10-sinf Geografiya olimpiada №4

7
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

10-sinf Geografiya olimpiada №4

2023-yil 17-oktyabr:

2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 30

1. Meteorologik stansiyalarda havo harorati har necha soatda kuzatilib turiladi?

2 / 30

2. Avaza majmuasi qaysi davlat hududida joylashgan?

3 / 30

3. Gvineya qo‘ltig‘i mamlakatlari orasida neft-gaz zaxiralariga eng boy davlat qaysi?

4 / 30

4. Shimoliy Amerikaning aralash va keng bargli o‘rmonlar tabiat zonasida qanday tuproqlar tarqalgan?

5 / 30

5. O‘zbekistonda nechta shaharcha aholi punktlari mavjud (2019-yil)?

6 / 30

6. Quyidagilardan qaysi biri yunonchada „aylanmoq, o‘zgarmoq“ maz munini beradi?

7 / 30

7. Xaritada 1 raqami bilan qaysi tabiat zonasi tasvirlangan?

8 / 30

8. Agar havo harorati +20 °C bo‘lsa havo o‘zida qancha miqdorda suv bug‘ini tutib tura oladi?

9 / 30

9. Rasmda ko‘rsatilgan A nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo bosimi 730 mm Hg. B nuqtadagi havo bosimini aniqlang.

10 / 30

10. Xaritada 5 raqami bilan qaysi davlat ko’rsatilgan?

11 / 30

11. Quyidagi ta’rif Shimoliy Amerika materigining qaysi tabiat zonasiga mos keladi? “O‘simliklardan mox va lishayniklar, qiyoq, pakana tol, qayin, buta, o‘t o‘simliklar, toshyorar o‘sadi. Hayvonlardan qor qo‘chqori, karibu- shimol bug‘usi, oq tulki (pesets), bo‘ri, sohillarda morj va tyulenlar uchraydi”

12 / 30

12. Xaritada S harfi bilan belgilangan yarim orolni belgilang

13 / 30

13. Muayyan davrda alohida davlatning harbiy mojarolar ro‘y berayotgan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hudud va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqadorligiga ko‘ra baholanadigan geografik o‘rinni belgilang.

14 / 30

14. Quyidagi rasmda ko‘rsatilgan B nuqtaning geografik koordinatasini aniqlang.

15 / 30

15. “Kasbiy dengizi uning qirg’oqlarini yuvib turadi, aholi diniy tarkibida shia musulmonlarining ulushi ko’proqni tashkil etgani holda, davlat byudjeti uchun eng katta daromad manbai neft va gaz eksporti hisoblanadi” Quyidagi davlatlarning qaysi biri uchun yuqoridagi ta’rif mos keladi?

16 / 30

16. Quyidagi geografik obyektlarni davlatlar kesimida joylashtiring 1)Qozog’iston; 2)Qirg’iziston; 3)Turkmaniston; 4) Tojikiston a; Avaza,Murg’ob, Tajan, Kopetdog’; b; Qarag‘anda, Ekibastuz; c; Qumtor, Chu, Talas; d; Tursunzoda, Sarez;

17 / 30

17. Alyaskada ko‘p uchraydigan hayvonlar qaysilar?

18 / 30

18. Ko‘plab geografik joy nomlari va terminlarga izoh yozilgan asar qaysi?

19 / 30

19. Agar ikki shahar orasidagi 900 km li masofa xaritada 5 cm ga teng qilib tasvirlangan bo‘lsa, shu xaritaning masshtabini aniqlang.

20 / 30

20. Quruqlikda organizmlarning tarqalishi nimalarga bog‘liq?

21 / 30

21. Xaritada berilgan 1,2,3,4 raqamlardagi davlatlarning poytaxtlarini aniqlang:

22 / 30

22. Shimoliy tropik chizig‘i rasmda qaysi harf bilan belgilangan?

23 / 30

23. Qaysi hududlar o‘simlik va hayvonot dunyosiga juda boy?

24 / 30

24. Quyidagi grafikdan foydalanib, 15 kunlik o‘rtacha havo haroratini aniqlang.

25 / 30

25. Klimanjaro vulqonining balandligi qancha?

26 / 30

26. Xaritada A harfi bilan qaysi yarim orol belgilangan?

27 / 30

27. Shimoliy Amerika materigi kattaligi jihatidan nechanchi o‘rinda turadi?

28 / 30

28. Quyidagilardan Sharqiy Osiyo subregioniga kiradigan davlatni toping

29 / 30

29. Vilоyat vа tumаnlаrni tuzish vа tugаtish, ulаr chеgаrаlаrini o‘zgаrtirish qanday аmаlgа оshirilаdi?

30 / 30

30. Bulutlar qaysi qatlamda paydo bo‘ladi?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0