Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №6 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №6 InfoMaster Mart 30, 2022 83 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili №6 HOZIRGI VA KELASI ZAMON SIFATDOSHLARI SIFATDOSHNING BO’LISHLI VA BO’LISHSIZ SHAKLLARI RAVISHDOSH RAVISHDOSHLARNING MA’NO TURLARI RAVISHDOSH YASOVCHI QO’SHIMCHALAR TALAFFUZI VA IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Bo'g'inga ajralmaydigan so'zlar qatorini toping. A) hukm, gramm, ong. B) yongan, singil, bong. C) ongi, yengil, yangi. D) qit'a, qal'a, yechim. 2 / 50 Qanday so'zlar tub so'zlar deyiladi? A) tarkibida so'z yasovchi qo'shimchasi bo'lmagan so'zlar B) tarkibida so'z o'zgartiruvchi qo'shimchasi bo’lmagan so'zlar C) tarkibida shakl yasovchi qo'shimchasi bo'lmagan so'zlar D) old qo’shimchasi bo’lgan so’zlar 3 / 50 Qaysi so’zda so’z yasovchi qo’shimcha sintaktik shakl yasovchidan keyin qo’shilgan? A) atroflicha B) eskicha C) ko’nikma D) o’zicha 4 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l qo’llangan gapni toping A) Bu savollarga bolalar turlicha javob berishdi B) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar C) Ofarin topshiriqni o’z vaqtida bajaribsizlar D) Qurilishga zarur materiallar olib kelindi 5 / 50 Harakat nomi berilgan gapni toping A) otgani ,sepganda ,mustahkamlash B) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash C) o’rganish ,topmoq,kelib D) o’qimoq ,kulgan ,oqqach 6 / 50 Qaysi qatordagi gapda ravishdosh yasovchi qo’shimcha yetakchi fe'l bilan ko’makchi fe'lni bog’lashga xizmat qilgan ? A) Sarvar devordan oshib tushdi . B) Sayohatchilar qorong’u tushguncha yetib oldilar. C) Usta Alim qo’shnisining yerini sotib oldi. D) Dadasi yangi uy pchun kerakli jihozlarni olb keldi. 7 / 50 Quyidagi yasama sifat va otlarning qaysi biri fe’lning bo’lishsizlik shakli bilan omonim bo’lolmaydi ? A) qo’llanma (kitob) B) qaynatma (sho’rva) C) sochma (o’q) D) suzma (qatiq) 8 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Allaqayerda bo’rilar uvullashi eshitildi. B) U voqea hech qachon yodimdan ko’tarilrnaydi . C) Asta sekin tong ota boshladi. D) Nur sochib oy chiqadi yorga boqqani. 9 / 50 Ravishdosh so’z birikmalari berilgan qatorni belgilang. A) mayin shabada, sokin tun. B) ko’m-ko’k dalalar , sho’x musiqa. C) chaqqon sakramoq, tez yugurmoq. D) to’lqillanib gapirmoq, hayratlanib qaramoq. 10 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan ravishdoshlar takrorlanib ishlatiladi. A) -b, -ib, -a, -gani. B) -b, -ib, -a, -y C) faqat -a, -y. D) faqat -b, -ib. 11 / 50 Tiz cho’kib turguncha tik turib, o’lmoq yaxshiroq. Gapdagi ravishdosh anglatgan ma'noni aniqlang. A) qiyos. B) maqsad. C) harakat belgisi. D) payt. 12 / 50 Bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan qatorni aniqlang A) Gapiradi-ya ,gapiradi ,gapirib bo’pti B) Bugungi ishni ertaga qo’yma C) U na o’qiydi ,na yozadi D) Otaqo’zi shaharga kelsa ,kirmay ketmaydi 13 / 50 Qaysi javobdagi ravishdoshlar ish harakatning paytini bildiradi. A) shoshgancha, kiygani, yurgach. B) oqquncha, topgani, ezilib C) topgani, bo’linib, yura-yura D) kuchayguncha, tuqqach, ichikkuncha. 14 / 50 Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi qo’shimchalari qo’shiladi? A) yuqoridagilarning barchasi qo’shiladi B) –gach, -guncha, -gancha C) –kach, -kuncha, -kani D) –qach, -quncha, -qani 15 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang . A) Ko’klamda ko’katlar gurkirab o’sadi. B) Vaqtni o’g’irlamoq- baxt o’g’irlamoq. C) Navoiy kuy eshitilayotgan tomonga ildam yurdi. D) Ovozi shovqinda zo’rg’a eshitildi.. 16 / 50 Qaysi qatorda bo’lishsiz ma’noli harakat nomlari qatnashgan ? A) Tilni qunt bilan o’rganish nutqni boyitib borish demakdir B) Bilmaslik ayb emas ,lekin bilishni istamaslik ayb . C) Tanlovda Omon Turdi kuyini juda ta’sirli chaldi D) Bolalarning o’quv qurollarini avaylab asrashni ota –onalariga moddiy yordamdir . 17 / 50 Qaysi qatorda bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan ? A) aytmay ket B) aytib ketma C) aytmay ketma D) aytma ketma 18 / 50 Bo’lishlilik shakli orqali bo’lishsizlik ifodalangan gapni toping A) Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi B) Yordam bersangiz ,kolxozni ko’tarish uchun kuch –quvvatimni ayarmidim ?! C) Tez orada uncha - muncha mexanikka gap bermay qo’yadi . D) Men xalqni aldamoqchi emasman ! 19 / 50 Fe'lning ravishdosh shakli mavjud bo’lgan gapni toping. A) Dushman navkari bizga qarshi qilich ko’tardi. B) Baliq chiqdi ilinib ,tumshuqlari tilinib . C) Bizdan ozod va obod vatan qolsin. D) Qadimiy Turon zaminida yashagan avlodlarimiz bir buloqdan suv ichganlar . 20 / 50 Yodgor kelib-kelmay hasharni adog’iga yetkazdi. Ushbu gapda ravishdoshning qanday ma’no turi bor? A) payt B) sabab C) maqsad D) holat 21 / 50 Ravishdoshninng -b ,ib ,-a ,-y shakllari asosan qanday ma'noni bildiradi 1 sabab 2 payt 3 holat 4 vosita 5 chegara A) 1,2 B) 1,2,3,4,5 C) 3 D) 4,5 22 / 50 Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma’nosini ifodalagan? A) Gapni bilib - bilmay gapirmaslik kerak. B) Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo’ydi. C) Murodxonlarnikiga qarab sekin yo’lga tushdim. D) Toqqa chiqqach, osmonning pastligini his qildi. 23 / 50 Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1)-(i) b 2- a(-y); 2) –gancha; 3) –gani; A) 1,4 B) 2,3 C) 1,2 D) 3,4 24 / 50 Fe’lning ravishdosh shakli haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) -gani (-kani, -qani, -gali) qo’shimchali ravishdosh harakatning maqsadini bildiradi B) barcha javoblar to’g’ri C) -b (-ib), -a (y) shakllari harakatning paytini ham anglatadi D) -gancha (-kancha, -qancha) qo’shimchali ravishdosh harakatning holatini anglatadi 25 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) U ataylab boshini bog’lab oldi. B) Boshi bog’langani ish qilmaslik uchun bahona bo’ldi C) U boshini nomiga emas, balki tang’ib bog’ladi. D) U boshi bog’langan holda hovliga chiqdi. 26 / 50 Quyidagi qo’shimchalar qaysi biri sifatdoshning bo’lishsizlik shaklini hosil qiladi. A) –mayin B) –may ,-masdan C) –maslik D) –mas 27 / 50 Qaysi gapda bo’lishsiz fe’ldan tasdiq ifodalangan? A) Bu gap aytilmay qolmaydi . B) Bu yerda uni ko’rgan emasman C) Ish hech kimni o’ldirmaydi D) Hech kimga munofiqlik qila ko’rma 28 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Alisher mehmonxonaga eng lazzatli taomlardan tortishni buyurdi. B) Teparoqda sarvqomat bir terak qarsillab sinib tushdi. C) Tirnoqqa zor bo’lib yurgan Yusuf ota qarshisidan kelayotgan qizchaga tikilib qoldi. D) Ichkaridan muzika ovozi eshitilib turardi. 29 / 50 Qaysi qatorda maqsad ravishdoshli birikmalar berilgan ? A) qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, qo'rqib kirmadi B) suvga tikilganpha o'ylanib qoldi, yig'lay-yig'lay uxlamoq C) ko'rgani bormoq ,gaplashgani to'planganmiz D) musiqa tingach, qorong'u tushguncha 30 / 50 Sifatdoshning qaysi shakliga bo'lishsizlik qo'shimchasi qo'shilganda tovush o’zgarishi yuz beradi? A) -(a)digan B) -(a)yotgan C) -gan D) - (a)r 31 / 50 Bo’lishsiz fe’llar qaysi qatorda ? A) bormoqchi emas ,ko’rgan emas ,yirtmayman B) uvullamoq ,to’xtamoq,eslamoq C) egallamoq ,aytmoq ,yozmoq D) qiziqmoq ,kiyinmoq,bajarmoq 32 / 50 Ravishdosh ko’rsatkichlaridan iborat bo’lgan qatorni anlqlang. A) -di, -gan, -(i)sh, -moq. B) -(i) b, -gach, -kacli, -di, -gan. C) -gan, -yotgan, -ar, -mas. D) -gach, -gani, -(i)b, -a, -y. 33 / 50 Bo’lishsiz fe’l qo’llangan gap qatorini belgilang A) Birovga xolis xizmat qilib o’rganmaganman. B) Uzoqdan yoqimli kuy eshitilardi C) Mayin shabada esmoqda D) Giloslar qiyg’os gullagan 34 / 50 Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi o’shimchalari qo’shiladi? A) –gach, -guncha, -gancha B) –qach, -quncha, -qani C) yuqoridagilarning barchasi qo’shiladi D) –kach, -kuncha, -kani 35 / 50 Qaysi qatorda bo’lishsizlik ma’nosi ifodalangan ? A) B,C B) Hali tong otganicha yo’q C) Kampir qishlog’iga qaytib ketdi D) Boraman –a ,boraman ,borib bo’pman 36 / 50 Fe’ldan anglashilgan ish harakatning bajarilgan yoki bajarilmaganligini bildiruvchi grammatik xususiyat qanday nomlanadi ? A) zamon B) nisbat C) mayl D) bo’lishli ,bo’lishsizlik 37 / 50 Qaysi qatorda payt ravishdoshi ishtirok etmagan ? A) Toqqa yetgach ,qo'ylarni o'z holiga tashlab qo'ydi B) Kechga yaqinlashgach ,havo aynib ,shamol turdi C) Aslida ,qosh qorayguncha yetib olish kerak D) Suv qaynayvermagach olovni pasaytirdi 38 / 50 Ravishdoshning sabab ma'nosini ifodalaydigan turi berilgan javobni toping. A) musiqa tingach, ko'rgani bormoq B) qo'rqib kirmadi, qaynayvermagach kuchaytirdi C) yig'lay-yig'lay uxlamoq, tikilgancha o'ylanibqolmoq. D) qoroni tushguncha, yugurib kelmoq 39 / 50 Berigan gapda ravishdosh qanday ma'noni anglatyapti. Lom-lim demay chirqillab yig’layoftgan bolalarni kursiga o’tqazib qo’ydi. A) payt. B) holat C) sabab. D) maqsad. 40 / 50 Uning ko’rmagan va eshitmagan hodisasi yo’q edi . Sifatdoshning bo’lishsiz shaklini ko’rsating A) ko’rmagan B) ko’rmagan, eshitmagan, hodisasi yo’q edi C) ko’rmagan, eshitmagan D) ko’rmagan, eshitmagan, yo’q edi 41 / 50 Bo’lishsiz fe’llar qaysi vositalar yordamida hosil qilinadi ? A) –ma ,-(i)sh ,-(i)b B) yo’q ,emas,-ma ,-mas C) edi ,emish ,emas,ekan D) –magan ,_maydigan ,ekan 42 / 50 Ravishdosh ko’rsatkichlaridan iborat bo’lgan qatorni aniqlang. A) -gach, -gani, -guncha, -y, -b. B) -y, -gali, -yapti, -clia, -a. C) -guncha, -y, - ib, -gan, -gani. D) -gani, -moq , -sa, -y, -kuncha. 43 / 50 Ravishdoshlarning qandy ma’no guruhlari mavjud? 1.holat 2.payt 3.maqsad 4.sabab 5.daraja-miqdor 6.o’rin A) 1, 2, 3, 4 B) yuqoridagilarning barchasi C) 1, 2, 4, 6 D) 1, 2, 4, 5, 6 44 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Yaxshi ko’rgarimni bilasiz-da. B) Ko’rganni eshitgan yengadi. C) Bemor otamni korgani kasalxonaga bordim. D) Men gulxan atrofida o’tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. 45 / 50 Qaysi qo’shimchalar yordamida maqsad ma'nosini bildiruvchi ravishdosh hosil bo’ladi ? A) -gan, -kan, -qan.. B) -gani, -kani, -qani. C) -a , (-y). D) -b, -ib. 46 / 50 Ravishdosh haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri? 1.Ravishdosh fe’lning ravishga xoslangan shaklidir .2.Ravishdosh harakatning belgisini bildiradi . 3.Ravishdosh gapda hol bo’lib keladi . 4.jarangli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga –gach, -guncha, -gani qo’shimchalari qo’shilib, -kach, -kuncha, -kani tarzida yoziladi . A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2 47 / 50 Hozirgi zampn sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) —b(ib) B) —ydigan ,adigan ,-(a ) r C) -(a) yotgan D) gan 48 / 50 Fe'lni hol vazifasiga ixtisoslashtiradigan maqsus shakl qaysi qatorda berilgan? A) sifatdosh shayli. B) harakat nomi shaili. C) bunday shakl mavjud emas.. D) ravishdosh shakli. 49 / 50 Tuslanmaydigan .ravishdoshlar qaysi qatorda berilgan. A) olib, yozib. B) barcha ravishdoshlar tuslanadi. C) o’qiy , yoza. D) o’qigani , yozgani 50 / 50 Kelasi zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi A) —ydigan „adigan ,-(a ) r B) -(a) yotgan C) —b(ib) D) gan 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz