Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili olimpiada №5 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 11-sinf Ona tili olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 153 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 123456789101112131415161718192021222324252627282930 11-sinf Ona tili olimpiada №5 2023-yil 21-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. “Garov” hikoyasi haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A) Bankirning huquqshunos bilan garov o‘ynashiga asosiy sabab unda xusumati borligi edi. B) Huquqshunos o‘lim jazosidan qamoq jazosining afzal ekanligini isbotladi. C) Qamoq jazosi vaqtida huquqshunos biror kunini ham kitob o‘qimay o‘tkazmadi. D) Huquqshunosning asl maqsadi banker beradigan ikki million pulga erishish edi. 2 / 30 2. Sayyor ismli ko‘r arablar orasida eng mashhur ekan. Bir kuni ko‘chada unga tegishib: –Hoy Sayyor, Xudodan tila, ko‘zing evaziga biror nima bersin, – debdi. –So‘radim, berdi, – debdi ko‘r. – Nima berdi? –Senga o‘xshagan ahmoq va nodonlarning basharasini ko‘rmaslikni! Ushbu gap... ? 1)undalmali gap; 2)kiritmali gap; 3)uyushiq bo‘lakli gap; 4)ajratilgan bo‘lakli gap. A) 1,3,4 B) 1.3 C) 1.2 D) 1,2,3 3 / 30 3. «Har o‘lkani urushib olmoq siyosat emas.Urush choralarning eng so‘nggisi. Bir o‘lkani olmoq uchun eng yaxshi chora – shul o‘lkaning o‘zida do‘stlar topmoq, shularni ishlatmakdir» Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) “Qutadg‘u bilig” B) “Sohibqiron” C) “Devonu lug‘ot at-turk” D) “Abulfayzxon” 4 / 30 4. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qaysi qo‘shimchani qo‘yib bo‘lmaydi? Mavlono Rumiy hazratlaridan so‘rashdi: – Sin… ko‘ngil yana seva oladimi? Mavlono javob berdi: –Ha, seva oladi. –Unda ayting-chi, singan payola… suv ichasizmi? Mavlono esa nimtabassum bilan: –Siz piyola sindi deya, suv ich…ni tark qildingizmi? – dedi. A) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha B) fe’l yasovchi qo‘shimcha C) ismlarning sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchasi D) fe’lning vazifa shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha 5 / 30 5. Qaysi qatorda ergash gap nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan? A) Yovlar yakson bo‘lsin deb, Yigitlar jang boshladi, Yovlar qocha boshladi. B) Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi. C) Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta, past bo‘ladi. D) Yomon bo‘lar, agar ko‘z yoshing tugab qolsa, kelgunicha baxt. 6 / 30 6. Qaysi qatorda zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Hammasini tinglardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo. B) To‘satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi. C) Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi. D) Biz yoshlarni nafaqat tarbiyalashimiz, balki yangi hayotga ham tayorlashimiz darkor. 7 / 30 7. Shabob o‘tti-yu quvvati qolmadi, Dedi: «Toat aylay», qila olmadi. Ushbu baytda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nosini toping. A) baxt, shodlik B) tiriklik, hayotlik; C) keksalik, donolik D) yosh, yoshlik. 8 / 30 8. Ushbu ruboiy haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping. Asru ko‘p emish jur’at-u himmat sizga, Ro‘zi qilg‘ay Xudoy nusrat sizga. Mardonalig‘ingizni bori el bildi, Rahmat sizga, hazor rahmat sizga. A) Mutlaq qofiya qo‘llangan. B) a, a, a, a tarzda qofiyalangan. C) Radif qo‘llanmagan. D) Undosh tovush raviy bo‘lib kelgan. 9 / 30 9. Yaxshisi, chopqillab chiqqin-da, kesak otib, boyqushni uchirtirib yubor. Berilgan gapda nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilganligini aniqlang. A) aniqlik B) to‘g‘rilik C) soflik D) mantiqiylik 10 / 30 10. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan qatorni belgilang. A) baxt-saodatli, arzon-garov, kilovatt-soat B) o‘z-o‘zidan, yangidan-yangi, qiychuvlashmoq C) to‘ppa-to‘g‘ri, kechayu-kunduz, qip-qizil D) aql-zakovat, dar-badar, bir-biridan 11 / 30 11. Ertalab bargsiz daraxtlarda va tomlarda qalingina qirov yaltiraydi. Kech…ib kirgan qish endi kun sayin sovug‘ini kuchaytira boshlagan edi. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha qaysi gapdagi so‘z tarkibida mavjud? A) Qo‘shni, bu chirik olmalaringiz kimga ham kerak. B) Endi sen ham sekin-asta hayot qiyichiliklariga ko‘nik, bolam. C) Doim do‘stlaring bilan birikib ish qil, o‘rtoq. D) Ko‘rik-tanlovda bilimdonlar g‘alaba qozonishdi. 12 / 30 12. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlarni belgilang. A) sabr, chidash, bardosh B) burch, majburiyat, mas’uliyat C) qiyin, mushkul, mahol D) oldin, avval, dastlabki 13 / 30 13. Qaysi qatorda iboraning izohi to‘g‘ri ? A) Qo‘yi mingga yetdi – Xursand bo‘di; B) Yuragi qoq yorila yozdi - Sabr-chidami tugab, xunob bo‘lib ketmoq; C) Yuragi tars yorilib keta yozdi - Sevinib, juda kuchli hayajonlanmoq D) Yetti uxlab tushida ko‘rmaslik – Mutlaqo o‘ylamaslik; 14 / 30 14. Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Inson dengiz kabidir usti bilinadi ostida nimalar borligi qanday g‘alayonlar bo‘layotganini bilib bo‘lmaydi deydi Jaloliddin Rumiy A) “ : , , “ , − . B) “ , , , “ , − . C) “ , − , “ , − . D) “ : − , “ , − . 15 / 30 15. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandarning huzuriga qaysi yurt hukmdori elchi qiyofasida keladi? A) Eron podshohi B) Hind royi C) Kashmir shohi D) Chin xoqoni 16 / 30 16. Ushbu gapda nutqning qaysi kommunikativ sifatiga putur yetgan? Loqaydlik tufayli ko‘rsak ham, indamaymiz. A) mantiqiylik B) to‘g‘rilik C) jo‘yalilik D) aniqlik 17 / 30 17. Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo‘ying. Ota-onangga cheksiz xizmatda bo‘l, … bu ish senga armon bo‘lmasin. A) ya’ni B) balki C) toki D) chunki 18 / 30 18. Ushbu tuyuqdagi shakldosh so’zlarga berilgan XATO hukmni toping. Qadimni firoq mehnati yo qildi. Ko‘nglum g‘am-u anduh o‘tig‘a yoqildi. Holimni sabog‘a aytib erdim, ey gul, Bilmon, senga sharh qilmadi yo qildi. A) yoqildi – yoyildi, tarqaldi, ovoza bo‘ldi; B) yo qildi – yoki (sharh) qildi; C) yoqildi – yondi, kuydi, o‘rtandi. D) yo qildi – yoy, ya’ni kamonga o‘xshatib qo‘ydi; 19 / 30 19. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) saranjom, hijolat, ma’shum B) xayolot, suiste’mol, e’tiqod C) mas’ud, hasharot, tamagir D) istehzomuz, obyekt, jimjimador 20 / 30 20. “Go‘ro‘g‘li” dostoni haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A) Go‘ro‘g‘li Zaydinoyga oshiq bo‘lib qoladi, ammo Xoljuvonga va’da berganligi uchun tog‘asiga olib boradi. B) Shohdorxon xosiyatsiz tush ko‘rganligi uchun Ravshan va Gajdumbekni o‘limga mahkum etadi. C) Go‘ro‘g‘li va Ahmadbek til biriktirib Xumoroyni o‘g‘irlaydi. D) Shohdorxon Odilxonning elchilaridan podsholarining unga fuqaro bo‘lishini, boj-xiroj berishini talab qiladi. 21 / 30 21. Gaplarni so‘z tanlashdagi xatolar bo‘yicha joylashtiring. A)Bizning kutubxonamizning elektron tizimi dunyo kutubxonalari kompyuter tarmog‘iga ulangan kutubxonalardan biri hisoblanadi; B)Men esa, ehtimol, obro‘talab odamlar ixtiyoriga tariximizning shonli sahifalari bitilgan asarlarni tuhfa etmoqchiman; C)Nashriyotlarimizda bolalarga xos keladigan badiiy kitoblar ham nashr qilinyapti; D)Avlodlarimizga bobolar ruhi etgan qimmatli kitoblar meros qolsin. 1)so‘zni noto‘g‘ri qo‘llash; 4)so‘zni tushirib qoldirish; 3)so‘zni o‘rinsiz takrorlash; 5)so‘zni ortiqcha qo‘llash. A) 1-C, 2-D, 3-A, 4-B B) 1-C, 2-D, 3-B, 4-A C) 1-B, 2-D, 3-A, 4-C D) 1-D, 2-C, 3-B, 4-A 22 / 30 22. Berilgan so‘zlarning qaysi biri “xushka” so‘zining ochiq ma’nosi? A) bezgak B) saraton C) temiratki D) terlama 23 / 30 23. Har ikkala gapda ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang. I)“So‘rasak ham, bermadi”, – dema. So‘rashni bilmading, hech bo‘lmasa yolg‘on gapirma. II)Aqling tuyachiga o‘xshaydi, sen esa tuyasan. Aqling seni rom qiladi, xohlagan joyiga tortib ketadi. 1)buyruq maylidagi fe’l 2)ko‘makchi fe’l 3)bo‘lishsizlik shakli 4)sof fe’l 5)harakat nomi 6)o‘timli fe’l A) 1 va 4 B) 3 va 5 C) 1 va 2 D) 4 va 6 24 / 30 24. Qaysi gapda uchun ko‘makchisi maqsad ma’nosini ifodalab kelgan? A) Yoshlarimiz chet elga o‘qish uchun ketdi. B) Do‘stim uchun kitob sotib oldim. C) Saida maktabga bilim olgani keldi. D) Bokschilarimiz yutgani uchun taqdirlandi. 25 / 30 25. Katta qishloq ekan Parij, London, Rim, Dalamni sog‘inib ezildi ko‘nglim. Ushbu misralar muallifi kim? A) Xurshid Davron B) Iqbol Mirzo C) Sirojiddin Sayyid D) Oydin Hojiyeva 26 / 30 26. Sherzod o‘ychan, sersavlat, shijoatli hamda har bir gapini o‘ylab gapiradigan yigit edi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida XATO ma’lumotni toping. A) Gapdagi yasama sifatlar faqat bir xil so’z turkumidan yasalgan. B) Sifatlar gapda sifatlovchi aniqlovchi bo‘lib kelgan. C) Orttirma darajadagi sifat qatnashgan. D) Sifatlarning barchasi ot kesimga tobelangan. 27 / 30 27. Qaysi qatorda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida yozilgan? 1)Abdulla Qodiriy – o‘zbek romanchiligining asoschisi. 2)Bulbul chamanni sevar, Odam – Vatanni. 3)Bu o‘zbek yigiti – tanti, mehribon. 4)Kitob, daftar, qalam – hammasini so‘mkamga soldim. 5)Mening o‘z muhabbatim bor – toza va musaffo. 6)Quyosh chiqdi – kunlar hali ham isimadi. A) 3 va 4 B) 2 va 6 C) 1 va 3 D) 3 va 5 28 / 30 28. Qadimda bir podshoh katta hovuz qurdiribdi. Xalqni jamlab, e'lon beribdi: – Men bu hovuzni sut bilan to‘ldirilishini xohlayman. Hamma kechasi bir kosadan sut olib kelib hovuzga quysin. Ertalab hovuz bo‘yida yig‘ilamiz. Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Aniqlovchi kesimga bevosita tobelangan; B) payt va o‘rin hollari ishtirok etgan. C) Fe’lning fe’lga tobelanishi yuz bermagan; D) Vositali hamda vositasiz to‘ldiruvchilar fe’l kesimga bevosita tobelangan; 29 / 30 29. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan? Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh. A) istiora B) husni ta’lil C) tarse D) tamsil 30 / 30 30. Tovush o‘zgarishining uchala turi ham ishtirok etgan gapni toping. A) Bolaligi qishloqdagi boshqa tеngdoshlariniki qatori o‘tdi: qo‘y boqdi, suv tashidi, pichan o‘rdi, yantoq chopdi, somon to‘pladi. B) Sario‘zak dashtlarini egallab olgan jungjanglar tomonidan aholini qullikka solish holatlari yuz bеrgandi. C) Shunda shahzodaning so‘nik yuzi go‘yo ganchdan yasalgan niqobday sovuq edi. D) Mo‘minjon uzoq o‘ylanib, nafasini rostlab deydi: ”Halol nsonning ko‘ngli ezgulikka tashna bo‘ladi”. 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz