Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 10-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 328 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Janubiy Amerika materigining 30° va 40° janubiy kengliklari oralig‘idagi hududlarda qaysi iqlim mintaqasi tarkib topgan? A) subtropik B) tropik C) subekvatorial D) ekvatorial 2 / 25 Litosfera okean tubida va quruqliklarda necha kilometr qalinlikka ega? A) 20-50 va 200-300 B) 50-60 va 100-200 C) 60-70 va 100-150 D) 35-40 va 70-80 3 / 25 Quyidagi qaysi hodisaning sodir bo‘lishi Oyning Yerni tortishi bilan bog‘liq emas? A) qalqish hodisasi B) Yer aylanishining burchak tezligi qiymati ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi C) qirg‘oqbo‘yi hududlarda Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi D) Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinlashishi 4 / 25 Nima Atlantika okeanining shimoliy qismida, Florida yarimoroli, Folklend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi? A) dengiz sayozligi B) suv osti tog‘ tizmasi C) okean botiqlari D) port shaharlar 5 / 25 Islandiyadagi geyzerlarning biridan otilib chiqayotgan suvning harorati +93°C bo‘lsa, bu suv qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2281,8 m B) 2182,8 m C) 2188,2 m D) 2818,2 m 6 / 25 Agar dengiz sathida havo bosimi 757 mm Hg ga, harorat esa +24°C ga teng bo‘lsa, 5895 m balandlikdagi havoning harorati va bosimini aniqlang. A) –9,5°C, 158,5 mm Hg B) –8,54°C, 127,5 mm Hg C) –10,5°C, 176,5 mm Hg D) –11,37°C, 167,5 mm Hg 7 / 25 Magmatik va metamorfik jinslar Afrikaning qaysi hududlarida uchraydi? A) daryo havzalarida va botiqlarda B) cho‘kmalar va pasttekisliklarda C) tog‘lar va platolarda D) tog‘lar va pasttekisliklarda 8 / 25 O‘zbekistonning tog‘li qismida tog‘ oralig‘i botiqlarining paydo bo‘lishi nima bilan bog‘liq? A) vulqonlarning otilishi B) tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi C) relyefning notekisligi D) doimiy shamollarning esishi 9 / 25 Respublikamizdagi qaysi shaharda Xitoy kompaniyasi ishtirokida oyna zavodi qurildi? A) Chirchiq B) Jizzax C) Olmaliq D) Urganch 10 / 25 Quyidagi balandlik mintaqalari shakllangan tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan? 1 – o‘rmon-dasht va dasht; 2 – aralash va keng bargli o‘rmonlar; 3 – subalp o‘tloqlari; 4 – alp o‘tloqlari; 5 – tog‘ tundrasi; 6 – qor va muz zonasi. A) tundra va o‘rmon tundra zonasida B) o‘rmon-dasht va dasht zonasida C) aralash va keng bargli o‘rmonlar zonasida D) subekvatorial o‘rmonlar zonasida 11 / 25 Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng yuqori bo‘ladi? A) 3 B) 4 C) 2 D) 1 12 / 25 Janubiy Amerikaning qaysi davlatlari Atlantika va Tinch okean havzalari bilan tutash emas? A) Surinam, Peru B) Boliviya, Paragvay C) Venesuela, Kolumbiya D) Argentina, Gayana 13 / 25 Ushbu xarita-sxemadagi yo‘nalish bo‘yicha sayyohlar A nuqtadan B nuqtaga borishlari uchun qaysi tabiat zonalaridan o‘tishlari kerak? A) Savannalardan chalacho‘l va cho‘l zonasiga B) Nam ekvatorial o‘rmonlar zonasidan savannalar zonasiga C) Savannalardan nam ekvatorial o‘rmonlar zonasiga D) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar zonasidan chalacho‘llar zonasiga 14 / 25 Kelib chiqishiga ko‘ra muz hosil qilgan ko‘lni belgilang. A) Katta Ayiq B) Nyasa C) Tanganika D) Baykal 15 / 25 Kermadek cho‘kmasi Yava cho‘kmasidan necha metrga chuqur? A) 2031 m B) 1840 m C) 1706 m D) 2318 m 16 / 25 Kavkaz tog‘larining shimoliy yonbag‘ri uchun qanday iqlim xos? A) subtropik B) mo‘tadil C) subekvatorial D) tropik 17 / 25 Janubiy Amerika materigining tekislik qismida qanday tabiat zonalari shakllangan? 1. sernam ekvatorial o‘rmonlar; 2. preriyalar; 3. subekvatorial o‘rmonlar; 4. savannalar; 5. ignabargli o‘rmonlar; 6. dasht; 7.chalacho‘l va cho‘l; 8. o‘rmon-dasht; 9. aralash o‘rmonlar. A) 2, 4, 5, 7, 8, 9 B) 1, 2, 3, 4, 6, 9 C) 1, 2, 3, 4, 6, 8 D) 1, 3, 4, 6, 7, 9 18 / 25 Aholining tug‘ilganlar soniga nisbatan o‘lganlar sonining ko’pligi hisobiga ko‘payishi nima deb ataladi? A) abiiy ko‘payish B) mexanik ko‘payish C) reurbanizatsiya D) depopulyatsiya 19 / 25 Mirzacho‘lning tekislik qismi qaysi davrda dengiz suvi ostida bo‘lgan? A) silur B) devon C) yura D) toshko‘mir 20 / 25 Deltalardagi qurigan kichikroq ko‘llarning botiqlar landshaftning qaysi birligiga mos keladi? A) urochishe B) provinsiya C) fatsiya D) joy 21 / 25 Quyidagilardan qaysi biri ozon qatlamini yemiradigan “freon” gazlarining tarkibiga kirmaydi? A) ftor B) uglerod C) xlor D) vodorod 22 / 25 Tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi nima deb ataladi? A) geografik o‘rin B) yonbag‘ir ekspozitsiyasi C) balandlik mintaqalanishi D) sektorlik 23 / 25 Tabiiy gazdan azotli o‘g‘it va kimyoviy tola ishlab chiqaradigan zavodlar qaysi shaharlada bunyod etilgan? A) Farg‘ona va Navoiy B) Yangiyo‘l va Marg‘ilon C) Buxoro va Samarqand D) Andijon va Nukus 24 / 25 Psilofitlar Yer taraqqiyotining qaysi davrida shakllangan? A) yura B) prem C) kembriy D) silur 25 / 25 Quyidagi ma’lumotlar asosida havoning sutkalik o‘rtacha haroratini aniqlang: soat 1:00 da +8°C; 4:00 da+4°C; 7:00 da +7°C; 10:00 da +15°C; 13:00 da +19°C; 16:00 da +21°C; 19:00 da +13°C; 22:00 da +9°C. A) +13°C B) +19°C C) +12°C D) +15°C 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6