Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №13 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №13 InfoMaster Mart 31, 2022 118 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №13 SIFATLARNING QIYOSIY DARAJA SHAKLI SIFATLARNING OZAYTIRMA DARAJA SHAKLI SIFATLARNING MA’NO TURLARI XUSUSIYAT ,HAJM –O’LCHOV ,MAKON –ZAMON SIFATLARI RANG –TUS ,MAZA-TA’M VA HID SIFATLARI SIFATLARNING OTLASHUVI MUSTAHKAMLSH SON Mavzular yuzasidan testlar 1 / 52 Imlo lug’ati nima uchun kerak ? A) Shevaga xos so’zlarni bilish uchun B) So’zlarning to’g’ri yozilishini o’rganish uchun C) To’g’ri tallaffuzni o’rganish uchun D) Og’zaki nutqni o’stirish uchun 2 / 52 Qaysi so'z tarkibida uchta so'z yasovchi qo'shimcha mavjud A) etikdo'z B) ishlarmiz C) ko'pchilik D) terimchilik 3 / 52 Qaysi gapda holat fe’li ishtirok etgan? A) Bir bo‘lakyog‘och parchasini pichoq bilan yo‘ndi. B) Keyin unga ot qilidan tor tortdi va tirnoq barmoqlari bilan asta chertib ko‘rdi. C) Ojizgina vizillagan toviish eshitildi. D) Mehnat baxt keltiradi. 4 / 52 Qaysi qatorda sof fe'lga misol keltirilgan? A) she'r yodlash B) uyga qayt C) yukni ortib D) qaqragan cho' liar 5 / 52 Qaysi qatordagi gapda sifatdosh mavjud? A) A.Jomiy ---sharqning buyuk mutafakkiri B) Tong saharlab darvoza taqqilladi . C) Kecha yoqqan qor tezda erib ketdi D) Ko’klam kelsa ko’chat ek degan ekan mashoyihlar. 6 / 52 Qaysi javobdagi ravishdoshlar ish harakatning paytini bildiradi. A) topgani, bo’linib, yura-yura B) kuchayguncha, tuqqach, ichikkuncha. C) shoshgancha, kiygani, yurgach. D) oqquncha, topgani, ezilib 7 / 52 Ot, sifat, undov so'zlardan fe'l yasaydigan qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) -sa, -(a)r. B) illa, -ira C) -la, -a D) -(a)y. -i, 8 / 52 Fe’lning mayli ko’chgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Hammasini bilasan, lekin imtihonda shoshib qolasan B) Otam bordilar C) Yomg’ir to’xtasin, yo’lga chiqamiz D) Sizga nima bo’ldi, amaki? Signal berdim, eshitmadingiz 9 / 52 Quyida berilgan she’rda nechta ot turkumiga mansub so’z qo’llangan? O’zbekiston – go’zal diyor, Saodatga mehnati yor,O’zgacha bir hikmati bor, Halollikka aytar alyor. A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta 10 / 52 Mavhum otlar berilgan qatorni toping. A) Suhrob, Feruza, Maftuna B) bug’doy, arpa, zig’ir. C) sevgi , baxt, quvonch D) suv, g’o’za, shiypon. 11 / 52 Quyidagi –cha qo’shimchasi bilan shakllangan so’zlarning qaysi qatorda kichraytirish ma’nosi ifodalanmagan ? A) qushcha , bolg’acha ,zarracha B) novcha , yangicha , o’zgacha C) yulduzcha , bog’cha ,kitobcha D) qizcha ,ko’zacha , daftarcha 12 / 52 Qaysi gapda orttirma daraja shaklidagi sifat mavjud? A) Shamning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. B) Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko’ngilchan, zahmatkash ayol. C) Xolbek xatni juda sekin yozadi, ammo tez o’qiydi. D) Chakalakzor qorong’ilikda vahimali va sirli ko’rinardi. 13 / 52 Predmet belgisining kamligini ko’rsatuvchi -mtir( -imtir) , -roq, -ish qo’shimchalari qaysi so'’zlar doirasida o’zaro sinonim sifatida qollanishi mumkin? A) oq, qora, sariq. B) oq, sariq, ko’k C) oq, qora,yashil D) yashil , sariq, qizil. 14 / 52 Qaysi gapda arab raqamlari ishlatilgan. A) Sen birovga birni bersang boshqa senga mingni beradi. B) Ikkinchi qavatga ko’tarilsangiz, biznikiga chiqqan bo’lasiz. C) O’zbekistonda 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari “ yili deb e'lon qilindi. D) Mahmud Koshg’ariy XL asrda yashagan. 15 / 52 Ki hisob ichra bor edi o’n lak, Har laki o’n tuman kelib beshak (Navoiy). Navoiyning misralarida qo’llangan bir lak nechaga teng. A) yuz ming B) million. C) yuz D) ming 16 / 52 Otlashgan sifat qaysi gapda qo'llangan? 1. Sen meni yomon deding. 2 To'g'ri, haqiqategiladi, biroq sinmaydi, 3. Testlarning ko 'pida xato qildim. 4. Bu yerda о 'z ishining ustalari yig 'ilgan. A) 2, 4 B) faqat 1 C) 1, 4 D) 3,4 17 / 52 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) nimtatir, chuchmal B) bo’ydor, xushbo’y C) badbo’y, sovuq D) serob, kamchil 18 / 52 .Sifatlarning ma’no guruhlarini belgilang. 1.Xususiyat bildiruvchi sifatlar 2.Rang-tus bildiruvchi sifatlar 3.Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar 4.Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlar 5.Hid bildiruvchi sifatlar 6.Makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4 C) yuqoridagilarning barchasi D) 1,2,3,4 19 / 52 Sonning morfologik hususiyatlari qaysilar ? A) Sondan turli so’z turkumlari yasalishi mumkin. B) Sonlar gapda aniqlovchi va kesim vazifasida keladi. C) A, B D) Boshqa so’z turkumlaridan son yasalmaydi. 20 / 52 Samoning bulutlar siyrak, zangorisimon sahnida ham to'lishrpagan qandaydir beshakl oyxira, rangsiz yiltiradi. Berilgan gapda rang –tus bildiruvchi nechta sifat ishtirok etgan ? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta 21 / 52 Qaysi sonlar shaxslar nomini bildirib atoqli ot bo’lib kelishi mumkin. A) barcha sonlar atoqli ot bo’la oladi. B) yuzlik C) o’nlik D) birlik 22 / 52 Zamon-makon sifatlariga qaysi bandda misol berilgan? A) devoriy, tonggi B) g‘ishtin, tashqari C) suvda, yozda D) ertalab, har kuni 23 / 52 Berilgan gaplarning qaysi birida son ma'nosida qo’llangan so’z bor. A) B,C B) Mirhaydar Mamadaliga qo’sh ho’kizini berib qo’yibdi. C) Yolg’iz otning changi chiqmas. D) Bir-bir gapirib chiqdi. 24 / 52 Otlashgan sifatlar qaysi gapda berilgan? A) Hunarli o’lmas, hunarsiz kun ko’rmas. B) Dono, aqlli odamlar hech qachon yo’ldan adashmaydi. C) Yaxshilik, ezgulik insonning eng oliy fazilatidir. D) Oramizda bilimdon o’quvchilar ko’p. 25 / 52 Jumladagi sifatning ma’no turini toping Uning ynoqlari uzunchaqroq edi A) holat bildiruvchi B) shakl ko’rinish bildiruvchi C) hid bildiruvchi D) rang-tus bildiruvchi 26 / 52 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda B) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. C) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. D) Hovli tor, devorlari baland edi. 27 / 52 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar qatnashgan? A) Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o’xshaydi. B) Bir g’uncha edingiz yel ham tegmagan,ifor taraladi sizdan muattar C) Elmurod chaynaganini yutinib, nonga tikilib qoldi. D) Sap-sariq oltinday behilar sotuvga chiqarildi. 28 / 52 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud? A) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda. B) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik. C) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi. D) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. 29 / 52 Boshqa turkumlardan sifatga ko’chgan so’zlar qatnashgan birikmalarni toping. A) ko’rpalik chit, yozgi bino B) tilla odam, kumush qish C) bemor kishi, och odam D) zangori osmon, beparvo odam 30 / 52 Qaysi qatordagi gapda ozaytirma sifat mavjud? A) Tug’ilgan kunga nimpushti atirgullarni saralab oldik. B) Musobaqaga mening shirinimgina qatnashmadi. C) Ro’molchamning och rangi ham bilinmay ketdi. D) Daraxtlarning bargi asta shivirlagandek bo’lardi. 31 / 52 Qaysi atama songa xos emas ? A) tartib. B) qo’shma. C) juft. D) yasama. 32 / 52 Qaysi qatorda ozaytirma sifatlari berilgan. A) gvoyat nozik, juda baland, eng go’zal. B) jiqqa hol, g’irt dangasa, hammadan kuchli. C) tip-tiniq, yum-yumaloq, sap-sariq. D) nim pushti, och ko’k, sarg’imtir. 33 / 52 Qaysi gapda paytga munosabat bildiruvchi sifat mavjud? A) Sport musobaqalarida dastlabki natijalar chakki emas. B) Shodmonqul ertalab guzarga chiqib ketdi. C) Buvim va bobom pastki hovlida o’tirishadi. D) Uydagi gap ko’chaga chiqmasin. 34 / 52 Qaysi gapdagi sifat otga ko’chgan ? A) Hayyo yaramas ishlardan tiyadi B) Yaxshining so’zi qaymoq ,yomonning so’zi to’qmoq C) Tez orada tuzalib ketasiz ,-dedi shifokor kasalga D) Terimchilar ashula boshladilar 35 / 52 Ozaytirma sifat shakli sifatning qaysi ma'no turidan yasaladi. A) ma'za-ta'm bildiruvchi. B) rang tus bildiruvchi. C) xarakter-hususiyat bildiruvchi. D) holatni bildiruvchi. 36 / 52 .Otlashgan sifat qatnashgan gapni aniqlang. A) Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlar bilan qirga ko’tarila boshladilar. B) Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. C) Baxilning qo’lida oy bo’lsa, olamni yoritmas. D) Salim aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum - yumaloq, hazilkash, shirinso’z odam. 37 / 52 Qiyosiy darajadagi sifat berilgan gapni aniqlang. A) Sa'va chumchuqqa qaraganda kichikroq qush. B) Sa'vaning dumi qora. C) Sa'va-kichik, chiroyli qush. D) Ziyrak juda xursand edi 38 / 52 Bu bog’lar ichida qizg’ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko’rkam binolar, ko’shklar, kichik-kichik sayyoralar ko’zga tashlanadi Ushbu gapdagi sifatlar haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) gapdagi sifatlarning tuzilishiga ko’ra uchta …….. ishtirok etgan B) gapda bitta qo’shma sifat,bitta takror sifat mavjud. C) gapdagi uchta sifat rang-tus bildiradi. D) gapda beshta sifat qatnashgan 39 / 52 Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang.yomondan burun o’lasan,Yaxshi bilan sirdosh bo’lsang.yaxshilik bilan unasan.Ushbu maqolda nechta sifat otlashib kelgan? A) 1 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta 40 / 52 Qiyosiy darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Onamning ismi Enaxon ,nihoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol B) Lola qizil ,oq 5sariq ranglarda tovlanib ochiladi C) Tilimiz dag'alroq ,lekin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan . D) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi 41 / 52 Qaysi qatorda sifatning ozaytirma darajasi berilgan? A) Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq. B) Muyulishda eng katta yuk mashinasi ko’rindi. C) Kutubxonadan yangigina kitobni olib keldim. D) O’quvchilar tap-tayyor binoga ko’chib o’tishdi. 42 / 52 Qaysi qatorda ozaytirma sifatlari berilgan. A) ko’kish, qoramtir, och sariq, qattiqqina. B) oriqqina, yam-yashil, sarg’ish, jingalak. C) sinovchan, olg’ir, pastgina, och yashil. D) nim pushti, oqimtir, qizilroq, tim qora. 43 / 52 Predmetning xususiyatnini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda berilgan ? A) novcha , og’ir , katta B) kamtar, xushfe’l , sho’x C) shirin ,achchiq , nordon D) ko’k ,sariq , yashil 44 / 52 Ozaytirma darajadagi sifat qatnashgan gapni toping A) Tilimiz dag'alroq ,ldkin juda boy ,rangli ,ohori to'kilmagan . B) Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi C) Lola qizil ,oq ,sariq ranglarda tovlanib ochiladi D) Onamning ismi Enaxon ,nihoyatda ko'ngilchan ,zahmatkash ayol 45 / 52 Qaysi qatorda sifat otlashmagan? A) Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyning past-balandini tekislab bo`lgandi. B) Axir, musulmonman, aylanay dedi Hoji xola. C) Senga o`xshash bilmasvoy bolalarga ketgan mehnatlarimga achinmayman. D) Ko`r tutganini qo`ymas, kar eshitganini. 46 / 52 Sifat so’z turkumlari berilgan qatorni toping. A) oltin,kumush,yoqut B) to’lqin,qoziq,maysa C) salqin,jimjit,durkun D) go’zallik,yaxshilik,xotirjamlik 47 / 52 Oddiy va qiyosiy darajadigi sifat qaysi gapda qo’llangan. A) Ota, yurtimizning bu kuni baxtli, chiroyli, ertasi, indini yana baxtliroq, chiroyliroq bo’ladi. B) To’g’ri odam egri so’zdan or qilar. C) Anorning urug’i sersuv, nordon shirin. D) Sayohatchilar tog’ning eng baland cho’qqisiga chiqdilar. 48 / 52 Quyidagi silatlardan qaysilari hajm-o'lchov sifatlari guruhiga kiradi? 1) uzun; 2) keng; 3) baland; 4) yozgi. 5) xursand; 6) kamtar; 7) bulturgi; 8) bahaybat; 9) no'noq: 10) notanish; 11) kechki; A) 1. 2, 3. 8 B) A va C. C) 4, 7, 11 D) 5. 6, 9, 10. 49 / 52 Erkalash, suyish qo’shimchalari sifatlarga qo’shilgan gapni toping. A) Tentakkinangiz savlatlikkina yigit bo’lib qaytdi-da, sallotlikdan. B) Kelinglar, qizaloqlarim, gullolalarim, o’tiringlar. C) Oyqizginam, sen bilan maslahatlashadigan ishlarim ko’payib ketdi. D) Kechir, arslonim, hozir uyingga bormoqchi edim. 50 / 52 Javoblarning qaysi birida otlashgan sifatlar qo`llanilgan? A) Mard odamni maydonda sina. B) Qiziqarli kitob oldim. C) To`g`ri gap hammaga ham yoqavermaydi. D) Mardni maydonda sina . 51 / 52 Sonlarni qaysi so’z turkumlaridan yasash mumkin. A) fe'ldan. B) sonlar yasalmaydi. C) faqat sonlardan D) ot va sifatdan. 52 / 52 1. Lobarxon oyoqlarida zo‘rg‘a tursa ham, nur ko'rganidanmi yo dimog'ini qitiqlayotgan yoqimli hiddanmi, har qalay tinmay jilmayar edi. 2. U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlami, mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib juda ravon o'qiydi. Berilgan gaplardagi yoqimli so‘zi sifatning qaysi turiga mansub? A) 1-gapda hid, 2-gapda xususiyat B) 1-gapda hajm-o‘lchov, 2-gapda xususiyat C) 1-gapda xususiyat, 2-gapda maza-ta’m D) 1-gapda hid, 2-gapda maza-ta’m 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz