Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 1355 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 14 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Noto‘g‘ri hukmni toping. A) Antioxning Salavkiya davlati hukmdori bo‘lgan yili bilan Yunon-Baqtriya tarixi boshlangan davr oralig‘idagi yillar soni Janna d’Arkni gulxanda yondirilgan kunning sa’nasiga teng. B) Kir II ning Bobilni bosib olishi bilan Kambiz II ning taxtga chiqishi oralig‘idagi yillar soni Gerakl jang qilgan ajdar boshining soniga teng. C) Kambiz II ning taxtga chiqishi bilan Alarix boshchiligidagi gotlarning Rimga yurish qilishi oralig‘idagi yillar soni Xioniylar davlatining faoliyat yuritgan muddatiga teng. D) Doro I ning saklar ustiga yurish qilishi bilan Fors harbiy floti Egey dengizini kesib o‘tib, Attikaga langar tashlashi oralig‘idagi yillar Oktavian Rimning yakka hukmdori bo‘lib qolishidagi yilning soniga teng. 2 / 25 Nechanchi asrda paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligi egallagan? A) XI-XII B) IX-X C) XII-XIII D) X-XI 3 / 25 Quyidagi kashfiyotlar qaysi davrda kashf etilganini toping. o‘q-yoy; sun’iy olov; 1) neolit davrida; 2) mezolit davrida; 3) bronza davrida; 4) so‘nggi paleolit davrida. A) a – 2; b – 3. B) a – 1; b – 3. C) a – 1; b – 4. D) a – 2; b – 4. 4 / 25 Saljuqiylarda feodal davlat uzil-kesil shakllangan davrda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang. A) Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati o‘rnatildi B) Min sulolasining Amir Temur saltanati bilan munosabatlari buzildi. C) Oltin O‘rda davlati o’z qudratining cho’qqisiga erishdi D) Silla qirolligining oltin davri boshlandi 5 / 25 Quyidagi inshootlardan qaysi birining bo‘yi balandroq? A) Ulug‘bek rasadxonasi B) Ajinatepa buddasi haykali C) Trayan ustuni D) Sfinks haykali 6 / 25 Mo‘ynoqdagi eski maktabda, keyin Xivadagi Sherg‘oziyxon madrasasida o‘qigan shaxsni yashagan yillarini aniqlang. A) 1788-1875 B) 1824-1878 C) 1827-1900 D) 1799-1880 7 / 25 Dehli sultonligida kim kuchli qo‘shin tuzib o‘zboshimcha feodallarni bo‘ysundiradi? A) Muhammad Tug‘luq B) Shamsiddin Eltutmish C) Alouddin Xiljiy D) Feruzshox Tug‘luq 8 / 25 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nechinchi yilda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida yaqin o‘tmish tariximizga baho berib o‘tgan? A) 20l6-yil 14-dekabrda B) 2016-yil 29-dekabr C) 2016-vil 10-dekabrda D) 2017-yil 4-yanvar 9 / 25 Millatlar Ligasi Nizomiga kiritilgan mandat tushunchasi nimani bildiradi? A) to‘g‘ri javob yo‘q B) ma’lum bir hududni boshqarish uchun vakolat tushunchasi C) bir-biriga hujum qilmaslik tushunchasi D) iqtisodiy tomondan boshqa davlatni birgalikda qaram qilish tushunchasi 10 / 25 O‘rta asrlarda mardikor bozorlari bo‘lgan shaharlarni toping. A) Xanyan, Pekin, Tehron B) Bag‘dod, Ishbiliya, G‘arnota C) Neapol, Pekin, Venetsiya D) Sevilya, Bag‘dod, Damashq 11 / 25 Amir Temur saltanatni o‘n ikki toifaga bo‘lib, ularga tayangan holda ish yuritgan bo‘lib shulardan 1- toifa vakillari kimlar edi? A) Sayyidlar, ulamo, shayxlar, fozillar B) amirlar, sarhanglar, sipohsolor, lashkarboshi C) aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar D) vazirlar, bosh kotiblar, devon munshiylari 12 / 25 Quyida berilgan qabilalar va ular yashagan hududlar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni toping. 1) massagetlar; 2) saka-tigraxauda; 3) saka-xaumovarka 4) saka-tiay taradarayya; a)Orol dengizi bo‘ylari va Sirdaryoning quyi oqimi; b)hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida; c)Pomir tog‘li tumanlari va Farg‘onada; d)Cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida. A) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c; B) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d; C) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b; D) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a; 13 / 25 Ikkinchi Puni urushlarining boshlanib ketishiga nima sabab bo‘lgan? A) Karfagenliklarning Ispaniyani bosib olishi B) Gannibal qo‘shinlarining Ispaniyadan Italiyaga qarshi yurushi C) Karfagen fuqarolarining Rimga o‘lpon to‘lashdan bosh tortishi D) Ssipion boshchiligidagi legionerlarning Shimoliy Shimoliy Afrikani talon-taroj qilishi 14 / 25 Noto‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Mil. avv. 71-yilning kuzida ro‘y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o‘zi esa asir olindi; B) Xitoyda qog‘oz ixtiro qilingan davrda Rimda muntazam yollanma qo‘shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar. C) Kanishka hukmronligi davrida davlat poytaxti hozirgi Pokiston hududiga ko‘chiriladi; D) Imperator U-Di elchi Chjan Syanni mamlakatning shimoliy tumanlarini talon taroj qilayotgan ko‘chmanchi qabilalarga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo‘natadi; 15 / 25 Qadimgi dunyo tarixida qaysi davlat san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san’ati uslublari muvofiqlashgan edi? A) Qadimgi Xorazm B) Kushon C) Dovon D) Rim imperiyasi 16 / 25 Misr sultoni Barquq huzuriga quyidagi qaysi mamlakatlardan aynan bir yilda elchilar tashrif buyurgan? 1) Amir Temur davlati; 2) Turkiya; 3) Oltin O‘rda; 4) Xitoy; 5) Iroq; 6) Sivas. A) 2,3,5 B) 1,2,3,6 C) 2,3,6 D) 1,4,6 17 / 25 Butun Kavkaz qachon Rossiya tarkibiga kiritilgan? A) 1866-yil B) 1864-yil C) 1861-yil D) 1862-yil 18 / 25 Qaysi xalqaro tashkilot g‘olib davlatlarning dunyoni o‘zaro bo‘lib olishiga qonuniy tus berdi? A) Millatlar Ligasi B) Versal tinchlik shartnomasi C) Versal-Vashington tizimi D) BMT 19 / 25 Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda quyidagi qaysi yer egaligi bo‘lmagan? A) Mulki inju B) Mulki xolis C) Mulki Devon D) Mulk 20 / 25 Quyidagi javob variantlarida keltirib o‘tilgan qo‘zg‘olonlardan qaysi biri podsho hukumatining jabr- zulmiga qarshi bo‘lib o‘tgan? (XIX asr oxirida) A) Dinnosirbek qo‘zg‘oloni B) Bobo Go‘klan qo‘zg‘olon C) Matyoqub pishiq qo‘zg‘oloni D) Ernazarbiy qo‘zg‘oloni 21 / 25 Quyidagi shaxslar faoliyat ko‘rsatish vaqtini to‘g‘ri ketma-ketlik tartibida belgilang. 1) Oliver Kromvel; 2) Jorj Vashington; 3) Napaleon Bonapart; 4) Martin Lyuter. A) 4, 1, 3, 2 B) 1, 4, 3, 2 C) 1, 4, 2, 3 D) 4, 1, 2, 3 22 / 25 To‘g‘ri hukmlarni aniqlang. 1) Panteon ibodatxonasining shiftlari gumbaz shaklida ustunlarsiz qurilgan; 2) Panteon so‘zi lotinchadan “barcha xudolar ibodatxonasi” degan ma’noni anglatadi; 3) Panteon ibodatxonasi yorug‘lik tushishiga qarab u o‘z rangini oltin rangidan havorang yoki kulranggacha o‘zgartirib, tuslanib turgan; 4) Qadimgi Rimning eng katta amfiteatri Kolizey bo‘lgan. A) 1, 2, 4 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3, 4 23 / 25 Hindistonda Boburiylar davrida qaysi fanlar Yevropa fanidan ancha oldinlab ketdi? A) tibbiyot, astronomiya B) matematika, tibbiyot C) matematika, geografiya D) astronomiya, matematika 24 / 25 Kamoliddin Behzod o‘z davrida qanday nom bilan ulug‘langan? A) “val-milla” B) “Qiblat ul-kuttob” C) “Aflotuni zamon” D) “Moniyi Soniy” 25 / 25 XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Bolgariyada qaysi davlat nomzodlari hokimiyatni boshqargan? 1)Buyuk Britaniya; 2)Fransiya; 3)Avstriya-Vengriya; 4)Rossiya. A) 2 va 3 B) 1 va 4 C) 1 va 2 D) 3 va 4 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6