Uy » Abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 Ona tili va adabiyot abituriyent Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 185 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №1 1 / 30 Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so`z shaklida tuzilgan? A) U paytda qing`ir-qiyshiq ko`chalar ko`p bo`lgan. B) Menga o`xshash esli-hushli yigitga zoriqib o`tirgan ekan. C) U yoshligidan ota-onasiz katta bo`lgan. D) Kasbning katta-kichigi bo`lmaydi. 2 / 30 O`qituvchilik so`zi haqida to`g`ri hukmni toping. A) shaxs oti B) tub ot C) faoliyat jarayon oti D) narsa oti 3 / 30 Maqsad bog`lovchisi qo`llangan ergashgan qo`shma gapni toping. A) Hosil mo`l bo`lishi uchun, bahordan ter to`kdik. B) Ular mening aytganimni qilishadi. chunki men oilamizning kenjatoyiman. C) Ona yerimizni asrang, toki bu meros avlodlarga sog`-omon yeta olsin. D) Odamlar yaxshi yashasin deb, mahallamizni obod qildik. 4 / 30 Shaxs yoki narsalarni bir- biri bilan qiyoslash ma`nosini qaysi kelishik shakli ifodalashi mumkin? A) jo`nalish kelishigi B) chiqish kelishigi C) tushum kelishigi D) qaratqich kelishigi 5 / 30 Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe`llar berilgan? A) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, qadamini sekinlatdi. B) Shokarim uxladimi, yo`qmi, bilolmadi. C) Peshonangiz devorga qarsillab urilganidan keyin esingiz kiradi. D) Izg`irindan ko`zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g`irchillaydi. 6 / 30 O`kin pushaymon bo`l, ko`rgiliging, taqdiring uchun, tarbiyat qilgan dono xoqoningga yemirilgan, qo`ldan ketgan yaxshi davlatingga. O`zing adashding, oraga yomonni kirgizding. Qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib surib ketdi… Borgan yerda yaxshilik shu bo`ldi: qonning suvday oqdi, suyaging tog`day uyulib yotdi, bek bo`ladigan o`g`il bolang qul bo`ldi, suluv qiz bolang cho`ri bo`ldi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) Tunyuquq bitiktoshidan B) Kul Tigin bitiktoshidan C) “Qutadg`u bilig” dostonidan D) “Devonu lug`atit-turk” asaridan 7 / 30 Qaysi javobda o`zlik olmoshi ta`kid ma`nosini ifodalash uchun xizmat qilgan gap(lar) to`g`ri ko`rsatilgan? Rostini aytsam, men o`zim ham unchalik yomon bola emasman. O`zi dumaloq, qor kabi oq. Ikromjon xotinini qoldirib, o`zi idora tarafga qarab ketdi. 4. O`zingni er bilsang, o`zgani sher bil. A) 1 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2 D) 1, 3, 4 8 / 30 Otamday rozi bo`l, onamday sevgin, Men ham senikiman, o`ksik qizginam. Bag`ringda ming yillik toshlar to`sig`in, Yorib chiqayotgan bir ildizingman! She`riy parchada fonetik o`zgarishga uchragan nechta yasama so`z ishtirok etgan? A) 1 B) 4 C) 3 D) 2 9 / 30 "Ravshan" dostoni voqealari haqida berilgan to`g`ri hukmni toping. A) Avazxonga Gulqiz degan barno suluvni kelin qilib tushirib berdilar B) Hasanxon Xon Dallini Vayangandan olib qochib kelib, qiriq kun shohona to`ylar berib, o`z rasm-rusmlari bilan oldi C) Go`ro`g`li Hasanxonni Xunxordan olib kelib o`ziga o`g`il qildi D) Hasanxonni Yunus pari tarbiyalab voyaga yetkazdi 10 / 30 Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe’lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe’llar berilgan qatorni aniqlang. A) kiymoq, taramoq B) quvnamoq, jilmaymoq C) yuvmoq, yayramoq D) qochmoq, yonmoq 11 / 30 “Olov sochlar” “O`lim yovga” kabi to`plamlar muallifi kim? A) G`afur G`ulom B) Maqsud Shayxzoda C) Zulfiya D) Hamid Olimjon 12 / 30 O`zaro sinonim bo`lgan ko`makchilar qatorini ko`rsating. A) boshqa, tashqari, bo`lak B) buyon, beri, burun C) so`ng, keyin, nari D) faqat, o`zga, boshqa 13 / 30 Kiritma gaplar haqida to`g`ri ma`lumotlarni aniqlang. 1) kiritma gaplar, asosan, kitobiy uslubga xos; 2) kiritma gaplar, asosan, gap o`rtasida keladi; 3) kiritma gaplar orqali ifodalangan qo`shimcha ma`lumot gapning umumiy mazmuniga bog`liq bo`lmaydi; 4) kiritma gaplar gap tarkibidan tushurib qoldirsa ham, gapning asosiy ma`nosiga ziyon yetmaydi. A) 1,2,3,4 B) faqat 1 C) 1,2,4 D) 1,3,4 14 / 30 Bosh gap egasi noma`lum gap bo`lgan ergashgan qo`shma gapni aniqlang. A) Har kishi el uchun tpsa agar ranj, Oqibat muyassar bo`lar unga ganj B) Odamning shunday do`stlari bo`ladiki, ularning har biri bilan fe’liga qarab gaplashishga to`g`ri keladi. C) Dushman oz deb g`ofil bo`lmaslik kerak, chunki ko`p o`tinni ozgina o`t kuydiradi. D) Odamlar siz bilan odatdagidek gaplashishni xohlamasa aybni o`zingizdan qidiring. 15 / 30 Berilgan qaysi gap tarkibida fonetik o`zgarish asosida yozilgan yasama sifat mavjud? A) Barmog`ida sarg`ish, ko`kimtir bo`yoq izlari bor ediwd B) O`g`lim, unutmaginki, yoqimli do`st suhbati olis yo`lni yaqin qiladi. C) Barcha javoblara fonetik o`zgarish asosida yozilgan yasama sifat mavjud D) Uning chaqnoq ko`zlari, siyrak qoshi, o`ychan turishi katta bardoshi, sadoqatini aks ettirib turardi. 16 / 30 Qaysi javobda omonim asosga omonim qo`shimcha qo`shilishidan hosil bo`lgan shakldoshlik xususiyatiga ega bo`la oladigan so`z(lar) berilgan? 1) tilim; 2) bo`g`ma; 3) kechik; 4) oqar A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 2, 4 D) 4 17 / 30 Qaysi qatorda barcha so`zlarda nuqtalar o`rniga o unlisi yoziladi? A) tomosh.., mardonav..r, devonav..r B) z..mon, s..vol, j..vob C) taq..zo, taks..motor, par..voz D) ashq..l-dashq..l, tan..var, zalv..rli 18 / 30 Shaxs-son, zamon, bo`lishi-bo`lishsizlik qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga qo`shiladi A) Shaxs-son, zamon qo`shimchasi qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, bo`lishsizlik qo`shimchasi birinchi qismiga qo`shiladi B) Shaxs-son, zamon, bo`lishi-bo`lishsizlik qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga qo`shiladi C) Shaxs-son qo`shimchasi qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, zamon, bo`lishsizlik qo`shimchasi birinchi qismiga qo`shiladi D) Shaxs-son, zamon qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, bo`lishsizlik qo`shimchasi har ikki qismiga qo`shila oladi 19 / 30 Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe`llar berilgan? A) Shokarim uxladimi, yo`qmi, bilolmadi. B) Izg`irindan ko`zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g`irchillaydi. C) Peshonangiz devorga qarsillab urilganidan keyin esingiz kiradi. D) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, qadamini sekinlatdi. 20 / 30 Haqiqat tikanli gulaga o`xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. Berilgan qo`shma gapning bosh gap qismidagi yasama so`zning lug`aviy shakl yasovchisi quyidagi qaysi shakil bilan omonimlik hosil qiladi? A) III shaxs ko`plikni ifodalovchi shaxs-son B) fe’lning ortirma daraja shaklini hosil qiluvchi qo`shimcha bilan C) fe’l yasovchi qo`shimcha bilan D) Birlik nisbat shakli bilanq 21 / 30 Hozir shu zulm va avvalgi adovat tikanlari o`zining ilk mevasini berdi. Ushbu gapda nechta bitishuv so`z birikmasi mavjud? A) 4 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta 22 / 30 Ega ergash gapli qo`shma gapni aniqlang. A) O`qish davrida Mavlonqulov qayerda bo`lsa, Mutalov ham shu erda bo`lar edi. B) Bu bo`stonda do`stlar bermasa ko`mak, Nasib bo`lmas maqsad gulini termak. C) Kim mehnat qilsa, rohat ko`radi. D) Tanlov katta bo`lsa ham, ular ishonch bilan kelishgan. 23 / 30 Quyida keltirilgan qo`shma gapning turini aniqlang. Bilgilki, bolalarim uch kundan buyon hech bir taom yemas edilar va men hech iloj topmay yurdi. A) bog`langan qo`shma gap B) bog`lovchisiz qo`shma gap C) murakkab qo`shma gap D) ergashgan qo`shma gap 24 / 30 qol, qor, qot so`zlarining ma`nolarini farqlashga xizmat qilayotgan tovushlarni aniqlang. A) chuqur til orqa undoshi B) til orqa undoshi C) bo`g`iz undoshi D) til oldi undoshi 25 / 30 Maqsad ravishi qo`llangan gapni aniqlang. A) Umringga yuz bahor zamondosh bo`lsin. B) Ovozingizni eshitish umidi bilan ataylab kelgan edim. C) Men sizni olib ketgani keldim. D) Feruza bilan Shahnoza Azizani o`ynatmoqchi bo`lib kelishgan ekan. 26 / 30 “Ayamning hadeganda tiliga chiqavermaydigan allanechuk og`ir pinhoniy bir dardi bor edi. Ko`pincha ishdan qaytib, huzurlariga kirsam, ko`zlari namiqqan, yuzlari tund bo`lar edi. - Yana yig`ladingizmi, aya? - Yo`q, bolam, nega yig`lay? Shunchaki siqildim-da, - derdilar ayam shikasta ovozda”. Ushbu tarjimayi hol qaysi shoir hayotiga aloqador? A) Ozod Sharafiddinov B) Shukur Xolmirzayev C) Tohir Malik D) O`tkir Hoshimov 27 / 30 Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma`no ko`chgan so`z qatnashgan? A) Qalam ushladimmi, demak, o`yin bas… B) Bu darddan qora boshim oqardi C) Yuragini ezib turgan tuyg`ular biroz chekinganday bo`ldi D) Alisher Navoiy vafotini eshitib, butun Hirot yig`ladi 28 / 30 Mirmuxsinning “Nevara” asari qaysi janrda yozilgan? A) Roman B) Doston C) Qissa D) Hikoya 29 / 30 So`zning yumshog`i g`azabni so`ndiradi, so`zning qattig`i esa odamni o`ldiradi. Ushbu gapda tovush almashinishi hodisasi so`zga qanday qo`shimcha(lar) qo`shilishi natijasida yuz bergan? 1) so`z yasovchi qo`shimcha; 2) Lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha 3) sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha A) 1,3 B) 2 C) 1,2 D) 2,3 30 / 30 Urush - quyon ovi emas. Ushbu gapdagi tirening ishlatilish sababini aniqlang. A) bu gapda tire ishlatilmaydi, chunki ot kesim tarkibida bog`lama bor B) izohlash munosabati bo`lgani uchun C) ega ma`nosi ta`kidlangani uchun D) o`xshatish munosabati ifodalangani uchun 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2