Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 937 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Quyidagi qaysi mamlakatning shimoliy qismi tekislikdan iborat? A) Turkiya B) Germaniya C) Bolgariya D) Italiya 2 / 25 Quyidagi qaysi hududdan yirik kumush konlari topilgan? A) Bobotog‘ tizmasi B) Qurama tizmasi C) Qizilqum cho‘li D) Qarnobcho'l 3 / 25 Sherobod-Sariqamish past tog‘ining janubi-g‘arbida qaysi tog‘ joylashgan? A) Klif-Sherobod B) Bobotog‘ C) Pistalitog‘ D) Chaqchar 4 / 25 Selak va Tomboro vulqonlari qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Singapur B) Indoneziya C) Yaponiya D) Malayziya 5 / 25 Chirchiq daryosi tekislikka oqib chiqqach, unga o‘ng tomondan qaysi daryolar quyiladi? A) Qoronqulsoy, Glavasoy B) Qoraqiyasoy, Qizilsuvsoy C) Oqsoqotasoy, Qizilsuvsoy D) Parkentsoy, Oqtoshsoy 6 / 25 Ustyurtda sho‘rxoklarning keng tarqalishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? A) platoda joylashganligi va relyefning to‘lqinsimonligi B) relyefning tekisligi va grunt suvlari sathining yer betiga yaqinligi C) relyefning botiqligi va tez eruvchan tog‘ jinslarining keng tarqalganligi D) yer yuzasining tekisligi va Orol dengiziga yaqin joylashganligi 7 / 25 O‘zbekistonning cho‘l va chalacho‘l mintaqalaridagi o‘rtacha murakkab geotizimlarga nimalarni misol qilish mumkin? A) Qirlar, adirlar va platolarni B) Konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining bosh qismini C) Deltalarning o‘rta qismlarini D) Yuqori allyuvial terrasalarni 8 / 25 Yerlarni o‘zlashtirib, haydash va sug‘orish natijasida tog‘ jinslari yemirilishining jadallashishi nima deb ataladi? A) yuzalama eroziya B) deflyatsiya C) irrigatsiya eroziyasi D) suffoziya 9 / 25 Namangan vioyatining qaysi tumanlaridagi yaylovlarda qo‘y va echkilar ko‘p boqiladi? A) Pop va Chust B) Namangan va Kosonsoy C) Uchqo‘rg‘on va Kosonsoy D) To‘raqo‘rg‘on va Uychi 10 / 25 Alp tog‘lari muzliklaridan to‘yinuvchi daryolarni aniqlang. A) Rona, Yenisey, Oder, Olt B) Yenisey, Lena, Ob, Volga C) Reyn, Rona, Adije, Drava D) Volga, Lena, Don, Ob 11 / 25 Kamchatkadagi Grot (G‘or) geyzeridan otilib chiqayotgan suvning harorati +92°C ga teng bo‘lsa, u qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2978 m B) 2978,9 km C) 2,788 km D) 27,88 km 12 / 25 Quyidagi qaysi obyekt Qozog‘iston tabiiy geografik o‘lkasi tarkibiga kirmaydi? A) To‘rg‘ay platosi B) Xorazm tekisligi C) Sharqiy Qozog‘iston tog‘lari D) Shimoliy Tyanshan 13 / 25 Qaysi davlat Karib havzasi mamlakatlari tarkibiga kirmaydi? A) Nikaragua B) Gonduras C) Meksika D) Gvatemala 14 / 25 Quvasoy IEM qaysi iqtisodiy rayonda joylashgan? A) Farg‘ona B) Zarafshon C) Mirzacho‘l D) Janubiy 15 / 25 G‘ulja shahri qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Xitoy B) Eron C) Qirg‘iziston D) Afg‘oniston 16 / 25 Dunyo okeani yuzasidan bir yilda qancha qalinlikda suv bug‘lanadi? A) 1 m B) 2 m C) 5 m D) 3 m 17 / 25 Rasmdagi a va b harflar o‘rniga 4 sekund va 6 sekund so‘zlari mos ravishda qo‘yilsa, dengizning chuqurligini aniqlang. A) 6000 m va 9000 m B) 6500 m va 8500 m C) 6000 m va 4500 m D) 4500 m va 3000 m 18 / 25 Eratosfen va Ptolemey tuzgan dunyo xaritalarida Hind okeani qanday nom bilan atalgan? A) Eritreya dengizi va Hindiston dengizi B) Fors ko‘li va Qulzum dengizi C) G‘arbiy okean va Hindiston dengizi D) Efiopiya okeani va Sharqiy dengiz 19 / 25 Quyidagi qaysi relyef shakli Tyanshan ororgenining tarkibiy qismi emas? A) Chotqol tizmasi B) Turkiston tizmasi C) Bo‘kantov tizmasi D) Zarafshon tizmasi 20 / 25 Hisor qo‘riqxonasida qanday hayvonlar muhofaza qilinadi? A) turkiston silovsini, qor qoploni, tog‘ echkisi, kiyik B) qoplon, qor barsi, ayiq, jayron C) qor barsi, tog‘ bug‘usi, jayron, qo‘ng‘ir ayiq D) hisor yo‘lbarsi, tog‘ jayroni, xongul, bo‘ri 21 / 25 Osiyo va Afrikada urbanizatsiya ko‘rsatkichi qancha? A) 55% va 70% B) 43% va 31% C) 50% va 40% D) 60% va 27% 22 / 25 Dunyodagi eng uzun sug‘orish kanali qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Xitoy B) Rossiya C) Turkmaniston D) Braziliya 23 / 25 Chuqurligi 4500 metr bo‘lgan suv havzasining tubida harorat +2°C ekanligi ma’lum bo‘lsa, xuddi shu paytda suv yuzasida harorat necha t°C ga teng bo‘ladi? A) +9°C B) -11°C C) -9°C D) +11°C 24 / 25 Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng past bo‘ladi? A) 1 B) 3 C) 4 D) 2 25 / 25 V. Sochava geotizimlarni ko‘lamiga ko‘ra qanday darajalarga ajratgan? A) sayyoraviy, regional, topologik B) sayyoraviy, mintaqaviy, lokalc C) regional, lokal va sayyoraviy D) tipologik, regional va lokal 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6