Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №15 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №15 InfoMaster Mart 31, 2022 593 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №15 TAQSIM SON ,UNING YASALISHI KASR SONLAR .ULARNING YASALISHI VA IMLOSI HISOB SO’ZLARI TARTIB SONLAR MUSTAHKAMLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 54 jo’ja va jirafa so’zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o’zaro farqlanadi? A) jarangli va jarangsizligiga ko’ra B) til qismlarining harakatiga ko’ra C) talaffuzida labning ishtirokiga ko’ra D) portlovchi va sirg’aluvchiligiga ko’ra 2 / 54 Tub so'zni aniqlang. A) sanamoq B) tunamoq C) ushla D) ranjimoq 3 / 54 Ish-harakat, voqea, hodisaning ma’lum bir paytda ro’y berishini ko’rsatuvchi qo’shimchalar A) kelishik qo’shimchalari B) egalik qo’shimchalari C) shaxs-son qo’shimchalari D) zamon qo’shimchalari 4 / 54 Qaysi nisbat qo’shimchalari fe’lga birdan ortiq tarzda qo’shiladi? A) birgalik nisbat B) majhullik nisbat C) orttirma nisbat D) o’zlik nisbat 5 / 54 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Laylakning ketishini emas ,kelishini kutishadi B) Esayotgan mayin shabada Komiljonga juda yoqimli tuyuldi . C) Bolalar o’tloqqa chiqib olishdi D) Vohid ho’l sochlarini taray-taray bog’ga sho’ng’idi 6 / 54 Bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan qatorni aniqlang A) Otaqo’zi shaharga kelsa ,kirmay ketmaydi B) Gapiradi-ya ,gapiradi ,gapirib bo’pti C) U na o’qiydi ,na yozadi D) Bugungi ishni ertaga qo’yma 7 / 54 Qaysi gapda qo'shma fe'l juft fe'lning bir qismi bo'lib kelgan? A) O'qituvchilarning oldiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib, o'sha yerda ko'chiraman-qo'yaman. B) Qayerga qadami tegsa, u yerni birpasda saranjom qiladi-qo'yadi. C) Ana, hech narsa bo'lmagandek yayrab-quvnab, ochilib-sochilib yurishibdi. D) Bu niyatni Mohlaroyim ham qo'llab-quvvatlar edi.' 8 / 54 Harakatning har uch zamonga tcgishliligini ifodalaydigan qo'shimcha qaysi javobda berilgan? A) A,B,C B) -y C) -a D) –(a) r 9 / 54 Shart maylidagi fe’llar ,kerak so’zi bilan birga qo’llanganda qanday ma’noni anglatadi? A) faraz B) maslahat C) bajarilishi shart bo’lgan ish harakatni D) istak ma’nosini 10 / 54 O’simlik nomlari berilgan qatorni aniqlang A) shaker,asal ,novvot B) sho’ra ,g’umay ,ajriq C) nok,behi,gilos D) qovun,tarvuz ,handalak 11 / 54 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) grammatik ko’plik. B) jamlik va to’da C) kuchaytirish va takid. D) hil, nav, mo’llik. 12 / 54 Takroriy sifat qatnashmagan gapni toping A) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi B) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko'kni avalay ketdi C) Sarvinozxon gul-gul ochilib bog'chaga ketdi D) Ko'chani sho'x-sho'x bolalar to'ldirib o'tishdi 13 / 54 Zamon-makon sifatlariga qaysi bandda misol berilgan? A) ertalab, har kuni B) g‘ishtin, tashqari C) suvda, yozda D) devoriy, tonggi 14 / 54 Jamlovchi son ishtirok etmagan javobni tanlang. A) Qizlarning uchoviga ham mukofot berildi. B) To’rtovlari qotib-qotib kuldi. C) Shu oltovimiz bir tan, bir jon bo’lib kurashaylik. D) Maktabda o’n chog’li bola yig’ilgan. 15 / 54 Kasr son qatnashgan gapni toping. A) Bolalar eshaklarga yem berib, o’zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soat vaqt o’tdi. B) Azim har yelkasiga to’rttadan odam o’tiradigan yigit bo’libdi. C) Bekatda o’ntacha odam avtobus kutib turardi. D) Sizlar mana shu to’qqizta xivichni birga qo’shib sindirib ko’ringlar-chi! 16 / 54 Kasr son berilgan gapni aniqlang. A) Ahmadjon ularga qarab uch sidra o’q yog’dirdi. B) Bobom yarimta tishini ko’rsatib kuldi. C) Uchovimizning maqsadimiz bir. D) Bir bor gapirdim, ikki bor gapirdim, quloq solmadi. 17 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar sonlar bilan qo’llanganda qanday tinish belgisi qo’yiladi ? A) ikki nuqta B) tire, vergul C) tinish belgisi qo’yilmaydi D) nuqtali vergul 18 / 54 Qaysi gapda kasr son mavjud ? A) A, B , C B) Ikki yorti-bir butun. C) Bu yarim yo’lda yodiga tushdi. D) Qizaloq yarim tishini ko’rsatdi. 19 / 54 Qaysi qatordagi gapda hisob so’zlari mavjud? A) Shu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan tog’olchani keltirib qo’ydi. B) Cho’ponlar har tunda bittadan qo’y g’oyib bo’layotganini sezib qolishdi. C) Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi. D) Aravaga qo’shib bo’lmaydigan begona ikki otdan tamoman darak yo’q. 20 / 54 Qaysi sonlar ma’no jihatidan sifatlarga yaqin turadi? A) miqdor sonlar B) tartib sonlar C) jamlovchi sonlar D) kasr sonlar 21 / 54 Taqsim son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi raumkin B) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan C) Shaharda bitta doktorxona bor D) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik 22 / 54 Qaysi qatorda otlashgan sonlarga egalik qo’shimchasi noto’g’ri qo’shilgan? A) ikkovimiz, to’rtalasi B) uchovi, to’rtovi C) beshovim, ikkalam D) uchovlari, beshalangiz 23 / 54 1 Milliy istiqlolga birinchi qadam 1989 - yil 21- oktabr ”Davlat tili haqida”gi Qonunni qabul qilish bilan qo’yildi. Ushbu gapdagi birinchi so’zi o’rniga uning ma’nodoshlaridan qaysi birini qo’ysa mantiqan to’g’ri bo’ladi? 1.avvalgi 2.dastlabki 3.ilk 4.eng yaxshi A) 1,4 B) 2,3 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4 24 / 54 Qaysi javobda bir xil kasr sonlar berilgan. A) nol butun uchdan ikki, bir chorak, sakkiz yarim. B) yettidan besh, uchdan ikki, oltidan bir. C) bir butun, beshdan uch, nimchorak, ikki yarim. D) to’rtdan uch, yarim chorak, bir yarim. 25 / 54 Qaysi songa egalik qo’shimchasi ikki marta qo’shilgan? A) beshovini B) o’ntasiga C) yarmisini D) yuztachasini 26 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanadi ? A) son ,sanoq sonlar B) sifatlar ,asosan yasama sifatlar C) otlar bilan D) gumon olmoshi bilan 27 / 54 Qachon tartib sonlardan keyin chiziqcha qo’yiladi? A) arab raqami bilan yozilganda B) rim raqamlari bilan ifodalanganda C) A, C D) so’zlar bilan ifodalanganda 28 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) Biz ikki yarim yil ichida ko’p yutuqlarga erishdik. B) Saida birinchi majlisni o’ttkazishga tayyorgarlik ko’ra boshladi. C) Besh oylar chamasi o’tgach, Ummatalini chaqirishibdi. D) Uchovimizning maqsadimiz bir. 29 / 54 Quyidagi guruhdan taqsim sonli gapni aniqlang. A) Har birimiz bittadan kitob oldik. B) Ikala moysafid ham ko’chatzorga borishdi. C) Uchovi qabulxonaga kirishdi. D) Zarifa ikki-uch og’iz gap qildi. 30 / 54 Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida qo’llanib, bu narsaning o’lchovini bildiradigan so’zlar ... A) kasr son B) tartib son C) hisob so’zlari D) taqsim son 31 / 54 Quyida berilgan hisob so’z qanday ifoda uchun xizmat qilgan ? Bir qultum suvga zor bo’lib A) masofa B) og’irlik o’lchovi C) predmetni yakkalab hisoblash D) butunning bo’lagi 32 / 54 Qaysi qatorda hisob so’zlar berilgan? A) minglab ,minglarcha,o’nlab B) beshtadan , uchovlon ,yuztacha C) gektar , tanob , qop D) uchdan biri , yarimta , nimchorak 33 / 54 Qaysi sonlar omonimlik xususiyatiga ega bo’lishi mumkin? 1.ikki 2.yuz 3.yigirma 4.to’rt 5.uch 6.qirq A) 1,2,6 B) 2,3,5,6 C) 1,2,3,4,5,6 D) 2,5,6 34 / 54 Hisob so’zlar asosan sonning qaysi turi bilan birga qo’llanadi ? A) jamlovchi son B) dona son C) chama son D) sanoq son 35 / 54 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq B) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq C) burda, para, karch, chimdim, dasta D) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch 36 / 54 Tartib son ma’no vazifasiga ko’ra qaysi so’z turkumiga yaqin turadi? A) olmoshlarga B) otlarga C) sifatlarga D) ravishlarga 37 / 54 Qaysi qatorda kasr son ishtirok etgan ? 1 Bolalar eshaklarga yem berib o'zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o'tdi 2 Oilada kimda kim sahar soat to'rt yarim behlarda uyg'onsa o'sha yuzga yaqin odamdan iborat navbatga chopadi 3. Yo'lning kengligi 10,5 m ni tashkil qiladi 4 Rejaning uchdan ikki qimi bajarildi A) 2,3,4 B) 3,4,5 C) 1,2 D) 1,2,3,4 38 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu shubhasiz, bizning yutug’imiz. Lekin ikkinchi tomonini ham esdan chiqarmaslik kerak. A) g’alati. B) birov. C) boshqa. D) teng. 39 / 54 Ma’lum bir miqdordagi narsa-buyumlarni bir butunlik sifatida jamlab keladigan sonlar ......... deyiladi. A) sanoq son B) kasr son C) jamlovchi son D) chama son 40 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu gapni ikkinchi gapirmang . A) teng. B) g’alati. C) boshqa. D) birov. 41 / 54 Qaysi son arning yozilishida chiziqcha noto’g’ri ishlatilgan? 1. 14-bob 2. 26-uy 3. XV-asr 4. 1980-yil 5. 8-Mart A) 3 B) 2,3 C) 4,5 D) 1,2,3 42 / 54 Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar .... deyiladi ? A) chama son B) kasr son C) sonoq son D) taqsim son 43 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) U uchalasiga rosa sinchiklab tikildi. B) Yoniga yarimta nonni tiqib, yo’lga otlandi. C) Beshovlon birdan xoxolab yubordik. D) Shu yerda o’n besh minut turamiz. 44 / 54 Qaysi gapda qo’llangan o’lchov so’zi alohida olinganda predmet nomini bildirib matn ichidagi o’lchov ma’nosini bildiradi ? A) To’rt nafar talaba darsga qatnashmadi B) Shahargacha hali uch chaqirim bor C) Uyning orqasida to’rt sotix ekin maydoni bor D) To’rt yashik xurmo terishdi . 45 / 54 Hisob so’zlar qo’llangan gapni toping A) Ikki do’st suhbatlashib o’tirishardi B) Yarim yorti ishlar bizga yoqmaydi C) Tanklar jangini Ahmadjon birinchi marta ko’rishi edi D) Topgan bir dasta gul ,topmagan bir bog’ piyoz 46 / 54 Taqsim son qanday hosil bo’ladi. A) .A, С B) dona sonni takrorlash orqali. C) Hisob so’zlardan keyin -dan qo’shimchasini keltirish orqali. D) Ikki sonni juftlash orqali. 47 / 54 Kasr son haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri? A) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan qaratqich kelishigida keladi. B) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish va qaratqich kelishigida keladi. C) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish kelishigida keladi. D) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan o’rin payt kelishigida yeladi 48 / 54 Taqsim son qaysi gap tarkibida mavjud emas? A) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit boiibdi. B) Qulupnayning mevasi naviga qarab, uchtadan - saksontagacha bo‘lishi ham mumkin. C) U bu yilgi bahorda har yuz ona qo‘ydan bir yuz yigirma bittadan qorako‘l qo‘zisi oldi. D) Qurolsiz, navkarsiz mulla Fazliddin Ahmad Tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi?! 49 / 54 Qaysi gapda kasr son hisoblanuvchi so’z qatnashgan. A) Kelganlarning uchdan biri notanish edi. B) Yolg’iz otning changi chiqmas. C) Nurullo uchlasiga rosa sinchiklab tikildi. D) Soat uch yarimlarda uchrashsak. 50 / 54 Quyidagi gapdagi sonning ma'nosini aniqlang. Tokchadagi beshinchi chiroq lippillab yonar edi. A) noaniqlik ma'nosini. B) aniq miqdorni. C) tartibni. D) narsaning turini. 51 / 54 Kasr son qo’llangan qatorni ko’rsating. A) Ikki hovli qo’shib yuborilgan edi. B) ... to’rt —beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi C) ... qizarib —bo’zarib, ketmondek oyning yarmi ko’rinadi. D) Novvoyxonadan ikkita issiq. non olib chiqay 52 / 54 Tartib son yasovchi qo’shimchani toping. A) -lab. B) -(i)nchi. C) -larcha. D) –lar 53 / 54 Tartib son yasovchi –inchi (-nchi) qo’shimchalari murakkab sonlarga qay tarzda qo’shiladi? A) hamma songa qo’shiladi B) birinchi songa qo’shiladi C) vaziyatga qarab murakkab sonning talab etilgan qismiga qo’shiladi. D) faqat oxirgi songa qo’shiladi 54 / 54 O’lchov so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni aniqlang A) Sanoq son bilan sanalayotgan predmet o’rtasida qo’llanadigan o’lchov birliklariga o’lchov so’z deyiladi B) O’lchov so’zlarning ayrimlari alohida olinganda predmet nomini,matn ichida esa o’lchov birligi ma’nosini bildiradi C) O’lchov birliklarining ayrimlari o’lchanayotgan sanalayotgan predmetlarning qandayligiga xoslangan bo’ladi D) O’lchov so’zlar sanalayotganpredmetdan keyin keladi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz