Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №13 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №13 InfoMaster Mart 31, 2022 132 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №13 SIFATLARNING QIYOSIY DARAJA SHAKLI SIFATLARNING OZAYTIRMA DARAJA SHAKLI SIFATLARNING MA’NO TURLARI XUSUSIYAT ,HAJM –O’LCHOV ,MAKON –ZAMON SIFATLARI RANG –TUS ,MAZA-TA’M VA HID SIFATLARI SIFATLARNING OTLASHUVI MUSTAHKAMLSH SON Mavzular yuzasidan testlar 1 / 52 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqidagi fikr mulohazalar bayon qilingan matn …hisoblanadi ? A) hikoya matn B) muhokama matn C) tasviriy matn D) rivoyat matn 2 / 52 "qoramtir" so'zida nechta so'z yasovchi qo'shimch bor? A) 2ta B) 3ta C) 1 ta D) Bu tub so'z 3 / 52 Fe’llar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) sodda fe’llar, qo’shma fe’lar, juft fe’llar,takroriy fe’llar B) sodda fe’llar, qo’shma fe’llar, takroriy fe’llar C) ) sodda fe’llar, qo’shma fe’llar, yasama fe’llar D) sodda fe’llar va qo’shma fe’llar 4 / 52 Qaysi gapda orttirma nisbat shaklidagi fe’l qo‘llanmagan? 1 Donishmandlar yalqovlik muhtojlik eshigi ekanligini uqtirganlar. 2 Alisher Navoiy ota va onani oy-u quyoshga o‘xshatgan. 3 Olimlar ortiqcha saodatga intilish saodatni qo’lga kiritishga to‘sqinlik qilishligini aytishgan. A) 3 B) 1,2,3 C) 2 D) 1,2 5 / 52 Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo’shimchasi mavjud ? A) sevintirdi ,yozdirildi ,so’rattirdi B) qurdirdi ,bitkazdi,keltirdi C) yozdirildi,urishdi,o’zgartirdi D) surishtirdi,o’tkazdi,to’kildi 6 / 52 Qaysi javobdagi ravishdoshlar ish harakatning paytini bildiradi. A) topgani, bo’linib, yura-yura B) shoshgancha, kiygani, yurgach. C) oqquncha, topgani, ezilib D) kuchayguncha, tuqqach, ichikkuncha. 7 / 52 Qaysi qatordagi gapda qo’shma fe’l berilgan? A) Bugun havo juda isib ketdi. B) Dadasining qo’lidan ushlab, dikir — dikir sakrab, o’ynoqlab ketaberdi. C) Mashinada u — bularni yuborasiz. D) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. 8 / 52 Uzoq o’tgan zamon fe'lini hosil qiluvchi qo’shimchalar qaysl javobda to’liq berilgan? A) -di, -gan, -b edi. B) edi, -ar edim. -mas edi. C) -moqchi edi, -yapman, -adi. D) -gan, -kan, -qan, -gan edi 9 / 52 Buyruq-istak maylidagi fe’llarning qaysi birida istak ma’nosi bo’lmay, faqat buyruq mavjud bo’ladi? A) II shaxsda B) I shaxs birlik va ko’plikda C) IIIshaxsda D) 2 va 3 shaxslarda 10 / 52 Payt anglatuvchi ot qo’llangan gap qatorini ko’rsating A) Aqlli odam boshqa bir odamning qilgan xatosidan saboq oladi B) Hozir hamisha qor qoplab yotgan yerlar bir necha million yillar ikgari issiq bo’lgan C) To’rt narsa hamma uchun zarur : salomatlik,go’zal xulq ,rostgo’ylik va halol mehnat D) Va’daga vafo qilish insoniylik fazilati 11 / 52 Erkalash otlari berilgan qatorni ko’rsating A) Sardorbek,Manzuraxon B) qizgina ,shugina C) bolaginam ,onajonim D) Barnoxon ,kitobxon 12 / 52 Qaysi gapda orttirma darajadagi sifat qo’llangan? A) Hovli ham, uy ham bo’m-bo’sh, hammayoq suv quygandek jimjit edi B) Mevasi yetilib pishganda sershira bo’ladi. C) Uning nazarida bundan ham suyumliroq, bundan ham zavqliroq va shavqliroq ish yo’q edi. D) Nomus jondan ham qimmatliroq 13 / 52 .Sifatlarning ma’no guruhlarini belgilang. 1.Xususiyat bildiruvchi sifatlar 2.Rang-tus bildiruvchi sifatlar 3.Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar 4.Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlar 5.Hid bildiruvchi sifatlar 6.Makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar A) 1,2,3,4,5 B) yuqoridagilarning barchasi C) 1,2,4 D) 1,2,3,4 14 / 52 Nutqimizda faol ishlatiladigan nechta sodda (tub) son bor. A) 35. B) 10. . C) 23. D) 26 15 / 52 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) bo’ydor, xushbo’y B) nimtatir, chuchmal C) serob, kamchil D) badbo’y, sovuq 16 / 52 -imtir, -ish qo’shimchalari sifatning qaysi ma’no guruhlariga qo’shiladi? 1. xususiyat 2. rang-tus 3. maza-ta’m 4. hajm-o’lchov 5. hid 6. makon-zamon A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 5 C) faqat 2 D) 2, 3, 6 17 / 52 Otlashgan sifat qaysi gapda qo'llangan? 1. Sen meni yomon deding. 2 To'g'ri, haqiqategiladi, biroq sinmaydi, 3. Testlarning ko 'pida xato qildim. 4. Bu yerda о 'z ishining ustalari yig 'ilgan. A) 2, 4 B) faqat 1 C) 3,4 D) 1, 4 18 / 52 Sifat so’z turkumlari berilgan qatorni toping. A) oltin,kumush,yoqut B) to’lqin,qoziq,maysa C) go’zallik,yaxshilik,xotirjamlik D) salqin,jimjit,durkun 19 / 52 Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to'lishrpagan qandaydir beshakl oyxira, rangsiz yiltiradi. Berilgan gapda rang –tus bildiruvchi nechta sifat ishtirok etgan ? A) 1 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta 20 / 52 Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang.yomondan burun o’lasan,Yaxshi bilan sirdosh bo’lsang.yaxshilik bilan unasan.Ushbu maqolda nechta sifat otlashib kelgan? A) 3 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 2 ta 21 / 52 1. Lobarxon oyoqlarida zo‘rg‘a tursa ham, nur ko'rganidanmi yo dimog'ini qitiqlayotgan yoqimli hiddanmi, har qalay tinmay jilmayar edi. 2. U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlami, mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o'qiydi. Berilgan gaplardagi yoqimli so‘zi sifatning qaysi turiga mansub? A) 1-gapda hajm-o‘lchov, 2-gapda xususiyat B) 1-gapda hid, 2-gapda maza-ta’m C) 1-gapda hid, 2-gapda xususiyat D) 1-gapda xususiyat, 2-gapda maza-ta’m 22 / 52 Javoblarning qaysi birida otlashgan sifatlar qo`llanilgan? A) Mardni maydonda sina . B) To`g`ri gap hammaga ham yoqavermaydi. C) Qiziqarli kitob oldim. D) Mard odamni maydonda sina. 23 / 52 Bu qadar past ketasan deb о 'ylamagan edim. Gapda qo'llangan sifat turkumiga mansub so‘z haqidagi to‘g‘ri mulohazani belgilang. A) asliy, sodda tub sifat, ozaytirma darajada B) Bu gapda sifat ishtirok etmagan. C) nisbiy, sodda tub sifat, ozaytirma darajada D) asliy, sodda tub sifat, oddiy darajada 24 / 52 Predmet belgisining kamligini ko’rsatuvchi -mtir( -imtir) , -roq, -ish qo’shimchalari qaysi so'’zlar doirasida o’zaro sinonim sifatida qollanishi mumkin? A) oq, qora,yashil B) yashil , sariq, qizil. C) oq, sariq, ko’k D) oq, qora, sariq. 25 / 52 Ozaytirma sifat hosil qiluvchi so’zlarni belgilang. 1.sal 2.biroz 3.juda 4.xiyla A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2 D) 1,2,4 26 / 52 Ozaytirma sifat hosil qiluvchi qo’shimchalardan qaysi biri rang bildiruvchi sifatdan boshqalariga ham qo’shilishi mumkin? A) –imtir B) boshqasiga qo’shilmaydi C) –ish D) –gina ( -kina ,-qina ) 27 / 52 Qaysi atama songa xos emas ? A) tartib. B) qo’shma. C) yasama. D) juft. 28 / 52 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar qatnashgan? A) Sap-sariq oltinday behilar sotuvga chiqarildi. B) Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o’xshaydi. C) Bir g’uncha edingiz yel ham tegmagan,ifor taraladi sizdan muattar D) Elmurod chaynaganini yutinib, nonga tikilib qoldi. 29 / 52 Ozaytirma sifat shakli sifatning qaysi ma'no turidan yasaladi. A) ma'za-ta'm bildiruvchi. B) holatni bildiruvchi. C) xarakter-hususiyat bildiruvchi. D) rang tus bildiruvchi. 30 / 52 Ozaytirma darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Onamning ismi Enaxon ,nihoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol B) Tilimiz dag'alroq ,ldkin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan . C) Lola qizil ,oq ,sariq ranglarda tovlanib ochiladi D) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi 31 / 52 Bu go’zal qiz ...oq-sariq tusda yaratilgan edi.Ra’noning sochi gungurt-qora ,ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko’rinsa ham,quyoshda biroz sarg’ish bo’lib ko’rinar edi.Sochlari juda quyuq,sanoqsiz kokillar orqa-o’ngini tutib yotar. Ushbu matnda nechta sifat mavjud? A) 9ta B) 8ta C) 10ta D) 7ta 32 / 52 Bu bog’lar ichida qizg’ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko’rkam binolar, ko’shklar, kichik-kichik sayyoralar ko’zga tashlanadi Ushbu gapdagi sifatlar haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) gapdagi uchta sifat rang-tus bildiradi. B) gapdagi sifatlarning tuzilishiga ko’ra uchta …….. ishtirok etgan C) gapda beshta sifat qatnashgan D) gapda bitta qo’shma sifat,bitta takror sifat mavjud. 33 / 52 Predmetning xususiyatnini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda berilgan ? A) novcha , og’ir , katta B) kamtar, xushfe’l , sho’x C) shirin ,achchiq , nordon D) ko’k ,sariq , yashil 34 / 52 Qiyosiy darajadagi sifat berilgan gapni aniqlang. A) Sa'vaning dumi qora. B) Sa'va chumchuqqa qaraganda kichikroq qush. C) Ziyrak juda xursand edi D) Sa'va-kichik, chiroyli qush. 35 / 52 Oddiy va qiyosiy darajadigi sifat qaysi gapda qo’llangan. A) Anorning urug’i sersuv, nordon shirin. B) Ota, yurtimizning bu kuni baxtli, chiroyli, ertasi, indini yana baxtliroq, chiroyliroq bo’ladi. C) To’g’ri odam egri so’zdan or qilar. D) Sayohatchilar tog’ning eng baland cho’qqisiga chiqdilar. 36 / 52 Quyidagi silatlardan qaysilari hajm-o'lchov sifatlari guruhiga kiradi? 1) uzun; 2) keng; 3) baland; 4) yozgi. 5) xursand; 6) kamtar; 7) bulturgi; 8) bahaybat; 9) no'noq: 10) notanish; 11) kechki; A) A va C. B) 4, 7, 11 C) 1. 2, 3. 8 D) 5. 6, 9, 10. 37 / 52 Qaysi qatorda sifatning ozaytirma darajasi berilgan? A) Muyulishda eng katta yuk mashinasi ko’rindi. B) O’quvchilar tap-tayyor binoga ko’chib o’tishdi. C) Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq. D) Kutubxonadan yangigina kitobni olib keldim. 38 / 52 Berilgan gaplarning qaysi birida son ma'nosida qo’llangan so’z bor. A) Mirhaydar Mamadaliga qo’sh ho’kizini berib qo’yibdi. B) Bir-bir gapirib chiqdi. C) Yolg’iz otning changi chiqmas. D) B,C 39 / 52 .Hajm-o’lchov sifatlari berilgan qatorni toping. A) katta, behisob, og’ir B) xursand, ma’yus, keksa C) sirtqi, ichki, qishki D) odobli, kamtarin, sodda 40 / 52 Qaysi qatorda sifat otlashmagan? A) Axir, musulmonman, aylanay dedi Hoji xola. B) Ko`r tutganini qo`ymas, kar eshitganini. C) Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyning past-balandini tekislab bo`lgandi. D) Senga o`xshash bilmasvoy bolalarga ketgan mehnatlarimga achinmayman. 41 / 52 Quyidagi sifatlardan qaysilari xususiyat sifatlari guruhiga kiradi? 1) uzun ; 2) keng; 3) baland; 4) yangi : 5) xursand; 6) kamtar; 7) bulturgi; 8) bahabat, 9) no'noq; 10) notanish; 11) kechki; A) 1. 2, 3, 8 B) 4,7, 11 C) 5. 6, 9, 10. D) 1,2,3,4 42 / 52 Qaysi qatorda ozaytirma sifatlari berilgan. A) gvoyat nozik, juda baland, eng go’zal. B) nim pushti, och ko’k, sarg’imtir. C) jiqqa hol, g’irt dangasa, hammadan kuchli. D) tip-tiniq, yum-yumaloq, sap-sariq. 43 / 52 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud? A) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. B) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi. C) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda. D) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik. 44 / 52 Sonning morfologik hususiyatlari qaysilar ? A) Sonlar gapda aniqlovchi va kesim vazifasida keladi. B) Sondan turli so’z turkumlari yasalishi mumkin. C) A, B D) Boshqa so’z turkumlaridan son yasalmaydi. 45 / 52 Qaysi gapda paytga munosabat bildiruvchi sifat mavjud? A) Buvim va bobom pastki hovlida o’tirishadi. B) Uydagi gap ko’chaga chiqmasin. C) Sport musobaqalarida dastlabki natijalar chakki emas. D) Shodmonqul ertalab guzarga chiqib ketdi. 46 / 52 Jumladagi sifatning ma’no turini toping Uning ynoqlari uzunchaqroq edi A) rang-tus bildiruvchi B) shakl ko’rinish bildiruvchi C) hid bildiruvchi D) holat bildiruvchi 47 / 52 Boshqa turkumlardan sifatga ko’chgan so’zlar qatnashgan birikmalarni toping. A) tilla odam, kumush qish B) ko’rpalik chit, yozgi bino C) zangori osmon, beparvo odam D) bemor kishi, och odam 48 / 52 Erkalash, suyish qo’shimchalari sifatlarga qo’shilgan gapni toping. A) Oyqizginam, sen bilan maslahatlashadigan ishlarim ko’payib ketdi. B) Tentakkinangiz savlatlikkina yigit bo’lib qaytdi-da, sallotlikdan. C) Kechir, arslonim, hozir uyingga bormoqchi edim. D) Kelinglar, qizaloqlarim, gullolalarim, o’tiringlar. 49 / 52 Qiyosiy darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi B) Onamning ismi Enaxon ,nihoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol C) Tilimiz dag'alroq ,lekin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan . D) Lola qizil ,oq 5sariq ranglarda tovlanib ochiladi 50 / 52 Qaysi qatorda ozaytirma sifatlari berilgan. A) ko’kish, qoramtir, och sariq, qattiqqina. B) sinovchan, olg’ir, pastgina, och yashil. C) nim pushti, oqimtir, qizilroq, tim qora. D) oriqqina, yam-yashil, sarg’ish, jingalak. 51 / 52 Ki hisob ichra bor edi o’n lak, Har laki o’n tuman kelib beshak (Navoiy). Navoiyning misralarida qo’llangan bir lak nechaga teng. A) ming B) yuz C) million. D) yuz ming 52 / 52 Zamon-makon sifatlariga qaysi bandda misol berilgan? A) suvda, yozda B) ertalab, har kuni C) devoriy, tonggi D) g‘ishtin, tashqari 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz