Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 352 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 17 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Yer po‘stining kontinental tipi Pomir va Hindikushda necha km qalinlikka teng? A) 35-40 km B) 60-70 km C) 70-80 km D) 50-60 km 2 / 25 Pachkamar suv ombori qaysi daryoning oqimini tartibga solish maqsadida qurilgan? A) G‘uzordaryo B) Qashqadaryo C) Oqsuvdaryo D) Tanxozdaryo 3 / 25 To‘rg‘ay supasimon o‘lkasining janubiy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining juda katta janubiy qismida qanday tabiat zonasi tarkib topgan? A) Chalacho‘l B) Cho‘l C) Dasht D) Adir 4 / 25 Qaysi so‘z yunonchadan tarjima qilganda “ko‘tarilaman” degan ma’noni bildiradi? A) astenosfera B) relyef C) landshaft D) vulqon 5 / 25 Ekologik muammolar ko‘lami jihatidan nechta pog‘onaga bo‘linadi? A) 5 B) 3 C) 2 D) 6 6 / 25 Shamol yo‘nalishini qaysi asbob yordamida aniqlash mumkin? A) fluger B) anemometr C) barometr D) termometr 7 / 25 Quyidagi shaharlardan qaysilari qazilma boyliklar va suv quvvati boyliklari mavjud hududlarda barpo etilgan? 1) Yangiyer; 2) Navoiy; 3) Angren; 4) Guliston; 5) Uchquduq; 6) Shirin. A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 3, 5, 6 C) 2, 3, 4, 6 D) 2, 3, 5, 6 8 / 25 Qaysi iqtisodiy rayondagi temiryo‘llar hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan? A) Quyi Amudaryo B) Toshkent C) Mirzacho‘l D) Farg‘ona 9 / 25 Vujudga kelishiga ko‘ra quruqlik bilan bog‘liq yotqiziqlar nima deb ataladi? A) Terrigen yotqiziqlar B) Qizil tusli okean gili C) Akkumulyativ yotqiziqlar D) Jigarrang okean loyqasi 10 / 25 Nosir Xisravning sayohat yo‘li xarit-sxemasida O‘rta dengiz qanday nom bilan ko‘rsatilgan? A) Qulzum dengizi B) Fors ko‘li C) Abiskun dengizi D) Rum dengizi 11 / 25 Rasmda ko‘rsatilgan shamol turini aniqlang. A) Passat B) Fyon C) Briz D) Musson 12 / 25 Quyidagi rasmda 3 raqami bilan vulqonning qaysi elementi ko‘rsatilgan? A) vulqon o‘chog‘i B) krater C) ulqon kanali D) lava 13 / 25 Quyida ko‘rsatilgan B nuqtadagi havo haroratini toping? A) 26°C B) 27°C C) 26,4°C D) 27,6°C 14 / 25 Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan katta qismlari nima deb ataladi? A) havo massalari B) havo harakati C) dengiz havosi D) kontinental havo 15 / 25 Qaysi daryo Chotqol va Piskom daryolarining Chorvoq botig‘ida qo‘shilishidan vujudga keladi? A) Piskom B) Sirdaryo C) Zarafshon D) Chirchiq 16 / 25 Mamlakatimizdagi birinchi paxta tozalash zavodi qayerda bunyod etilgan? A) Samarqand B) Toshkent C) Namangan D) Bekobod 17 / 25 Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining necha foizini tashkil etadi? A) 30% B) 50% C) 70% D) 80% 18 / 25 Mirzacho‘lning markaziy qismida qanday botiqlar joylashgan? A) Qizilqum, Yettisoy, Boyovut B) Yettisoy, Sardoba, Qorasuv, Yog‘ochota, Sho‘ro‘zak C) Sardoba, Yerjar, Sangzor D) Amir Temur, Sangzor, Mirzaobod 19 / 25 Okean suvining sho‘rligi nima bilan uzviy bog‘liq? A) suvo‘tlar va mikroorganizmlar bilan B) tarkibidagi moddalari bilan C) chuqurligi va maydoni bilan D) suvning harorati bilan 20 / 25 Rasmda Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan qaysi davlatlarning hududi A va B harflari bilan ko‘rsatilgan? A) Tojikiston va Qirg‘iziston B) Qozog‘iston va Qirg‘iziston C) Tojikiston va Qozog‘iston D) Turkmaniston va Afg‘oniston 21 / 25 Shoʻrkoʻl suv ombori qaysi viloyatlar orasida joylashgan? A) Surxondaryo va Qashqadaryo B) Navoiy va Qashqadaryo C) Qashqadaryo va Buxoro D) Buxoro va Navoiy 22 / 25 Guri suv ombori qaysi daryoda barpo etilgan? A) Missisipi B) Niger C) Volga D) Karuna 23 / 25 65 mln. yil avval Gondvanadan qaysi materiklar ajralib chiqqan? 1. Afrika; 2. Shimoliy Amerika; 3. Avstraliya; 4. Antarktida; 5. Yevrosiyo; 6. Janubiy Amerika A) 1, 2, 5, 6 B) 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 3, 4, 6 24 / 25 Toshkent viloyatining qaysi tumanlari asosan sabzavot va meva yetishtirishga ixtisoslangan? A) Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Olmaliq B) Parkent, G‘azalkent, Angren, Nurobod C) Bekobod, Do‘stobod, Chinoz, Chirchiq D) Yangiyo‘l, Qibray, Bo‘stonliq, Parkent 25 / 25 Qanday andozalarda tuzilgan xaritalarda meridianlar bilan parallellar bir-birini 90◦ li burchak ostida kesishadigan to‘g‘ri chiziqlardan iborat to‘r hosil qiladi? A) azimutli B) teng maydonli C) konussimon D) silindrsimon 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6