Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 1016 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Quyidagi mulohazalardan qaysi biri to‘g‘ri? A) Buxoroda “Sho‘roi islom” nomli gazeta chiqarilgan. B) “Sho‘roi Islomiya” jamiyati dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat’iy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlami yuksaltirishga da’vat etilgan va madrasalami iqtisodiy qo‘llab- quvvatlash aytilgan. C) Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyida Turkiston musulmonlarining Milliy Markazi - Turkiston o‘lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) tashkil qilindi. D) Taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan ayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti safida bo‘linish yuz berishiga olib keldi. 2 / 25 Amir Temur davlatidagi qaysi lavozim harbiy lavozim hisoblanmagan? A) aylboshi B) xonsolar C) qo‘shunboshi D) bakovul 3 / 25 Nemis knyazlari tomonidan Fridrix II qirol deb tan olinganidan necha yil o‘tib, u imperator deb e’lon qilingan? A) 10 yil B) 12 yil C) 8 yil D) 11 yil 4 / 25 Toshkent shahrida Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab bunyod etilgan muhtasham haykalga qanday nom berilgan? A) “Matonat madhiyasi” B) “Qahramon ona” C) “Hazrati inson” D) “Motamsaro ona” 5 / 25 1831-1832-yillarda yozilgan asarni aniqlang? A) “Tarixi Rashidiy” B) “Risola dar muaddili qamar” C) “Ajoyib ut-tabaqot” D) “Dili g‘aroyib” 6 / 25 Erkin kishilarga qirol amaldorlari o‘zboshimchaliklari va ortiqcha jarimalardan himoya qilish va’da qilingan hujjatni aniqlang. A) «Sali haqiqati» B) «Buyuk ozodlik xartiyasi» C) «Dahshatli sud kitobi» D) «Rus haqiqati» 7 / 25 “Temur tuzuklari” ikki qismdan iborat bo‘lib aynan ikkinchi qismida nimalar bayon etilgan? A) Feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish B) Jahongirning nomidan aytilgan va uning toju taxt vorislariga atalgan o‘ziga xos vasiyat va pand nasihatlaridan iborat C) Amir Temurning yetti yoshi (1342-yil) dan to vafotiga (1405-yil, 18-fevral) qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati D) Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritishi 8 / 25 Buxoro xoni Nodir Muhammad davrida davlatchilik asoslari zaiflashuviga olib kelgan omilni aniqlang. A) soliqlarning haddan ziyod oshirilishi B) qalmoqlar va jung‘orlar bilan kelishuvchilik siyosati C) Hindiston bilan diplomatik munosabatlarning uzilishi D) mamlakatning asosiy viloyatlarini o‘g‘illari va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab berilishi 9 / 25 XIII-XIV asrlarda Fransiyaning shimolidagi yirik savdo-hunarmandchilik shaharlarini birlashtirgan hudud qaysi edi? A) Tuluza B) Flandriya C) Normandiya D) Parij 10 / 25 Qachon BMT rahnamoligida Orol bo‘yi mintaqasi uchun maxsus jamg‘arma tuzildi? A) 2000-yil B) 2018-yil C) 2021-yil D) 2001-yil 11 / 25 “Temur tuzuklari”da qilich chopishda o‘zini ko‘rsatgan bahodirlarni, birinchi marotaba bo‘lsa qanday lavozimga tayinlaganlar? A) Mingboshi B) O‘nboshi C) Amir D) Yuzboshi 12 / 25 Buxoro amirlaridan kim Qur’oni Karimni yoddan bilgan va o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qib turgan? A) Amir Muzaffar B) Doniyolbiy C) Abdulahad D) Amir Haydar 13 / 25 Qayerda qonunni arzimas darajada buzganlik uchun ham o‘lim jazosi belgilagan (a), qayerda sudlov tizimida hokimiyatga qarshi arzimagan qilmish uchun ham o‘lim jazosi qo‘llanilar edi? (b) A) a-Sparta, b-Xiva xonligi B) a-Afina, b-Buxoro amirligi C) a-Afina, b-Qo‘qon xonligi D) a-Afina, b-Xiva xonligi 14 / 25 O‘rta asrlarda inkvizitsiya faoliyati, ayniqsa, qaysi o‘lkada keng tus olgan? A) Ispaniya B) Italiya C) Fransiya D) Polsha 15 / 25 Qaysi davlatda parlament Kortes deb atalgan? A) Irlandiyada B) Ispaniyada C) Italiyada D) Gruziyada 16 / 25 d’E qal’asi joylashgan hudud uchun kimlar kurashgan edi? A) Filipp II va Ioann B) Vilgelm I va Ioann Sahiy C) Filipp IV va Ioann D) Filipp IV va Bonifatsiy VII 17 / 25 Buyuk davlatlarning o‘zgalar hududlarini, bozorlarini, xomashyo manbalarini bosib olishga, siyosiy va iqtisodiy ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosatlarini anglatuvchi atamani toping. A) demobilizatsiya B) irredentizm C) anneksiya D) ekspansiya 18 / 25 Quyidagi qaysi davlat mil.avv. II asrda barham topgan? A) Yunon-Baqtriya B) Kushon C) Qang‘ D) Dovon 19 / 25 Turkistonda Rossiya imperiyasi o‘tkazgan mustamlakachilik siyosatining oqibatlarini xolisona yoritish vazifasini ilgari surib, shunday savolni ko‘ndalang qo‘ygan edi: “… har tamonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo‘q bo‘lib ketishi kerak bo‘lgan sharoitda baribir, qator yo‘qotishlar bilan bo‘lsa ham, millatimiz o‘zligini saqlab qoldimi yo yo‘qmi?” Ushbu jumlalar qayerdan olingan? A) Birinchi prezidentimizning “Yuksak manaviyat – yengilmas kuch” asaridan B) Birinchi prezidentimizning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asaridan C) “O‘tkan kunlar” asaridan D) Birinchi prezidentimizning 1998-yil bir guruh ziyolilar bilan uchrashuvida aytilgan gaplaridan 20 / 25 Islom olamida “musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan allomani aniqlang. A) Mahmud az-Zamaxshariy B) Imom al-Buxoriy C) Burhoniddin al-Marg‘inoniy D) Abu Mansur al-Moturidiy 21 / 25 Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishiga olib kelgan sababni aniqlang. A) chorvachilikdan kelgan foydaning kamligi B) paxta maydonlarining kengaytirilishi C) Turkistonda tarqalgan vabo kasalligi D) chorva mollariga bo’lgan ehtiyojning pastligi 22 / 25 Quyidagi qaysi tarixiy voqelik O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanishiga asos bo‘lgan? A) Ilk bosma to‘plam «Taqvim»ning chop etilishi B) «Taraqqiy» gazetasining birinchi soni chiqishi C) «Turkiston viloyatining gazeti» chiqa boshlashi D) «Tarjimon» jurnalining chop etilishi 23 / 25 Bir davrda bo‘lgan voqealarni toping. A) salavkiylar davlatiga asos solindi, Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng B) Plateya jangi, Buyuk Xitoy devorining qurilish ishlari boshlandi. C) Xan imperiyasi quladi, Rim imperiyasining kuch qudrati zaiflasha boshladi D) Zama jangi bo‘lib o‘tdi, Buyuk ipak yo‘li vujudga keldi 24 / 25 “Temur tuzuklari”ga muvofiq, qaysi bir amir biron qo‘shinni yengsa yoki mamlakatni olsa unga nimalar hadya etilgan? A) Tug‘, nog‘ora va bahodirlik martabasi B) biron sarhadning noibligi C) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi D) barcha javob to‘g‘ri 25 / 25 O‘rta Yunonistoning qismida tog‘lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil.avv. 2-ming yillikda Attikaning qismida yunonlar «Akropol», ya’ni «Yuqori shahar» deb atalgan qal’a quradilar. A) janubi-g‘arbiy, sharqiy B) janubi-sharqiy, shimoliy C) shimoli-sharqiy, g‘arbiy D) janubi-sharqiy, g‘arbiy 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6