Uy » Diagnostika testlari » Boshlangi’ch sinf diagnostika savollari Diagnostika testlari Boshlangi’ch sinf diagnostika savollari InfoMaster Dekabr 4, 2023 2346 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 9 0% 3 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 OMAD YOR BO'LSIN! Boshlangi'ch sinf diagnostika savollari Tayyorgarlik uchun test savollari! 1 / 50 1. Sezgiga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping? A) insondagi yangi harakat obraz va tushunchalarning paydo bo’lishi. B) tashqi muhit va nutqga suyangan holda idrokning ichki rejalari. C) odamning real yoki abstrakt obektlarga subektiv munosabatini ifodalovchi hissiy jarayon. D) inson psixikasini va ongini jamlagan holga keltirish maqsadida unga aqliy ta’sir o’tkazish. 2 / 50 2. Bola rolli o’yinlar orqali... A) Kasbiy faoliyat ko’nikmalari ortadi B) Ta’lim C) Mexnatsevarlik D) Ijtimoiylashadi 3 / 50 3. Shaxsning bilish jarayonlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping? A) sezgi, idrok, xotira, tasavvur, tafakkur B) temperament, xarakter, qobiliyat C) emotsiya, iroda D) emotsiya, temperament 4 / 50 4. Individual so’ziga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping? A) tashqi muhit va nutqga suyangan holda idrokning ichki rejalari. B) insondagi yangi harakat obraz va tushunchalarning paydo bo’lishi. C) individning tug’ilgandan boshlab to hayotining so’ngigacha davom etadigan o’ziga xos shakllanish jarayoni. D) inson psixikasini va ongini jamlagan holga keltirish maqsadida unga aqliy ta’sir o’tkazish. 5 / 50 5. Individ so’ziga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping? A) alohida mustaqil holda mavjud bo’lgan organism. B) tashqi muhit va nutqga suyangan holda idrokning ichki rejalari. C) nerv tizimining bazi genetik nazariyalari va xususiyati. D) insondagi yangi harakat obraz va tushunchalarning paydo bo’lishi. 6 / 50 6. Temperamentning ta'rifi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Kishining biror bir ijtimoiy ob'ekt bilan bog‘liq oliy madaniy-shartli ichki his-tuyg‘usi B) b)Insonni turli vaziyatga munosabati. C) Ijtimoiy munosabatlar ta'sirida orttirilgan sifatlar. D) Shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zguruvchan) va emotsional hissiyot tomonlarini xarakterlovchi xususiyatlar majmuasi. 7 / 50 7. Sevgi tuyg‘usi qaysi yoshlarga xos? A) barcha yoshlarga xos. B) 16-18. C) 16-45. D) 7-10. 8 / 50 8. O‘qish faoliyati qaysi davrlarda amalga oshadi? A) O‘spirinlik. B) b c javoblar to‘g‘ri. C) O‘smirlik. D) yetuklik. 9 / 50 9. Ilk bolalik davri necha yosh hisoblanadi? A) 3-7 yosh. B) 1-3 yosh. C) 2-6 yosh. D) 5-7 yosh. 10 / 50 10. Psixologiya fani nimani o‘rganadi? A) Psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va yuzaga kelish mexanizmlarini o‘rganadi. B) Psixologiya ong haqidagi fan, ongning kelib chiqish sabablarini o‘rganadi. C) Psixologiya jon, ruh haqidagi fan. Psixologiya insonning psixik jarayonlarini, individual tipologik xususiyatlarini va Shaxslararo bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganadi. D) Uyquni xususiyatlarini o‘rganadi. 11 / 50 11. Ulushlar deb nimaga aytiladi? A) butunning teng bo‘laklari ulushlar deyiladi B) bir butun ulush deyiladi C) ulush bu kasr D) butunning yarmi teng bo‘laklari ulushlardir 12 / 50 12. Innovasiya bu - …? A) innovasion (inglizcha innovasion) - yangilik kiritish, yangilik yaratish demakdir B) innovasion (lotincha innovasion) – kashf qilmoq demakdir C) innovasion (ispancha innovasion) - izlanish yangicha fikrlash demakdir D) innovasion (grekcha innovasion) – ijodiy fikrlash demakdir 13 / 50 13. "Baliq skleti" texnologiyasi yakunida nima chiqariladi? A) xulosa B) baho C) natija D) yakun 14 / 50 14. So'z turkumlariga oid tahlil qanday tahlil deb ataladi? A) leksik tahlil B) sintaktik tahlil C) fonetik tahlil D) morfologik tahlil 15 / 50 15. Uy vaifasini tekshirish darsning qanday bosqichi hisoblanadi? A) umumiy B) majburiy C) ixtiyoriy D) maqsadli 16 / 50 16. Pedagogik jarayonlarga nimalar kiradi? A) jarayon, boshqaruv, metod B) motiv, metod, jarayon C) natija, metod D) motiv, jarayon, natija 17 / 50 17. Tolerantlik so'zining ma'nosi nima? A) harakatchanlik B) qobiliyat C) bardosh,intilish D) chidam,sabr-toqat 18 / 50 18. O‘nli kasrlar va ular ustida amallarni kim kashf etgan? A) Umar Hayyom B) Gʻiyosiddin Jamshid C) Muhammad Taragʻay Ulugʻbek D) Nasriddin Tusiy 19 / 50 19. arakatga doir masalalar deb qanday masalalar tushuniladi? A) masofa, vaqt, tezlik orasidagi bog'lanishni ifodalovchi masalalar B) biror jism harakatini ifodalovchi masalalar C) biror hodisaning vaqtini topish talab qilinadigan masalalar D) jism, harakat yo'nalishini ifodalovchi masalalar 20 / 50 20. O‘qish fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan nechta yo‘nalishda DTS talablari belgilangan? A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 5 ta 21 / 50 21. Ta’lim olish, taraqqiyot va madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish qaysi paradigmaning maqsadiga kiradi? A) pedagogik paradigma B) ratsionalistik (bixevioristik) paradigma C) bilim olish paradigmasi D) psixologik paradigma 22 / 50 22. An’anaviy-konservativ paradigma nimani asoslaydi? A) bilim paradigmasi B) psixologik paradigma C) pedagogik paradigma D) ratsionalistik (bixevioristik) paradigma 23 / 50 23. Ota-onalar e’tiborini tarbiyaning biror muammosiga jalb etish maqsadida o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbir nomi? A) yigʻilishlar B) majlis-munozaralar C) treninglar D) uchrashuvlar 24 / 50 24. O‘quvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilimi jihatidan ham teng bo‘lgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog? A) o‘qituvchi B) sinf rahbari C) pedagog D) trener 25 / 50 25. Tabiatshunoslik fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablarining uchinchi yo‘nalishi qanday nomlandi? A) tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish B) globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi C) geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi D) tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi 26 / 50 26. Tabiatshunoslik fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablarining ikkinchi yo‘nalishi qanday nomlandi? A) globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi B) geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi C) tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi D) tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish 27 / 50 27. Tabiatshunoslik fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablarining birinchi yo‘nalishi qanday nomlandi? A) globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi B) tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi C) tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi D) geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi 28 / 50 28. Tabiatshunoslik fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan nechta yo‘nalishda DTS talablari belgilangan? A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta 29 / 50 29. Matematika o‘qitish metodikasining tadqiqot metodlari? A) induksiya, deduksiya, anologiya B) og‘zaki,amaliy, interfaol C) interfaol D) amaliy metodlar 30 / 50 30. “Berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi” A1 darajasi qaysi kompetensiyani o‘z ichiga oladi? A) kognitiv kompetensiya B) kognitiv , ijodiy fikrlash kompetensiyasi C) kognitiv mustaqil fikrlash kompetensiyasi D) matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya 31 / 50 31. Matematika fani bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablari to‘g‘ri belgilangan qatorni toping? A) matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya va kognitiv kompetensiya B) matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya, mustaqil ijodiy fikrlash C) matematika mazmuniga oid umumiy va xususiy kompetensiya D) matematikaga oid umumiy kompetensiya, kognitiv va mustaqil ijodiy fikrlash 32 / 50 32. Ijodiy mashqlar qanday o‘tkaziladi? A) ijodiy mashqlarda o‘quvchilar o‘zlari erkin ravishda gap tuzadilar B) gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‘quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar C) gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‘quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar. Narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, o‘quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar D) narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, o‘quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar 33 / 50 33. Husnixat malakalari qachondan takomillashtirib boriladi? A) 1-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab B) 2-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab C) 1-sinfda o‘quv yilining 1-yarmidan boshlab D) 2-sinfda o‘quv yilining 1-yarmidan boshlab 34 / 50 34. Husnixatga o‘rgatishning vazifasi? A) so‘z, gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir B) yozuvni o‘rganish jarayonida o‘quvchi tovushning shakli bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan xatolarini o‘zi tuzata olishi kerak C) harf, so‘z, gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir D) yozuvni o‘rganish jarayonida o‘quvchi tovushning shakli bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan grafik kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi rahbarligida o‘zi tuzata olishi kerak 35 / 50 35. Dasturda tez yozish ko‘nikmalari nechanchi sinflarda shakllantiriladi? A) 3-4-sinflarda B) 1-2 sinflar C) 2-3 sinflar D) 2-3 sinflar 36 / 50 36. Prezidentimizning "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish bo‘yicha kommissiya tuzish to‘gʻrisida"gi farmoyishi qachon imzolangan? A) 2017 yil 6 -aprel B) 2017- yil 12- yanvar C) 2017-yil 15-mart D) 2014-yil 19-fevral 37 / 50 37. A1 standarst darajada adabiy-nutqiy kompetensiya bo‘yicha boshlangʻ`ich ta'lim yakunida kichik hajmdagi nechta she'rni aytib bera oladi? A) 20 ta she'r B) 8-10 ta she'r C) 10-12 ta she'r D) 20-25 ta she'r 38 / 50 38. A1 standart darajada adabiy-nutqiy kompetensiya bo‘yicha boshlangʻ`ich ta'lim yakunida bir daqiqada nechta so‘zni o‘qiy oladi? A) 55-60 so‘z B) 70-80 so‘z C) 80-90 so‘z D) 50-55 so‘z 39 / 50 39. O‘qish fanidan necha yo‘nalishda kompetensiyaviy yondashuvni belgilaydi? A) 4 B) 1 C) 2 D) 3 40 / 50 40. 4-sinf uchun yaratilgan multimedia ilovali metodik qo‘llanmalar qachon ishlab chiqilgan? A) 2016-yil B) 2014-yil C) 2015-yil D) 2017-yil 41 / 50 41. N utqiy kompetensiyaga ko‘ra 4-sinf yakunida necha so‘zdan iborat diktant yoza oladi? A) 80-90 B) 60-70 C) 60-65 D) 65-70 42 / 50 42. inglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish kabilar qaysi kompetensiyani amalga oshiradi? A) badiiy asarni tahlil qilish B) nutqiy C) adabiy-nutqiy D) Lingivistik 43 / 50 43. Malaka nima? A) o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish B) nazariy va amaliy bilim, ko‘nikmalarni amalda qo‘llash va yangi bilimlar hosil qilish C) nazariy bilimlarni amalda qo‘llash D) o‘rganilgan bilim va shakllangan amalda qo‘llash 44 / 50 44. Diktant so‘zining ma’nosi qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) bo‘lim tugaganda o‘quvchilar bilimini tekshirish B) aytib turmoq, gapirmoq, so‘zlamoq C) olingan bilimlarni sinovchi yozma ish D) aytib ko‘riladigan yozma ish 45 / 50 45. Kichik yozma harflar tutashtirilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? A) 4 guruhga bo‘linadi yuqori pastki qismidan tutashtiriladi B) 3 guruhga bo‘linadi yuqori pastki o‘rta qismidan tutashtiriladi C) 4 guruhga bo‘linadi D) guruhga bo‘linmaydi 46 / 50 46. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifboda nechta harf va harf birikmasi mavjud? A) 28 ta harf va 3 ta birikma B) 26 ta harf va 3 ta birikma, 1ta belgi C) 32 ta harf 2 ta belgi D) 30 ta harf va 1 ta belgi 47 / 50 47. Unlilar qatorini belgilang. A) a, o, g, t. sh, e B) o, i, u, t, sh C) o, i, u, g, ch, t D) a, o, i, u, e, o‘ 48 / 50 48. UO‘T muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun qanday hujjat asos hisoblanadi? A) o‘quv yuklamasining sinflar bo‘yicha taqsimoti B) davlat ta’lim standarti C) tayanch o‘quv reja D) o‘quv yuklamasining minimal hajmi 49 / 50 49. Modulli texnologiyalarga tarif bering ? A) modulli texnologiyalar-modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, o‘quvchining mustaqil faoliyatiga asoslangan, shakllaridan foydalangan holda tashkil etiladi B) еng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, o‘quvchining mustaqil faoliyatiga asoslangan C) modulli texnologiyalar-eng zamonaviy texnologiya eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotli tizim D) B.K.M. diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon 50 / 50 50. Hozirga kunda jahon pedagogikasida «pedagogik texnologiya» tushunchasiga necha xil tarif berilgan? A) 9 xil B) 12 xil C) 11 xil D) 10 xil 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Informatika fanidan diagnostika savollari
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Tasviriy san’at fanidan diagnostika savollari
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 Musiqa fanidan diagnostika savollari
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Texnologiya fanidan diagnostika savollari