Uy » Diagnostika testlari » Informatika fanidan diagnostika savollari Diagnostika testlari Informatika fanidan diagnostika savollari InfoMaster Dekabr 11, 2023 223 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 OMAD YOR BO'LSIN! Informatika fanidan diagnostika savollari 9-dekabr kuni onlinedu.uz saytida tushgan savollar Savollarda kamchilik bo'lishi mumkin. 1 / 50 1. ≤table≥ tegining border atributi qanday vazifani bajaradi? A) Yacheykalarni ajratib turgan chiziq turini aniqlaydi B) Jadval chizigʻining rangini aniqlaydi C) Jadvalning sahifa kengligi boʻylab joylashuvini aniqlaydi D) Jadval ramkasining qalinligini aniqlaydi 2 / 50 2. HTML. Qaysi teg yordamida jadvalning qatorlari hosil qilinadi? A) <row> B) <td> C) <th> D) <tr> 3 / 50 3. Quyida berilgan sonlarni oʻsish tartibida joylashtiring 1) 10011100(2) 2) 9F(16) 3) 222(8) A) 3, 1, 2 B) 3, 2, 1 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 1 4 / 50 4. Ushbu berilgan dasturda n = 2750 boʻlganda ekranga chiqadigan natijani toping A) 14 B) 1270 C) 721 D) 13 5 / 50 5. Modem turlari berilgan qatorni toping. A) Ichki modem, planshetli modem B) Ichki modem, tashqi modul C) Tashqi modem, barabanli modem D) Tashqi modem, ichki modem 6 / 50 6. Quyidagilardan qaysi biri kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun dastur yozishga imkon beradigan til hisoblanadi? A) Scratch B) JavaScript C) Java D) PHP 7 / 50 7. Axborot oʻlchov birliklarini kamayish tartibida koʻrsating 1. TB (tera bayt) 2. GB (giga bayt) 3. PB (peta bayt) 4. ZB (zeta bayt) 5. EB (ekza bayt) A) 4, 5, 3, 1, 2 B) 3, 4, 5, 1, 2 C) 4, 3, 5, 1, 2 D) 5, 3, 4, 1, 2 8 / 50 8. Faqat ommaviy ochiq onlayn kurslar (MOOC) berilgan javobni belgilang 1. Moodle 2. Coursera 3. Joomla 4. EdX 5. Drupal 6. Лекториум A) 2, 4, 6 B) 1, 2, 6 C) 2, 5, 6 D) 3, 4, 5 9 / 50 9. Informatika yosh fan hisoblansa-da, uning kelib chiqish ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Bu fanning ilmiy asoslari qanday tushunchalar ustiga qurilgan? A) Bilish, mantiq va algoritm B) Kompyuter, dastur va intellekt C) Formal mantiq, algoritm va dastur D) Algoritm, dastur va internet 10 / 50 10. Dastur natijasini toping A) 49.6 $ B) 405.0 $ C) 54.0 $ D) 450.0 $ 11 / 50 11. Nozima 4 lik sanoq sistemasida eng katta toʻrt xonali va eng kichik uch xonali sonlarni yozdi. Ushbu sonlarning yigʻindisini oʻnlik sanoq sistemasiga oʻtkazing. A) 300 B) 255 C) 233 D) 271 12 / 50 12. Moslashtiring Quyida berilgan atamalar va ularning ta’riflari mos kelgan javob variantini belgilang: 1) Interfeys 2) CLI 3) GUI a) Foydalanuvchilar kompyuter bilan ishlashining matnli usuli. b) Foydalanuvchilar kompyuter bilan ishlashining vizual usuli (shu jumladan, oynalar, tugmalar, menyular, rasmlar va matn shaklida). c) Oʻzaro aloqa va muvofiqlashtirish vositasidir. A) 1b, 2c, 3a; B) 1c, 2a, 3b; C) 1c, 2b, 3a; D) 1a, 2b, 3c; 13 / 50 13. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring MS Word dasturida CTRL+Q tugmalar kombinatsiyasi bosilganda ... A) qatorlar orasidagi boʻsh joyni sozlash oynasini ishga tushadi B) kursor satrning eng oxiriga oʻtadi C) oldingi qatorga boʻsh joy qoʻyiladi D) barcha yozuvlarni o'chirib tashlaydi 14 / 50 14. Kompyuterga dasturiy ta’minotni oʻrnatish jarayoni qanday ataladi? A) installyatsiya B) inversiya C) kompilyatsiya D) dizyunksiya 15 / 50 15. HTML. ≤textarea≥ tegi qaysi obyektga tegishli teg hisoblanadi? A) Mediafayl B) Jadval C) Forma D) Gipermurojaat 16 / 50 16. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring... – axborotni katta tezlikda qayta ishlovchi universal avtomatik qurilma. A) kompyuter B) plotter C) server D) robot 17 / 50 17. HTML. Quyidagi qaysi javobga veb sahifaga gipermurojaat oʻrnatish toʻgʻri yozilgan? A) <a src="https//api.onlinedu.uz/storage/question/https//www.uzedu.uz"> https//www.uzedu.uz </a> B) <a href="https//www.uzedu.uz"> XTV sayti </a> C) <a url=https//www.uzedu.uz> XTV sayti </a> D) <a link="https//www.uzedu.uz"> XTV sayti </a> 18 / 50 18. Quyida berilgan sonlarni kamayish tartibida joylashtiring 1) 307(8) 2) D3(16) 3) 11001011(2) A) 2, 3, 1 B) 1, 3, 2 C) 3, 1, 2 D) 1, 2, 3 19 / 50 19. Informatika fani ustozi “Ball” nomli ustunga oʻquvchilarning olgan ballarini yozib chiqdi. U “Baho” ustunning C2 katakchasiga formula kiritib, avtotoʻldirishdan foydalanib formulani nusxaladi C2 da yozilgan formulani toʻgʻri toping. A) =ИЛИ(B2<=50; 2; ИЛИ(B2<=70; 3; ИЛИ(B2<=85; 4; 5))) B) =И(B2<=50; 2; B2<=70; 3; B2<=85; 4; B2<=100; 5) C) =ЕСЛИ(B2<=50; 2; B2<=70; 3; B2<=85; 4; B2<=100; 5) D) =ЕСЛИ(B2<=50; 2; ЕСЛИ(B2<=70; 3; ЕСЛИ(B2<=85; 4; 5))) 20 / 50 20. Quyidagilardan qaysi birida F harfi bilan boshlanuvchi tartiblangan roʻyxat hosil qilish koʻrsatilgan? A) <ol type="A" begin=F> B) <ul type="A" start=F> C) <ol type="A" start=6> D) <ul type="A" start=5> 21 / 50 21. Dastur natijasini aniqlang A) 1 2 6 24 720 B) 1 2 6 24 120 C) 120 D) 720 22 / 50 22. Informatika fanidan boʻlib oʻtayotgan olimpiadada 301 ta oʻquvchi qatnashmoqda. Ularning 154 tasi oʻgʻil bola va 125 tasi qiz bola ekanligi ma’lum. Ushbu ma’lumotda sonlar qaysi sanoq sistemasida berilmoqda? A) 8 lik B) 7 lik C) 6 lik D) 9 lik 23 / 50 23. HTML. Quyida berilgan teglardan qaysi biri juft teg emas? A) <th> B) <b> C) <hr> D) <h1> 24 / 50 24. Moslikni toping 1) Ierarxix 2) Statistik 3) CMYK a) Elektron jadvallar b) Ma’lumotlar bazasi c)Kompyuter grafikasi A) 1a, 2b, 3c. B) 1c, 2a, 3b. C) 1b, 2c, 3a. D) 1b, 2a, 3c. 25 / 50 25. Yuqorida berilgan dasturda n = 143, m = 23 boʻlganda ekranga chiqadigan natijani toping. A) Natija 143 va 23 B) Natija 10 va 8 C) Natija 6 va 5 D) Natija 5 va 6 26 / 50 26. ... – kompyuterni sichqonchasiz boshqarish va dastur belgilagan maxsus amallarni bajarish tugmachalari hisoblanadi. A) Kursorni boshqarish tugmachalari B) Yordamchi tugmachalar C) Funksional tugmachalar D) Indikator tugmachalar 27 / 50 27. Gipermatn bosilganda yangi oynada yuklanishi uchun target atributining qiymati qanday boʻlishi kerak? A) _blank B) _new C) _self D) _empty 28 / 50 28. MS Word dasturida rasmlar bilan ishlaganda hosil boʻladigan kontekst menyusining qaysi guruhi rasmning foniga, rasm ravshanligi va toʻyinganligiga ta’sir etish imkonini beradi? A) Изменение(Oʻzgarishlar) B) Стили рисунков(Rasm uslublari) C) Размер(Oʻlcham) D) Упорядочить(Tartiblash) 29 / 50 29. Faqat operatsion tizimlar koʻrsatilgan javobni belgilang. A) Linux, CMS B) iOS, Moodle C) IBM, Windows D) Windows, Android 30 / 50 30. MS Word dasturida koʻrsatilgan soʻz yoki matnning bir qismiga tezkor havola yaratish uchun qaysi klaviatura kombinatsiyasidan foydalaniladi? A) Alt+L B) Alt+K C) Ctrl+L D) Ctrl+K 31 / 50 31. Kompyuterdan dasturiy ta’minotni oʻchirish jarayoni qanday ataladi? A) inversiya B) konyunksiya C) implikatsiya D) deinstallyatsiya 32 / 50 32. Dastur natijasini aniqlang A) 5 B) 9 C) 6 D) 12 33 / 50 33. Dastur natijasini aniqlang A) 1 5 2 4 3 B) 1 2 5 4 3 C) 2 4 5 3 1 D) 1 3 5 4 2 34 / 50 34. Internetda joylashgan vebsaytning joriy sahifasi kompyuter xotirasiga qanday saqlanadi? A) Ctrl+S tugmalari yordamida B) Saqlashning iloji yoʻq C) Faqat Unix tizimida saqlash mumkin D) Faqat Google Chrome brauzeri yordamida saqlash mumkin 35 / 50 35. Dengiz mayogʻiga oʻrnatilgan dastur 4 ta lampada 3 xil rangdagi yoritish usulidan foydalanib dengizchilarga turli xabarlarni yetkazadi. Dengiz mayogʻi koʻpi bilan necha turdagi xabarni dengizchilarga yetkazishi mumkin? A) 64 turda B) 25 turda C) 81 turda D) 12 turda 36 / 50 36. Dastur natijasini aniqlang A) Natija: 1357911 B) Natija: 2 C) Natija: 10 D) Natija: 8 37 / 50 37. Quyidagi teglarning qaysi birida yozilgan matn odatiy holatda qalin() koʻrinishda boʻladi? A) <h1>, <h2>, <h3>, <p> B) <h4>, <p>, <h6>, <ol> C) <h1>, <th>, <b>, <strong> D) <li>, <b>, <h1>, <u> 38 / 50 38. MS Excel. A1 katakchadagi =$C$2*$D$7-$B$5 formulaning D1 katakchaga nusxasi qaysi javobda toʻgʻri berilgan? A) =P$2*Q10-$B8 B) =N$2*O11-$B9 C) =N$2*O11-$B9 D) =$C$2*$D$7-$B$5 39 / 50 39. Veb sayt domeniga koʻra saytning qaysi sohaga oidligini ham bilish mumkin. Ushbu berilgan domen nomlari va tashkilotlar oʻrtasidagi moslikni oʻrnating 1) .com 2) .mil 3) .org a) nodavlat tashkiloti b) tijorat tashkiloti c) harbiy tashkilot A) 1c, 2a, 3b B) 1a, 2c, 3b C) 1b, 2c, 3a D) 1c, 2b, 3a 40 / 50 40. Quyida berilgan dasturlardan faqat CMS platformalari berilgan javobni toping? A) Joomla, WordPress B) Udemy, WordPress C) Coursera, Drupal D) Joomla, Moodle 41 / 50 41. ASCII kodlash jadvalining 65-tartib raqamidan oʻrin olgan A harfi kompyuter xotirasida qanday koʻrinishda kodlanadi? A) 10010101 B) 1000001 C) 11000001 D) 1001100 42 / 50 42. MS Excel. Quyidagi formula natijasi 25 ga teng boʻlishi uchun B2 katakchaga kiritilishi kerak boʻlgan qiymatni aniqlang: =ЕСЛИ(ИЛИ(A1+B1<=B2; A1-A2=B1); A1*B2-A2; B1*B2+A2) A) 5 B) 8 C) -4 D) 9 43 / 50 43. Ushbu berilgan dasturda a = 24, b = 64 boʻlganda ekranga chiqadigan natijani toping: A) Natija: 8 B) Natija: 2 C) Natija: 6 D) Natija: 192 44 / 50 44. MS Excel. Elektron jadvalning A7 katakchasiga kiritilgan ushbu formulaning natijasi qanday boʻladi =ПСТР(982;2;1)*ЛЕВСИМВ(895;1) A) 72 B) 64 C) 16 D) 81 45 / 50 45. Dastur natijasini aniqlang A) 10 B) 8 C) 9 D) 7 46 / 50 46. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring MS Word dasturida CTRL+H klavishlar kombinatsiyasi bosilganda ... A) "Найти заменить"oynasi faollashadi B) Kursor satrning eng oxiriga oʻtadi C) "Абзац" oynasi faollashadi D) Kursor hujjatning eng boshiga oʻtadi 47 / 50 47. Saytdagi barcha ma’lumotlar saqlanishi uchun serverdan maxsus ajratilgan joy nima deb ataladi? A) forum B) plagin C) domen D) hosting 48 / 50 48. Dastur natijasini aniqlang A) 1 B) Dastur kodida xatolik mavjud C) 3 D) 2 49 / 50 49. HTML da H2O kabi matnning indeksida va x³+y² kabi darajada yozish uchun mos ravishda qaysi teglar qoʻllanadi? A) Indeksda yozish uchun <sub>, darajada <sup> B) Indeksda yozish uchun <sup>, darajada <sub> C) Indeksda yozish uchun <ol>, darajada <ul> D) Indeksda yozish uchun <pre>, darajada <br> 50 / 50 50. Internet qidiruv tizimlari berilgan qatorni belgilang. A) DuckDuckGo, Bing B) Google, Masaic C) FireFox, Yandex D) MS Edge, Opera 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Tasviriy san’at fanidan diagnostika savollari
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 Musiqa fanidan diagnostika savollari
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Texnologiya fanidan diagnostika savollari
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Tarix fanidan diagnostika savollari