Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 10-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 261 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Tabiiy gazdan azotli o‘g‘it va kimyoviy tola ishlab chiqaradigan zavodlar qaysi shaharlada bunyod etilgan? A) Yangiyo‘l va Marg‘ilon B) Buxoro va Samarqand C) Andijon va Nukus D) Farg‘ona va Navoiy 2 / 25 Janubiy Amerika materigining tekislik qismida qanday tabiat zonalari shakllangan? 1. sernam ekvatorial o‘rmonlar; 2. preriyalar; 3. subekvatorial o‘rmonlar; 4. savannalar; 5. ignabargli o‘rmonlar; 6. dasht; 7.chalacho‘l va cho‘l; 8. o‘rmon-dasht; 9. aralash o‘rmonlar. A) 1, 2, 3, 4, 6, 9 B) 1, 3, 4, 6, 7, 9 C) 2, 4, 5, 7, 8, 9 D) 1, 2, 3, 4, 6, 8 3 / 25 Tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi nima deb ataladi? A) yonbag‘ir ekspozitsiyasi B) sektorlik C) geografik o‘rin D) balandlik mintaqalanishi 4 / 25 Quyidagi balandlik mintaqalari shakllangan tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan? 1 – o‘rmon-dasht va dasht; 2 – aralash va keng bargli o‘rmonlar; 3 – subalp o‘tloqlari; 4 – alp o‘tloqlari; 5 – tog‘ tundrasi; 6 – qor va muz zonasi. A) aralash va keng bargli o‘rmonlar zonasida B) o‘rmon-dasht va dasht zonasida C) tundra va o‘rmon tundra zonasida D) subekvatorial o‘rmonlar zonasida 5 / 25 Ushbu xarita-sxemadagi yo‘nalish bo‘yicha sayyohlar A nuqtadan B nuqtaga borishlari uchun qaysi tabiat zonalaridan o‘tishlari kerak? A) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar zonasidan chalacho‘llar zonasiga B) Savannalardan chalacho‘l va cho‘l zonasiga C) Savannalardan nam ekvatorial o‘rmonlar zonasiga D) Nam ekvatorial o‘rmonlar zonasidan savannalar zonasiga 6 / 25 Quyidagi ma’lumotlar asosida havoning sutkalik o‘rtacha haroratini aniqlang: soat 1:00 da +8°C; 4:00 da+4°C; 7:00 da +7°C; 10:00 da +15°C; 13:00 da +19°C; 16:00 da +21°C; 19:00 da +13°C; 22:00 da +9°C. A) +12°C B) +13°C C) +15°C D) +19°C 7 / 25 Quyidagi qaysi hodisaning sodir bo‘lishi Oyning Yerni tortishi bilan bog‘liq emas? A) qirg‘oqbo‘yi hududlarda Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi B) Yer aylanishining burchak tezligi qiymati ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi C) Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinlashishi D) qalqish hodisasi 8 / 25 Deltalardagi qurigan kichikroq ko‘llarning botiqlar landshaftning qaysi birligiga mos keladi? A) joy B) urochishe C) provinsiya D) fatsiya 9 / 25 Shamolning tezligi qaysi asbob yordamida o‘lchanadi? A) Barometr B) Termometr C) Anemometr D) Fluger 10 / 25 Magmatik va metamorfik jinslar Afrikaning qaysi hududlarida uchraydi? A) cho‘kmalar va pasttekisliklarda B) daryo havzalarida va botiqlarda C) tog‘lar va pasttekisliklarda D) tog‘lar va platolarda 11 / 25 Nima Atlantika okeanining shimoliy qismida, Florida yarimoroli, Folklend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi? A) okean botiqlari B) port shaharlar C) dengiz sayozligi D) suv osti tog‘ tizmasi 12 / 25 Respublikamizdagi qaysi shaharda Xitoy kompaniyasi ishtirokida oyna zavodi qurildi? A) Jizzax B) Olmaliq C) Urganch D) Chirchiq 13 / 25 Kermadek cho‘kmasi Yava cho‘kmasidan necha metrga chuqur? A) 2031 m B) 1706 m C) 1840 m D) 2318 m 14 / 25 Janubiy Amerikaning qaysi davlatlari Atlantika va Tinch okean havzalari bilan tutash emas? A) Boliviya, Paragvay B) Argentina, Gayana C) Venesuela, Kolumbiya D) Surinam, Peru 15 / 25 Xo‘jakent GESi qaysi daryoda qurilgan? A) Sirdaryo B) Qashqadaryo C) Amudaryo D) Chirchiq 16 / 25 Psilofitlar Yer taraqqiyotining qaysi davrida shakllangan? A) prem B) silur C) kembriy D) yura 17 / 25 Quyidagilardan qaysi biri ozon qatlamini yemiradigan “freon” gazlarining tarkibiga kirmaydi? A) uglerod B) ftor C) xlor D) vodorod 18 / 25 Mirzacho‘lning tekislik qismi qaysi davrda dengiz suvi ostida bo‘lgan? A) toshko‘mir B) silur C) yura D) devon 19 / 25 Paleozoy erasining kaledon tog‘ hosil bo‘lish bosqichida qaysi tog‘lar hosil bo‘lgan? A) Yuqori Yana, Markaziy Kordilyera, Qozog‘iston tog‘lari, Alp-Himolay mintaqasidagi tog‘lar B) And, Janubiy Appalachi, Chukotka, Kamchatka, Yangi Zelandiya C) Oltoy, Tyanshan, Qozog‘iston past tog‘lari, Shimoliy Skandinaviya, Shimoliy Appalachi D) Baykalbo‘yi, Tyanshan, Ural, Markaziy Yevropa 20 / 25 Litosfera okean tubida va quruqliklarda necha kilometr qalinlikka ega? A) 60-70 va 100-150 B) 50-60 va 100-200 C) 35-40 va 70-80 D) 20-50 va 200-300 21 / 25 Islandiyadagi geyzerlarning biridan otilib chiqayotgan suvning harorati +93°C bo‘lsa, bu suv qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2188,2 m B) 2182,8 m C) 2281,8 m D) 2818,2 m 22 / 25 Aholining tug‘ilganlar soniga nisbatan o‘lganlar sonining ko’pligi hisobiga ko‘payishi nima deb ataladi? A) reurbanizatsiya B) abiiy ko‘payish C) mexanik ko‘payish D) depopulyatsiya 23 / 25 Agar dengiz sathida havo bosimi 757 mm Hg ga, harorat esa +24°C ga teng bo‘lsa, 5895 m balandlikdagi havoning harorati va bosimini aniqlang. A) –10,5°C, 176,5 mm Hg B) –9,5°C, 158,5 mm Hg C) –8,54°C, 127,5 mm Hg D) –11,37°C, 167,5 mm Hg 24 / 25 Kavkaz tog‘larining shimoliy yonbag‘ri uchun qanday iqlim xos? A) subtropik B) subekvatorial C) mo‘tadil D) tropik 25 / 25 O‘zbekistonning tog‘li qismida tog‘ oralig‘i botiqlarining paydo bo‘lishi nima bilan bog‘liq? A) relyefning notekisligi B) vulqonlarning otilishi C) doimiy shamollarning esishi D) tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz