Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №15 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №15 InfoMaster Mart 31, 2022 562 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 6-sinf Ona tili №15 TAQSIM SON ,UNING YASALISHI KASR SONLAR .ULARNING YASALISHI VA IMLOSI HISOB SO’ZLARI TARTIB SONLAR MUSTAHKAMLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 54 Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Shevaga xos so’zlar B) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. C) Atamalar D) Paronomlar 2 / 54 Kamtar bo’l, barchani etgil bahramand, Sening ham martabang bo‘lg‘usi baland. (A. Jomiy) Ushbu baytda nechta qo‘shimcha ishtirok etgan? A) 4ta B) 7ta C) 6ta D) 5 ta 3 / 54 Qaysi qatorda holat fe’llari berilgan? A) yiqilmoq, bo’yalmoq, uxlamoq B) porlamoq, ketmoq, tegmoq C) sarg’aymoq, tekislamok, bermoq D) unmoq, jimirlamoq, ikkilanmoq 4 / 54 Birgalik nisbat shaklidagi fe’lni aniqlang A) birlashmoq B) kuylashmoq C) do’stlashmoq D) bellashmoq 5 / 54 Fe’lning sifatdosh shakli qatnashgan gap qatorini belgilang A) Teatr Yunonistonda paydo bo’lgan . B) Cho’lning sahro shamoli va cho’l quyoshidan qoraygan yuzida g’azab alomati yo’q edi . C) Tabiat sirlarini bilish va aqlni o’stirish uchun odam har doim aqlini mashq qildirib turish kerak . D) Havo tebranishlari to’siqqa uchrasa xuddi koptokdek orqaga qaytadi . 6 / 54 Tiz cho’kib turguncha tik turib, o’lmoq yaxshiroq. Gapdagi ravishdosh anglatgan ma'noni aniqlang. A) payt. B) harakat belgisi. C) qiyos. D) maqsad. 7 / 54 Fe'llarning munosabat shakllari noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) ntsbat qo 'shimchalari B) shaxs-son qo 'shimchalari C) zambn qo 'shimchalari D) mayl qo 'shimchalarl 8 / 54 So’zlovchining gapirayotgan onidan avval bajarilgan ish harakat.... oid bo’ladi. A) kelasi zamon. B) o’tgan zamon C) payt ravishdoshi D) hozirgi zamon. 9 / 54 Ot qaysi gap bo'lagi bo'Iib kela olmaydi ? A) aniqlovchi B) kesim C) hol D) Hamma gap bo'lagi vazifasida kelihi mumkin 10 / 54 Buyum ot yasovchi qo’shimchalar brilgan qatorni toping. A) -gich, - q, -k. B) -gar, -li, -chilik. C) -g, -q, -paz. D) -xon, - ist. 11 / 54 Yasama sifat qatnashgan gapni toping. 1.Otin bibi qari, jiddiy, savlatli xotin. 2.Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. 3.U yo’lni piyoda bosib o’tdi. 4.Oqqo’rg’onning anjir va uzumlari hil-hil pishdi. A) 1,2 B) 2,3,4 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4 12 / 54 Shunda ulg‘aydi bo‘yi, Ko‘ring bo’ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko‘z, Sarg‘ish soch-u oppoq yuz.(Po‘lat Mo'min Berilgan she’riyjumladagi sifatlar qanday daraja shakir i- ekanini aniqlang. l)oddiy; 2)orttirma; 3)qiyosiy; 4) ozaytirma. A) 1,2,3,4 B) 1,2, 4 C) l, 2 D) 1, 3,4 13 / 54 Qiyosiy darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Onamning ismi Enaxon ,nihoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol B) Lola qizil ,oq 5sariq ranglarda tovlanib ochiladi C) Tilimiz dag'alroq ,lekin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan . D) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi 14 / 54 Sonlar avvalo ikki guruhga ajratiladi: …. A) jamlovchi son ,dona son B) Hamma javoblar to'g'ri C) chama son,taqsaim son D) miqdor son ,tartib son 15 / 54 Quyida berilgan hisob so’z qanday ifoda uchun xizmat qilgan ? Bir qultum suvga zor bo’lib A) butunning bo’lagi B) predmetni yakkalab hisoblash C) masofa D) og’irlik o’lchovi 16 / 54 Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida qo’llanib, bu narsaning o’lchovini bildiradigan so’zlar ... A) hisob so’zlari B) tartib son C) taqsim son D) kasr son 17 / 54 Quyidagi gapdagi sonning ma'nosini aniqlang. Tokchadagi beshinchi chiroq lippillab yonar edi. A) tartibni. B) noaniqlik ma'nosini. C) narsaning turini. D) aniq miqdorni. 18 / 54 Butunning bo’lagini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so’zlar berilgan qatorni toping A) siqim , to’da , botmon B) chaqmoq , luqma , shingil C) nafar, bosh , nusxa D) dasta ,shoda , bog’ 19 / 54 Qaysi qatordagi gapda hisob so’zlari mavjud? A) Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi. B) Cho’ponlar har tunda bittadan qo’y g’oyib bo’layotganini sezib qolishdi. C) Shu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan tog’olchani keltirib qo’ydi. D) Aravaga qo’shib bo’lmaydigan begona ikki otdan tamoman darak yo’q. 20 / 54 Qaysi gapda qo’llangan o’lchov so’zi alohida olinganda predmet nomini bildirib matn ichidagi o’lchov ma’nosini bildiradi ? A) To’rt nafar talaba darsga qatnashmadi B) To’rt yashik xurmo terishdi . C) Uyning orqasida to’rt sotix ekin maydoni bor D) Shahargacha hali uch chaqirim bor 21 / 54 Qaysi songa egalik qo’shimchasi ikki marta qo’shilgan? A) yarmisini B) yuztachasini C) beshovini D) o’ntasiga 22 / 54 Qaysi gapda kasr son mavjud ? A) A, B , C B) Ikki yorti-bir butun. C) Qizaloq yarim tishini ko’rsatdi. D) Bu yarim yo’lda yodiga tushdi. 23 / 54 Ma’lum bir miqdordagi narsa-buyumlarni bir butunlik sifatida jamlab keladigan sonlar ......... deyiladi. A) jamlovchi son B) sanoq son C) kasr son D) chama son 24 / 54 Tartib son ma’no vazifasiga ko’ra qaysi so’z turkumiga yaqin turadi? A) ravishlarga B) olmoshlarga C) sifatlarga D) otlarga 25 / 54 Qaysi sonlar omonimlik xususiyatiga ega bo’lishi mumkin? 1.ikki 2.yuz 3.yigirma 4.to’rt 5.uch 6.qirq A) 2,5,6 B) 2,3,5,6 C) 1,2,6 D) 1,2,3,4,5,6 26 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu gapni ikkinchi gapirmang . A) g’alati. B) birov. C) teng. D) boshqa. 27 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar sonlar bilan qo’llanganda qanday tinish belgisi qo’yiladi ? A) tinish belgisi qo’yilmaydi B) nuqtali vergul C) tire, vergul D) ikki nuqta 28 / 54 Qaysi qatorda hisob so’zlar berilgan? A) gektar , tanob , qop B) beshtadan , uchovlon ,yuztacha C) minglab ,minglarcha,o’nlab D) uchdan biri , yarimta , nimchorak 29 / 54 Taqsim son qaysi gap tarkibida mavjud emas? A) U bu yilgi bahorda har yuz ona qo‘ydan bir yuz yigirma bittadan qorako‘l qo‘zisi oldi. B) Qulupnayning mevasi naviga qarab, uchtadan - saksontagacha bo‘lishi ham mumkin. C) Qurolsiz, navkarsiz mulla Fazliddin Ahmad Tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi?! D) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit boiibdi. 30 / 54 Qachon tartib sonlardan keyin chiziqcha qo’yiladi? A) arab raqami bilan yozilganda B) A, C C) rim raqamlari bilan ifodalanganda D) so’zlar bilan ifodalanganda 31 / 54 Taqsim son qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Bemorlar palatalarga to’rttadan joylashtirildi. B) Hozir uyida shunaqa antiqa bodringdan to’rttasi bor. C) Ularning ikkovi ham jim qolishdi. D) So’rining shundoq yonida ikki dona olma tushibdi. 32 / 54 Qaysi javobda bir xil kasr sonlar berilgan. A) yettidan besh, uchdan ikki, oltidan bir. B) to’rtdan uch, yarim chorak, bir yarim. C) nol butun uchdan ikki, bir chorak, sakkiz yarim. D) bir butun, beshdan uch, nimchorak, ikki yarim. 33 / 54 O’lchov so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni aniqlang A) Sanoq son bilan sanalayotgan predmet o’rtasida qo’llanadigan o’lchov birliklariga o’lchov so’z deyiladi B) O’lchov birliklarining ayrimlari o’lchanayotgan sanalayotgan predmetlarning qandayligiga xoslangan bo’ladi C) O’lchov so’zlarning ayrimlari alohida olinganda predmet nomini,matn ichida esa o’lchov birligi ma’nosini bildiradi D) O’lchov so’zlar sanalayotganpredmetdan keyin keladi 34 / 54 Javoblarning qaysi birida kasr son mavjud. A) Saida birinchi majlisni o’ttkazishga tayyorgarlik ko’ra boshladi. B) Biz ikki yarim yil ichida ko’p yutuqlarga erishdik. C) Besh oylar chamasi o’tgach, Ummatalini chaqirishibdi. D) Uchovimizning maqsadimiz bir. 35 / 54 Qaysi gapda kasr son hisoblanuvchi so’z qatnashgan. A) Soat uch yarimlarda uchrashsak. B) Yolg’iz otning changi chiqmas. C) Kelganlarning uchdan biri notanish edi. D) Nurullo uchlasiga rosa sinchiklab tikildi. 36 / 54 Qaysi qatorda taqsim son hosil qiluvchi qo’shimcha berilgan. A) -ov B) -ovlon. C) -tacha. D) -tadan. 37 / 54 Numerativlar (hisob )so’zlar qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanadi ? A) otlar bilan B) sifatlar ,asosan yasama sifatlar C) gumon olmoshi bilan D) son ,sanoq sonlar 38 / 54 Tartib son yasovchi –inchi (-nchi) qo’shimchalari murakkab sonlarga qay tarzda qo’shiladi? A) vaziyatga qarab murakkab sonning talab etilgan qismiga qo’shiladi. B) hamma songa qo’shiladi C) faqat oxirgi songa qo’shiladi D) birinchi songa qo’shiladi 39 / 54 Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar .... deyiladi ? A) sonoq son B) taqsim son C) kasr son D) chama son 40 / 54 Kasr son qo’llangan qatorni ko’rsating. A) Novvoyxonadan ikkita issiq. non olib chiqay B) ... qizarib —bo’zarib, ketmondek oyning yarmi ko’rinadi. C) Ikki hovli qo’shib yuborilgan edi. D) ... to’rt —beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi 41 / 54 Quyidagi guruhdan taqsim sonli gapni aniqlang. A) Ikala moysafid ham ko’chatzorga borishdi. B) Har birimiz bittadan kitob oldik. C) Uchovi qabulxonaga kirishdi. D) Zarifa ikki-uch og’iz gap qildi. 42 / 54 Qaysi son arning yozilishida chiziqcha noto’g’ri ishlatilgan? 1. 14-bob 2. 26-uy 3. XV-asr 4. 1980-yil 5. 8-Mart A) 1,2,3 B) 2,3 C) 4,5 D) 3 43 / 54 Hisob so’zlar qo’llangan gapni toping A) Topgan bir dasta gul ,topmagan bir bog’ piyoz B) Yarim yorti ishlar bizga yoqmaydi C) Ikki do’st suhbatlashib o’tirishardi D) Tanklar jangini Ahmadjon birinchi marta ko’rishi edi 44 / 54 Kasr son qatnashgan gapni toping. A) Bolalar eshaklarga yem berib, o’zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soat vaqt o’tdi. B) Sizlar mana shu to’qqizta xivichni birga qo’shib sindirib ko’ringlar-chi! C) Bekatda o’ntacha odam avtobus kutib turardi. D) Azim har yelkasiga to’rttadan odam o’tiradigan yigit bo’libdi. 45 / 54 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq B) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq C) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch D) burda, para, karch, chimdim, dasta 46 / 54 Taqsim son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Shaharda bitta doktorxona bor B) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan C) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik D) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi raumkin 47 / 54 Qaysi sonlar ma’no jihatidan sifatlarga yaqin turadi? A) jamlovchi sonlar B) kasr sonlar C) tartib sonlar D) miqdor sonlar 48 / 54 Kasr son haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri? A) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan o’rin payt kelishigida yeladi B) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish kelishigida keladi. C) Butun miqdorni bildiruvchi qism ko’pincha chiqish va qaratqich kelishigida keladi. D) Butun miqdorni bildiruvchi qism asosan qaratqich kelishigida keladi. 49 / 54 Berilgan gapdagi son anglatgan ma'noga muvofiq so’zni tanlang. Bu shubhasiz, bizning yutug’imiz. Lekin ikkinchi tomonini ham esdan chiqarmaslik kerak. A) teng. B) birov. C) boshqa. D) g’alati. 50 / 54 Tartib son yasovchi qo’shimchani toping. A) -lab. B) -larcha. C) -(i)nchi. D) –lar 51 / 54 Qaysi qatorda otlashgan sonlarga egalik qo’shimchasi noto’g’ri qo’shilgan? A) ikkovimiz, to’rtalasi B) beshovim, ikkalam C) uchovi, to’rtovi D) uchovlari, beshalangiz 52 / 54 Hisob so’zlar asosan sonning qaysi turi bilan birga qo’llanadi ? A) jamlovchi son B) sanoq son C) dona son D) chama son 53 / 54 Kasr son berilgan gapni aniqlang. A) Ahmadjon ularga qarab uch sidra o’q yog’dirdi. B) Bobom yarimta tishini ko’rsatib kuldi. C) Uchovimizning maqsadimiz bir. D) Bir bor gapirdim, ikki bor gapirdim, quloq solmadi. 54 / 54 Qaysi qatorda kasr son ishtirok etgan ? 1 Bolalar eshaklarga yem berib o'zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o'tdi 2 Oilada kimda kim sahar soat to'rt yarim behlarda uyg'onsa o'sha yuzga yaqin odamdan iborat navbatga chopadi 3. Yo'lning kengligi 10,5 m ni tashkil qiladi 4 Rejaning uchdan ikki qimi bajarildi A) 1,2 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,2,3,4 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz