Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 10-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 20 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 10-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Shamolning tezligi qaysi asbob yordamida o‘lchanadi? A) Fluger B) Termometr C) Anemometr D) Barometr 2 / 25 Mirzacho‘lning tekislik qismi qaysi davrda dengiz suvi ostida bo‘lgan? A) silur B) devon C) yura D) toshko‘mir 3 / 25 Janubiy Amerika materigining tekislik qismida qanday tabiat zonalari shakllangan? 1. sernam ekvatorial o‘rmonlar; 2. preriyalar; 3. subekvatorial o‘rmonlar; 4. savannalar; 5. ignabargli o‘rmonlar; 6. dasht; 7.chalacho‘l va cho‘l; 8. o‘rmon-dasht; 9. aralash o‘rmonlar. A) 2, 4, 5, 7, 8, 9 B) 1, 2, 3, 4, 6, 8 C) 1, 3, 4, 6, 7, 9 D) 1, 2, 3, 4, 6, 9 4 / 25 Kelib chiqishiga ko‘ra muz hosil qilgan ko‘lni belgilang. A) Tanganika B) Katta Ayiq C) Baykal D) Nyasa 5 / 25 O‘zbekistonning tog‘li qismida tog‘ oralig‘i botiqlarining paydo bo‘lishi nima bilan bog‘liq? A) vulqonlarning otilishi B) tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi C) relyefning notekisligi D) doimiy shamollarning esishi 6 / 25 Magmatik va metamorfik jinslar Afrikaning qaysi hududlarida uchraydi? A) tog‘lar va platolarda B) cho‘kmalar va pasttekisliklarda C) tog‘lar va pasttekisliklarda D) daryo havzalarida va botiqlarda 7 / 25 Respublikamizdagi qaysi shaharda Xitoy kompaniyasi ishtirokida oyna zavodi qurildi? A) Olmaliq B) Urganch C) Jizzax D) Chirchiq 8 / 25 Xo‘jakent GESi qaysi daryoda qurilgan? A) Qashqadaryo B) Amudaryo C) Chirchiq D) Sirdaryo 9 / 25 Kavkaz tog‘larining shimoliy yonbag‘ri uchun qanday iqlim xos? A) mo‘tadil B) subtropik C) subekvatorial D) tropik 10 / 25 Quyidagilardan qaysi biri ozon qatlamini yemiradigan “freon” gazlarining tarkibiga kirmaydi? A) ftor B) uglerod C) vodorod D) xlor 11 / 25 Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng yuqori bo‘ladi? A) 3 B) 1 C) 4 D) 2 12 / 25 Litosfera okean tubida va quruqliklarda necha kilometr qalinlikka ega? A) 20-50 va 200-300 B) 50-60 va 100-200 C) 35-40 va 70-80 D) 60-70 va 100-150 13 / 25 Psilofitlar Yer taraqqiyotining qaysi davrida shakllangan? A) prem B) silur C) yura D) kembriy 14 / 25 Quyidagi ma’lumotlar asosida havoning sutkalik o‘rtacha haroratini aniqlang: soat 1:00 da +8°C; 4:00 da+4°C; 7:00 da +7°C; 10:00 da +15°C; 13:00 da +19°C; 16:00 da +21°C; 19:00 da +13°C; 22:00 da +9°C. A) +15°C B) +13°C C) +19°C D) +12°C 15 / 25 Tabiiy gazdan azotli o‘g‘it va kimyoviy tola ishlab chiqaradigan zavodlar qaysi shaharlada bunyod etilgan? A) Buxoro va Samarqand B) Andijon va Nukus C) Farg‘ona va Navoiy D) Yangiyo‘l va Marg‘ilon 16 / 25 Nima Atlantika okeanining shimoliy qismida, Florida yarimoroli, Folklend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi? A) port shaharlar B) okean botiqlari C) dengiz sayozligi D) suv osti tog‘ tizmasi 17 / 25 Kermadek cho‘kmasi Yava cho‘kmasidan necha metrga chuqur? A) 1840 m B) 2031 m C) 1706 m D) 2318 m 18 / 25 Kongo daryosi havzasining bir qismi va Gvineya qo‘ltig‘i sohillarida yil davomida qanday havo massalari hukmronlik qiladi? A) tropik B) ekvatorial C) mo‘tadil D) kontinental 19 / 25 Islandiyadagi geyzerlarning biridan otilib chiqayotgan suvning harorati +93°C bo‘lsa, bu suv qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2188,2 m B) 2818,2 m C) 2182,8 m D) 2281,8 m 20 / 25 Aholining tug‘ilganlar soniga nisbatan o‘lganlar sonining ko’pligi hisobiga ko‘payishi nima deb ataladi? A) reurbanizatsiya B) mexanik ko‘payish C) abiiy ko‘payish D) depopulyatsiya 21 / 25 Janubiy Amerika materigining 30° va 40° janubiy kengliklari oralig‘idagi hududlarda qaysi iqlim mintaqasi tarkib topgan? A) ekvatorial B) subtropik C) subekvatorial D) tropik 22 / 25 Tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi nima deb ataladi? A) sektorlik B) geografik o‘rin C) balandlik mintaqalanishi D) yonbag‘ir ekspozitsiyasi 23 / 25 Ushbu xarita-sxemadagi yo‘nalish bo‘yicha sayyohlar A nuqtadan B nuqtaga borishlari uchun qaysi tabiat zonalaridan o‘tishlari kerak? A) Savannalardan nam ekvatorial o‘rmonlar zonasiga B) Nam ekvatorial o‘rmonlar zonasidan savannalar zonasiga C) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar zonasidan chalacho‘llar zonasiga D) Savannalardan chalacho‘l va cho‘l zonasiga 24 / 25 Quyidagi qaysi hodisaning sodir bo‘lishi Oyning Yerni tortishi bilan bog‘liq emas? A) qirg‘oqbo‘yi hududlarda Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi B) qalqish hodisasi C) Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinlashishi D) Yer aylanishining burchak tezligi qiymati ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi 25 / 25 Quyidagi balandlik mintaqalari shakllangan tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan? 1 – o‘rmon-dasht va dasht; 2 – aralash va keng bargli o‘rmonlar; 3 – subalp o‘tloqlari; 4 – alp o‘tloqlari; 5 – tog‘ tundrasi; 6 – qor va muz zonasi. A) tundra va o‘rmon tundra zonasida B) o‘rmon-dasht va dasht zonasida C) aralash va keng bargli o‘rmonlar zonasida D) subekvatorial o‘rmonlar zonasida 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz