Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №17 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №17 InfoMaster Mart 31, 2022 220 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №17 MIQDOR –DARAJA RAVISHLARI MUSTAHKAMLASH FE’L BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH OT BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 55 Tarkibida faqat quyi keng unlilar qatnashgan so'zlar qatorini toping A) xomtok, ko'k B) Narsa, vatan C) boy. qush D) o'rin, bel 2 / 55 Kamtar bo’l, barchani etgil bahramand, Sening ham martabang bo‘lg‘usi baland. (A. Jomiy) Ushbu baytda nechta qo‘shimcha ishtirok etgan? A) 4ta B) 6ta C) 7ta D) 5 ta 3 / 55 Qaysi qator faqat o'timsiz fe'llardan iborat. A) oldi, ketdi, uxladi, B) yozdi, payqadi, fahmladi. C) yozdi, sotdi, yig’ladi. D) kuldi, dodladi, o’tirdi. 4 / 55 Qaysi gapda birgalik nisbatdagi fe’l berilgan? A) Maqsadimiz –tinch yashash, o’qish, ishlash va qurish B) Paxtani toza terish o’z burchimizdir . C) U uyqudan turgach, maza qilib kerishdi . D) Birgalik nisbatdagi fe’l berilmagan . 5 / 55 Harakat nomi qanday sintaktik vazifa bajaradi? A) Barcha gap bo'laklari vazifasida kela oladi. B) ega C) to'ldiruvchi D) kesim 6 / 55 Uning ko’rmagan va eshitmagan hodisasi yo’q edi . Sifatdoshning bo’lishsiz shaklini ko’rsating A) ko’rmagan, eshitmagan B) ko’rmagan, eshitmagan, yo’q edi C) ko’rmagan, eshitmagan, hodisasi yo’q edi D) ko’rmagan 7 / 55 1 Anchadan heri .shu joyda o'tiribman 2 Men sodda shuning gapiga ishonib o'tiribman Har ikkala gapdagi o'tirmoq fe'l qaysi qatorda to'g'ri izohlangan ? A) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l B) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l C) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l D) ikkala gapda ham mustaqil fe’l 8 / 55 Harakatning har uch zamonga tcgishliligini ifodalaydigan qo'shimcha qaysi javobda berilgan? A) A,B,C B) -a C) –(a) r D) -y 9 / 55 Shart mayliga orzu-istak ma'nolarini qo'shadigan vositalar berilgan javobni toping. A) kerak B) lozim C) edi, ekan D) emas 10 / 55 O’rin-joy otlari qaysi javobda qayd etilgan? A) Sirdaryo, Amudaryo, Orol dengizi B) barcha javoblarda o’rin-joy otlari bor C) qishloq,, maydon, qo’ra D) guzar, Oltiariq, saylgoh 11 / 55 -lar qo’shimchasi qaysi gapda kesatiq, kinoya ma'nosini ifodalagan. A) Bu yerda bir paytlar xaroba uylar bor edi. B) U qanday azoblarni boshidan kechirmadi. C) O’zlariyam qadam ranjida qilibdilar-da. D) Og’a , sog’ borsangiz, avval dadamlarga solom ayting. 12 / 55 Asliy sifatni nisbiy sifatdan qanday farqlash mumkin ? A) tub va yasamaligiga ko’ra B) otga bog’lana olishi va bog’lana olmasligiga ko’ra C) –roq qo’shimchasini erkin qabul qila olishi va qila olmasligiga ko’ra D) gap bo’lagi vazifasida kela olishi va kela olmasligiga ko’ra 13 / 55 Qaysi qatorda sifat otlashgan? A) Yaxshi niyat – yarim mol. B) U yaxshi o`qiydi. C) Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. D) Uni zehni juda o`tkir. 14 / 55 Qaysi sonlardan jamlovchi sonlar yasalganda tovush tushishi hosil bo’ladi. A) ikki, besh, olti, yetti. B) ikki ,olti, yetti. C) ikki, uch, olti. D) ikki, to’rt, yetti. 15 / 55 Ravish gapda asosan qanday gap bo’lagi vazifasida keladi? A) kesim B) ega C) aniqlovchi D) hol 16 / 55 Mavhum otlarni toping. A) ishonch, dehqonchilik, haqiqat B) suyanch, duradgorlik, samimiyat C) yupanch, ustachilik, qabohat D) qo’rqinch, odamiylik, tarovat 17 / 55 Har lahza zamonlar umridek uzun. Asrlar taqdiri lahzalarda hal. Umrdan o‘tajak har lahza uchun Qudratli qo’l bilan qo‘yaylik haykal. Ravishlar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) 1 ta C) Ravish qo‘llanmagan. D) 3 ta 18 / 55 aqindan musiqa ovozi eshitildi Ushbu gapda qatnashgan ravishni aniqlang A) yaqindan B) musiqa C) ovozi D) eshitildi 19 / 55 Qaysi qatordagi gapda ravish qatnashgan ? A) Bozorda qari cholni o’g’ri deya tutdilar Ura-sura sho’rlikni podsho sari eltdilar B) Surishtirib qarasa ,Jonfig’on faqat o’n yeti kun ishlabdi xolos C) Bitta emas qo’ling qizim ,ikkita-ku sanab boq,Sanab ko’rar yana jim D) Agar Oftobxon ko’rib qolmasa ,onangdan ajrala yozgan ekansan 20 / 55 Qaysi qatorda ko’makchi fe’llar berilgan? A) o’qiy boshlamoq, o’qib chiqmoq B) sotib olmoq, bunyod qilmoq C) tarbiya qilmoq, chirs etmoq D) borib kelmoq, oshib tushmoq 21 / 55 Musobaqa g’olibi minbararga ko’tariladi (qarsaklar) Mustaqil (O’zbekiston madhiyasi yangraydi. Ushbu gapdagi fe'l zarnonini aniqlang. A) kelasi zamon fe’li. B) hozirgi kelasi zamon fe'li. C) o’tgan zamon fe'Ii. D) hozirgi zamon fe'li. 22 / 55 Qaysi qatordagi gap tarkibida o’zlik nisbati shaklidagi fe’l mavjud ? A) O’ksinib ,xo’rsinib yig’lar yuragim B) Yigit bo’lib o’tgan voqealarni o’kinib so’zlab berdi C) Bolalar hikoyani zavqlanib tingladilar D) Biz ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz 23 / 55 Gul ochildi. 2. Yig’ilish ochildi. Ushbu gaplardagi fe’llarning nisbatini aniqlang. A) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o’zlik nisbat B) Har ikkala gapda, majhul nisbat C) 1-gapda o’zlik nisbat, 2-gapda. majhul nisbat D) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat 24 / 55 Qaysi gapda qiyosiy darajadagi ravish ishtirok etgan? A) U dalada ishlab, juda-juda charchadi . B) Majlisga Karimning otasi oldinroq keldi . C) Munira Akramning kelayotganini ko’rib, qadamini tezlatdi . D) Bu yil O’zbekiston mexanizatorlari juda ko’p paxta terdilar. 25 / 55 Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nima deb ataladi? A) fe’l mayli shakllari B) fe’lning harakat tarsi shakllari C) fe’lning nisbat shakllari D) fe’lning ma’noviy shakllari 26 / 55 Daraja-miqdor ravishi ishtirok etgan gapni toping A) Ko'p yaxhi o'ylabsiz ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak B) Oldinda Sirinbuloq qihlog'i butun bo'y basti bilan yastanib yotardi C) Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqiriiib katta ziyofat berilibdi? D) Kun kech bo'ldi .Ertaga erta bilan yo'lga chiqamiz 27 / 55 –lar qo’shimchasi qaysi qatorda ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan A) Sizga qarab ,zavqlarim toshib ketdi B) ….”o’rta “ baho oldilar ,shekilli C) O’rtangan shirinlarning fojialari ,yor vaslini biyobonlardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari xayolimda D) Do’konlarda unlar va yog’lar sotilmoqda 28 / 55 Sobiq dengizchi Rinaldo Seldstrem gazetalarda “dengiz kasalligi” dan qutulishning bezarar ,oson ,arzon ,yuz foiz kafolatlangan usulini bilishini yozgan va bor-yo’g’I uch kronaning bahridan kechishga rozi bo’lganlarning barchasiga yuborishni va’da qilgan Berilgan matnda fe’lning vazifa shakllari miqdorini toping A) 9 ta B) 7 ta C) 6ta D) 8 ta 29 / 55 1.Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak. 2.Choy ichib olgach, biroz yuribdi. 3.Chol-u kampir behad sevindilar. 4.Otamizning o'lganiga anchayil bo 'lib ketdi. Qaysi gaplarda miqdor-daraja ravishlari ishtirok etgan? A) 2, 3 B) 1,2, 3,4 C) 2, 3, 4 D) 1,2,3 30 / 55 Qaysi gapda –lar qo’shimchasi grammatik ma’no ifodalagan ? A) Oradan besh kunlar o’tdi B) Bu ishlarning boshida G’ulomjon ,Qudrat ,Olim buvalar turishdi C) Sening xotirangni unutmas aslo ,mening yuraklarim O’rta Osiyo D) Avazlarning bir cheti chorbog’ga tutashgan kattagina hovlisi bor 31 / 55 Ravish qaysi qatordagi gapda harakat belgisini darajalab ko’rsatgan ? A) Majlis kech tugadi B) Majlisga ko’proq ota-ona kelsa ,yaxshi bo’ladi C) U ancha jo’yaklarni oralab chiqdi D) Bahodir darsdan ertaroq qaytdi 32 / 55 Daraja -miqdor ravishi qatnashgan gap berilgan qatorni toping A) Yarim kechadan keyin olmon otaning uyqusi butunlay qochdi B) O'rtancha botir qo'rqmadi.jim turdi C) Bo'ying sal cho'zilsin bironta duradgor usta topilsa shogirdlikka boramiz. D) Tahqariga chiqib G'ofurjon boydan ketishga izm so'radi 33 / 55 -lar qo’shimchasi taxmin ma'nosini anglatgan gapni aniqlang. A) Oyoqlarim zirqirab og’riyapti. B) Oyimlar ancha kech qaytdilar. C) Karimlar uylariga endi ketishdi. D) Qishloqqaham o’n chaqirimlar bor. 34 / 55 Qaysi qatorda qo'shma fe'l ishtirok etmagan ? A) Azob chekmaguneha ,mehnat qilmaguncha ,rohat ko'rmaysan B) Saidaxon maqolani o'qiy boshladi C) Rahimjon savol berdi ,Durdona javob berdi D) Pul ,mol -dunyoga ruju qo'ymang ,ilm va ma'rifatni egallashga harakat qiling 35 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Kecha havo bulut bo’lib ,kun bo’yi yomg’ir yog’di B) Sayohatchilar yana yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar C) Birniki mingga ,mingniki tumanga D) Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q 36 / 55 Belgining belgisini bildirgan ravish keltirilgan qatorni toping A) Mashina tezroq yura boshladi B) Oqshom paytida shamol birdan to’xtadi C) Uning so’zlari bolalarcha sodda ,samimiy ,lekin aniq va ravshan edi D) Uzoqdan nayning mayin ovozi eshitila boshladi 37 / 55 Yig’lasa, yig’lablar ketmaydimi?! gapidagi -lar qo’shimchasining vazifasini aniqlang. A) tahmin chamani bildirish. B) ma'noni kuchaytirish. C) hurmatni ifodalash. D) ko’plikni anglatish. 38 / 55 Miqdor-daraja ravishlari berilgan qatorni aniqlang . A) hamon, hanuz, hamisha B) ataylab, jo’rttaga, qasddan C) ancha, ko’p, xiyol D) qatorasiga, yonlamasiga, tikkasiga 39 / 55 Sifadosh qatnashgan gapni toping A) Sabr qiling ,hurmatli kitobxon ,oldin qishloq bilan tanishaylik B) Rashanlik tilning asosiy fazilati hisoblanadi C) Men o’ylaymanki,bugungi kun sizning hayotingizda o’chmas iz qoldiradi D) Oyqiz keksa bog’bonning yelkasidan ushlab ,mehribonlik bilan o’tkazdi 40 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Bu yoqda domla otalik qildi-yu ,uni aspiranturada olib qoldi B) Domla Sirojiddinning ilmiy ishiga chindan jon kuydirmasa ham ,o’ziga yordam berdi C) Mashinaning ustini yuvish mayli –yu ,ichini tozalash odamni toliqtirib yuboradi D) Odam o’ziga yaqin kishining qilcha o’zgarishini ham darrov sezadi 41 / 55 Ko’z va lab so'zlariga qo'shilgan -lar qo'shimchasi qanday ma'noni ifodalaydi? A) hurmat B) kuchaytirish C) umumlashtirish D) ko'plik 42 / 55 Qaysi gapda -lar qo‘shimchasining umumlashtirish ma’nosini anglatishiga misol keltirilgan? A) Barcha hayvonlar o‘z ov qilish usuliga ega. B) Nigora Saidlamlkiga kirganda uyning chiroqlari yoqilgan edi. C) Ko'zlarim hali harf tanimas edi, qalam ushlolmasdi hali qo'Ilarim. D) Ey farzandlar- g'unchalar! Sizga mehrim shunchalar. 43 / 55 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi B) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish C) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz D) Eshik sal ochildi 44 / 55 “Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari etaklaydi”,-deydi bobo sevinchdan ko’zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so’z turkumidan yasalgan? A) olmosh, ot, sifat. B) olmosh, son, sifat, fe’l C) ot, sifat D) sifat, son, ot, fe’l 45 / 55 Agar ahil bo’lib yashasangiz , sizni hech qanday kuch yenga olmaydi Misolda berilgan shart maylidagi fe’l qaysi ma’noni ifodalash uchun qo’llangan ? A) sabab B) faraz ,gumon C) iltimos ,maslahat D) shart 46 / 55 Orttirma nisbat shaklidagi fe’llarni hosil qiluvchi qo’shimchalarni belgilang A) –sh ,-ish B) –dir,-giz,-t C) –n ,-in D) –l ,il 47 / 55 Qaysi qatorda holat ravishdoshli birikmalar berilgan ? A) musiqa -tingach. qorong'u tuhmmcha B) qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, qo'rqib kirmadi C) suvga tikilgancha o'ylanib qoldi, yig'lay-yig'lay uxlamoq D) ko rgani bormoq gaplashgani to'planganmiz. 48 / 55 Birpasgina bo’lsa ham ko’rinish berib, notavon ko’nglimni tinchitib ketsang bo’lgani. Ushbu gapdagi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasini toping. A) ketsang bo’lgani B) tinchitib ketsang C) tinchitib ketsang bo’lgani D) ko’nglimni tinchitib 49 / 55 Dam o’tmay o’quvchilarni nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishadi. Ushbu gapdagi ravishga oid so’zni belgilang. A) dam o’tmay, nom-banom B) xonalarga C) nom-banom D) dam o’tmay 50 / 55 Qaysi bandda berilgan gapda miqdor-daraja ravishi ishtirok etmagan? A) Mehmondorchilik tugagach, u uzundan-uzun duo qilib o‘rnidan turibdi. B) Ikkita tuxum topib olibdi. C) Dehqon: «Hay, mayli, ustki qismi oz boisa ham bizga qola qolsin», — dedi. D) Suyunib cho‘ntagiga solib, biroz yuribdi. 51 / 55 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) haftalab ,kilolab ,saharlab B) tiklab, pag’alab , mo’ylab C) uyalab , boshlab , matlab D) o’nlab ,yuzlab ,minglab 52 / 55 Otga bog’lanib kelgan ravish qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Men qo’lim bilan shiringina taom qilib beraman B) Toshpo’latning yordamchilari birin-sirin kelishdi C) Yigitning ko’ngli tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi D) U ovoz kelayotgan tomonga borarkan kuy to’satdan o’zgardi 53 / 55 Yuzma –yuz uchrashuvda bo’lib o’tgan voqealarni kotiba to’g’ridan –to’g’ri ,naridan beri ,so’zma –so’z yozib berdi Mazkur gapdagi ravishlarni ko’rsating A) A,B ,C B) yuzma –yuz C) naridan –beri D) to’g’ridan to’g’ri , so’zma –so’z 54 / 55 Tushum kelishigidagi so’zlar bilan bog’lanmaydigan fe’llar ... A) bo’lishli fe’llar B) bo’lishsiz fe’llar C) o’timsiz fellar D) o’timli fe’llar 55 / 55 Ravish turkumiga oid so’z qatnashgan gapni toping A) Qudrat unga xatni o’qitdi ,so’ng tortinibgina so’radi B) Saida bo’lib o’tgan hangomalarni kula –kula gapirib berdi C) Bu xatlarga samimiy ,insoniy ,tuyg’ular bitilgan edi D) …teraklarning bo’ylari balandroq ,adlroq ko’rinadi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz