Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №13 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №13 InfoMaster Mart 31, 2022 87 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 6-sinf Ona tili №13 SIFATLARNING QIYOSIY DARAJA SHAKLI SIFATLARNING OZAYTIRMA DARAJA SHAKLI SIFATLARNING MA’NO TURLARI XUSUSIYAT ,HAJM –O’LCHOV ,MAKON –ZAMON SIFATLARI RANG –TUS ,MAZA-TA’M VA HID SIFATLARI SIFATLARNING OTLASHUVI MUSTAHKAMLSH SON Mavzular yuzasidan testlar 1 / 52 Portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so'zni toping A) soxtalik B) qing'ir C) iqtisod D) hamfikr 2 / 52 Qush qoidalari bilan yuksaklikka ucha olmaysan. Qo'shimchalar sonini aniqlang. A) 8ta B) 5ta C) 6 ta D) 7 ta 3 / 52 Fe’llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko’ra qaysi turlarga bo’linadi? A) sodda, qo’shma, juft fe’llar hamda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari B) bo’lishli va bo’lishsiz, o’timli va o’timsiz C) harakat fe’li va holat fe’li D) nutqiy, aqliy, jismoniy faoliyat hamda holat fe’llari 4 / 52 -t qo’shimchasi vositasida qanday fe’llardan orttirma nisbat hosil qilish mumkin ? A) Unli tovush bilan tugaagan so’zlardan B) –r undoshi bilan tugagan ko’p bo’g’inli so‘zlardan C) –y,-r undoshlari bilan tugagan bir bo’g’inli so’zlardan D) –y undoshi bilan tugagan ko’p bo’g’inli so’zlardan 5 / 52 Odatlanmoq fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi ? A) orttirma B) birgalik C) majhul D) aniq 6 / 52 Sifatdoshning qaysi shakliga bo'lishsizlik qo'shimchasi qo'shilganda tovush o’zgarishi yuz beradi? A) -(a)yotgan B) -gan C) -(a)digan D) - (a)r 7 / 52 Qaysi gapda bo ‘lmoq so‘zi qo‘shma fe’l hosil qilgan? A) Ha, men o‘sha kasal bo’laman. B) Meni xavotirga solgan voqea, nihoyat, bo‘ldi. C) Men, albatta, siz aytgan joyda bo’laman. D) Bu yurishda men kasal bo‘laman. 8 / 52 So’zlovchining gapirayotgan onidan avval bajarilgan ish harakat.... oid bo’ladi. A) o’tgan zamon B) kelasi zamon. C) hozirgi zamon. D) payt ravishdoshi 9 / 52 Qaysi gapdagi fe'l shaklan birinchi shaxsni, mazmiman ikkinchi shaxsni ifodalagan? A) Qani, bolalar, yozamiz. B) Ishi o'ngidan kelarmikan, deb o'ylanib qoladi kishi. C) Bu borada kamina azr so'raydi, D) Shunaqa narsa bilan hazi! qiladimi odam? 10 / 52 Qaysi qo'shimcha bilan yasalgan otlar odatda birgalik, yaqinlik ma'osini bildiradi? A) -dosh. B) -xon C) -dor. D) -kash. 11 / 52 Ko’plik ma'nosi morfologik yo’l bilan ifodalangan qatorni belgilang. A) dasta-dasta gul B) uylar C) o’nta kitob D) to’da 12 / 52 Qaysi gapda nisbiy sifat qo’llangan ? A) Yangi kitob o’qidim B) Tushki ovqatni yedik C) Kengroq yerni tanladi D) Bola shirin uyquda edi 13 / 52 Qaysi gapda arab raqamlari ishlatilgan. A) Ikkinchi qavatga ko’tarilsangiz, biznikiga chiqqan bo’lasiz. B) Sen birovga birni bersang boshqa senga mingni beradi. C) Mahmud Koshg’ariy XL asrda yashagan. D) O’zbekistonda 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari “ yili deb e'lon qilindi. 14 / 52 Oddiy va qiyosiy darajadigi sifat qaysi gapda qo’llangan. A) Sayohatchilar tog’ning eng baland cho’qqisiga chiqdilar. B) Anorning urug’i sersuv, nordon shirin. C) To’g’ri odam egri so’zdan or qilar. D) Ota, yurtimizning bu kuni baxtli, chiroyli, ertasi, indini yana baxtliroq, chiroyliroq bo’ladi. 15 / 52 Javoblarning qaysi birida otlashgan sifatlar qo`llanilgan? A) Qiziqarli kitob oldim. B) Mardni maydonda sina . C) To`g`ri gap hammaga ham yoqavermaydi. D) Mard odamni maydonda sina. 16 / 52 Quyidagi sifatlardan qaysilari xususiyat sifatlari guruhiga kiradi? 1) uzun ; 2) keng; 3) baland; 4) yangi : 5) xursand; 6) kamtar; 7) bulturgi; 8) bahabat, 9) no'noq; 10) notanish; 11) kechki; A) 4,7, 11 B) 1. 2, 3, 8 C) 5. 6, 9, 10. D) 1,2,3,4 17 / 52 Bu qadar past ketasan deb о 'ylamagan edim. Gapda qo'llangan sifat turkumiga mansub so‘z haqidagi to‘g‘ri mulohazani belgilang. A) asliy, sodda tub sifat, ozaytirma darajada B) asliy, sodda tub sifat, oddiy darajada C) Bu gapda sifat ishtirok etmagan. D) nisbiy, sodda tub sifat, ozaytirma darajada 18 / 52 Nutqimizda faol ishlatiladigan nechta sodda (tub) son bor. A) 35. B) 10. . C) 26 D) 23. 19 / 52 Qaysi qatordagi gapda ozaytirma sifat mavjud? A) Ro’molchamning och rangi ham bilinmay ketdi. B) Tug’ilgan kunga nimpushti atirgullarni saralab oldik. C) Daraxtlarning bargi asta shivirlagandek bo’lardi. D) Musobaqaga mening shirinimgina qatnashmadi. 20 / 52 Ozaytirma sifat shakli sifatning qaysi ma'no turidan yasaladi. A) ma'za-ta'm bildiruvchi. B) rang tus bildiruvchi. C) holatni bildiruvchi. D) xarakter-hususiyat bildiruvchi. 21 / 52 Qiyosiy darajadagi sifat berilgan gapni aniqlang. A) Sa'va chumchuqqa qaraganda kichikroq qush. B) Sa'vaning dumi qora. C) Ziyrak juda xursand edi D) Sa'va-kichik, chiroyli qush. 22 / 52 Qaysi qatorda ozaytirma sifatlari berilgan. A) sinovchan, olg’ir, pastgina, och yashil. B) oriqqina, yam-yashil, sarg’ish, jingalak. C) nim pushti, oqimtir, qizilroq, tim qora. D) ko’kish, qoramtir, och sariq, qattiqqina. 23 / 52 Qaysi qatorda sifat otlashmagan? A) Ko`r tutganini qo`ymas, kar eshitganini. B) Axir, musulmonman, aylanay dedi Hoji xola. C) Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyning past-balandini tekislab bo`lgandi. D) Senga o`xshash bilmasvoy bolalarga ketgan mehnatlarimga achinmayman. 24 / 52 Otlashgan sifat qaysi gapda qo'llangan? 1. Sen meni yomon deding. 2 To'g'ri, haqiqategiladi, biroq sinmaydi, 3. Testlarning ko 'pida xato qildim. 4. Bu yerda о 'z ishining ustalari yig 'ilgan. A) faqat 1 B) 2, 4 C) 3,4 D) 1, 4 25 / 52 .Hajm-o’lchov sifatlari berilgan qatorni toping. A) sirtqi, ichki, qishki B) xursand, ma’yus, keksa C) katta, behisob, og’ir D) odobli, kamtarin, sodda 26 / 52 1. Lobarxon oyoqlarida zo‘rg‘a tursa ham, nur ko'rganidanmi yo dimog'ini qitiqlayotgan yoqimli hiddanmi, har qalay tinmay jilmayar edi. 2. U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlami, mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o'qiydi. Berilgan gaplardagi yoqimli so‘zi sifatning qaysi turiga mansub? A) 1-gapda xususiyat, 2-gapda maza-ta’m B) 1-gapda hid, 2-gapda maza-ta’m C) 1-gapda hajm-o‘lchov, 2-gapda xususiyat D) 1-gapda hid, 2-gapda xususiyat 27 / 52 Qiyosiy darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Tilimiz dag'alroq ,lekin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan . B) Onamning ismi Enaxon ,nihoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol C) Lola qizil ,oq 5sariq ranglarda tovlanib ochiladi D) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi 28 / 52 Sifat so’z turkumlari berilgan qatorni toping. A) oltin,kumush,yoqut B) salqin,jimjit,durkun C) to’lqin,qoziq,maysa D) go’zallik,yaxshilik,xotirjamlik 29 / 52 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud? A) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda. B) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik. C) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi. D) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. 30 / 52 Erkalash, suyish qo’shimchalari sifatlarga qo’shilgan gapni toping. A) Tentakkinangiz savlatlikkina yigit bo’lib qaytdi-da, sallotlikdan. B) Kelinglar, qizaloqlarim, gullolalarim, o’tiringlar. C) Oyqizginam, sen bilan maslahatlashadigan ishlarim ko’payib ketdi. D) Kechir, arslonim, hozir uyingga bormoqchi edim. 31 / 52 Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to'lishrpagan qandaydir beshakl oyxira, rangsiz yiltiradi. Berilgan gapda rang –tus bildiruvchi nechta sifat ishtirok etgan ? A) 4 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta 32 / 52 Sonning morfologik hususiyatlari qaysilar ? A) Sonlar gapda aniqlovchi va kesim vazifasida keladi. B) A, B C) Boshqa so’z turkumlaridan son yasalmaydi. D) Sondan turli so’z turkumlari yasalishi mumkin. 33 / 52 Qaysi gapdagi sifat otga ko’chgan ? A) Tez orada tuzalib ketasiz ,-dedi shifokor kasalga B) Yaxshining so’zi qaymoq ,yomonning so’zi to’qmoq C) Terimchilar ashula boshladilar D) Hayyo yaramas ishlardan tiyadi 34 / 52 Ozaytirma sifat hosil qiluvchi qo’shimchalardan qaysi biri rang bildiruvchi sifatdan boshqalariga ham qo’shilishi mumkin? A) boshqasiga qo’shilmaydi B) –gina ( -kina ,-qina ) C) –ish D) –imtir 35 / 52 .Sifatlarning ma’no guruhlarini belgilang. 1.Xususiyat bildiruvchi sifatlar 2.Rang-tus bildiruvchi sifatlar 3.Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar 4.Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlar 5.Hid bildiruvchi sifatlar 6.Makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar A) 1,2,3,4 B) yuqoridagilarning barchasi C) 1,2,4 D) 1,2,3,4,5 36 / 52 Quyidagi silatlardan qaysilari hajm-o'lchov sifatlari guruhiga kiradi? 1) uzun; 2) keng; 3) baland; 4) yozgi. 5) xursand; 6) kamtar; 7) bulturgi; 8) bahaybat; 9) no'noq: 10) notanish; 11) kechki; A) 1. 2, 3. 8 B) 5. 6, 9, 10. C) A va C. D) 4, 7, 11 37 / 52 Predmet belgisining kamligini ko’rsatuvchi -mtir( -imtir) , -roq, -ish qo’shimchalari qaysi so'’zlar doirasida o’zaro sinonim sifatida qollanishi mumkin? A) oq, sariq, ko’k B) yashil , sariq, qizil. C) oq, qora, sariq. D) oq, qora,yashil 38 / 52 Predmetning xususiyatnini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda berilgan ? A) novcha , og’ir , katta B) ko’k ,sariq , yashil C) shirin ,achchiq , nordon D) kamtar, xushfe’l , sho’x 39 / 52 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) bo’ydor, xushbo’y B) nimtatir, chuchmal C) serob, kamchil D) badbo’y, sovuq 40 / 52 Jumladagi sifatning ma’no turini toping Uning ynoqlari uzunchaqroq edi A) holat bildiruvchi B) shakl ko’rinish bildiruvchi C) hid bildiruvchi D) rang-tus bildiruvchi 41 / 52 Ozaytirma sifat hosil qiluvchi so’zlarni belgilang. 1.sal 2.biroz 3.juda 4.xiyla A) 1,2,4 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,2 42 / 52 Otlashgan sifat qaysi gapda berilgan? A) Chiroyli kiyingan bolalar sf tortishdi. B) Kasal bolani darov shifokorga ko`rsatdim. C) Safimizda qoloqlar qolmadi. D) Dilshod tun-u kun tinmay ishladi. 43 / 52 Zamon-makon sifatlariga qaysi bandda misol berilgan? A) g‘ishtin, tashqari B) devoriy, tonggi C) ertalab, har kuni D) suvda, yozda 44 / 52 Qaysi qatorda sifatning ozaytirma darajasi berilgan? A) Muyulishda eng katta yuk mashinasi ko’rindi. B) O’quvchilar tap-tayyor binoga ko’chib o’tishdi. C) Kutubxonadan yangigina kitobni olib keldim. D) Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq. 45 / 52 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda B) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. C) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. D) Hovli tor, devorlari baland edi. 46 / 52 Qaysi atama songa xos emas ? A) qo’shma. B) tartib. C) juft. D) yasama. 47 / 52 Qaysi gapda son qatnashgan? A) Bir u gapiradi, bir bu. B) Salomatlik- tuman boylik. C) Biz ro‘yxatni birma-bir ko‘zdan kechirdik D) Momom yettinchi lampani tokchaga qo'yib, оЧчп sola boshladi. 48 / 52 Qaysi qatorda sifat otlashgan? A) Yaxshi niyat – yarim mol. B) U yaxshi o`qiydi. C) Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. D) Uni zehni juda o`tkir. 49 / 52 Qaysi sonlar shaxslar nomini bildirib atoqli ot bo’lib kelishi mumkin. A) yuzlik B) birlik C) o’nlik D) barcha sonlar atoqli ot bo’la oladi. 50 / 52 .Otlashgan sifat qatnashgan gapni aniqlang. A) Salim aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum - yumaloq, hazilkash, shirinso’z odam. B) Baxilning qo’lida oy bo’lsa, olamni yoritmas. C) Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. D) Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlar bilan qirga ko’tarila boshladilar. 51 / 52 -imtir, -ish qo’shimchalari sifatning qaysi ma’no guruhlariga qo’shiladi? 1. xususiyat 2. rang-tus 3. maza-ta’m 4. hajm-o’lchov 5. hid 6. makon-zamon A) 1, 4, 5 B) faqat 2 C) 2, 3, 6 D) 1, 2, 5 52 / 52 Bu go’zal qiz ...oq-sariq tusda yaratilgan edi.Ra’noning sochi gungurt-qora ,ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko’rinsa ham,quyoshda biroz sarg’ish bo’lib ko’rinar edi.Sochlari juda quyuq,sanoqsiz kokillar orqa-o’ngini tutib yotar. Ushbu matnda nechta sifat mavjud? A) 10ta B) 7ta C) 9ta D) 8ta 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz