Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 19-20-21-mavzular yuzasida testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 19-20-21-mavzular yuzasida testlar InfoMaster Aprel 14, 2022 508 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 19-20-21-mavzular yuzasida testlar 19- mavzu.O’RGIMCHAKSIMONLARNING XILMA-XILLIGI. 20- mavzu.YASHIL BRONZA QO’NG’IZINING TASHQI TUZILISHI. 21- mavzu.YASHIL BRONZA QO’NG’IZINING ICHKI TUZILISHI. 1 / 50 Hayvonlarning o’simliklarga o’xshash tomonini ko’rsating1.tayyor oziqa bilan oziqlanishi 2.hujayralardan tashkil topganligi 3.hujayralarning kimyoviy tarkibi ham o’zaro o’xshash 4.po’sti yupqa bo’lishi 5.faol harakatlanishi 6.yashil rang beruvchi xloroplastlar bo’lmasligi A) 3.4 B) 1.2 C) 2.3 D) 1.4.5.6 2 / 50 Rasmda ko’rsatilgan hayvonning sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang? A) bir hujayralilar tipi,xivchinlilar sinfi B) ] bir hujayralilar tipi,sporalilar sinfi C) bir hujayralilar tipi,infuzoriyalilar sinfi D) bir hujayralilar tipi,soxta oyoqlilar sinfi 3 / 50 Aktiniyalar (a), va meduzalar (b), ning shaklini ko’rsatingsoyabon 2.duksimon 3.silindrsimon 4.marjonsimon 5.yassi 6.kubsimon A) a.3 b.1 B) a.5 b.1 C) b.1 a.2 D) a.4 b.1 4 / 50 Ovqat hazm qilish sistemasi og’iz, halqum va ikki shoxli ichakdan iborat bo’lgan hayvonni ko’rsating. A) exinikokk B) oq planariya C) jigar qurti D) qoramol tasmasimon chuvalchangi 5 / 50 Rasmdagi hayvon qaysi tipga mansub? A) yassi chuvalchanglar B) to’garak chuvalchanglar C) C]halqali chuvalchanglar D) D]yumaloq chuvalchanglar 6 / 50 Halqali chuvalchanglarning teri-muskull xaltasi qanday qismlardan iborat A) tashqi epiteliy, bo’ylama va qiyshiq muskullardan B) bir qavat kiprikli epiteliy, tasma shaklda joylashgan bo’ylama muskullardan C) tashqi va ichki epiteli, halqasimon va bo’ylama muskullardan D) tashqi va ichki epiteliy, halqasimon bo’ylama va qiyshiq muskullardan 7 / 50 Qaysi hayvonlar guruhida 3 juft nerv tuguni bo’ladi? A) tok shillig’I, bitiniya, dreysena B) baqachanoq, suv shillig’I, tishsiz C) nereida, eyzeniya, qum chuvalchang D) sadafdor, marvariddor, ustritsa 8 / 50 Jigari oshqozon bo’shlig’iga hazm qilish shirasi ishlab chiqaradigan umrtqasiz hayvonni ko’rsating. A) yomg’ir chuvalchangi B) omar C) odam ascaridasi D) suv shillig’I 9 / 50 Urg’ochi qisqichbaqaning tashqi ko’rinishi nimasi bilan erkagidan farq qiladi A) qorin bo’limi boshko’kragiga nisbatan kengroq B) boshi ko’krak bilan harakatsiz qo’shilib ketgan C) qorin bo’limi boshidan kattaroq D) qorin bo’limi boshko’kragiga nisbatan torroq 10 / 50 Tanasi boshko’krak va qorin qismlaridan iborat bo’lgan hayvonlarni ko’rsating A) qoraqurt, krevetka, biy B) eshakqurt, midiya, dafniya C) suv shilig’I, baqachanoq, midiya D) falanga, chayon, yaydoqchi 11 / 50 O’rgimchaksimonlar uchun xos bo’lmagan javobni toping. A) bit, burgalar qanotsiz vakillari hisoblanib, qon so’rib oziqlanadi B) biy va qoraqurt zaharli o’rgimchaklar hisoblanadi C) quruqlikda hayot kechirib, ularning yer yuzida 70000dan ortiq turi tarqalgan D) chayonl;ar o’pka bilan nafas oladi, tirik tug’ib ko’payadi 12 / 50 Qo’ng’iz va boshqa hasharotlarning oyoqlari … bo’g’imli bo’lib, oxirgi bo’g’imi … bilan ta`minlangan. A) 5-6; qisqichlar yoki tuklar B) 6; tukchalar C) ko’p; paypaslagichlar D) 5, o’tkir tirnoqlar 13 / 50 Hasharotlarning hamma oyoqlaridagi bo’g’imlar yig’indisi qancha bo’ladi? A) 16 B) 20 C) 15 D) 30 14 / 50 Chayonning qaysi organlari soni ko’zlari soniga teng? A) ustki jag’lari, qisqichlari, yurish oyoqlari B) qisqichlari, yurish oyoqlari C) ustki jag’lari, yurish oyoqlari D) ustki jag’lari va qisqichlari 15 / 50 Chumoli, suvarak va ko’pchilik qo’ng’izlarning oyoqlari qanday tuzilishga ega? A) oyoqlari bir xilda tuzilgan B) orqa oyoqlari baquvvat C) oldingi oyoqlari belkurakka aylangan D) eshkakka aylangan 16 / 50 Hasharotlarga xos bo’lgan xususiyatni toping. A) o’pka va traxeya bilan nafas oladi B) qorin qismi 3 bo’g’imdan tashkil topgan C) qoni kislorod tashishda ishtirok etmaydi D) yuragi ichagi ustida joylashadi, 3 juft teshikchali 17 / 50 Qaysi hasharotlarning uchishida ust qanotlar ishtirok etmaydi? A) ikki qanotlilar B) ninachi C) tovusko’z D) yashil bronza qo’ng’izi 18 / 50 Quyida berilgan hasharotlarning og’iz organlari qanday tuzilgan?a)so’na; b) uy pashshasi; c) chirildoq; d) to’shak qandalasi; e) iskaptopar; f) kolorado qo’ng’izi; g) kapalak lichinkasi;1)kemiruvchi; 2) so’ruvchi; 3) yalovchi. A) 1-c, f, g; 2-a, d, e; 3-b B) 1-c, d, f; 2-a, g, e; 3-b C) 1-c, f; 2-a, d, e, g; 3-b, f D) 1-c, f; 2-a, d, e; 3-b, g 19 / 50 Entomologiya fani obyekti ... A) hasharot B) qush C) kemiruvchi D) amyoba 20 / 50 Keltirilgan o’rgimchaksimonlarni ko’zlarining soni bilan juftlab ko’rsatilgan to’g’ri javobni toping.1) butli o’rgimchak; 2) falanga; 3) chayon; a) 8; b) 12; c) 2. A) 1-a; 2-c; 3-b B) 1-b; 2-c; 3-a C) 1-a; 2-b; 3-c D) 1-b; 2-a; 3-c 21 / 50 Zahar bezi bo’lmaydigan o’rgimchaksimonni aniqlang. A) falangalar B) qoraqurtlar C) biylar D) chayonlar 22 / 50 Sariq falangaga xos bo’lgan xususiyat? A) boshko’kragining ustki qismida bir juft ko’zlari mavjud B) jag’lari yirik bo’lib, yurish oyoqlariga o’xshaydi C) zahar bezi ot va tuyalarga juda kuchli ta`sir qiladi D) turli hasharotlar va mayda sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi 23 / 50 Quyidagi hayvonlar o’rtasida 2 juft (a) va 3 juft (b) jag’larga ega bo’lganlarini belgilang.1) omar; 2) tillako’z; 3) chirildoq; 4) temirchak; 5) langust; 6) krab; 7) xonqizi; 8) krevetka. A) a-2, 3, 4, 7; b-1, 5, 6, 8 B) a-1, 3, 4, 7; b-2, 5, 6, 8 C) a-1, 4, 6, 7; b-2, 3, 5, 8 D) a-1, 5, 6, 8; b-2, 3, 4, 7 24 / 50 Nafas olishi traxeyalar orqali bo’lgan hayvonlarni ko’rsating. A) krevetka B) falanga C) oq planariya D) to’shak qandalasi 25 / 50 Tanasi boshko’krak va qorin qismlaridan iborat bo’lgan hayvonlarni ko’rsating. A) qoraqurt, krevetka, biy B) falanga, chayon, yaydoqchi C) suv shillig’I, baqachanoq, midiya D) krab, nereida, Kalmar 26 / 50 Hasharotlarning ayirish tizimi qanday tuzilishga ega? A) tasmasimon buyrak B) yashil bezcha C) ikkita yirik ayirish naychasi D) malpigi naychalari 27 / 50 Nerv sistemasi yuksak darajada rivojlangan hayvonlar guruhini ko’rsating.1) Kalmar; 2) lansetnik; 3) asalari; 4) yomg’ir chuvalchangi; 5) assidiya; 6) chumoli. A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 3, 6 D) 1, 2, 6 28 / 50 Ham hayvon, ham odam qonini so’radigan o’rgimchaksimonni ko’rsating. A) iskaptopar B) chivin C) bit D) kana 29 / 50 Rasmda ko’rsatilgan hayvonning nomi va sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) butli o’rgimchak,bo’imoyoqlilar tipi,o’rgimchaksimonlar sinfi,o’rgimchaklar turkumi. B) chayon,bo’imoyoqlilar tipi,o’rgimchaksimonlar sinfi,chayonlar turkumi. C) sariq falanga,bo’imoyoqlilar tipi,o’rgimchaksimonlar sinfi,falangalar turkumi. D) qoraqurt,bo’imoyoqlilar tipi,o’rgimchaksimonlar sinfi,o’rgimchaklar turkumi. 30 / 50 Oyoqlari 4 juft bo’lgan hayvonlarni ajrating.1) butli o’rgimchak; 2) falanga; 3) chigirtka;4)krevetka; 5) chayon; 6) sakkizoyoq; 7) uy pashshasi. A) 1, 2, 4, 5 B) barchasi C) 2,3, 6, 7 D) 1, 4, 7, 3 31 / 50 Ikki xil usulda nafas oluvchi hayvonni toping. A) qoraqurt B) qisqichbaqa C) midiya D) chayon 32 / 50 1-raqamda ko’rsatilgan hayvonning nomi va sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) chayon,bo’imoyoqlilar tipi,o’rgimchaksimonlar sinfi,chayonlar turkumi. B) qoraqurt,bo’imoyoqlilar tipi,o’rgimchaksimonlar sinfi,o’rgimchaklar turkumi. C) butli o’rgimchak,bo’imoyoqlilar tipi,o’rgimchaksimonlar sinfi,o’rgimchaklar turkumi. D) sariq falanga,bo’imoyoqlilar tipi,o’rgimchaksimonlar sinfi,falangalar turkumi. 33 / 50 Nafas olishi xaltachasimon o’pka va traxeya orqali bo’ladigan hayvonlar guruhini ko’rsating.1)biy; 2) dafniya; 3) eshakqurt; 4) chayon; 5) butli o’rgimchak; 6) tilla qo’ng’iz. A) 4, 5, 6 B) 1, 4, 5 C) 1, 4, 6 D) 1, 2, 3 34 / 50 9-raqamda hasharotlarning qaysi organi tasvirlangan? A) malpigi naychalari B) traxeya C) yurak D) ko’krak nerv tugunlari 35 / 50 Qaysi hayvonlarda ayirish organlarining bir uchi berk bo’ladi?1) olma mevaxo’ri; 2) krab; 3) xasva qandalasi; 4) suv shillig’i; 5) baqachanoq; 6) katta sadafdor; 7) lansetnik; 8) belyanka; 9) qayin odimchisi; 10) gelikonius. A) 3, 1, 9, 8, 10, 6 B) 6, 10, 9, 1, 5, 4 C) 4, 1, 2, 3, 7, 8 D) 10, 8, 1, 2, 3, 6, 5, 9 36 / 50 Kanalar uchun xos bo’lmagan javobni toping. A) tirik tug’ib ko’payadi B) qon so’rib kasallik tarqatadi C) tanasi yaxlit D) og’iz organlari sanchib-so’ruvchi tipda 37 / 50 O’rgimchaklarning tuyg’u a`zosi ... hisoblanadi. A) yurish oyoqlari B) kalta mo’ylovlari C) uzun mo’ylovlari D) oyoq paypaslagichlari 38 / 50 Boshida bir juft ko’zi joylashgan, kechasi ovga chiqadi, zaharli emas, turli hasharotlar va mayda sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi.Ushbu ta`rif qaysi hayvonga tegishli? A) sariq falanga B) daryo qisqichbaqasi C) ukki D) qoraqurt 39 / 50 Yashil bronza qo’ng’izi qayerlarda uchraydi?1) yevropa; 2) Osiyo; 3) shimoliy America; 4) janubiy America; 5) Misr; 6) Africa. A) 3, 4 B) 1, 3 C) 1, 2 D) 5, 6 40 / 50 Hasharotlarning ko’krak bo’limi necha bo’g’imdan iborat? A) 7 B) 8 C) 6-12 D) 3 41 / 50 Qo’ng’izning og’iz teshigini ustki tomondan … , pastdan … o’rab turadi. A) tirnoqsimon shakldagiyuqori jag’; pastki jag’ B) kichik plastinkasimon yuqori lab; pastki lab C) yirik plastinkasimon yuqori lab; pastki lab D) sezgir tukchalar bilan qoplangan yuqori jag’; pastki jag’ 42 / 50 Chayonlarga xos bo’lmagan javoblarni toping.a)o’pkasi bilan nafas oladi; b) yuragi ikki kamerali; c) tuxumlarini uzun tizimchaga qo’yadi; d) o’pka va traxeyalar bilan nafas oladi; e) oldingi oyoqlari o’zgarib qisqichga aylangan; f) tirik tug’ib ko’payadi; j) oyoqlari 4 juft; h) 12 ta ko’zi bor; i) 1 juft ko’zi bor; j) zahar bezi bo’ladigan o’rgimchak; k) ochiq qon aylanish sistemasiga ega. A) c, d, h, j B) b, c, e, I, j C) a, b, e, f, h, j D) a, f, h, k 43 / 50 Yirtqichlik bilan oziqlanadigan hayvonlarni aniqlang. A) biy, zaxkash, nereida B) meduza, planariya, sariq falanga C) qoraqurt, tiriktug’ar shilliq D) sariq falanga, qoraqurt, zaxkash 44 / 50 Hasharotlarning qorin bo’limi necha bo’g’imdan iborat? A) 13 B) 7 C) 6-12 D) 8 45 / 50 Falanga haqida qaysi ma’lumot noto’g’ri? A) bir juft ko’zi bor B) eng yirik o’rgimchak C) turli hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar bilan zoiqlanadi D) jag’lari o’tkir tirnoqqa aylangan 46 / 50 Berilgan hayvonlarni ularning nafas olish organlari bilan juftlang.1)kallima; 2) biy; 3) chupchik; 4) chayon; 5) tovusko’z; 6) midiya; 7) yonsuzar;a)jabra; b) o’pka; c) traxeya. A) 1-b; 2, 4-b, c; 3, 7-c; 5, 7-a B) 1, 3, 5-c; 2-b, c; 4-b; 6, 7-a C) 1, 2, 3-b, c; 4, 5-c; 6-a; 7-b, c D) 1, 4, 7-b; 2, 3-b, c; 5-c; 6-a 47 / 50 Qaysi hayvonning qoni kislorod tashishda qatnashmaydi? A) gorbusha B) chumolixo’r C) podoliya D) qiloyoq 48 / 50 60 sm gacha bo’lgan tik inda yashaydigan, tutqich to’r to’qimaydigan hayvonni ko’rsating. A) qoraqurt B) falanga C) biy D) chayon 49 / 50 Tungi hayvonlarni toping.1) qisqichbaqa; 2) biy; 3) falanga; 4) qoraqurt; 5) chayon; 6) dafniya; 7) butli o’rgimchak. A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5 50 / 50 Ayirish sistemasi malpigi naychasidan iborat bo’ladigan hayvonlarni ko’rsating.1) yashil temirchak; 2) pashsha; 3) zaxkash;4) sariq kapalak; 5) yaydoqchi; 6) qoramol so’nasi; 7) koala; 8) mita; 9) tut ipak qurti;10) osminog; 11) krevetka. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 3, 6, 7, 9, 10, 11 C) 1, 3, 6, 7, 8, 9 D) 1, 2, 4, 5, 6, 8, 9 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar