Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 11-sinf Ona tili olimpiada №5 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 11-sinf Ona tili olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 103 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 2 123456789101112131415161718192021222324252627282930 11-sinf Ona tili olimpiada №5 2023-yil 21-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. «Har o‘lkani urushib olmoq siyosat emas.Urush choralarning eng so‘nggisi. Bir o‘lkani olmoq uchun eng yaxshi chora – shul o‘lkaning o‘zida do‘stlar topmoq, shularni ishlatmakdir» Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) “Qutadg‘u bilig” B) “Abulfayzxon” C) “Sohibqiron” D) “Devonu lug‘ot at-turk” 2 / 30 2. Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo‘ying. Ota-onangga cheksiz xizmatda bo‘l, … bu ish senga armon bo‘lmasin. A) ya’ni B) balki C) chunki D) toki 3 / 30 3. Katta qishloq ekan Parij, London, Rim, Dalamni sog‘inib ezildi ko‘nglim. Ushbu misralar muallifi kim? A) Sirojiddin Sayyid B) Iqbol Mirzo C) Oydin Hojiyeva D) Xurshid Davron 4 / 30 4. Sherzod o‘ychan, sersavlat, shijoatli hamda har bir gapini o‘ylab gapiradigan yigit edi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida XATO ma’lumotni toping. A) Orttirma darajadagi sifat qatnashgan. B) Sifatlar gapda sifatlovchi aniqlovchi bo‘lib kelgan. C) Gapdagi yasama sifatlar faqat bir xil so’z turkumidan yasalgan. D) Sifatlarning barchasi ot kesimga tobelangan. 5 / 30 5. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan qatorni belgilang. A) to‘ppa-to‘g‘ri, kechayu-kunduz, qip-qizil B) o‘z-o‘zidan, yangidan-yangi, qiychuvlashmoq C) baxt-saodatli, arzon-garov, kilovatt-soat D) aql-zakovat, dar-badar, bir-biridan 6 / 30 6. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlarni belgilang. A) burch, majburiyat, mas’uliyat B) qiyin, mushkul, mahol C) sabr, chidash, bardosh D) oldin, avval, dastlabki 7 / 30 7. Ertalab bargsiz daraxtlarda va tomlarda qalingina qirov yaltiraydi. Kech…ib kirgan qish endi kun sayin sovug‘ini kuchaytira boshlagan edi. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha qaysi gapdagi so‘z tarkibida mavjud? A) Qo‘shni, bu chirik olmalaringiz kimga ham kerak. B) Endi sen ham sekin-asta hayot qiyichiliklariga ko‘nik, bolam. C) Ko‘rik-tanlovda bilimdonlar g‘alaba qozonishdi. D) Doim do‘stlaring bilan birikib ish qil, o‘rtoq. 8 / 30 8. Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Inson dengiz kabidir usti bilinadi ostida nimalar borligi qanday g‘alayonlar bo‘layotganini bilib bo‘lmaydi deydi Jaloliddin Rumiy A) “ : , , “ , − . B) “ , − , “ , − . C) “ : − , “ , − . D) “ , , , “ , − . 9 / 30 9. Tovush o‘zgarishining uchala turi ham ishtirok etgan gapni toping. A) Shunda shahzodaning so‘nik yuzi go‘yo ganchdan yasalgan niqobday sovuq edi. B) Mo‘minjon uzoq o‘ylanib, nafasini rostlab deydi: ”Halol nsonning ko‘ngli ezgulikka tashna bo‘ladi”. C) Bolaligi qishloqdagi boshqa tеngdoshlariniki qatori o‘tdi: qo‘y boqdi, suv tashidi, pichan o‘rdi, yantoq chopdi, somon to‘pladi. D) Sario‘zak dashtlarini egallab olgan jungjanglar tomonidan aholini qullikka solish holatlari yuz bеrgandi. 10 / 30 10. “Garov” hikoyasi haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A) Bankirning huquqshunos bilan garov o‘ynashiga asosiy sabab unda xusumati borligi edi. B) Huquqshunosning asl maqsadi banker beradigan ikki million pulga erishish edi. C) Huquqshunos o‘lim jazosidan qamoq jazosining afzal ekanligini isbotladi. D) Qamoq jazosi vaqtida huquqshunos biror kunini ham kitob o‘qimay o‘tkazmadi. 11 / 30 11. Qaysi qatorda zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi. B) Biz yoshlarni nafaqat tarbiyalashimiz, balki yangi hayotga ham tayorlashimiz darkor. C) Hammasini tinglardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo. D) To‘satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi. 12 / 30 12. Yaxshisi, chopqillab chiqqin-da, kesak otib, boyqushni uchirtirib yubor. Berilgan gapda nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilganligini aniqlang. A) aniqlik B) mantiqiylik C) to‘g‘rilik D) soflik 13 / 30 13. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandarning huzuriga qaysi yurt hukmdori elchi qiyofasida keladi? A) Chin xoqoni B) Eron podshohi C) Hind royi D) Kashmir shohi 14 / 30 14. Qaysi qatorda iboraning izohi to‘g‘ri ? A) Qo‘yi mingga yetdi – Xursand bo‘di; B) Yuragi tars yorilib keta yozdi - Sevinib, juda kuchli hayajonlanmoq C) Yetti uxlab tushida ko‘rmaslik – Mutlaqo o‘ylamaslik; D) Yuragi qoq yorila yozdi - Sabr-chidami tugab, xunob bo‘lib ketmoq; 15 / 30 15. Har ikkala gapda ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang. I)“So‘rasak ham, bermadi”, – dema. So‘rashni bilmading, hech bo‘lmasa yolg‘on gapirma. II)Aqling tuyachiga o‘xshaydi, sen esa tuyasan. Aqling seni rom qiladi, xohlagan joyiga tortib ketadi. 1)buyruq maylidagi fe’l 2)ko‘makchi fe’l 3)bo‘lishsizlik shakli 4)sof fe’l 5)harakat nomi 6)o‘timli fe’l A) 1 va 4 B) 1 va 2 C) 4 va 6 D) 3 va 5 16 / 30 16. “Go‘ro‘g‘li” dostoni haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. A) Shohdorxon Odilxonning elchilaridan podsholarining unga fuqaro bo‘lishini, boj-xiroj berishini talab qiladi. B) Go‘ro‘g‘li Zaydinoyga oshiq bo‘lib qoladi, ammo Xoljuvonga va’da berganligi uchun tog‘asiga olib boradi. C) Go‘ro‘g‘li va Ahmadbek til biriktirib Xumoroyni o‘g‘irlaydi. D) Shohdorxon xosiyatsiz tush ko‘rganligi uchun Ravshan va Gajdumbekni o‘limga mahkum etadi. 17 / 30 17. Shabob o‘tti-yu quvvati qolmadi, Dedi: «Toat aylay», qila olmadi. Ushbu baytda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nosini toping. A) tiriklik, hayotlik; B) yosh, yoshlik. C) baxt, shodlik D) keksalik, donolik 18 / 30 18. Gaplarni so‘z tanlashdagi xatolar bo‘yicha joylashtiring. A)Bizning kutubxonamizning elektron tizimi dunyo kutubxonalari kompyuter tarmog‘iga ulangan kutubxonalardan biri hisoblanadi; B)Men esa, ehtimol, obro‘talab odamlar ixtiyoriga tariximizning shonli sahifalari bitilgan asarlarni tuhfa etmoqchiman; C)Nashriyotlarimizda bolalarga xos keladigan badiiy kitoblar ham nashr qilinyapti; D)Avlodlarimizga bobolar ruhi etgan qimmatli kitoblar meros qolsin. 1)so‘zni noto‘g‘ri qo‘llash; 4)so‘zni tushirib qoldirish; 3)so‘zni o‘rinsiz takrorlash; 5)so‘zni ortiqcha qo‘llash. A) 1-C, 2-D, 3-B, 4-A B) 1-D, 2-C, 3-B, 4-A C) 1-B, 2-D, 3-A, 4-C D) 1-C, 2-D, 3-A, 4-B 19 / 30 19. Qadimda bir podshoh katta hovuz qurdiribdi. Xalqni jamlab, e'lon beribdi: – Men bu hovuzni sut bilan to‘ldirilishini xohlayman. Hamma kechasi bir kosadan sut olib kelib hovuzga quysin. Ertalab hovuz bo‘yida yig‘ilamiz. Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) Fe’lning fe’lga tobelanishi yuz bermagan; B) payt va o‘rin hollari ishtirok etgan. C) Aniqlovchi kesimga bevosita tobelangan; D) Vositali hamda vositasiz to‘ldiruvchilar fe’l kesimga bevosita tobelangan; 20 / 30 20. Ushbu gapda nutqning qaysi kommunikativ sifatiga putur yetgan? Loqaydlik tufayli ko‘rsak ham, indamaymiz. A) aniqlik B) jo‘yalilik C) to‘g‘rilik D) mantiqiylik 21 / 30 21. Berilgan so‘zlarning qaysi biri “xushka” so‘zining ochiq ma’nosi? A) temiratki B) bezgak C) saraton D) terlama 22 / 30 22. Qaysi qatorda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida yozilgan? 1)Abdulla Qodiriy – o‘zbek romanchiligining asoschisi. 2)Bulbul chamanni sevar, Odam – Vatanni. 3)Bu o‘zbek yigiti – tanti, mehribon. 4)Kitob, daftar, qalam – hammasini so‘mkamga soldim. 5)Mening o‘z muhabbatim bor – toza va musaffo. 6)Quyosh chiqdi – kunlar hali ham isimadi. A) 1 va 3 B) 3 va 4 C) 3 va 5 D) 2 va 6 23 / 30 23. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qaysi qo‘shimchani qo‘yib bo‘lmaydi? Mavlono Rumiy hazratlaridan so‘rashdi: – Sin… ko‘ngil yana seva oladimi? Mavlono javob berdi: –Ha, seva oladi. –Unda ayting-chi, singan payola… suv ichasizmi? Mavlono esa nimtabassum bilan: –Siz piyola sindi deya, suv ich…ni tark qildingizmi? – dedi. A) fe’lning vazifa shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha B) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha C) ismlarning sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchasi D) fe’l yasovchi qo‘shimcha 24 / 30 24. Ushbu tuyuqdagi shakldosh so’zlarga berilgan XATO hukmni toping. Qadimni firoq mehnati yo qildi. Ko‘nglum g‘am-u anduh o‘tig‘a yoqildi. Holimni sabog‘a aytib erdim, ey gul, Bilmon, senga sharh qilmadi yo qildi. A) yoqildi – yondi, kuydi, o‘rtandi. B) yoqildi – yoyildi, tarqaldi, ovoza bo‘ldi; C) yo qildi – yoy, ya’ni kamonga o‘xshatib qo‘ydi; D) yo qildi – yoki (sharh) qildi; 25 / 30 25. Sayyor ismli ko‘r arablar orasida eng mashhur ekan. Bir kuni ko‘chada unga tegishib: –Hoy Sayyor, Xudodan tila, ko‘zing evaziga biror nima bersin, – debdi. –So‘radim, berdi, – debdi ko‘r. – Nima berdi? –Senga o‘xshagan ahmoq va nodonlarning basharasini ko‘rmaslikni! Ushbu gap... ? 1)undalmali gap; 2)kiritmali gap; 3)uyushiq bo‘lakli gap; 4)ajratilgan bo‘lakli gap. A) 1,3,4 B) 1.2 C) 1.3 D) 1,2,3 26 / 30 26. Ushbu ruboiy haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping. Asru ko‘p emish jur’at-u himmat sizga, Ro‘zi qilg‘ay Xudoy nusrat sizga. Mardonalig‘ingizni bori el bildi, Rahmat sizga, hazor rahmat sizga. A) a, a, a, a tarzda qofiyalangan. B) Undosh tovush raviy bo‘lib kelgan. C) Mutlaq qofiya qo‘llangan. D) Radif qo‘llanmagan. 27 / 30 27. Qaysi qatorda ergash gap nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan? A) Yovlar yakson bo‘lsin deb, Yigitlar jang boshladi, Yovlar qocha boshladi. B) Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi. C) Yomon bo‘lar, agar ko‘z yoshing tugab qolsa, kelgunicha baxt. D) Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta, past bo‘ladi. 28 / 30 28. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan? Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh. A) tarse B) husni ta’lil C) istiora D) tamsil 29 / 30 29. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) istehzomuz, obyekt, jimjimador B) mas’ud, hasharot, tamagir C) xayolot, suiste’mol, e’tiqod D) saranjom, hijolat, ma’shum 30 / 30 30. Qaysi gapda uchun ko‘makchisi maqsad ma’nosini ifodalab kelgan? A) Bokschilarimiz yutgani uchun taqdirlandi. B) Yoshlarimiz chet elga o‘qish uchun ketdi. C) Saida maktabga bilim olgani keldi. D) Do‘stim uchun kitob sotib oldim. 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz