Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 10-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 281 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Paleozoy erasining kaledon tog‘ hosil bo‘lish bosqichida qaysi tog‘lar hosil bo‘lgan? A) And, Janubiy Appalachi, Chukotka, Kamchatka, Yangi Zelandiya B) Oltoy, Tyanshan, Qozog‘iston past tog‘lari, Shimoliy Skandinaviya, Shimoliy Appalachi C) Baykalbo‘yi, Tyanshan, Ural, Markaziy Yevropa D) Yuqori Yana, Markaziy Kordilyera, Qozog‘iston tog‘lari, Alp-Himolay mintaqasidagi tog‘lar 2 / 25 Tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi nima deb ataladi? A) balandlik mintaqalanishi B) geografik o‘rin C) sektorlik D) yonbag‘ir ekspozitsiyasi 3 / 25 Janubiy Amerikaning qaysi davlatlari Atlantika va Tinch okean havzalari bilan tutash emas? A) Boliviya, Paragvay B) Surinam, Peru C) Argentina, Gayana D) Venesuela, Kolumbiya 4 / 25 Aholining tug‘ilganlar soniga nisbatan o‘lganlar sonining ko’pligi hisobiga ko‘payishi nima deb ataladi? A) mexanik ko‘payish B) depopulyatsiya C) reurbanizatsiya D) abiiy ko‘payish 5 / 25 Quyidagi qaysi hodisaning sodir bo‘lishi Oyning Yerni tortishi bilan bog‘liq emas? A) Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinlashishi B) qalqish hodisasi C) qirg‘oqbo‘yi hududlarda Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi D) Yer aylanishining burchak tezligi qiymati ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi 6 / 25 Xo‘jakent GESi qaysi daryoda qurilgan? A) Qashqadaryo B) Chirchiq C) Amudaryo D) Sirdaryo 7 / 25 Islandiyadagi geyzerlarning biridan otilib chiqayotgan suvning harorati +93°C bo‘lsa, bu suv qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2818,2 m B) 2182,8 m C) 2188,2 m D) 2281,8 m 8 / 25 Psilofitlar Yer taraqqiyotining qaysi davrida shakllangan? A) yura B) silur C) prem D) kembriy 9 / 25 Deltalardagi qurigan kichikroq ko‘llarning botiqlar landshaftning qaysi birligiga mos keladi? A) urochishe B) provinsiya C) joy D) fatsiya 10 / 25 Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng yuqori bo‘ladi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 1 11 / 25 Respublikamizdagi qaysi shaharda Xitoy kompaniyasi ishtirokida oyna zavodi qurildi? A) Jizzax B) Urganch C) Olmaliq D) Chirchiq 12 / 25 Kelib chiqishiga ko‘ra muz hosil qilgan ko‘lni belgilang. A) Katta Ayiq B) Nyasa C) Baykal D) Tanganika 13 / 25 Litosfera okean tubida va quruqliklarda necha kilometr qalinlikka ega? A) 60-70 va 100-150 B) 50-60 va 100-200 C) 35-40 va 70-80 D) 20-50 va 200-300 14 / 25 Quyidagi balandlik mintaqalari shakllangan tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan? 1 – o‘rmon-dasht va dasht; 2 – aralash va keng bargli o‘rmonlar; 3 – subalp o‘tloqlari; 4 – alp o‘tloqlari; 5 – tog‘ tundrasi; 6 – qor va muz zonasi. A) o‘rmon-dasht va dasht zonasida B) aralash va keng bargli o‘rmonlar zonasida C) subekvatorial o‘rmonlar zonasida D) tundra va o‘rmon tundra zonasida 15 / 25 Agar dengiz sathida havo bosimi 757 mm Hg ga, harorat esa +24°C ga teng bo‘lsa, 5895 m balandlikdagi havoning harorati va bosimini aniqlang. A) –10,5°C, 176,5 mm Hg B) –9,5°C, 158,5 mm Hg C) –8,54°C, 127,5 mm Hg D) –11,37°C, 167,5 mm Hg 16 / 25 Janubiy Amerika materigining tekislik qismida qanday tabiat zonalari shakllangan? 1. sernam ekvatorial o‘rmonlar; 2. preriyalar; 3. subekvatorial o‘rmonlar; 4. savannalar; 5. ignabargli o‘rmonlar; 6. dasht; 7.chalacho‘l va cho‘l; 8. o‘rmon-dasht; 9. aralash o‘rmonlar. A) 2, 4, 5, 7, 8, 9 B) 1, 2, 3, 4, 6, 9 C) 1, 3, 4, 6, 7, 9 D) 1, 2, 3, 4, 6, 8 17 / 25 O‘zbekistonning tog‘li qismida tog‘ oralig‘i botiqlarining paydo bo‘lishi nima bilan bog‘liq? A) doimiy shamollarning esishi B) vulqonlarning otilishi C) tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi D) relyefning notekisligi 18 / 25 Tabiiy gazdan azotli o‘g‘it va kimyoviy tola ishlab chiqaradigan zavodlar qaysi shaharlada bunyod etilgan? A) Farg‘ona va Navoiy B) Andijon va Nukus C) Yangiyo‘l va Marg‘ilon D) Buxoro va Samarqand 19 / 25 Quyidagi ma’lumotlar asosida havoning sutkalik o‘rtacha haroratini aniqlang: soat 1:00 da +8°C; 4:00 da+4°C; 7:00 da +7°C; 10:00 da +15°C; 13:00 da +19°C; 16:00 da +21°C; 19:00 da +13°C; 22:00 da +9°C. A) +15°C B) +12°C C) +19°C D) +13°C 20 / 25 Janubiy Amerika materigining 30° va 40° janubiy kengliklari oralig‘idagi hududlarda qaysi iqlim mintaqasi tarkib topgan? A) subtropik B) tropik C) subekvatorial D) ekvatorial 21 / 25 Magmatik va metamorfik jinslar Afrikaning qaysi hududlarida uchraydi? A) daryo havzalarida va botiqlarda B) tog‘lar va pasttekisliklarda C) tog‘lar va platolarda D) cho‘kmalar va pasttekisliklarda 22 / 25 Shamolning tezligi qaysi asbob yordamida o‘lchanadi? A) Barometr B) Fluger C) Anemometr D) Termometr 23 / 25 Ushbu xarita-sxemadagi yo‘nalish bo‘yicha sayyohlar A nuqtadan B nuqtaga borishlari uchun qaysi tabiat zonalaridan o‘tishlari kerak? A) Savannalardan nam ekvatorial o‘rmonlar zonasiga B) Nam ekvatorial o‘rmonlar zonasidan savannalar zonasiga C) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar zonasidan chalacho‘llar zonasiga D) Savannalardan chalacho‘l va cho‘l zonasiga 24 / 25 Nima Atlantika okeanining shimoliy qismida, Florida yarimoroli, Folklend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi? A) okean botiqlari B) dengiz sayozligi C) port shaharlar D) suv osti tog‘ tizmasi 25 / 25 Mirzacho‘lning tekislik qismi qaysi davrda dengiz suvi ostida bo‘lgan? A) toshko‘mir B) silur C) yura D) devon 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6