Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 2782 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 9 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi qatorda holat ravishi o‘timsiz fe’lga bog’langan? A) Uyiga kelib biroz toliqqanini his qildi B) U eshik oldida hech narsa bo‘lmaganday,gerdayib turardi C) Qaysidir voqea sabab Karimaga qasddan turxmat qildi D) Kechga yaqin charchab, arang yetib kelishdi 2 / 25 «O‘tkan kunlar» romani asosida suratga olingan filmda Homid rolida qaysi artist o‘ynagan? A) Hamza Umarov B) Abbos Bakirov C) Yoqub Ahmedov. D) O‘lmas Alixo‘jayev 3 / 25 Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad / / milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. B) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir / / tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. C) Bildi ota / / foydasizdir kurashmoq. D) Mening opam ham / / talaba, bu yil oliygohga kirdilar. 4 / 25 Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan? A) yurak, buyruq, kerak B) sovuq, sana, o‘yin C) bilak, qovoq, chelak D) axloq, tirnoq, pishloq 5 / 25 «Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas» deb Navoiy haqida kim aytgan? A) Hakimshoh Qazviniy. B) Bobur. C) Rashidiy. D) Xondamir. 6 / 25 She’riy parchada kesimlar qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalangan? Bulutlar haydar shamol Goh yog’ib o‘tar yomg’ir Barglar pokiza,zilol Goh quyosh to‘kadi nur. A) ot, sifat ,fe’l B) sifat ,fe’l C) ot, sifat, D) ot, fe’l 7 / 25 Asosi fe’l bo‘lgan ot turkumiga mansub yasama so‘zni belgilang. A) so‘lim, qo‘nim, tinim B) tiniq, terim, qochoq C) taroq, yo‘liq, bilim D) chiziq , chaqmoq, tilim 8 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb B) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi C) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik D) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi 9 / 25 “Ilohiy komediya” asarining muallifi kim? A) Shekspir B) A.Oripov C) O.Balzak D) Dante 10 / 25 Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan? A) so‘nggi, kongress, tungi B) tong, shtanga, ko‘rdingiz C) jarang, singil, bugungi D) tongi, yengildi, dengiz 11 / 25 Furqatning qaysi g’azali Fuzuliy g’azaliga nazira sifatida yozilgan? A) Ul qora ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur B) Surmadin ko‘zlar qaro,qo‘llar hinodin lolarang C) Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik D) Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez qaro ko‘laring 12 / 25 Qaysi gapda fonetik o‘zgarish lug’aviy shakl yasovchi ta’sirida paydo bo‘lgan so‘z qatnashgan? A) So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman B) Yurtidan ayrilgan yetti yil yig’lar C) Qiynalib erishilgan har bir narsa aziz D) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog’ing 13 / 25 Fe’l+fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llarni toping. A) quvonib keldi,shoshilib qo‘ydi B) isib ketdi, yozib bordi C) olib qochmoq, ishlab chiqarmoq D) sotib yubormoq,o‘ylab qolmoq 14 / 25 Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi, O‘z haddini bilib belidin o‘ltirur quyi. Qaysi san’at qo‘llangan? A) tajnis B) tardi aks C) husni ta’lil D) tajohil orif 15 / 25 Buyruq-xitob undovi qatnashgan gapni aniqlang. A) Oh, qanday go‘zal bu olam! B) Iya, sen mehmonga kelasan-u, ovoragarchiligi bormi? C) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing tutdi olamni. D) Voy, sen hali yalpiz nimaligini bilmaysanmi? 16 / 25 Bobur tarjima qilgan asar qaysi? A) «Mubayyin» B) «Risolayi volidiya» C) «Xatti Boburiy» D) «Tarixi Rashidiy» 17 / 25 Ey inson, har bir so‘zni o‘ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yoxud halokatga boshlaydi. So‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan yasalgan so‘zlardan nechtasining asosi bir bo‘g’indan iborat? A) 3 B) 2 C) 1 D) 4 18 / 25 Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) sovg‘a – tuhfa B) tantiqlik – saxiylik C) husn - go‘zal D) tabassum - yig‘i 19 / 25 Darhaqiqat, buyuk bobomiz faqat turkey emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan. Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumlariga mansub so‘zlar soni nechta? A) 2 B) 5 C) 3 D) 4 20 / 25 Behbudiy Arab tili grammatikasini qaysi tog‘asidan o‘rgangan? A) Muhammad Siddiq B) Mulla Odil C) Muhammad Sodiq D) Muhammad Solih 21 / 25 Shekspirning qaysi asari “Greyz Inn” tetrida sahnaga qo‘yilgan? A) Xatolar komediyasi B) Hamlet C) Venera va Adonis D) Romeo va Julyetta 22 / 25 Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan? A) do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq B) tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig'iday asramoq C) ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq D) tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq 23 / 25 Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z hisoblanadi? 1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat; 5) chunki; 6) biroq. A) 2, 3, 6 B) 1, 2, 4, 5 C) С) 1, 3, 4 D) 3, 4, 5, 6 24 / 25 Kelishik qo‘shimchalari bilan bog'langan so‘z birikmalarini toping? A) ota-onalar majlisi, tilla zanjir B) vatanni sevmoq, mustaqil davlat C) mening vatanim, maktab bog‘i D) kuchli davlat , uydan chiqmoq 25 / 25 Yasama so‘z berilmagan javobni toping. A) U ko‘chaning boshida turib dodlar edi B) Uzr, o‘rtoq, kitobimni Husnoraga berib yuborgan edim C) Bizni ko‘rib Dildora xonada yozilib yotgan to‘shaklarni yig’ishtira ketdi D) Hamma vaqt ham biz istaganday bo‘lavermaydi 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6