Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 569 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 4 Savollar 1234567891011121314151617181920 Vaqtingiz tugadi! 5-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 20 Yaxshilikka yomonlik sog`insa, albatta, jazolanadi, degan xulosa qaysi masalga tegishli? A) ”Eshak bilan baqalar B) ”Bo`ri bilan Laylak” C) ”Yovvoyi echkilar bilan cho`pon” D) ”Kiyik bilan tokzor” 2 / 20 Qaysi gap bo’lagi hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi? A) vositasiz to’ldiruvchi B) qaratqich aniqlovchi C) aniqlovchi, ega D) ega 3 / 20 1925-1930 yillarda O’rta Osiyo Davlat dorulfuninida ijtimoiy fakultetda o’qigan adib A) Hamid Olimjon B) G’afur G’ulom C) Oybek D) Abdulla Qahhor 4 / 20 Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanmasa, … A) ega va kesim shaxs-sonda moslashmaydi B) egadan keyin tire qo’yiladi C) kesim bilan birga kerak, lozim, darkor so’zlari qo’llanadi D) ega ifodalanmaydi 5 / 20 Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga shaxs so’rog’i qo’yilishi lozim? A) Mustaqil yurt deganda … tushunasiz? B) Bobo, … odobli? C) Ketsang, yana … kelasan? D) … xalq ertaklarini o’qigansiz? 6 / 20 Ko’makchi orqali hokim bo’lakka birikkan to’ldiruvchi qaysi qatorda mavjud? A) Bahor kelishi bilan qaldirg’ochlar uya qura boshladilar. B) Ayiq mehmonni yong’oq bilan siylamoqchi bo’lib, katta o’g’liga yong’oqqa chiqishini buyuribdi. C) Ular yong’oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib chiqishdi. D) Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni. 7 / 20 Egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush o`zgarishi sodir bo`ladigan so`zlar berilgan qatorni toping? A) kitob, daftar B) yurak, qishloq C) ona, uka D) baxt, o`qish 8 / 20 Alisher Hirotda, Mashhadda ko’p yil tahsil oldi. Gapda qaysi gap bo’lagi uyishib kelgan? A) kesim B) ega C) to’ldiruvchi D) hol 9 / 20 Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o’rnini bildirgan bo’laklar ostiga tahlilda qanay chiziq chiziladi? A) nuqtalardan iborat chiziq B) uzuq chiziq C) bir to’g’ri chiziq D) to’lqinli chiziq 10 / 20 Ushbu qatоrdan to`ldiruvchili gapni tоping A) Xalqimiz uyatning o’limdan qattiqligini uqtiradi B) Vatan sajdagоh kabi muqaddasdir C) «Ukam оldi»- dedi Sоbir D) Yoqimli kuy yangradi. 11 / 20 Ham undalma, ham ega ishlatilgan gapni belgilang. A) Orol! Sening qurib ketishingga yo’l qo’ymaymiz B) Qushlar – bizning do’stimiz C) Ona tabiatni asraylik D) Samarqand! Sen bizning faxrimizsan 12 / 20 Qaysi vositalar orqali hosil qilingan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi? A) ohang B) so’roq olmoshlari va ohang C) so’roq yuklamalari D) so’roq olmoshlari 13 / 20 Oybekning avtobiografik asari qaysi? A) “Nur qidirib” B) “Bolalik” C) “Ulug` yo`l” D) “Turmush yo`lida” 14 / 20 Qaysi turdagi gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi? A) so’roq gap B) his-hayajon gap C) buyruq gap D) istak gap 15 / 20 M.Shayxzodaning 30-yillarda yaratilgan to`plamlari? A) ”Zamon torlari”,”Chorak asr devoni”,Toshkentnoma” B) ”Jumhuriyat”,”Kurash nechun”,”Ko`ngil deydiki” C) ”Jang va qo`shiq”,”Kapitan Gastello”,”Shu`la”. D) ”O`n she`r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob” 16 / 20 Yurtim, senga she`r bitdim bugun. Ushbu gap qanday bo`laklardantuzilgan? A) undalma,hol kesim, hol B) undalma, to`ldiruvchi, to`ldiruvchi kesim, hol C) undalma, ega, hol, kesim, hol D) undalma, olmosh, ot, fe`l 17 / 20 Ot kesim ishtirok etmagan gapni ko’rsating. A) Ko’z qo’rqoq, qo’l botir. B) Do’stlik – barcha boylikdan ustun. C) Ko’pdan quyon qochib qutilmas. D) Izlaganga tole yor. 18 / 20 Mustaqillik ordeniga birinchi bo’lib sazovor bo’lgan adib kim? A) Oybek B) G’. G’ulom C) A. Qodiriy D) Shukrullo 19 / 20 O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to`g`risida”gi qonuni necha moddadan iborat? A) 26 B) 29 C) 25 D) 24 20 / 20 Maktab binosi yangi qurilgan. Gapda qaratqich aniqlovchini aniqlang? A) Binosi B) Qurilgan C) Maktab D) Yangi 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6