Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 2800 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 7 42 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha dostonlarning variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda jami nechta doston yozib olingan? A) 100 dan ortiq B) 400 C) 150 D) 200 2 / 25 Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega va kesim tartibida joylashgan? A) Uning gapiga kim ham quloq solardi. B) Xonaga sochlarining yarmi oqargan kishi kirib keldi. C) Yigitlarga ishning hammasini topshirib ketdi. D) Hovlini qizlarning qahqahasi tutib ketdi. 3 / 25 “Farhod va Shirin” dostonida Xusravning vaziri kim edi? A) Buzrug Ummid B) Davron Xallos C) Sheruya Parviz D) Shopur 4 / 25 Xoja qaysi mashhur avliyoning avlodlaridan hisoblanadi? A) Abduxoliq G’ijduvoniy B) Xo‘ja Ahror Valiy C) Zangi Ota D) Bahouddin Naqshband 5 / 25 Qaysi gapdagi uyushgan aniqlovchilar orasida fonetik hodisaga uchragan yasama so‘z mavjud? A) Bu yerda xalqning, sizning, mening farzandlarimiz ta'lim olishadi. B) Serchang ,sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borar edi. C) Ko‘p o‘tmasdan sergo‘sht shavla tortildi D) Chaqaloq kichkina,oppoq va dumaloq qo‘llarini cho‘zib menga talpindi. 6 / 25 ”Sog’inish”she’rida “eng kichik zarradan Yupitergacha,o‘zing murabbiysan”deya nimaga nisbatan murojaat qilinadi? A) quyosh B) Alloh C) oy D) Sog’inch 7 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim B) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. D) to‘ldiruvchi, kesim 8 / 25 “Yurtim,ado bo‘lmas armonlaring bor” she’rida “jayrondek termulgan’ ta’rifi kimga beriladi? A) U.Nosir B) Cho‘lpon C) Fitrat D) A.Ikromov 9 / 25 Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi? A) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi. B) Hamal keldi // amal keldi. C) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi. D) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin. 10 / 25 Qaysi qo‘shma gap qismlari nisbiy so‘z yordamida birikmagan? A) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi B) Kimning ko‘ngli to‘g’ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g’ri bo‘ladi C) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!”, deb chaqirganda Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsa, buni ko‘rib, ta’bi shunchalik tirriq bo‘ldi D) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning barchasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. 11 / 25 Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning qaysi turini bog’lash uchun xizmat qiladi? A) bog’langan qo‘shma gap B) ergashgan qo‘shma gap C) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap D) bog’lovchisiz qo‘shma gap 12 / 25 Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan? A) Nadir millat qudratining tamadduni, Amir Temur haykalidan so‘rang buni. B) Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. C) Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir, Men uning uchun ham yashab yuribman. D) Taskin berib onam yig‘laydir, Qolganlari yolg‘on yig‘laydir. 13 / 25 Qaysi javobda o‘zaro sinonim iboralar qo‘llangan? A) Tepa sochi tikka bo‘ldi – kapalagi uchib ketdi B) O‘takasi yorildi – o‘pkasi o‘g‘ziga keldi C) Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – hafsalasi pir bo‘ldi D) Tegirmonga tushsa, butun chiqadi – tegganga tegib, tegmaganga kesak otadi 14 / 25 Kelishik qo'shimchalari bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang? A) Ijodiy uchrashuv,bahordagi shabada B) Diqqat bilan tinglash,kitobni o’qimoq C) Bulbul navosi,so’z sehri D) Bog’da sayr,kitob uchun gilof 15 / 25 Qo‘shma gap berilmagan qatorni toping A) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi B) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi C) Yigit-qizlarimiz O‘zbekistonning, insoniyatning bolasi bo‘lsa, hamma faxrlanadi D) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi 16 / 25 A’loxon o‘zining xatosini angladi va gapirolmay g’uldirab javob berdi: “Sizsiz menga dunyo tor”. Gapdagi yasama so‘zlar miqdori. A) 5ta B) 6ta C) 4ta D) 3ta 17 / 25 Qaysi gapda kelishik qo‘shimchalari uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan? A) Har yerni qilma orzu, har yerga bor tosh-u tarozi. B) Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga. C) Ayrilganning ayiq yer, Bo‘linganning bo‘ri yer. D) Tilda e’tiborsiz – elga e’tiborsiz. 18 / 25 Hol ergash gapli qo‘shma gap berilmagan qatorni qaniqlang. A) Qay vaqt uyga kirmay, uni ko‘raman. B) Yutug’imiz shu darajada oshdiki, har bir xodim o‘z vazifasini yaxshi biladi. C) Qayerda intizom bo‘lsa, tartib kuchli bo‘ladi. D) Shohga bildirdilarki, navkarlar beklar xizmatiga o‘tib ketadi. 19 / 25 erilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin? 1) boshiga yetmoq; 2) qulog‘iga quymoq; 3) o‘z yog‘iga qovurilmoq; 4) yaxshi ko‘rmoq; 5) to‘nini teskari kiymoq; 6) ko‘nglidan o‘tkazmoq A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,4,5 C) 2,4,5 D) 1,2,3,4,5,6 20 / 25 M.Shayxzoda qaysi mutafakkir ijodi va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlar olib borgan? A) Ganjaviy B) Ibn Sino C) Bobur D) A.Navoiy 21 / 25 Berilgan gaplarning qaysilarida kiritma mavjud? 1)Hoy,aylanay,o‘g'rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko‘zimga uyqu keladimi? 2)Voy- bo‘y deb yubordi-u .-Yerimiz muncha chiroyli! 3)Voy,sen-ey,-deya Chuchuk uloqchaning shalpang quloqlaridan tortqilab qo‘ydi.4)Ey Luqmon Hakim, sening dong'ing tutdi olamni. A) 1,2,3,4 B) 3,4. C) berilgan gaplarda kiritma mavjud emas. D) 2,3,4. 22 / 25 Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. “Xamsa”ning qaysi dostonida Navoiy asarini turkiy tilda bitganini aytgan? A) C)Layli va Majnun” B) D)”Sabbayi sayyor” C) ”Farhod va Shirin” D) Hayrat ul-abror” 23 / 25 Berilgan qaysi gapda murakkab ot kesim qatnashgan? A) Mening dadam shifoxonada eng tajribali jarrohlardan biri sanaladi. B) Vazifamiz – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish. C) Kun juda isib ketgan edi, shuning uchun eshiklarni ochib qo‘ydik. D) Aka, juda mohir ustasiz, sizdan o‘rnak olish bizga foyda keltiradi. 24 / 25 Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhining, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi? A) Kuz yomg’iri B) Qoraxat C) Na’matak D) O‘zbekiston 25 / 25 Vatanning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Ushbu gapda nechta otli birikma mavjud? A) 1ta B) 3ta C) 2ta D) 4ta 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6