Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №8 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №8 InfoMaster Mart 31, 2022 147 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №8 FE’LLARNING ZAMON SHAKLLARI O’TGAN ZAMON SHAKLLARI O’TGAN ZAMON SHAKLLARINING YASALISHI O’TGAN ZAMON SHAKLLARIDA TO’LIQIZ FE’LNING ISHLATILISHI KELASI ZAMON SHAKLLARI MAYL SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Yopiq bo'g'inlardan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so'zni belgilang A) paxta B) sunbul C) kitob D) ko'cha 2 / 50 Dehqonchilikdan so'zida nechta morfema (ma'noli qism) bor? A) 2 B) 3 C) 5 D) 4 3 / 50 Qaysi gapda holat fe’li ishtirok etgan? A) Bir bo‘lakyog‘och parchasini pichoq bilan yo‘ndi. B) Keyin unga ot qilidan tor tortdi va tirnoq barmoqlari bilan asta chertib ko‘rdi. C) Mehnat baxt keltiradi. D) Ojizgina vizillagan toviish eshitildi. 4 / 50 Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l mavjud ? A) Qo’riq yer ekin ekishga tayyorlandi B) Tuguncha ichidagilar yerga to’kildi C) Bir pasda janjal boshlandi D) Uzoqdan suv ko’rindi 5 / 50 Fe’lning sifatdosh shakli qatnashgan gap qatorini belgilang A) Tabiat sirlarini bilish va aqlni o’stirish uchun odam har doim aqlini mashq qildirib turish kerak . B) Teatr Yunonistonda paydo bo’lgan . C) Havo tebranishlari to’siqqa uchrasa xuddi koptokdek orqaga qaytadi . D) Cho’lning sahro shamoli va cho’l quyoshidan qoraygan yuzida g’azab alomati yo’q edi . 6 / 50 Quyidagi qo’shimchalar qaysi biri sifatdoshning bo’lishsizlik shaklini hosil qiladi. A) –may ,-masdan B) –mas C) –mayin D) –maslik 7 / 50 1 Hikoyani bizga o'qib berdi 2 Bu kitobni sizga bcrdini Har ikkala gapdagi bermoq fe'Ii qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) ikkala gapda ham mustaqil fe’l B) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l C) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l D) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l 8 / 50 Kelasi zamon fe’lining gumon, taxmin ma’nolari qaysi gapda mavjud? A) Ertaga mashina kelar, kelmasa yo’lga chiqmayman . B) Mening akam kollejda o’qiydi. C) Kunlarning sanog’ini bilmay qolasan . D) Dalaga suv chiqarganman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi . 9 / 50 Shaxs-son qo'shimchalarining -man, -san, -miz, siz, -di(-lar) shakllari qo'shiladigan o'tgan zamon turini hosil qiluvchi qo'shimcha qaysi javobda berilgan? A) -di B) -gan C) A,B. D) –(i) b 10 / 50 Fe’l asoslariga -di, -b, -gan qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan qanday birlik hosil bo’ladi? A) buyruq –istak mayl shakllari B) kelasi zamon shakllari C) hozirgi zamon shakllari D) o’tgan zamon shakllari 11 / 50 So'zlovcliining bcvosita o'zi ko'rgan harakat va holatni bildiradigan o'tgan zamon ishaklini yasovchi qo'sliimcha berilgan javobni-toping. A) -di B) -gan C) -b D) -ib 12 / 50 Qanday fe’llar to`liqsiz fe’l hisoblanadi? A) shaxs-son qo`shimchalarini qabul qilmaydigan fe’llar. B) yakka holda ish harakat ma’nosini bildirmaydigan fe’llar. C) B, C D) boshqa so`zlar bilan birgalikda qo`llanadigan fe’llar. 13 / 50 Qaysi so’z birikmalarida hozirgi zamon sifatdoshi mavjud ? A) yurayotgan mashina B) ishlagan bola C) oqar so’z D) tug’ilgan chaqaloq 14 / 50 Fe’lning mayli ko’chgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Otam bordilar B) Sizga nima bo’ldi, amaki? Signal berdim, eshitmadingiz C) Yomg’ir to’xtasin, yo’lga chiqamiz D) Hammasini bilasan, lekin imtihonda shoshib qolasan 15 / 50 0‘tgan zamon fe’lining qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so'zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) - di, -b(-ib) B) -gan (-kan, -qan) C) -b (-ib) D) -di 16 / 50 Fe’l asosiga zamon va shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan shakllanadigan maylni belgilang. A) shart B) Barcha fe’l mayallarya zamon va shaxs-son qo’himchalarini qo`shish bilan shakllanadi. C) buyruq-istak D) xabar 17 / 50 Kelasi zamon ma'nosini ifodalagan boshqa zamon fe'li qatnashgan gapni toping. A) O’shanda birga sayr qillmoqchi bo’ldik. B) Nargiza musavvir bo’lgani o’qibdi . C) U Buxoroga oqishga borar ekan. D) O’sha yerda ishlab yuribman. 18 / 50 To’liqsiz fe’lning qisqargan shakli ishtrok etmagan gapni toping? A) O’g’limning bu ishlaridan faxrlandim B) Cholning ikki ko’zidan o’t chaqnardi C) Ayol yuziga rumolini tushurib piq-piq yig’larmish D) Mehmonni kutishga bozorlik qilib qo’ygandim 19 / 50 -m, -ng, -k qo’shimchalari qaysi zamon shakllaridan so’ng qo’shiladi? A) o’tgan zamonninng -di hamda kelasi zamon shart mayli -sa shaklidan so’ng B) sof fe’l va ravishdosh shaklidan so’ng C) ravishdosh shaklidan so’ng D) sifatdosh shaklidan so’ng 20 / 50 Qaysi gapda fe’lning zamon ma’nosi ko’chgan? A) Bolalar bog’da yosh nihollarni parvarish qilyapti. B) Yuqoridagi gaplarda fe’lning zamon ma’nosi ko’chmagan . C) Nasiba o’qishga kirish uchun hujjat topshiryapti. D) Zamon zamonligini qilmoqda. 21 / 50 Ovqatni yedig-u, meni uyqu bosdi: - Dada, keling, uxlaylik. Berilgan gapdagi fe’llar qanday mayl shakllarida pkanini aniqlang. A) 2 tasi xabar, 2 tasi buyruq-istak maylida B) 1 tasi xabar, 2 tasi buyruq-istak, 1 tasi shart maylida C) 2 tasi xabar, 1 tasi buyruq-istak, 1 tasi shart maylida D) 3 tasi xabar, 1 tasi buyruq-istak maylida 22 / 50 Harakatning har uch zamonga tcgishliligini ifodalaydigan qo'shimcha qaysi javobda berilgan? A) A,B,C B) –(a) r C) -y D) -a 23 / 50 Fe’lning zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi qaysi maylni ifodalaydi? A) ІІІ shaxs buyruq - istak maylini B) ІІ shaxs buyruq - istak maylini C) І shaxs buyruq - istak maylini D) І shaxs xabar maylini 24 / 50 Fe’l o’zagi hech qanday grammatik ko’rsatkichlarsiz qo’llansa ,ular qaysi mayldagi fe’llar hisoblanadi A) shart B) buyruq –istak C) maqsad D) xabar 25 / 50 aysi qatordagi fe'l hozirgi zamonni bildiradi ? A) alqab yuboribdi. B) kulib gapirdi. C) gapiryapti D) o’qib chiqibdi 26 / 50 Qaysi qatorda qo’shma fe’l hozirgi zamonda? A) Majnuntol suvga egilib salom berayotir B) Shamol kuchayib ,daraxtlarning shoxlarini egib borayotir C) Barglar sarg’ayib to’kilmoqda D) Yomg’ir tobora kuchayib borayotir 27 / 50 Undosh bilan tugagan fe’l asoslariga kelasi zamonning qanday qo'shimchalari qo'shiladi? A) -у, -ar B) -s, -y, -ar C) -a, -ar D) -y, -r 28 / 50 Fe’lning qanday mayl shakllari mavjud? A) xabar, buyruq-istak va shart mayli B) buyruq, xabar va shart mayli C) xabar, buyruq va istak mayli D) xabar, istak va shart mayli 29 / 50 Kelasi zamon fe’li shakllari qanday ma’nolarni ifodalaydi? A) Harakat yoki holatning aytilayotgan paytdan oldin yuz berishini bildiradi . B) Harakat yoki holatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi . C) A va С D) Harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so’ng yuz berishini bildiradi . 30 / 50 Kelasi zamon fe’llari yasaydigan qo’shimchalarni aniqlang A) -yotir, -moqda B) -a, -yotib C) -di, -ib D) -a, -y, -a (-r) 31 / 50 Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat va holat, shuningdek, istak-xohishni bildiradigan fe’l shakli ... A) xabar mayli B) buyruq-istak va shart mayli C) shart mayli D) buyruq-istak mayli 32 / 50 O’tgan zamon shakllaridan qaysi biri so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatini ifodalaydi ? A) –a(r) B) -(i) b C) –di D) –gan( -kan,qan) 33 / 50 Hozirgi zamon fe'llarning talaffuzi yozilishidan farq qiladigan qo’shimchasi berilgan javobni toping. A) -yotib B) -yotir C) B,C D) -yap 34 / 50 Hozirgi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping. A) –ayotgan B) –mas C) –qan D) –ydigan 35 / 50 Notiq so’zini tugatadi (qarsaklar) Hamma o’rnidan turadi. Ushbu gapdagi fe'l zamonini aniqlang. A) hozirgi keiasi zarnon fe'!l B) hozirgi zamon davorn fe'li. C) kelasi zamon fe'li. D) o’tgan zamon fe'li. 36 / 50 Uzoq o’tgan zamon fe'lini hosil qiluvchi qo’shimchalar qaysl javobda to’liq berilgan? A) edi, -ar edim. -mas edi. B) -gan, -kan, -qan, -gan edi C) -di, -gan, -b edi. D) -moqchi edi, -yapman, -adi. 37 / 50 O’tgan zamon fe’li qatnashgan gapni toping. A) Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G’anini uyga yuboribdilar. B) Daryoning suvi ko’paysa, baliqning chiqishi oson bo’ladi . C) Sen ko’rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so’nib borayapti . D) Maktabga boray, Siz aytgan narsani topay, keyin aytaman . 38 / 50 Shaxsi va mayli ko’chgan holda qo’llangan gap qaysi qatorda ko’rsatilgan ? A) Kechirasiz,sizni birinchi ko’rishim ,kolzozga yaqinda keldingizmi ? B) Olimjon akam keldilar . C) Biz G’irvonga A.Qodiriy izidan keldik , U kishi bundan 40 yil ilgari ocherk yozish uchun shu yerga kelgan ekanlar D) Qani yozamiz ,bolalar . 39 / 50 di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’no bildiradi? A) so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi B) harakat va holatni ilgariroq bajarilganini C) harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi D) ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi 40 / 50 Inson tirik ekan, hech qachon umidsizlanmasligi kerak? Ushbu gapda to`liqsiz fe’l qaysi turkumga oid so`z bilan birga qo`llangan. A) ravsh B) ot C) sifat. D) son 41 / 50 Qaysi gapda kelasi zamon fe’li qatnashgan ? A) Tolibjon gapning ma’nosini darrov tushundi B) Oddiy haqiqatni kimga isbot etmoqchisan C) Lekin ko’chada qatnov,qiy-chuv brogan sari kuchaymoqda D) Kelinbuvim ukalarim bilan uyga qaytdi 42 / 50 Kelasi zamon fe’li qatnashgan gapni toping . A) Men Sharqdan kelayotirman . B) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi . C) Kecha qarasam, tog’ang bilan ketayotgan ekansan . D) –Yaxshi tush ko’ribsan , -dedi oyisi . – Demak, uyga mehmon kelayotir . 43 / 50 Kelasi zamon fe'llan qaysi javobda to’gri berilgan A) kurashmoqda, uxlamoqchi, yozganmiz. B) bormoqda, aytmoqchi edi, o’ylayapman C) so’zlamoqchi, keladigan bo’ldi. kutarman D) kuzatdilar. ko radllar, tushayapti. 44 / 50 Fe’l va fe’l bo`lmagan so`zlar bilan qo`llanilib turli ma’nolar ifodalovchi yordamchi vazifalarda qo`llanuvchi fazifalarda qo`llanuvchi fe’llar qanday nomlanadi? A) mustaqil fe’llar B) to`liqsiz fe’llar C) ko`makchi fe’llar D) harakat nomi 45 / 50 Ibrohimjonning ovozida zarracha shikoyat oxangi yo’q edi. Aksincha, u alohida g’urur bilan gapiradi. Ushbu gapdagi fe’l qaysi zamon ma’nosini ifodalagan? A) o’tgan zamon B) hozirgi zamon C) hozirgi va kelasi zamon D) kelasi zamon 46 / 50 Bir kun qarasam, darchani buzaman deb bolta ko’tarib kelayotibdi Gapda qaysi zamon ma'nosi ifadalangan. A) kelasi zamon fe'ii. B) hozirgi kelasi zaraon leli. C) hozirgi zamon fe'li. D) o’tgan zamon fe'ii. 47 / 50 Fe'l asosiga zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilangina hosil qilinadigan fe'l maylini ko'rsating A) shart B) A va B. C) buyruq-istak D) xabar mayli 48 / 50 So’zlovchining istagi ,da’vati ,chaqirig’i ,buyrug’i kabi ma’nolarni ifodalash uchun qaysi fe’l shakli qo’llanadi ? A) buyruq istak mayli B) maqsad mayli C) xabar D) shart mayli 49 / 50 Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon hosil qiladi ? 1-(a ) y ; 2 –(a) r 3 –di 4 –moqda 5 –ajak 6- gandi 7- moqchi A) 1,4,5,7 B) 3, 5,6,7 C) 2,3,6,7 D) 1,2,5,7 50 / 50 Quyidagi zamon hosil qiluvchi qo'shimchalardan qaysi biri harakat yoki holatning takrorlanuvchanligini ifodalaydi ? A) -ardi B) -di C) -gandi D) -gan 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz