Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 1720 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Buyuk Britaniya uchun Gibraltar bo‘g‘ozi Fransiyaning emas, balki boshqa qaysi davlat tasarrufida bo‘lishi ma’qul edi? A) Italiya B) Rossiya C) AQSh D) Ispaniya 2 / 25 V asrda barpo etilgan Zog‘ariq va Bo‘zsuv kanallari suv bilan ta’minlab turgan hududlarda qadimda qaysi xalqlar yashagan? A) massagetlar B) saka-tiay-taradarayya C) saka-tigraxauda D) saka-xaumovarka 3 / 25 O‘rta asr Yevropasida qanday universitetlar to‘la mustaqil bo‘lganligini aniqlang? A) xususiy universitetlar B) grafliklarda tashkil qilingan universitetlar C) qirol tomonidan tashkil qilingan universitetlar D) qiroldan maxsus yorliq olgan 4 / 25 Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ancha rivojlangan edi. Birgina Buxoro shahrining o‘zida usta hunarmandlar tomonidan necha turdagi cholg‘u asboblari yasalgan? A) o‘n turdagi B) o‘n besh turdagi C) yigirma turdagi D) o‘ttiz turdagi 5 / 25 “Sening ortingda islomning dushmani turgani sir emas. Sen butun musulmonlarning sultonisan. Men bunday paytda senga qarshi bo‘lishni istamayman. Taqdir qo‘lida senga qarshi qurol bo‘lishni xohlamayman. Men kabi odam seningdek insonga qarshi qilich ko‘tarishi kechirilmas holdir!” deb yozilgan maktubni Jaloliddin Manguberdiga kim yo‘llaydi? A) Misr sultoni Barquq B) Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish C) Bag‘dod xalifasi Nosir D) Mo‘g‘ul xoni Chingizxon 6 / 25 Boqi Muhammad qanday tadbirlarni amalga oshiradi? A) mamlakatdan jungorlarni haydab chiqarish, Toshkentda qozoqlar hukmronligiga chek qo‘ydi; B) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko‘p urindi. Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi; C) agrar islohot o‘tkazildi, yer egalarining soliq tolamaslik tartibi bekor qilindi; D) qo‘shin tarkibini yangilash va muntazam qo‘shin tashkil etdi; 7 / 25 O‘rta Osiyoda temir davriga kelib aholi orasida qaysi tabaqaning ta’siri tobora kuchayib borgan? A) Qabila-urug‘ oqsoqollari B) Harbiy sardorlar C) Kohinlar D) Jangchilar 8 / 25 Qaysi jangdan so‘ng ko‘p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yo‘l oldilar? A) 1071-yilgi Mansikret jangidan so‘ng B) 1240-yilgi Neva jangidan so‘ng C) 1066-yilgi Gastings jangidan so‘ng D) 1242-yilgi Muz ustidagi jangidan so‘ng 9 / 25 O‘nboshi qo‘li ostidagilardan biri botirlik ko‘rsatsa, birinchi galda uni qanday lavozimga tayinlaganlar? A) Mingboshi B) Yuzboshi C) O‘nboshi D) Amir 10 / 25 Shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga ... A) dargohdagi mansablar faqat xonga yaqin kishilardan tayinlangani sabab bo‘ldi; B) boshqaruv sohasida muammolar borligi sabab bo‘ldi; C) ma’muriy tuzum yaxshi tashkil etilmaganligi bo‘ldi; D) dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi; 11 / 25 Alouddin Atomalik Juvayniy tomonidan Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga bag‘ishlab yozilgan asarni ko‘rsating. A) “Vaziyati bahor Jalol ad-Din Mengburni” B) “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni” C) “Al-Komil fit-tarix” D) “Tarixi jahonkusho” 12 / 25 Abruy qo‘zg‘olonidan jabrlangan boy mulkdorlar va savdogarlar qayerga qochishadi? A) Turkiston va Taroz atroflariga B) Sharqiy Turkiston va Yettisuvga C) G‘arbiy Sibr va Yettisuvga D) Eron hududiga 13 / 25 Fransiyada ikkinchi respublika vujudga kelgan yilda .... A) Afrika qit’asida Liberiya davlati tuzilganligi e’lon qilindi; B) Eronda bobiylar qo‘zg‘oloni boshlandi; C) Rossiya-Turkiya o‘rtasida “Qrim urushi” kelib chiqdi; D) Ikkinchi afyun urushi nihoyasiga yetdi; 14 / 25 Ko‘rsatib o‘tilgan belgilardan qaysi biri kapitalizmga xos emas edi? A) xususiy mulk B) demokratiya C) tadbirkorlik faoliyatining cheklab qo‘yilishi D) bozor munosabatlari 15 / 25 Yevropalik olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti qaysi asarda aks etgan? A) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” B) “Buyuk Temur tarixi” C) “Ikki buyuk sarkarda” D) “Amir Temur hikmatlari” 16 / 25 XV asr o‘rtalarida yuz bergan qaysi omil Xitoyning ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi? A) Iqtisodiy inqirozning boshlanishi B) Hokimiyat uchun sulolaviy nizolarning avj olib ketganligi C) Qishloq xo‘jaligi inqirozga yuz tutishi D) Shimoldan manjurlar hujumining boshlanishi 17 / 25 Quyidagi qaysi voqeadan so‘ng Yevropa va Osiyoni bog‘lab turgan savdo yo‘llari ustidan nazorat Usmoniylar imperiyasi qo‘liga o‘tadi? A) Nikeya va Nikomediya shaharlari egallanib, Qora dengiz sohiliga chiqilganidan so‘ng B) Misr poytaxti Qohira egallanganidan so‘ng C) Vizantiya poytaxti egallanganidan so‘ng D) Qrim yarimorolida Usmonlilar hukmronligi o‘rnatilganidan so‘ng 18 / 25 1775-yil Amerikaning Filadelfiya shahrida II Kontinental Kongress chaqirilgan bo‘lib, Kongress qatnashchilari … A) “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni parlamentga topshirdilar va prezidentlik lavozimiga ovoz berdilar. B) urushni to‘xtatishga ovoz berdilar va “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qizg‘in muhokama qildilar. C) urush boshlashga ovoz berdilar va Amerika qurolli kuchlarining bosh qo‘mondonini tayinladilar. D) mustamlaka shtatlarni Angliya hukumati bilan kelishtirishga, tinch yo‘l bilan mustaqillikni qo‘lga kiritishga harakat qildilar. 19 / 25 XIX asrda Buxoro amirligi hududi shimolda qayergacha borgan? A) Pomir tog‘lari B) Xiva xonligi C) Amudaryoning chap qirg‘ogi D) Sirdaryo 20 / 25 Ma’lumki, Yaponiya 1592-yil Koreyaga qarshi hujum boshlagan edi. Lekin bu hujum samarasiz yakunlandi. Bunga sabab nima edi? A) Yaponiyada boshlangan ichki g‘alayonlar B) Dengizda dovul turib, Yapon kemalarining halokatga uchrashi C) Yevropa davlatlarining Koreyani harbiy qurollar bilan ta’minlashi D) Xitoyning Koreyaga ko‘rsatgan harbiy yordami 21 / 25 Qaysi tarixchi o‘z qaydnomalarida Amir Temur qo‘shinlarida ayollardan iborat bo‘linmalar bo‘lganligini yozib qoldirgan? A) Abu Bakr Kalaviy B) Ibn Arabshoh C) Ibn Battuta D) Ibn Xaldun 22 / 25 Ilk o‘rta asrlarda qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda kimlar sarkor ishboshi sifatida faol qatnashganlar? A) Qishloq jamoalarining azolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari B) Mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari C) Kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar D) Kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar 23 / 25 Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Neolit davri oxirida odamlar misdan foydalanishga o‘tishdi; B) Kapova g‘ori, Selung‘ur, Teshiktosh paleolit davri manzilgohlari hisoblanadi; C) Neolit davrida idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi; D) Chorvachilik va dehqonchilik neolit davrining eng katta ixtirosidir; 24 / 25 Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida ta’limga oid to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1)XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktablar faoliyat yuritgan; 2)o‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o‘qitilgan; 3)o‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo‘jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan; 4)qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan; 5)bolalar maktabga 5-6 yoshdan berilgan; 6)bolalar maktabda 5-8 yil davomida boshlang‘ich ta’lim olganlar; A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4, 6 25 / 25 “Amir Temur Rusning Oltin O‘rda zulmidan xalos bo‘lishini hamda bu davlatning yuksalishini tezlashtirdi”. Ushbu fikr qaysi kitobdan keltirilgan? A) “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” B) “Temur tuzuklari” C) “Buyuk Temur” D) “Ikki buyuk sarkarda” 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz