Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №4 Geografiya olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 1113 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Geografiya olimpiada №4 2023-yil 17-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Shimoliy magnit qutbining geografik o‘rnini kim aniqladi? A) R.Amundsen B) A.Makkenzi C) I.Fyodorov D) V.Bering 2 / 30 2. Qaysi materik berk havzalar maydoniga ko‘ra yetakchi? A) Afrika B) Yevrosiyo C) Shimoliy Amerika D) Janubiy Amerika 3 / 30 3. Quyidagi ta’rifda qaysi sanoat tarmog’i haqida gap ketmoqda? “Qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham ishlab chiqariladi. U ko‘plab tarmoqlarni xomashyo va materiallar bilan ta’minlar ekan, o‘z navbatida boshqa tarmoqlardan energiya, jihozlar va transport vositalarini oladi” A) elektroenergetika B) mashinasozlik C) kimyo D) rangli metallurgiya 4 / 30 4. Qutb yog‘dulari, “Yulduz uchishi” hodisalari Atmosferaning qaysi qatlamlarida ro‘y beradi? A) termosfera va stratosfera B) stratosfera va mezosfera C) troposfera va stratosfera D) mezosfera va termosfera 5 / 30 5. Xaritada 4 raqami bilan qaysi tabiat zonasi tasvirlangan? A) Dasht (Pampa) B) Sernam ekvatorial o‘rmonlar C) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar D) Savanna va siyrak o‘rmonlar 6 / 30 6. 20°–30° shimoliy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang. A) La-Pas, Manama, Dakka, Nyu-Dehli B) Antananarivu, Nassau, Manama, Dakka C) Ar-Riyod, Manama, Dakka, Nyu-Dehli D) Luanda, Nassau, Manama, Nyu-Dehli 7 / 30 7. Mamlakatimizning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy tekislik qismlarida bir yillik yog‘in miqdori qancha? A) 1000-1200 mm B) 200 mm C) 500 mm D) 800-900 mm 8 / 30 8. BMT qaysi yilda cho‘llashishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyani qabul qildi? A) 1995-yil; B) 1994-yil; C) 1987-yil; D) 978-yil; 9 / 30 9. 1987-yilda bir nechta davlatlar freon gazlarini ishlab chiqarishga va ulardan foydalanishga cheklovlar to‘g‘risidagi xalqaro bitimni imzolagan edi. Ushbu bitim imzolangan davlat va shaharni toping A) Fransiya-Monreal B) Kanada-Ottava C) Kanada-Monreal D) Fransiya -Parij 10 / 30 10. Agar odamning kuzatish balandligi 20 metr bo’lsa, u qancha masofani ko’ra oladi? A) 4 km B) 11 km C) 16 km D) 36 km 11 / 30 11. Quyidagi mamlakatlar orasidan mutlaq teokratik monarxiya tipiga kiruvchi davlatlarni ajrating. 1. Ummon; 2. Daniya; 3. Qatar; 4. Saudiya Arabistoni; 4. Belgiya; 5. Buyuk Britaniya; 6. Bruney; 7. Vatikan. A) 3 va 4 B) 5 va 6 C) 4 va 7 D) 1 va 3 12 / 30 12. Toshkentda yillik amplituda qanchaga teng? A) 26 ⁰C B) 32 ⁰C C) 24 ⁰C D) 28 ⁰C 13 / 30 13. Toshkentda havo harorati 0O C, havo bosimi 720 mm bo‘lsa, Toshkentning dengiz sathidan balandligi qancha? A) 400 m B) 760 m C) 40 m D) 76 m 14 / 30 14. Xaritada 8 raqami bilan qaysi davlat ko’rsatilgan? A) Yaman B) Afg’oniston C) Pokiston D) Hindiston 15 / 30 15. Ushbu ta’rif qaysi geograik ob’yektga tegishli? “Тuron tekisligining markazida, Ustyurt platosidan sharqda joylashgan, shimoli sharqdan janubi g‘arbga cho‘zilgan tektonik cho‘kmada hosil bo‘lgan”. A) Sulton Uvays tog’i B) Sariqamish ko’li C) Orol dengizi D) Qizilqum cho’li 16 / 30 16. Quyidagi grafikdan foydalanib, 15 kunlik o‘rtacha havo haroratini aniqlang. A) 25.3 ⁰C B) 24.3 ⁰C C) 26.3 ⁰C D) 23.4 ⁰C 17 / 30 17. O‘rtа Оsiyo dаryolаri to‘yinishigа, ya’ni qаyеrdаn suv оlishigа qаrаb necha guruhgа bo‘linаdi? A) 3 guruhga B) 5 guruhga C) 6 guruhga D) 4 guruhga 18 / 30 18. Quyidagi ta’rif qaysi viloyat uchun mos keladi?“Sanoatning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi shahar aholisining tez ko‘payishiga olib kelmoqda. Cho‘l chorvachiligi sohasida mamlakatda yetakchi, mamlakatimizning eng kenja viloyati.” A) Buxoro B) Samarqand C) Andijon D) Navoiy 19 / 30 19. Xaritada E harfi bilan qaysi yarim orol belgilangan? A) Labrador ya.o. B) Kaliforniya ya.o. C) Yukatan ya.o. D) Alyaska ya.o. 20 / 30 20. Qaysi shamol har ikkala yarim sharning 30o kengliklaridan ekvatorga qarab doimiy esib turadi? A) passat B) briz C) musson D) g‘arbiy shamollar 21 / 30 21. Tabiiy ko‘payishning eng yuqori ko‘rsatkichi qaysi materikka xos? A) Afrika B) Shimoliy Amerika C) Janubiy Amerika D) Yevrosiyo 22 / 30 22. Yer yuzasidagi eng ko‘p yog‘in yog‘adigan joy qayer? A) Yangi Gvineya B) Gavayi orollari C) Yangi Zellandiya D) Kuba oroli 23 / 30 23. Rasmda ko‘rsatilgan A nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo bosimi 730 mm Hg. B nuqtadagi havo bosimini aniqlang. A) 380 mm B) 480 mm C) 580 mm D) 680 mm 24 / 30 24. Quyidagi Dunyo siyosiy xaritasidag o‘zgarishlarni sodir bo‘lgan yiliga moslab chiqing:1.Sovet Ittifoqi parchalandi. 2. Yugoslaviya Ittifoqi parchalandi. 3. Chexoslovakiya ikkiga bo‘lindi. 4. Germaniya va Yaman birlashdi. a) 1990 b) 1991 c) 1991 – 1992 d) 1993 A) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d 25 / 30 25. Meteorologik stansiyalarda havo harorati har necha soatda kuzatilib turiladi? A) 2 soatda B) 3 soatda C) 5 soatda D) 8 soatda 26 / 30 26. Quyidagilardan “bir millatli” davlatlarni ajrating: Yaponiya, AQSH, Fransiya, Islandiya, Turkiya, Kanada, Belgiya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Norvegiya; A) Turkiya, Kanada, Belgiya, B) Yaponiya, AQSH, Fransiya, C) Yaponiya, Islandiya, Norvegiya; D) Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, 27 / 30 27. Ptolemey tuzgan “Dunyo xaritasi”da 2 va 3 raqamlari bilan qaysi daryolar ko‘rsatilgan? A) Hind va Nil B) Gang va Nil C) Ra va Istr D) Yaksart va Oks 28 / 30 28. O‘simliklar uchun namlanish darajasi qancha bo‘lganda eng qulay sharoit bo‘ladi? A) 1,0 dan 1,9 gacha B) 0,1 dan 1,9 gacha C) 1,1 dan 0,9 gacha D) 0,9 dan 1,9 gacha 29 / 30 29. Mahalliy dinlar va e’tiqod qiluvchilarning asosiy qismi tarqalgan davlatlarni belgilang. 1. Iudaizm 2. Konfutsiylik 3. Daosizm 4. Sintoizm 5. Sikxizm 6. Hinduizm a) Hindiston, Nepal, Shri Lanka b) Hindiston (Panjob shtati) c) Xitoy d) Yaponiya e) Isroil, AQSH A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-c, 5-e, 6-b B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-c, 5-d, 6-e C) 1-e, 2-c, 3-c, 4-d, 5-b, 6-a D) 1-e, 2-c, 3-d, 4-c, 5-b, 6-a 30 / 30 30. Musson shamollari qaysi hududlarda kuchli bo‘ladi? A) G‘arbiy Afrikada B) Shimoliy va G‘arbiy Osiyoda C) Sharqiy va Janubiy Osiyoda D) Shimoliy va Sharqiy Amerikada 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6