Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili olimpiada №5 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 10-sinf Ona tili olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 1342 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 123456789101112131415161718192021222324252627282930 10-sinf Ona tili olimpiada №5 2023-yil 21-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. Ushbu baytda ostiga chizilgan so‘zlar orqali qanday she’riy san’at qo‘llangan? Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun nas keltirur “nun” eltibon “sod” ustina. A) tazod B) ta’did C) iyhom D) kitobat 2 / 30 2. Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining o‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Donishmandlar bunday deganlar Qaroqchi sultondan qo‘rqadi o‘g‘ri posbondan qallob chaqimchidan A) − “ , − , “ . B) : “ , , “ . C) : “ , − , − “ . D) : “ , , . “ 3 / 30 3. Berilgan qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik yuz bergan? A) Yaxshisi, sen ustozning topshiriqlarini bajar; B) Birgalashib maktab hovlisini supurdik; C) Kitobning bitta varag‘i yo‘q ekan; D) Bozordan o‘nta kitoblar sotib oldim. 4 / 30 4. Ariza, rezyume, tilxat, dalolatnoma kabilar, shuningdek, qonun, qaror, nizom, xalqaro hujjatlar qaysi uslubda yoziladi? A) publitsistik B) badiiy C) ilmiy D) rasmiy 5 / 30 5. Fitratning “Abulfayzxon” dramasidagi ushbu parcha kimning tilidan aytilgan? Men juda yaxshi bilaman: siz shu kun erta Abdumo‘minni ham otasining orqasiga yuborib, taxtini olarsiz. Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki ul haqsizlik qilg‘an edi. Siz bu kun undan ortiq haqsizlik qila turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab, siz bilan ham urushar edim. Nima qilaykim, ko‘zim yo‘q. A) Hakimbiy B) Ibrohimbiy C) Qozi Nizom D) Farhod otaliq 6 / 30 6. Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo‘ying. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: «Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy, … o‘zbek tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi». A) yoki B) balki C) ya’ni D) hamda 7 / 30 7. Ushbu qit’ada haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. Tengri xonin ochuq aqida qilib, Xalqdin ro‘zi istagan gumroh Uyladurkim tengiz qirog‘inda Ro‘za ochmoqqa qozg‘oy choh. A) Inson har qanday holatda ham shoshmasdan ish tutishi kerakligi ta’kidlangan. B) Xalqning roziligini topmagan odam gunohkor bo‘lishi bayon etilgan. C) Ro‘za tutilganda dengiz suvidan emas, choh qazib ichilgan suv afzalligi aytilgan. D) Yaratgandan emas, boshqalardan umidvor bo‘lish noshukurlik ekanligi aytilgan. 8 / 30 8. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini bildirgan ergashgan qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Qaysi yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer baxt maskanidir. B) Zokirjon bo‘lib o‘tgan ishlardan otasini xabardor qilgani poytaxtga jo‘nab ketdi. C) Chin do‘st yurakdan so‘zlar, chunki u sening yomon bo‘lishingni aslo xohlamaydi. D) Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. 9 / 30 9. Ko‘chirma gap qismi ergashgan qo‘shma gap bo‘lgan gapni toping. A) Alisher Navoiy shunday demish: «Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur, Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur». B) Alisher Navoiy shunday degan: “Befoyda so‘zni ko‘p aytma va foydalig‘ so‘zni ko‘p eshiturdan qaytma”. C) «Temur tuzuklari»da shunday deb bitilmish: «Tajribamdan ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdur». D) «Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan, – deydi Mahmud Koshg‘ariy, – baxt va davlat ketadi». 10 / 30 10. Qaysi gapda nuqtalar o‘rniga tushum kelishigini ham, chiqish kelishigini ham qo‘llash mumkin? A) Chollar… biri unga emas, jo‘mragidan hovur chiqayotgan choynakka qarab gap boshladi. B) Shunda u o‘zining hozirgina dala… kelganini esladi. C) Juvon qo‘lidagi olma… ustma-ust bir necha martaba tishladi va chala chaynab yutdi. D) Baxtim… deymi, yo buning aksimi, Munisxon kiyim-kechakni yaxshi ko‘radigan ayol ekan. 11 / 30 11. Qaysi qatorda iboraning izohi NOTO‘G‘RI ? A) Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan – yuvosh; B) O‘g‘zining tanobi qochdi – kayfiyati tushmoq; C) Ishning beliga tepmoq – xalal bermoq. D) Almisoqdan qolgan – juda eski; 12 / 30 12. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlarni belgilang. A) band, mashg‘ul, mas’ul B) himoya, mudofaa, muhofaza C) vafo, sadoqat, sodiq D) tur, nav, tasnif 13 / 30 13. Ushbu gapda imloviy xato yozilgan so‘z qaysi gap bo‘lagi bo‘lib kelgan. Barchamiz kulishni yaxshi ko‘ramiz! Hayotda buning uchun sabablar talaygina: latifalar o‘qish, komediya janridagi film tomosha qilish yoki do‘stlar bilan maza qilib hangomalashish mumkin. Kulgu immunitetni oshirib, asab tizimini bir maromga olib keladi, umrni uzaytirib, kayfiyat yaxshilanishiga sabab bo‘ladi A) kesim B) hol C) ega D) to‘ldiruvchi 14 / 30 14. Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. 1)Inson tabassumi bilan tarbiyasini ko‘rsatganidek, nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qiladi. 2)Odamlar seni bilmasligini qo‘y, o‘zing ko‘pni bila olmasligingdan kuy. a)harakat nomi b)otlashgan sifatdosh c)qo‘shma fe’l d)ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi e)buyruq mayli f)nisbat shaklini olgan fe’l A) 1-b, d, f; 2-a, c, e B) 1-b, c, f; 2-a, d, e C) 1-a, d, e; 2-b, c, f D) 1-a, c, e; 2-b, d, f 15 / 30 15. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) suxandon, manfaat, sovutkich B) jangovar, mutola, shafqat C) koordinata, islohot, mikrorganizm D) dimog‘, dovruq, intervyu 16 / 30 16. Gapda mazmun va grammatik jihatdan to‘g‘ri bog‘langan tobe bog‘lanishlar berilgan javobni aniqlang. Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharqda va G‘arbda dong taratdi. A) Kurashda dong taratdi, Jaloliddin Manguberdi dong taratdi B) Kurashda dong taratdi, jasorati tufayli C) Vatanparvar va qahramon, qahramon sifatida dong taratdi D) Sharqda va G‘arbda, qahramon sifatida dong taratdi 17 / 30 17. Ul sanamkim suva yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur. Ushbu parcha muallifini toping. A) Lutfiy B) Atoyi C) D)Navoiy D) Yassaviy 18 / 30 18. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan qatorni belgilang. A) dam-badam, yaxshi-yomon, tip-tiniq B) ko‘pdan-ko‘p, baland-baland, oz-moz C) tim-qora, galma-gal, saranjom-sarishta D) sap-sariq, yengil-yelpi, qadamba-qadam 19 / 30 19. Ko‘makchi qaysi qatorda holat ma’nosida qo‘llangan? A) U go‘yo yaqin kishisini ko‘rgandek quvonib ketdi. B) Adham ustoziga mehr bilan qarab turar edi. C) Bobur jilmaygancha do‘sti bilan kirib keldi. D) Yoqub xonaga singlisini chaqirish uchun kirgan edi. 20 / 30 20. Qaysi qatorda vergul o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida yozilgan? 1)Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. 2)Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar. 3)Haqiqiy olimning so‘zi, o‘yi, fikri va ishi bir xil bo‘ladi. 4)Nimalar haqida surasan xayol, ey majnuntol? 5)Soy bo‘yidagi choyxonada, gavjum joyda, Azimjon uchradi. 6)Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, o‘qib, ishlab kelyapman. A) 1 va 2 B) 4 va 5 C) 3 va 6 D) 2 va 6 21 / 30 21. Gap haqida berilgan XATO hukmni toping. Qahraton qish kularidan biri edi. Birdan qor yog‘a boshladi. Ob-havoning sovug‘idan, izg‘irinligidan qaltiray boshladim. Shu payt uning – do‘stim Sanjarning ovozi eshitildi. A) Qaratqich aniqlovchi ajratilgan. B) Vositali to‘ldiruvchi uyushib kelgan. C) Egalar bir xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. D) Egasi ma’lum gap ishtirok etgan. 22 / 30 22. El qochsa birovdin, el yomoni bil oni, Ahvolida idbor nishoni bil oni, Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni Olam elining yamon yamoni bil oni Ushbu ruboiy haqidagi XATO ma’lumotni toping. A) undosh tovush raviy bo‘lib kelgan; B) radif qo‘llangan; C) mutlaq qofiya qo‘llangan; D) a, a, b, a tarzda qofiyalangan. 23 / 30 23. ”Alpomish” dostonida “O‘zbak sen bunday bo‘yni yo‘g‘onlik qilma, g‘aribi go‘riston bo‘lib o‘lma, hali ham qo‘ygin…” deb Apomishga kim aytadi? A) Qorajon B) Ko‘kaldosh C) Qultoy bobo D) Yartiboy 24 / 30 24. Ilmiy uslubga xos birliklarni aniqlang. 1)sohaga doir terminlar faol qo‘llanadi; 2)ta’rif-qoidalar keltiriladi; 3)bo‘yoqdor birliklar, ibora va maqollardan foydalaniladi; 4)murakkab jumlalar, kirish va kiritmali qurilmalar ko‘p uchraydi. A) 2, 3, 4. B) 3, 4; C) 1, 2, 3; D) 1, 2, 4; 25 / 30 25. Dushmanning hiylasiga aldanma va maddohning maqtovini bir pulga olma, chunki biri makr tuzog‘ini qo‘ygan va ikkinchisi tamagirlik qilgan bo‘ladi. Ushbu gapda haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) egalar har xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. B) holning faqat bir ma’no turi qo‘llangan C) otlashgan so‘zlar bir xil gap bo‘lagi bo‘lib kelgan D) aniqlovchilar ham vositali, ham vositasiz to‘ldiruvchilarga tobelangan. 26 / 30 26. “Padarkush” dramasidagi domla obraziga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni aniqlang. A) Boylarga nasihat qilish orqali kata boylik va obro‘ga ega bo‘lgan din ulamosi. B) Faqat boylarga nasihat qiladigan, kambag‘allarga e’tibor bermaydigan inson. C) Millat taqdiriga befarq bo‘lmagan, uning kelajagini faqat ilm olishda deb bilgan obraz. D) Millat bolalarini faqat shariat ilmini va zarurati diniyani o‘rgatishga chaqirgan shaxs. 27 / 30 27. Ushbu she’rdagi NOTO‘G‘RI mulohazani toping Menga qulluq qilma, Yurt tuprog‘in o‘p, Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning sen-u mendek shoirlari ko‘p, Buyuk elga endi daholar kerak. Qaddingni baland tut, Bo‘lma serta’zim, Cho‘qqi bo‘lolmasang, mahkam qoya bo‘l. Pillapoya bo‘ldim senga, azizim, Sen ham gal kelganda pillapoya bo‘l... A) Shoir she’r orqali inson oldiga aniq maqsad qo‘yishi va dadil bo‘lishi kerakligini aytadi. B) Shoir fidolar so‘zi orqali yurtini sevuvchi u uchun borini beruvchi insonlarni nazarda tutadi. C) Shoir pillapoya so‘zi orqali o‘zining oyoqosti bo‘lganligini aytadi. D) Shoir yurtga chinakam daholar kerakligini ta’kidlaydi. 28 / 30 28. Qaysi gapda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchani qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud? A) Ba’zilar tananing og‘irligiga bo‘yning mutanosibligini sog‘lomlik va go‘zallik belgisi deb hisoblashadi. B) Hozirgi kunda o‘zim yoqtirmagan joyda ishlaganman. C) O‘qiladigan qiz butun jamiyatni o‘zgartirishi mumkin, chunki u farzandini ham o‘qitishga harakat qiladi. D) Vatan istiqboli, yurt farovonliligi uchun jonini qurbon qilgan bobolarimiz ruhi hamisha shod bo‘lsin. 29 / 30 29. Qaysi gapda o‘tgan zamon qo‘shimchasi uslubiy ma’no ifodalamagan? A) Yur, ketdik. Qorning to‘qmi? B) Shuncha narsani bilding, o‘rganding. Endi unga amal qil. C) Saidxon aka, bu qanday ko‘rgilik-a? Endi men nima qildim. D) Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ketdim. 30 / 30 30. Qaysi qatorda ergashgan qo‘shma gap berilgan? A) Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan hissasi yaxshi. B) Bu daraxtning bo‘yi baland, lekin mevasi kam. C) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. D) Donolar deydiki: «Vaqting ketdi – baxting ketdi». 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz