Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 203 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 2 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №3 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Bugun yumushlarim ko‘payib ketdi, siz aytkan joyga bora olmadim. B) O ‘g‘il bolalar ariqlarni tozaladilar, qizlar esa hovlini supurdilar. C) Onam qo‘y go‘shtini o‘z yog‘iga qovurib berdilar. D) Sap-sariq qovunlarning xushbo‘y hidi anqib turardi. 2 / 25 Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarni aniqlang. 1. shevaga xos so`zlar 2. Varvarizmlar 3. Vulgarizmlar 4. Kanselyarizmlar 5. Parazit so`zlar 6. Ibora va grammatik shakllar 7. Urg`u va talaffuz A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,2,4,7 C) 2,3,4,6,7 D) 1,3,5,6,7 3 / 25 oshig‘i olchi iborasiga antonim iborani toping. A) dili pora B) suv tekin C) do‘ppisi yarimta D) kosasi oqarmagan 4 / 25 Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy) Ushbu baytda qanday she’riy san’atlar qo‘llangan? A) tazod, tajnis, tanosub B) tazod, talmeh, tanosub C) tajnis, tashbeh, tanosub D) talmeh, tashbeh, tajnis 5 / 25 Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda, Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi. Ushbu ruboiydagi raviyni aniqlang. A) i harfi B) s harfi C) a harfi D) t harfi 6 / 25 Qaysi gapda hol vazifasida kelgan qaralmish ishtirok etgan? A) Til tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. B) Mustaqil O‘zbekiston davlati erkinlikning dastlabki yillaridanoq o‘zbek tilining muhofazasi uchun barcha qonuniy asoslarni yaratdi. C) Tilning birinchi ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashadi. D) Meni katta hayotga olib chiqib qo‘ygan ustozlarimning zahmatini oqlay oldimmikin? 7 / 25 Vatanning kun sayin obod bo‘layotgani, yangi yo‘llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Barcha uyushiq bo‘laklarning sifatlovchi aniqlovchisi mavjud. B) Ega va qaratqich aniqlovchining uyushib kelishi kuzatiladi. C) Qaratqich aniqlovchilarning barchasi to‘ldiruvchiga tobelangan. D) Sodda va qo‘shma kesimlar mavjud. 8 / 25 “Alp Er To‘nga” marsiyasi qaysi asar orqali bizgacha yetib kelgan? A) “Qissasi Rabg‘uziy” B) “Devonu lug‘ot it-turk” C) “Qutadg‘u bilik” D) “Hayrat ul-abror” 9 / 25 Ey Navoiy, eldan bir chaqa ham tama qilma, aksincha, o‘zing elga bersang, buni “karam” deydilar. Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan so‘zlarni aniqlang. A) tama qilma, deydilar B) ey Navoiy, karam C) ey Navoiy, aksincha D) ey, aksincha, karam 10 / 25 Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) mutaxasis, qutulmoq, tomosha B) muolija, mobodo, tamoman C) taqiqlamoq, xayol, qat’i nazar D) asqotmoq, o‘g‘irlamoq, ta’ma qilmoq 11 / 25 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini bevosita tobelantirgan hol ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Yolg‘izlikning rutubatli ko‘chalarida, Ne-ne oltin fasllarim o‘tdi junjikib. B) Shuni esingdan chiqarma: aql dilning oltin kalitidir. C) Bir yo‘l chekkasida yotibman nolon, Chorasiz bo‘lsam-da, men ham tirik jon. D) Bir kishi umrining so‘ngiga qadar, Yig‘di mol-u dunyo, yig‘di siym-u zar. 12 / 25 Qaysi gapda barcha zamon shakllari o‘z ma’nosida ishlatilgan? A) Men ertaga ketyapman, Farhod. B) Shunda sizni azob emas, rohat kutadi. C) – Yur, ketdik. Qorning to‘qmi? – dedi Habibulla. D) Shu, Boboqul bilan Mamat polvon juda lanj ekan, nima dedingiz, Bo‘ri polvon? 13 / 25 Qaysi asarda jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi? A) “O‘tkan kunlar” B) “Padarkush” C) “Hayotga muhabbat” D) “Qorako‘z Majnun” 14 / 25 Har bir pok axloqli, ilohsevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi mumkin. Yuqoridagi gapda qaysi gap bo‘lak(lar)i uyushgan? A) aniqlovchi B) ega, aniqlovchi C) aniqlovchi, kesim D) ega, kesim 15 / 25 Bizning qarorimiz shu // hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? A) ikki nuqta B) nuqtali vergul C) vergul D) tire 16 / 25 Bahor vasfiga bag‘ishlangan birinchi o‘zbek g‘azali muallifini aniqlang. A) Mahmud Qoshg‘ariy B) Nosiruddin Rabg‘uziy C) Alisher Navoiy D) Yusuf Xos Hojib 17 / 25 Qaysi javobdagi gaplarda tire tinish belgisi o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? A) Mehnati halol baholansa, yerning sohibi – dehqonning hech kimdan kami bo‘lmaydi. Xalqaro savdo yo‘li – Buyuk ipak yo‘li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo‘lgan. B) Yurting tinch – sen tinch. Turnalar arg‘imchog‘i g‘ira-shira osmon ortiga – bulutlar bag‘riga singiydi. C) Nabiram – Sayyora shu yerda tarbiyalanyapti. Gullar, daraxtlar, bog‘lar – barchasi bahor nafasini his qilmoqda. D) Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si. Qor yog‘di – don yog‘di. 18 / 25 Qaysi gapda ergash gap bosh gapdan oldin kelgan? A) Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon kishining gapi ko‘p bo‘ladi. B) Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. C) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning. D) Kitob mening do‘stim, chunki u – bilim manbayi. 19 / 25 Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘-e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Ushbu gap tarkibida ajratib ko‘rsatilgan so‘z gapning qaysi bo‘lagiga tobelangan? A) qaratqich aniqlovchi B) vositali to‘ldiruvchi C) vositasiz to‘ldiruvchi D) sifatlovchi aniqlovchi 20 / 25 Quyida berilgan so‘zlarni ma’nolari bilan birlashtiring. A) 1-e, 2-d, 3-g, 4-f, 5-d B) 1-i, 2-a, 3-g, 4-b, 5-h C) 1-g, 2-d, 3-e, 4-b, 5-f D) 1-i, 2-a, 3-e, 4-f, 5-b 21 / 25 Berilgan birliklarning qaysi birida ko‘chma ma’noli so‘z mavjud emas? A) tog‘ cho‘qqisi B) daryo yoqasi C) varrakning dumi D) g‘orning og‘zi 22 / 25 Quyidagi gaplardan qaysi birida yordamchi so‘z turkumining barcha turi ishtirok etgan? A) Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortar, ammo bir qarich ham oldinga siljitolmasdi. B) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l. C) Ma’naviyat insonga ona suti va ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singadi. D) Mehmonlar osh-suv taraddudiga yo‘l qo‘ymasdan, sut-qatiq bilan quruq choy ichib, darhol o‘tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar. 23 / 25 Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yozib qoldirilgan qaysi maqol turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan boshlab faol iste’molda bo‘lib, har qanday fazilatning boshlanishi bilimdir degan ma’noni anglatadi? A) Kim kur bo‘lsa, kuvaz bo‘lur. B) Uma kelsa, qut kelur. C) Erdam boshi – til. D) Qut belgusi – bilig. 24 / 25 Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni aniqlang. U ilonni aldagani uchun, … unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, qurbaqaning go‘shti ekanini aytgani uchun ta’qibga uchragan emish. A) balki B) chunki C) agar D) ya’ni 25 / 25 Ilgari salbiylik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar davr taqozosiga ko‘ra ijobiy bo‘yoq kasb etayotgan so‘zlarni aniqlang. A) biznesmen, fermer B) kapital, kolxoz C) viloyat, tuman D) dasturchi, vazir 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6