Uy » Attestatsiya testlar » Biologiya attestatsiya » Biologiya attestatsiya №13 Biologiya attestatsiya Biologiya attestatsiya №13 InfoMaster Yanvar 26, 2024 1470 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 23 0% 30 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Biologiya attestatsiya №13 Attsetatsiya 2024 Biologiya fani ustozlari uchun 1 / 50 1. O‘z-o‘zidan ko‘paya oladigan organoidni aniqlang. A) ribosoma B) sentriola C) golji majmuasi D) lizosoma 2 / 50 2. Jag‘-jag‘ning ildiz bo‘g‘izida joylashgan (1) va poyada joylashgan (2) barglari nima bilan farqlanadi? a) qisqa bandli; b) patsimon qirqilgan; c) bandsiz; d) ketma-ket joylashgan A) 1-c, d; 2-a, b B) 1-b, c; 2-a, d C) 1-a, d; 2-b, c D) 1-a, b; 2-c, d 3 / 50 3. DNK molekulasi tarkibidagi (T) timin nukleotidi umumiy zanjirning 16% ni tashkil etadi. Qolgan ukleotidlarning har biri necha foizni tashkil qiladi? A) A−16, G−16, S−16 B) A−34, G−16, S−16 C) A−32, G−32, S−32 D) A−16, G−34, S−34 4 / 50 4. Limfa aylanishining qon aylanishidan qanday farqi bor? A) limfa tomirlari yurakning chap bo‘lmachasidan boshlanadi va vena tomirlariga quyiladi B) limfa suyuqligi aorta orqali yurakka quyiladi C) farqi bo‘lmaydi D) limfa tomirlari to‘qima va organlardan boshlanadi 5 / 50 5. Populyatsiyalarning geografik alohidalanishi ko‘proq qayerda ro‘y beradi? A) populyatsiya arealida alohidalanish ro‘y bermaydi B) tur egallagan arealning barcha qismida C) tur egallagan arealning markazida D) tur egallagan arealning chetki qismlarida 6 / 50 6. Qorin bo‘shlig‘i o‘ng tomonining yuqori qismida qaysi organ joylashgan? A) taloq B) me’da osti bezi C) jigar D) ayrisimon bez 7 / 50 7. Ensefalit nima? A) bosh miya to‘qimasining yallig‘lanishi B) odam tanasining umumiy qaltirashi C) harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig‘lanishi D) muskul tolalari qisqarib, bo‘shasha olmay qolishi 8 / 50 8. Habashiston biogeografik viloyatining sutemizuvchi hayvonlarini belgilang. A) qiloyoq, kanna B) mindanoo, vapita C) kafr buyvoli, maral D) malla revun, shinshilla 9 / 50 9. Cherkez o‘simligining qaysi qismlaridan tayyorlangan dori qon bosimini pasaytirish uchun ishlatiladi? A) ildiz, poya va guli B) bargi va mevasi C) ildiz va poyasi D) barchasi 10 / 50 10. Qaysi o‘simlikning barglari bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, uni mikroskopda butunligicha ko‘rish mumkin? A) spirogira B) piyoz C) g‘o‘za D) elodeya 11 / 50 11. Quyidagi hayvonlarning qaysilari ochiq qon aylanish sistemasiga ega? A) ustritsa, nereida B) qizil chuvalchang, kulrang satir C) midiya, yomg‘ir chuvalchangi D) ipak qurti, taroqcha 12 / 50 12. Yava, Sumatra orollari qaysi biogeografik viloyatga mansub? A) hindomalay B) neoarktik C) neotropik D) paleoarktik 13 / 50 13. Periost nima va u qaysi to‘qimalardan iborat? A) suyak usti pardasi, ko‘p qavatli epiteliy to‘qima B) akson usti pardasi, biriktiruvchi parda C) suyak usti pardasi, biriktiruvchi to‘qima D) yurakning tashqi qavati, biriktiruvchi to‘qima 14 / 50 14. Nerv hujayralarida hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alishlarning o‘tishi qaysi kimyoviy elementlarga bog‘liq? A) Na, K, Ca B) Fe, Mg, K C) Na, K, Fe D) Na, K, Cl 15 / 50 15. Temirtikan o‘simligi qanday poyaga ega? A) chirmashuvchi B) palak yoyib o‘suvchi C) ilashuvchi D) tik o‘suvchi 16 / 50 16. Qaysi manzarali daraxtlarning mevasi qanotchali? A) barchasining B) zarang, terak C) qayrag‘och, burchoq D) shumtol, qayrag‘och 17 / 50 17. Ildiz turlarini aniqlang. a)asosiy; b) o‘q ildiz; c) popuk ildiz; d) yon; e) qo‘shimcha. A) a, d, e B) a, b, c C) b, c D) d, e, c 18 / 50 18. Quyidagi kodonlarning ichidan terminator kodonlarni ajrating. 1) UAG; 2) UAS; 3) UAA; 4) UAU; 5) UGA; 6) UGS A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 5 19 / 50 19. Agar vazopressinning I-RNK molekulasida 9 ta kodon bo‘lsa, u nechta nukleotiddan tashkil topgan bo‘ladi? A) 9 B) 54 C) 3 D) 27 20 / 50 20. Sersut-go‘shtdor sigir zotlarini ko‘rsating. 1) Yaroslavl; 2) Simmental; 3) Gereford; 4) Shortgorn; 5) Qizil dasht; 6) Xolmogor; 7) Kostroma A) 2, 7 B) 2, 4, 6 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 7 21 / 50 21. AACCDdGgJJYyUuXxkk quydagi genotipga ega organizmdan necha xil gameta olish mumkin? A) 32 B) 16 C) 64 D) 18 22 / 50 22. O‘rdakburun qayerga uya quradi? A) ochiq dashtga B) suv ostiga C) uya qurmaydi D) daryo qirg‘og‘iga 23 / 50 23. Odamda birinchi qon guruhi IOIO, ikkinchi qon guruhi gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAIO, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBIO, to‘rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi. I va geterozigota II-guruhiga ega bo‘lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhiga ega bo‘lgan farzandlar dunyoga keladi? A) II, III B) I, II C) IV D) I, II, III, IV 24 / 50 24. Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida kletchatkaning hazm bo‘lishiga yordam beruvchi organizmlarni aniqlang. A) sporalilar va soxta oyoqlilar B) bakteriya va infuzoriya C) bakteriya va xivchinlilar D) infuzoriya va nozema 25 / 50 25. Go‘shti uchun ko‘plab ovlanadigan molluskalarni belgilang. A) bitiniya, sadafdorlar, dreysena B) taroqchalar, ustritsa, midiya C) midiya, taroqchalar, baqachanoq D) dreysena, midiya, ustritsa 26 / 50 26. Ovqat hazm qilish sistemasining qaysi qismida fermentlar ishlab chiqilmaydi? A) og‘iz bo‘shlig‘ida B) oshqozonda C) ingichka ichakda D) qizilo‘ngachda 27 / 50 27. Kapalaklarning xartumi nimalarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi? a)pastki jag‘; b) pastki lab; c) yuqori jag‘; d) yuqori lab A) a, b B) a, c C) b, d D) c, d 28 / 50 28. Organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyatini oshiradigan evolutsion o‘zgarish nima deb ataladi? A) aromorfoz B) regress C) umumiy degeneratsiya D) idioadaptatsiya 29 / 50 29. Ibn Sino qalamiga mansub ”Tib qonunlari” asarining 2- kitobida nimalar haqida ma’lumot berilgan? A) organlarning tuzilishi, kasalliklari, davolash usullari haqida B) jarrohlik, suyaklarning sinishi va chiqishi haqida C) o‘simlik, hayvon va ma’danlardan olinadigan dorilar haqida D) organlardagi kasalliklar, ularni aniqlash va davolash haqida 30 / 50 30. Tiriklikning qaysi xususiyati gomeostaz bilan bog‘liq? A) o‘zini-o‘zi idora etish B) o‘sish va rivojlanish C) qo‘zg‘aluvchanlik D) o‘zini-o‘zi tiklash 31 / 50 31. Ulotriksning funariyadan farqini aniqlang. 1) rizoidning mavjudligi; 2) jinssiz usulda ko'payishi; 3) fotosintez jarayonining xromatoforada kechishi; 4) ko‘p hujayradan iborat arxegoniyda bitta tuxum hujayraning yetilishi; 5) tuban o‘simliklarga mansubligi; 6) o'tkazuvchi sistemaga ega emasligi; 7) jinsiy yo‘l bilan ko'payishi; 8) urug'lanishning suvda kechishi. A) 4, 8 B) 1, 2, 6 C) 5, 7, 8 D) 3, 5 32 / 50 32. Maral va hakkaning ovqat hazm qilish sistemasidagi o‘xshashlik (a) va farqlarni (b) belgilang. 1) oshqozoni ikki bo‘lmali; 2) ovqat ichakda hazm bo‘ladi; 3) qizilo‘ngachning keyingi qismi kengayib jig‘ildonni hosil qiladi; 4) ichagi kloakaga ochiladi; 5) hazm bo‘lgan ovqatdan ajralgan energiyaning ma’lum bir qismi tana haroratini doimiy saqlash uchun sarflanadi; 6) og‘iz bo‘shlig‘ida ixtisoslashgan tishlar mavjud A) a-1, 5; b-2, 6 B) a-2, 5; b-4, 6 C) a-1, 3; b-2, 6 D) a-2, 4; b-1, 5 33 / 50 33. Qora dengizda uchramaydigan hayvon turini aniqang. A) lansetnik B) ildizog’iz C) dengiz likopchasi D) qilquyruq 34 / 50 34. Kamar suyaklari 8 ta (a), 9 ta (b), 10 ta (c), 12 (d) suyaklardan iborat organizmlarni ko’rsating. 1-kojan 2-giyena 3-povituxa 4-sezarka 5-skuns 6- kvaksha 7-qiloyoq 8-kapachi 9-dingo 10-triton. A) a-2,9; b-3,6; c-1,5,7; d-4,8,10 B) a-2,9; b-3,6,10; c-1,5,7; d-4,8 C) a-9; b-3,6,10; c-1,2,5,7; d-4,8 D) b-3,6,10; c-1,2,5,7,9; d-4,8 35 / 50 35. Quydagi jadvaldan foydalanib, X va Z ayirmasini toping. A) 200 B) 100 C) 50 D) 150 36 / 50 36. Interaktiv metodning lug‘aviy ma'nosi? A) «Inter» - hamkor, «act» - harakat. B) Inter- nofaol, faol-harakat C) «Inter» - hamkor, «act» - texnologiya. D) «Inter» - metod, «act» - harakat. 37 / 50 37. Axborotli texnologiyalari bu...? A) O’zaro ta’sirlar B) Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi C) Pedagogikada monitoring D) Nazorat turlari (joriy, oraliq, yakuniy) 38 / 50 38. Pedagogik muloqot uslublari to’g’ri keltirilgan qatorni toping A) Liberal, demokratik, trening. B) Avtoritar, liberal, demokratik. C) Demokratik, intelektual. D) Avtoritar ,demokratik. 39 / 50 39. Noverbal nutq turlari to’g’ri keltirilgan qatorni toping? A) Og’zaki va yozma nutq. B) Mimika, pantomimika nutq, signifikatsiya, daktilogik nutq, morze alifbosi C) Mimika, fantomimika, og’zaki nutq. D) So’z mimika aks sado axborot. 40 / 50 40. Metodika bilan pedagogik tehnologiya tushunchalarini izohi qaysi javobda ko`rsatilgan? A) Metodika – bu hususiy pedagogika, tehnologiya esa usullar majmuidir. B) Metodika - bu o`quv jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tavsiyalar majmuasi; pedagogik tehnologiya – pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shahsini shakllantirish jarayonining loyihalash tashkiliy-pedagogik hatti-harakatlar majmuasi; C) Metodika – metod va usullar majmui, tehnologiya esa ta’lim tamoyillari va qonuniyatlaridir. D) Pedagogik tehnologiya metodikaning tarkibiy qismiga kiradi 41 / 50 41. Muloqot bu – A) Muloqot o’zaro axbort ayri boshlash jarayoni B) Hamkorlikdagi faoliyat samarasini belgilovchi munosabat jarayoni C) Shaxslararo munasobatlar tizimi. D) Odamning birgalikdagi faoliyatlari extiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatga kirishish jarayoni 42 / 50 42. Mahorat bu – A) S. O`qituvchilar uchun standart ish usuli. B) Yuqori darajadagi va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o`qitish san’atidan iborat. C) Pedagogik mehnat samarasi. D) Tug`ma talant yoki nasldan naslga o`tuvchi xususiyat. 43 / 50 43. Hamkorlikdagi o’qishni tashkil etish usullariga qaysi biri kirmaydi? A) «Arra» B) «O’ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» C) «Aqliy hujum» D) «Birgalikda o’qiymiz» 44 / 50 44. O`qituvchining kuzatuvchanlik qobilyati- A) O`quvchining ichki dunyosiga kira bilish, o`quvchi shaxsini va uning ruhiy holatini tushuna bilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik qobilyati. B) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati C) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. D) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. 45 / 50 45. O`qituvchi nutq qobilyati – A) Paralingvistik ta’sir o`tkazish qobilyati B) Nutq yordamida o`z fikr va tuyg`ularini aniq ifodalash qobilyati. C) Verbal qobiliyati D) To`g`ri muloqot maromlarini egallash qobiliyati 46 / 50 46. Texnologiya» so’zining lug’aviy ma’nosi? A) «Texne» - san’at, «logos» – tushuncha o’qitish B) «Texne» - qobiliyat, san’at, «logos» - tushuncha ta’lim C) «Texne» - mahorat, san’at, «logos» - tushuncha ta’limot D) «Texne» - mehnat, san’at, «logos» - tushuncha bilim 47 / 50 47. Obro’ orttira olish qobiliyati ko’rsatilgan qatorni toping? A) O’quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish. B) O’z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rish. C) O’quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir ko’rsatish va obro’ orttira olishidir. D) To’g’ri muomala qila bilish qobiliyati. 48 / 50 48. O`qituvchining tashkilotchilik qobilyati- A) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati. B) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. C) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. D) O`quvchilar jamoasini uyushtirsh, jipslashtirish, muhum vaifalarni hal etishga ruhlantirish qobilyati. 49 / 50 49. Muomalada verbal ta’sir? A) Nutqsiz ta’sir etish. B) So’z orqali ta’sir etish. C) Xatti-harakatlar orqali ta’sir etish. D) Ko’z qarashlari va xissiy ifoda. 50 / 50 50. Muloqot texnologiyasi necha bosqichda olib boriladi. A) 6 B) 5 C) 7 D) 8 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz