Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №9 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №9 InfoMaster Mart 31, 2022 127 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №9 XABAR MAYLI BUYRUQ –ISTAK MAYLI SHART MAYLI SHAXS –SON SHAKLLARI OT OTLARNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Bo'g'inga ajralmaydigan so'zlar qatorini toping. A) ongi, yengil, yangi. B) qit'a, qal'a, yechim. C) hukm, gramm, ong. D) yongan, singil, bong. 2 / 50 Bilim bilan kishining martabasi oshadi , ilmsizlik kishini tubanlashtiradi Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan ? A) 3 B) 5 C) 4 D) 2 3 / 50 Ish-harakat, voqea, hodisaning ma’lum bir paytda ro’y berishini ko’rsatuvchi qo’shimchalar A) egalik qo’shimchalari B) zamon qo’shimchalari C) shaxs-son qo’shimchalari D) kelishik qo’shimchalari 4 / 50 Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l mavjud ? A) Uzoqdan suv ko’rindi B) Qo’riq yer ekin ekishga tayyorlandi C) Bir pasda janjal boshlandi D) Tuguncha ichidagilar yerga to’kildi 5 / 50 Harakat nomi ishtirok etgan gapni toping A) Uning dili siyoh bo’ldi B) Ko’kdagi qoramtir bulutlar asta-sekin tarqala boshladi . C) Amir Temurning hayoti va ijtimoiy –siyosiy faoliyatini o’rganish bizda endi boshlandi D) Sizlar uyga borib turinglar ,men dalani bir aylanib kelaman 6 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) U ataylab boshini bog’lab oldi. B) U boshi bog’langan holda hovliga chiqdi. C) U boshini nomiga emas, balki tang’ib bog’ladi. D) Boshi bog’langani ish qilmaslik uchun bahona bo’ldi 7 / 50 Ot, sifat, undov so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) -la, -a B) illa, -ira C) -(a)y. -i, D) -sa, -(a)r. 8 / 50 Undosh bilan tugagan fe’l asoslariga kelasi zamonning qanday qo'shimchalari qo'shiladi? A) -у, -ar B) -y, -r C) -a, -ar D) -s, -y, -ar 9 / 50 Buyruq istak maylidagi fe’llar qatorini toping A) bildirmoqchi ,chaqirmoqchiman ,ishlamoqchiman B) o’qisam,borsak, ko’rmasa C) isidi,ketadi,o’qiyapti D) ishlay ,boraylik,aytsin 10 / 50 Buyruq istak maylidagi fe’l berilmagan qatorni belgilang A) Podsho saltanat ishlarida har kishinig so’zini eshitsin . B) Bugungi ishni ertaga qoldirma . C) Chin do’st uldurki ,do’stdin hech qachon ranjimaydi , ranjisa ham ,uzrini qabul qiladi D) Yaxshini yomon kunda sina 11 / 50 Shart maylidagi fe’llar ,kerak so’zi bilan birga qo’llanganda qanday ma’noni anglatadi? A) faraz B) bajarilishi shart bo’lgan ish harakatni C) istak ma’nosini D) maslahat 12 / 50 Juft otlar qanday asoslardan tarkib topadi? 1 bir-biriga yaqin mа’noli asoslardan; 2 bir-biriga qarama-qarshi та ’noli asoslardan; 3 bir-biriga shakldosh asoslardan. A) 1,2 B) l,3 C) 1,2, 3 D) 2, 3 13 / 50 Xabar maylidagi fellarni ko’rsating . A) Topilgan ,kelsa ,olingach. B) Yozmoqchi, kelyapdi, olmoqda C) Ketgan, uxlayapdi, bajarmoqda . D) Olunguncha ,chiqdi ,o’qisin 14 / 50 Xabar mayli shart mayli o'rnida qo'llangan gapni aniqlang. A) Kuling, do'stlar, umringiz uzoq bo'ladi. B) Va'da berdingmi, bajar. C) Biz ishlaylik-da, siz dam oling -shunaqami? D) Awal qarzingni to'laysan, keyin aka-ukachilik bo'ladi. 15 / 50 Ertaga yomg’ir yog’sa kerak. Ushbu gapdagi shart mayli fe’li qanday ma’no ifodalayapti? A) taajjub B) orzu - istak C) gumon D) xabar 16 / 50 Ot turkimiga oid so’zlar nutqda har doim qanday shaklda bo’ladi A) qaydir kelishik shaklida B) qaysidir kelishik shaklida va birlik yoki ko’plik shaklida C) egalik shaklini olgan holda va birlik yoki ko’plik shkl;ilida D) birlik yoki ko’plik shaklida 17 / 50 Bir turdagi narsa, voqea-hodisa harakat-holat, o’rin-joylarning birini yoki umumiy nomini bildirishiga ko’ra otlar qanday tasniflanadi? A) Kishi otlari, narsa otlari B) Turdosh otlar, atoqli otlar C) Mavhum otlar, aniq otlar D) Qavm-qarindoshlik otlari kasb-ko’riga ko’ra shaxs otlari 18 / 50 Buyruq istak mayliga xos to’g’ri ta’rifni toping A) harakatning bajarilish paytini bildiradi B) harakatning bajarilish bajarilmasligini ifodalaydi C) payt va istak ma’nolarini anglatadi D) so’zlovchining istagi bilan bog’liq holdagi undash ,shu harakatga da’vat etish ,qo’zg’atish ma’nosini ifodalaydi 19 / 50 Quyida berilgan she’rda nechta ot turkumiga mansub so’z qo’llangan? O’zbekiston – go’zal diyor, Saodatga mehnati yor,O’zgacha bir hikmati bor, Halollikka aytar alyor. A) 7 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 8 ta 20 / 50 Shart ma’nosi qaysi gapda ifodalangan? A) U ertaga qishloqqa qaytsa kerak. B) Ulgursam, kitobni shu kecha tugataman. C) She’r o‘rnida qo‘lingizga gullar tutsam qaniydi. D) Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. 21 / 50 Qisqartma otlar qanday tuziladi A) Har bir so’zning bosh harflaridan B) A,B,C C) Birinchi so’zning bosh qismi, keyingi so’zlarning bosh harflaridan D) Har bir so’zning bosh qismlaridan 22 / 50 Qaysi gapda egalik qo’shimchasi harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini ifodalagan? A) Birdan Bo’taboyning jahli chiqib ketdi B) Kechasi bilan yomg’ir tinmay quydi C) Bo’zchi bilganin to’qir D) To’ra ko’zidan tilla oyangini olib, stol ustiga qo’ydi 23 / 50 Shaxs va son ma’nosi ko‘chgan fe’l qaysi qatorda qo’llanmagan? A) lye, mehmon, kelsinlar, kelsinlar. B) Ba’zi gaplarini eshitib, yoqa ushlaysan. C) Kamina o‘zini baxtli sanaydi. D) Aka, yana qachon kelasiz? 24 / 50 Yo’q, demang, aka. Biz ham tushunadigan odammiz. Xafa qilmaymiz, -Alimardonning o’ylanib turganin o’zicha tushundi. Ushbu gapda ostiga chizilgan birlikning shaxs-soni haqida ifodalangan to’g’ri hukmni aniqlang A) I shaxs ko’plik shakli II shaxs ko’plik ma’nosida B) I shaxs ko’plik shakli II shaxs birlik ma’nosida C) I shaxs ko’plik g`akli III shaxs birlik ma’nosida D) I shaxs ko’plik shakli I shaxs birlik ma’nosida 25 / 50 Qaysi gapdagi fe'lning shaxs va son ma'nosi ko'chmagan? A) Keling, do'stim, to'rga o'ting! B) Qani, mehmon, kelsinlar, kelsinlar! C) (O'qituvchi nutqidan) Bolalar, hozir diktant yozamiz. D) Kamina sizdan uzr so'raydi. 26 / 50 Qaysi gapda buyruq-istak maylidagi fe’l qatnashgan ? A) Kabob uchun shaxardan zira-piralarni ham olib chiqib qo’ydik B) Men unga ariqlarni tozalab qo’yishni. gulzorga suv quyishni buyurdim . C) Odam qahrlansa, bilimsiz bo’ladi, jahl kelsa, aql ketadi . D) Kel, do’stim, yuragimni senga ochay . 27 / 50 Buyruq maylidagi so’zlar qaysi javobda to’liq berilgan ? A) o’qisin ,beringiz ,ketamiz B) borayin ,ketaylik,olsin C) so’zla ,tuzlang ,gapirsam D) to’qigin ,ishlasak ,aytmayman 28 / 50 Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A) kim? nima? qaysi? B) kim? nima? qayer? qaysi? C) kim? nima? qayer? D) kim? nima? 29 / 50 Buyruq mayli nechanchi shaxsda belgisiz keladi? A) II shaxs ko'plikda B) III shaxs birlikda C) II shaxs birlikda D) I shaxs ko‘plikda 30 / 50 Ot turkumiga xos gramatik ko’rsatgich ( kategoriya) lar qaysi javobda berilgan? A) mayl,zamon,nisbat,shaxs,son B) kelishik,son,egalik C) bo’lishli va bo’lishsizlik D) daraja,nisbat 31 / 50 Qaysi qatordagi gapda III shaxs buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesim II shaxs ma’nosida qoilangan? A) Oling qo‘lingizni. B) Hamma paxta terimiga! C) Nega topshiriq bajarilmadi? D) Bu yerda chekilmasin. 32 / 50 Qaysi qatorda ot turkumiga mansub ma’nodosh so’zlar berilgan? A) qiyinchilik, mashaqqat, zahmat B) oydin, ravshan, C) keksa, mo’ysafid, qari D) kasallik, xastalik, bemor 33 / 50 Ot qaysi gap bo'lagi bo'Iib kela olmaydi ? A) aniqlovchi B) Hamma gap bo'lagi vazifasida kelihi mumkin C) hol D) kesim 34 / 50 Omon –eson keldilarmi ?-dedi Anvar do’stiga . Ushbu gapdagi fe’l mazmunan nechanchi shaxsni ifodalagan ? A) II shaxs ko’plik B) III shaxs birlik C) I shaxs birlik D) II shaxs birlik 35 / 50 Shart mayli edi , ekan to’liqsiz fe’llari bilan kelganda qanday ma’nolarni bildiradi? A) orzu – istak B) taxmin – gumon C) xabar D) buyruq - istak 36 / 50 Buyruq istag maylidagi fel ishtirok etgan gapni aniqlang A) Birliksiz kuch bo’lmas B) Bo’ridan qo’qqan o’rmonga kirmaydi C) Dushmanning kulgani siringni bilgani D) Dushmandan qo’qma mushofirdan qo’rq 37 / 50 Murakkab otlarning qaysi biri ikki xil so’z turkumidan tashkil topishi mumkin A) qo’shma va juft otlar B) qo’shma juft va takror otlar C) faqat qo’shma otlar D) faqat juft otlar 38 / 50 Ajdodlarim yotgan xokni, Bermagayman hech qachon! Bu zaminning har zarrasi, Qalbimga ildiz otgan. Ushbu she’riy parchada xabar maylidagi nechta fe’l mavjud? A) Mavjud emas. B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta 39 / 50 Shart mayli qaysi zamon shaklida ushalmagan orzu ,istak ,rejani ifodalab keladi ? A) hozirgi zamon B) zamonnning ahamiyati yo'q C) o'tgan zamon D) kelasi zamon 40 / 50 Ko‘chada, xiyobonlarda baqir-chaqir, yugur-yugur, ur-yiqit boshlanib ketgan edi. Ushbu gapdagi otlar sonini aniqlang. A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 41 / 50 Xabar mayli qanday shakllanadi? A) fe’l asosiga ravishdosh va sifatdosh qo’shimchalarini qo’shish orqali B) fe’l asosiga sifatdosh va harakat nomi qo’shimchalari qo’shish orqali C) fe’l asosiga zamon va shaxs - son qo’shimchalarini qo’shish orqali D) fe’l asosiga hech qanday qo’shimcha qo’shmagan holda 42 / 50 Juft otlar qanday so’zlardan tuzilishi mumkin A) ma’nolari yaqin so’zlardan B) ko’chma ma’noli so’zlardan C) sinonim va antonim so’zlardan D) A va B 43 / 50 Fe’llarning І va ІІ shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi ? ІІІ shaxs-chi ? A) ІІІ shaxsdagi zamon qo’shimchasi shaxs ma’nosini ham ifodalaydi. B) ІІІ shaxsda shaxs ma’nosini ifodalovchi maxsus shakl yo’q. C) –lar ko’plik qo’shimchasi ІІІ shaxs ma’nosini ifodalaydi D) –lik qo’shimchasi ІІІ shaxs ma’nosini ifodalaydi 44 / 50 Shart mayliga orzu-istak ma'nolarini qo'shadigan vositalar berilgan javobni toping. A) emas B) kerak C) lozim D) edi, ekan 45 / 50 Qisqartma so’zlar yasash qaysi so’z turkumlariga xos? A) faqat otga B) Barcha so’z turkumlariga C) ot, sifat, fe’l turkimlariga D) faqat sifatga 46 / 50 Nimadeysan, eyg'ayurinson? G'iybatlaring qildi meni qon. Sen ham bir kun o‘tarsan, inon, Mehr qolur, muhabbat qolur. Ushbu she’riy bandda kelasi zamon xabar maylidgi nechta fe’l mavjud? A) 6 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 5 ta 47 / 50 Ichkari tarafdan keksa bir xodima — eshikochar xola ko'rinib, Gulshanga salom berdi va "Xush keldilar!" - dedi. Ushbu gapda ostiga ehizilgan birlikning shaxs-soni haqida ifodalangan to'g'ri hukmni aniqlang. A) III shaxs ko'plik shakli II shaxs birlik ma'nosida B) III shaxs birlik shakli III shaxs ko'plik ma'nosida C) III shaxs ko'plik shakli III shaxs birlik ma'nosida D) III shaxs ko'plik shakli II shaxs ko'plik ma'nosida 48 / 50 Qaysi qatorda shaxs – son shakllarining xususiyatlari noto’g’ri ko’rsatilgan? A) fe’l-kesimni ega bilan bog’lab keladi. B) fe’lni kesim sifatida shakllantiradi C) harakat va holatni bildiruvchi shaxsni ko’rsatadi. D) ismlarni kesimlik shakliga xoslaydi 49 / 50 Endilikdama’lumki o'simliklar asosiy ozuqani quyosh nuri va havodan oladi. Ushbu gapdagi ot so‘z turkumiga mansub so'zlar soni qancha? A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta 50 / 50 Shart maylidagi fe’llarni toping A) unutma ,uyg’otma,shoshilmaylik B) ochilsa,ko’rsangiz ,sezmasak C) tozalaysan ,yig’ishtirasan ,tushuntirasan D) ketmoqdaman ,kuzatmoqdamiz,foydalanmoqdamiz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz