. 7 C) 5. 7. 8 D) 4, 5.10. 8 / 52 Shaxs-son qo'shimchalarining -man, -san, -miz, siz, -di(-lar) shakllari qo'shiladigan o'tgan zamon turini hosil qiluvchi qo'shimcha qaysi javobda berilgan? A) -di B) A,B. C) -gan D) –(i) b 9 / 52 Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A) kim? nima? qayer? qaysi? B) kim? nima? C) kim? nima? qaysi? D) kim? nima? qayer? 10 / 52 Qaysi qo'himcha o'rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otga qo'shilib ,shxsning shu hududga mansubligini bildiradi ? A) -zor B) –lik C) -iston D) A,B,C 11 / 52 Qanday otlarga ko‘plik qo'shimchasi qo'shilganda kuchaytirish, ta’kidlash ma’nosi anglashilmaydi? A) odamning juft a’zolari nomiga B) odamning toq a’zolari nomiga C) mavhum otlarga D) donalab sanalmaydigan otlarga 12 / 52 Biroz yoqimsizroq havo. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) orttirma, fonetik. B) ozaytirma, leksik. C) orttirma, leksik. D) ozaytirma, morfologik, leksik. 13 / 52 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar qatnashgan? A) Elmurod chaynaganini yutinib, nonga tikilib qoldi. B) Bir g’uncha edingiz yel ham tegmagan,ifor taraladi sizdan muattar C) Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o’xshaydi. D) Sap-sariq oltinday behilar sotuvga chiqarildi. 14 / 52 Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to'lishrpagan qandaydir beshakl oyxira, rangsiz yiltiradi. Berilgan gapda rang –tus bildiruvchi nechta sifat ishtirok etgan ? A) 4 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 2 ta 15 / 52 Oddiy va qiyosiy darajadigi sifat qaysi gapda qo’llangan. A) Anorning urug’i sersuv, nordon shirin. B) Ota, yurtimizning bu kuni baxtli, chiroyli, ertasi, indini yana baxtliroq, chiroyliroq bo’ladi. C) Sayohatchilar tog’ning eng baland cho’qqisiga chiqdilar. D) To’g’ri odam egri so’zdan or qilar. 16 / 52 -imtir, -ish qo’shimchalari sifatning qaysi ma’no guruhlariga qo’shiladi? 1. xususiyat 2. rang-tus 3. maza-ta’m 4. hajm-o’lchov 5. hid 6. makon-zamon A) 1, 2, 5 B) 2, 3, 6 C) faqat 2 D) 1, 4, 5 17 / 52 Qaysi qatorda sifat otlashmagan? A) Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyning past-balandini tekislab bo`lgandi. B) Senga o`xshash bilmasvoy bolalarga ketgan mehnatlarimga achinmayman. C) Axir, musulmonman, aylanay dedi Hoji xola. D) Ko`r tutganini qo`ymas, kar eshitganini. 18 / 52 Qaysi qatorda sifatning ozaytirma darajasi berilgan? A) Muyulishda eng katta yuk mashinasi ko’rindi. B) Kutubxonadan yangigina kitobni olib keldim. C) O’quvchilar tap-tayyor binoga ko’chib o’tishdi. D) Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq. 19 / 52 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) nimtatir, chuchmal B) bo’ydor, xushbo’y C) badbo’y, sovuq D) serob, kamchil 20 / 52 Nutqimizda faol ishlatiladigan nechta sodda (tub) son bor. A) 35. B) 26 C) 23. D) 10. . 21 / 52 Berilgan gaplarning qaysi birida son ma'nosida qo’llangan so’z bor. A) B,C B) Mirhaydar Mamadaliga qo’sh ho’kizini berib qo’yibdi. C) Yolg’iz otning changi chiqmas. D) Bir-bir gapirib chiqdi. 22 / 52 Bu qadar past ketasan deb о 'ylamagan edim. Gapda qo'llangan sifat turkumiga mansub so‘z haqidagi to‘g‘ri mulohazani belgilang. A) asliy, sodda tub sifat, oddiy darajada B) nisbiy, sodda tub sifat, ozaytirma darajada C) Bu gapda sifat ishtirok etmagan. D) asliy, sodda tub sifat, ozaytirma darajada 23 / 52 Sonning morfologik hususiyatlari qaysilar ? A) Sonlar gapda aniqlovchi va kesim vazifasida keladi. B) Boshqa so’z turkumlaridan son yasalmaydi. C) A, B D) Sondan turli so’z turkumlari yasalishi mumkin. 24 / 52 Bu bog’lar ichida qizg’ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko’rkam binolar, ko’shklar, kichik-kichik sayyoralar ko’zga tashlanadi Ushbu gapdagi sifatlar haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) gapda bitta qo’shma sifat,bitta takror sifat mavjud. B) gapdagi sifatlarning tuzilishiga ko’ra uchta …….. ishtirok etgan C) gapda beshta sifat qatnashgan D) gapdagi uchta sifat rang-tus bildiradi. 25 / 52 1. Lobarxon oyoqlarida zo‘rg‘a tursa ham, nur ko'rganidanmi yo dimog'ini qitiqlayotgan yoqimli hiddanmi, har qalay tinmay jilmayar edi. 2. U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlami, mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o'qiydi. Berilgan gaplardagi yoqimli so‘zi sifatning qaysi turiga mansub? A) 1-gapda hid, 2-gapda maza-ta’m B) 1-gapda xususiyat, 2-gapda maza-ta’m C) 1-gapda hid, 2-gapda xususiyat D) 1-gapda hajm-o‘lchov, 2-gapda xususiyat 26 / 52 Quyidagi sifatlardan qaysilari xususiyat sifatlari guruhiga kiradi? 1) uzun ; 2) keng; 3) baland; 4) yangi : 5) xursand; 6) kamtar; 7) bulturgi; 8) bahabat, 9) no'noq; 10) notanish; 11) kechki; A) 1,2,3,4 B) 4,7, 11 C) 1. 2, 3, 8 D) 5. 6, 9, 10. 27 / 52 Qaysi qatorda sifat otlashgan? A) Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. B) Uni zehni juda o`tkir. C) U yaxshi o`qiydi. D) Yaxshi niyat – yarim mol. 28 / 52 Otlashgan sifat qaysi gapda qo'llangan? 1. Sen meni yomon deding. 2 To'g'ri, haqiqategiladi, biroq sinmaydi, 3. Testlarning ko 'pida xato qildim. 4. Bu yerda о 'z ishining ustalari yig 'ilgan. A) 2, 4 B) 3,4 C) faqat 1 D) 1, 4 29 / 52 Ozaytirma darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Tilimiz dag'alroq ,ldkin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan . B) Onamning ismi Enaxon ,nihoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol C) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi D) Lola qizil ,oq ,sariq ranglarda tovlanib ochiladi 30 / 52 Qiyosiy darajadagi sifat berilgan gapni aniqlang. A) Ziyrak juda xursand edi B) Sa'vaning dumi qora. C) Sa'va-kichik, chiroyli qush. D) Sa'va chumchuqqa qaraganda kichikroq qush. 31 / 52 Boshqa turkumlardan sifatga ko’chgan so’zlar qatnashgan birikmalarni toping. A) bemor kishi, och odam B) tilla odam, kumush qish C) ko’rpalik chit, yozgi bino D) zangori osmon, beparvo odam 32 / 52 Javoblarning qaysi birida otlashgan sifatlar qo`llanilgan? A) Qiziqarli kitob oldim. B) Mard odamni maydonda sina. C) Mardni maydonda sina . D) To`g`ri gap hammaga ham yoqavermaydi. 33 / 52 Zamon-makon sifatlariga qaysi bandda misol berilgan? A) ertalab, har kuni B) devoriy, tonggi C) suvda, yozda D) g‘ishtin, tashqari 34 / 52 Ozaytirma sifat hosil qiluvchi so’zlarni belgilang. 1.sal 2.biroz 3.juda 4.xiyla A) 1,2 B) 1,2,4 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4 35 / 52 Qaysi qatorda ozaytirma sifatlari berilgan. A) nim pushti, oqimtir, qizilroq, tim qora. B) sinovchan, olg’ir, pastgina, och yashil. C) ko’kish, qoramtir, och sariq, qattiqqina. D) oriqqina, yam-yashil, sarg’ish, jingalak. 36 / 52 Qaysi gapda son qatnashgan? A) Momom yettinchi lampani tokchaga qo'yib, оЧчп sola boshladi. B) Biz ro‘yxatni birma-bir ko‘zdan kechirdik C) Salomatlik- tuman boylik. D) Bir u gapiradi, bir bu. 37 / 52 Bu go’zal qiz ...oq-sariq tusda yaratilgan edi.Ra’noning sochi gungurt-qora ,ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko’rinsa ham,quyoshda biroz sarg’ish bo’lib ko’rinar edi.Sochlari juda quyuq,sanoqsiz kokillar orqa-o’ngini tutib yotar. Ushbu matnda nechta sifat mavjud? A) 8ta B) 10ta C) 9ta D) 7ta 38 / 52 Qaysi gapdagi sifat otga ko’chgan ? A) Tez orada tuzalib ketasiz ,-dedi shifokor kasalga B) Hayyo yaramas ishlardan tiyadi C) Yaxshining so’zi qaymoq ,yomonning so’zi to’qmoq D) Terimchilar ashula boshladilar 39 / 52 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud? A) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik. B) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. C) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi. D) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda. 40 / 52 Predmet belgisining kamligini ko’rsatuvchi -mtir( -imtir) , -roq, -ish qo’shimchalari qaysi so'’zlar doirasida o’zaro sinonim sifatida qollanishi mumkin? A) oq, qora,yashil B) oq, sariq, ko’k C) yashil , sariq, qizil. D) oq, qora, sariq. 41 / 52 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. B) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda C) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. D) Hovli tor, devorlari baland edi. 42 / 52 .Sifatlarning ma’no guruhlarini belgilang. 1.Xususiyat bildiruvchi sifatlar 2.Rang-tus bildiruvchi sifatlar 3.Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar 4.Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlar 5.Hid bildiruvchi sifatlar 6.Makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,2,3,4,5 D) yuqoridagilarning barchasi 43 / 52 .Hajm-o’lchov sifatlari berilgan qatorni toping. A) xursand, ma’yus, keksa B) katta, behisob, og’ir C) odobli, kamtarin, sodda D) sirtqi, ichki, qishki 44 / 52 Ozaytirma sifat hosil qiluvchi qo’shimchalardan qaysi biri rang bildiruvchi sifatdan boshqalariga ham qo’shilishi mumkin? A) –imtir B) –gina ( -kina ,-qina ) C) boshqasiga qo’shilmaydi D) –ish 45 / 52 Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang.yomondan burun o’lasan,Yaxshi bilan sirdosh bo’lsang.yaxshilik bilan unasan.Ushbu maqolda nechta sifat otlashib kelgan? A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta 46 / 52 Qaysi atama songa xos emas ? A) qo’shma. B) juft. C) tartib. D) yasama. 47 / 52 Qaysi gapda arab raqamlari ishlatilgan. A) Mahmud Koshg’ariy XL asrda yashagan. B) Sen birovga birni bersang boshqa senga mingni beradi. C) O’zbekistonda 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari “ yili deb e'lon qilindi. D) Ikkinchi qavatga ko’tarilsangiz, biznikiga chiqqan bo’lasiz. 48 / 52 Erkalash, suyish qo’shimchalari sifatlarga qo’shilgan gapni toping. A) Tentakkinangiz savlatlikkina yigit bo’lib qaytdi-da, sallotlikdan. B) Kechir, arslonim, hozir uyingga bormoqchi edim. C) Kelinglar, qizaloqlarim, gullolalarim, o’tiringlar. D) Oyqizginam, sen bilan maslahatlashadigan ishlarim ko’payib ketdi. 49 / 52 Qaysi sonlar shaxslar nomini bildirib atoqli ot bo’lib kelishi mumkin. A) birlik B) barcha sonlar atoqli ot bo’la oladi. C) yuzlik D) o’nlik 50 / 52 Predmetning xususiyatnini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda berilgan ? A) novcha , og’ir , katta B) ko’k ,sariq , yashil C) shirin ,achchiq , nordon D) kamtar, xushfe’l , sho’x 51 / 52 Ozaytirma sifat shakli sifatning qaysi ma'no turidan yasaladi. A) ma'za-ta'm bildiruvchi. B) holatni bildiruvchi. C) rang tus bildiruvchi. D) xarakter-hususiyat bildiruvchi. 52 / 52 Qiyosiy darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Lola qizil ,oq 5sariq ranglarda tovlanib ochiladi B) Onamning ismi Enaxon ,nihoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol C) Tilimiz dag'alroq ,lekin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan . D) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz