Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 745 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 29 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Ot-kesim qatnashgan gapni belgilang. A) Nodira uyga vazifalarini qilib bo‘lmadi. B) Qushlar chiroyli sayrayapti. C) Dronlar bugungi kunda harbiy kuch sifatida foydalanilmoqda. D) Bizning yurtda har doim mehmon aziz. 2 / 25 2. Kelishik qoʻshimchalarini qoʻllash bilan bogʻliq xatolik uchraydigan javobni aniqlang. A) Nasimning otasi Qoʻqonnigina emas, butun xonlikning tanilgan kishilaridan edi. B) Maqsadlarimizga erishish uchun oldimizda turgan toʻsiq va gʻovlarni yengib oʻtishimiz kerak. C) Xalqimizning eng noyob fazilatlaridan biri – uning bir tan, bir jon boʻlib yashashidir. D) Salohiyatimizni yurtimizning xalqaro maydondagi obroʻ-e’tibori oshishi uchun safarbar etamiz. 3 / 25 3. Quyidagi berilgan gapning turini aniqlang. Sayohatga juda erta kelibsan. A) Inkor gap B) Tasdiq gap C) Yig‘iq gap D) Buyruq gap 4 / 25 4. Vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan gapni toping. A) Birni kessang, o‘nni ek. B) Til qilichdan o‘tkir. C) Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘. D) Bu olmani ukam uchun oldim. 5 / 25 5. Ushbu gapda holining qaysi turi ishtirok etgan? Gapiravermagach o‘zim so‘roqqa tutdim. A) sabab holi B) payt holi C) holat holi D) o‘rin holi 6 / 25 6. Sabab holi ishtirok etgan gapni belgilang. A) Olimjon orqada qoldi. B) Kecha majlis bo‘ldi. C) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur. D) Dushman chorasizlikdan taslim bo‘ldi. 7 / 25 7. Berilgan gaplardan ot-kesimga misol bo‘la oladigan gaplarni belgilang. 1) Osmonimiz musaffo; 2) Qushlar uchib keldi; 3) Gullar ochildi; 4) Mehmon aziz. A) 1; 3 B) 1; 4 C) 2; 4 D) 3; 4 8 / 25 8. Bosh harf bilan yozish qoidasi amal qilib yozilgan birlikni aniqlang. A) Davlat Soliq Qumitasi B) Adliya Vazirligi C) Vazirlar Mahkamasi D) Oliy Xoʻchalik Sudi 9 / 25 9. Gapdagi // o‘rnida qanday tinish belgisi bo‘lishi kerak? Pul bo‘lsa // changalda sho‘rva. A) vergul B) ikki nuqta C) tire D) nuqtali vergul 10 / 25 10. Bo‘sh qoldirilgan joylarni kerakli qo‘shimchalar bilan to‘ldiring. Men ko‘p kitob o‘qiy…. Kerak... joylarini eslab qolish uchun kitob… varaqlarini buklab, ma’lumotlarning tagi… chizib qo‘yaman. A) -man; -li; -ni; -ga. B) -man; -lik, -ni; -dan. C) -man; -li; -ning; -ga. D) -man; -lik; -ning; -ga; 11 / 25 11. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etgan? A) O‘rta asrlarda Xitoy va Hindiston paxtaning vatani hisoblangan. B) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. C) Anvar va men musobaqaga ertaga soat sakkizda boramiz. D) Usmon Nosir juda qisqa umr ko‘rdi. 12 / 25 12. Qavs ichidagi ma’nolar ifodalanishi uchun nuqtalar o‘rniga qaysi so‘z qo‘yilishi lozim? Ovqatni … (“ulashmoq”), qamchi … (“urmoq”), qo‘yni … (“o‘lchamoq”). A) tortmoq B) urmoq C) uzmoq D) bermoq 13 / 25 13. Matnni o‘qing. “Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish” ilmiy nazariyasi kim tomonidan takror isbotlanganligini belgilang? Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. -Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. -Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) Beruniy B) Kopernik C) Nyuton D) Karol Yov 14 / 25 14. Qaysi gapda yasama so‘zlar soni nisbatan ko‘proq? A) Ota-onaning roziligi umrni ziyoda qiladi. B) Biror yangilik eshitib qolsangiz, bizni xabardor qiling. C) Istarali kishining kiyimidagi yamoqlar ham yarashib turadi. D) Kimki berahmdir — rahm qilinmas, Kechirmaganlarni kechirmas Olloh. 15 / 25 15. Quyidagi berilgan gaplarning nechtasida tire to‘g‘ri qo‘yilgan? 1) Ikki karra to‘rt – sakkiz; 2) Vatan – muqaddas; 3)Mening iqrorim – shu; 4) Niyatim – o‘qish; 5) Odob – insonning boyligi. A) Ikkita o‘rinda to‘g‘ri; uchta o‘rinda noto‘g‘ri. B) Uchta o‘rinda to‘g‘ri; ikkita o‘rinda noto‘g‘ri. C) To‘rtta o‘rinda to‘g‘ri; uchta o‘rinda noto‘g‘ri. D) Berilgan barcha holatlarda tire to‘g‘ri qo‘llangan. 16 / 25 16. Quyidagi ega haqidagi ma’lumotlardan nechtasi to‘g‘ri? Ega harakatning bajaruvchisini bildirib keladi. Ega kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi. Ega egalik va ko‘plik shaklarini qabul qiladi. A) uchtasi B) ikkitasi C) to‘rttasi D) bittasi 17 / 25 17. Quyidagi sinonimlar qatorida noto‘g‘ri so‘z qo‘llangan javobni belgilang. A) ko‘p, talay, bisyor B) xirpa, tullak, ayyor C) hur, ozod, erkin D) xunuk, badbashara, aft 18 / 25 18. To‘ldiruvchi quyidagi so‘z turkumlaridan qaysi biri bilan gapda ifodalanib kelmaydi? A) otlashgan sifat bilan B) ot bilan C) sifatdosh bilan D) yuqoridagi ifodalangan so‘z turkumlarining barchasi bilan ifodalanadi 19 / 25 19. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni qaysi so‘z turkumlariga mosligini aniqlang? Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) sifat, ravish, sifat B) ot, hol, sifat C) ot, ravish, hol D) ot, sifat, sifat 20 / 25 20. O‘zlashtirma gapning kesimi qanday fe’llar bilan ifodalanadi? A) aytmoq, gapirmoq B) gapirmoq, so‘zlamoq, demoq C) demoq, aytmoq, gapirmoq D) so‘ramoq, buyurmoq, aytmoq 21 / 25 21. Berilgan gapda necha oʻrinda vergul tushib qolgan? Darhaqiqat bolalarning xulqi odobi yurish-turishi koʻcha-koʻyda mahallada oʻzini tutishi doʻstlari orasidagi obroʻ-e’tibori oila yumushlariga qoʻshayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim. A) 5 oʻrinda B) 6 oʻrinda C) 8 oʻrinda D) 7 oʻrinda 22 / 25 22. Qaysi javoblarda gap bo‘laklariga to‘g‘ri ajratilgan? Aziza ertalab she’r yozadi. A) kesim, to‘ldiruvchi, hol, kesim B) ega, kesim, to‘ldiruvchi, hol C) ega, hol, to‘ldiruvchi, kesim D) hol, ega, to‘ldiruvchi, kesim 23 / 25 23. Berilgan gapda nechta payt holi ishtirok etgan? Kecha maktab tomonidan ikki marta majlis o‘kazildi va kelasi o‘quv yili uchun rejalar belgilandi. A) ikkita B) bitta C) uchta D) to‘rtta 24 / 25 24. Berilgan gapda nechta to‘ldiruvchi qatnashgan va to‘ldiruvchining nechtasi otlashgan sifat bilan ifodalangan? Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. A) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Bittasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. B) Gapda uchta to‘ldiruvchi bor. Ikkatasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. C) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Ikkalasi ham otlashgan sifat bilan ifodalangan. D) Gapda bitta to‘ldiruvchi bor. To‘ldiruvchi otlashgan sifat bilan ifodalanmagan. 25 / 25 25. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Bu hududning tabiati, havosi, sharoiti juda yaxshi. A) kesim B) hol C) ega D) aniqlovchi 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1