Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili olimpiada №5 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 10-sinf Ona tili olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 1205 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 10-sinf Ona tili olimpiada №5 2023-yil 21-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. Ilmiy uslubga xos birliklarni aniqlang. 1)sohaga doir terminlar faol qo‘llanadi; 2)ta’rif-qoidalar keltiriladi; 3)bo‘yoqdor birliklar, ibora va maqollardan foydalaniladi; 4)murakkab jumlalar, kirish va kiritmali qurilmalar ko‘p uchraydi. A) 3, 4; B) 2, 3, 4. C) 1, 2, 4; D) 1, 2, 3; 2 / 30 2. El qochsa birovdin, el yomoni bil oni, Ahvolida idbor nishoni bil oni, Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni Olam elining yamon yamoni bil oni Ushbu ruboiy haqidagi XATO ma’lumotni toping. A) radif qo‘llangan; B) mutlaq qofiya qo‘llangan; C) undosh tovush raviy bo‘lib kelgan; D) a, a, b, a tarzda qofiyalangan. 3 / 30 3. Gap haqida berilgan XATO hukmni toping. Qahraton qish kularidan biri edi. Birdan qor yog‘a boshladi. Ob-havoning sovug‘idan, izg‘irinligidan qaltiray boshladim. Shu payt uning – do‘stim Sanjarning ovozi eshitildi. A) Vositali to‘ldiruvchi uyushib kelgan. B) Egalar bir xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. C) Egasi ma’lum gap ishtirok etgan. D) Qaratqich aniqlovchi ajratilgan. 4 / 30 4. Ushbu she’rdagi NOTO‘G‘RI mulohazani toping Menga qulluq qilma, Yurt tuprog‘in o‘p, Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning sen-u mendek shoirlari ko‘p, Buyuk elga endi daholar kerak. Qaddingni baland tut, Bo‘lma serta’zim, Cho‘qqi bo‘lolmasang, mahkam qoya bo‘l. Pillapoya bo‘ldim senga, azizim, Sen ham gal kelganda pillapoya bo‘l... A) Shoir yurtga chinakam daholar kerakligini ta’kidlaydi. B) Shoir pillapoya so‘zi orqali o‘zining oyoqosti bo‘lganligini aytadi. C) Shoir fidolar so‘zi orqali yurtini sevuvchi u uchun borini beruvchi insonlarni nazarda tutadi. D) Shoir she’r orqali inson oldiga aniq maqsad qo‘yishi va dadil bo‘lishi kerakligini aytadi. 5 / 30 5. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan qatorni belgilang. A) tim-qora, galma-gal, saranjom-sarishta B) ko‘pdan-ko‘p, baland-baland, oz-moz C) dam-badam, yaxshi-yomon, tip-tiniq D) sap-sariq, yengil-yelpi, qadamba-qadam 6 / 30 6. Fitratning “Abulfayzxon” dramasidagi ushbu parcha kimning tilidan aytilgan? Men juda yaxshi bilaman: siz shu kun erta Abdumo‘minni ham otasining orqasiga yuborib, taxtini olarsiz. Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki ul haqsizlik qilg‘an edi. Siz bu kun undan ortiq haqsizlik qila turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab, siz bilan ham urushar edim. Nima qilaykim, ko‘zim yo‘q. A) Ibrohimbiy B) Hakimbiy C) Farhod otaliq D) Qozi Nizom 7 / 30 7. Ko‘chirma gap qismi ergashgan qo‘shma gap bo‘lgan gapni toping. A) «Temur tuzuklari»da shunday deb bitilmish: «Tajribamdan ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdur». B) «Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan, – deydi Mahmud Koshg‘ariy, – baxt va davlat ketadi». C) Alisher Navoiy shunday demish: «Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur, Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur». D) Alisher Navoiy shunday degan: “Befoyda so‘zni ko‘p aytma va foydalig‘ so‘zni ko‘p eshiturdan qaytma”. 8 / 30 8. Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo‘ying. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: «Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy, … o‘zbek tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi». A) ya’ni B) yoki C) balki D) hamda 9 / 30 9. Qaysi gapda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchani qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud? A) O‘qiladigan qiz butun jamiyatni o‘zgartirishi mumkin, chunki u farzandini ham o‘qitishga harakat qiladi. B) Ba’zilar tananing og‘irligiga bo‘yning mutanosibligini sog‘lomlik va go‘zallik belgisi deb hisoblashadi. C) Vatan istiqboli, yurt farovonliligi uchun jonini qurbon qilgan bobolarimiz ruhi hamisha shod bo‘lsin. D) Hozirgi kunda o‘zim yoqtirmagan joyda ishlaganman. 10 / 30 10. Ushbu qit’ada haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. Tengri xonin ochuq aqida qilib, Xalqdin ro‘zi istagan gumroh Uyladurkim tengiz qirog‘inda Ro‘za ochmoqqa qozg‘oy choh. A) Ro‘za tutilganda dengiz suvidan emas, choh qazib ichilgan suv afzalligi aytilgan. B) Xalqning roziligini topmagan odam gunohkor bo‘lishi bayon etilgan. C) Inson har qanday holatda ham shoshmasdan ish tutishi kerakligi ta’kidlangan. D) Yaratgandan emas, boshqalardan umidvor bo‘lish noshukurlik ekanligi aytilgan. 11 / 30 11. Berilgan qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik yuz bergan? A) Bozordan o‘nta kitoblar sotib oldim. B) Yaxshisi, sen ustozning topshiriqlarini bajar; C) Kitobning bitta varag‘i yo‘q ekan; D) Birgalashib maktab hovlisini supurdik; 12 / 30 12. Qaysi qatorda vergul o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida yozilgan? 1)Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. 2)Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar. 3)Haqiqiy olimning so‘zi, o‘yi, fikri va ishi bir xil bo‘ladi. 4)Nimalar haqida surasan xayol, ey majnuntol? 5)Soy bo‘yidagi choyxonada, gavjum joyda, Azimjon uchradi. 6)Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, o‘qib, ishlab kelyapman. A) 1 va 2 B) 3 va 6 C) 4 va 5 D) 2 va 6 13 / 30 13. Qaysi gapda o‘tgan zamon qo‘shimchasi uslubiy ma’no ifodalamagan? A) Saidxon aka, bu qanday ko‘rgilik-a? Endi men nima qildim. B) Yur, ketdik. Qorning to‘qmi? C) Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ketdim. D) Shuncha narsani bilding, o‘rganding. Endi unga amal qil. 14 / 30 14. Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. 1)Inson tabassumi bilan tarbiyasini ko‘rsatganidek, nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qiladi. 2)Odamlar seni bilmasligini qo‘y, o‘zing ko‘pni bila olmasligingdan kuy. a)harakat nomi b)otlashgan sifatdosh c)qo‘shma fe’l d)ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi e)buyruq mayli f)nisbat shaklini olgan fe’l A) 1-b, d, f; 2-a, c, e B) 1-b, c, f; 2-a, d, e C) 1-a, d, e; 2-b, c, f D) 1-a, c, e; 2-b, d, f 15 / 30 15. Ul sanamkim suva yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur. Ushbu parcha muallifini toping. A) Atoyi B) Lutfiy C) Yassaviy D) D)Navoiy 16 / 30 16. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) koordinata, islohot, mikrorganizm B) jangovar, mutola, shafqat C) suxandon, manfaat, sovutkich D) dimog‘, dovruq, intervyu 17 / 30 17. ”Alpomish” dostonida “O‘zbak sen bunday bo‘yni yo‘g‘onlik qilma, g‘aribi go‘riston bo‘lib o‘lma, hali ham qo‘ygin…” deb Apomishga kim aytadi? A) Yartiboy B) Ko‘kaldosh C) Qorajon D) Qultoy bobo 18 / 30 18. “Padarkush” dramasidagi domla obraziga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni aniqlang. A) Millat bolalarini faqat shariat ilmini va zarurati diniyani o‘rgatishga chaqirgan shaxs. B) Millat taqdiriga befarq bo‘lmagan, uning kelajagini faqat ilm olishda deb bilgan obraz. C) Faqat boylarga nasihat qiladigan, kambag‘allarga e’tibor bermaydigan inson. D) Boylarga nasihat qilish orqali kata boylik va obro‘ga ega bo‘lgan din ulamosi. 19 / 30 19. Ushbu gapda imloviy xato yozilgan so‘z qaysi gap bo‘lagi bo‘lib kelgan. Barchamiz kulishni yaxshi ko‘ramiz! Hayotda buning uchun sabablar talaygina: latifalar o‘qish, komediya janridagi film tomosha qilish yoki do‘stlar bilan maza qilib hangomalashish mumkin. Kulgu immunitetni oshirib, asab tizimini bir maromga olib keladi, umrni uzaytirib, kayfiyat yaxshilanishiga sabab bo‘ladi A) to‘ldiruvchi B) hol C) ega D) kesim 20 / 30 20. Qaysi qatorda ergashgan qo‘shma gap berilgan? A) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. B) Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan hissasi yaxshi. C) Donolar deydiki: «Vaqting ketdi – baxting ketdi». D) Bu daraxtning bo‘yi baland, lekin mevasi kam. 21 / 30 21. Qaysi qatorda iboraning izohi NOTO‘G‘RI ? A) Almisoqdan qolgan – juda eski; B) O‘g‘zining tanobi qochdi – kayfiyati tushmoq; C) Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan – yuvosh; D) Ishning beliga tepmoq – xalal bermoq. 22 / 30 22. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlarni belgilang. A) tur, nav, tasnif B) himoya, mudofaa, muhofaza C) band, mashg‘ul, mas’ul D) vafo, sadoqat, sodiq 23 / 30 23. Gapda mazmun va grammatik jihatdan to‘g‘ri bog‘langan tobe bog‘lanishlar berilgan javobni aniqlang. Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharqda va G‘arbda dong taratdi. A) Sharqda va G‘arbda, qahramon sifatida dong taratdi B) Kurashda dong taratdi, jasorati tufayli C) Vatanparvar va qahramon, qahramon sifatida dong taratdi D) Kurashda dong taratdi, Jaloliddin Manguberdi dong taratdi 24 / 30 24. Qaysi gapda nuqtalar o‘rniga tushum kelishigini ham, chiqish kelishigini ham qo‘llash mumkin? A) Juvon qo‘lidagi olma… ustma-ust bir necha martaba tishladi va chala chaynab yutdi. B) Chollar… biri unga emas, jo‘mragidan hovur chiqayotgan choynakka qarab gap boshladi. C) Baxtim… deymi, yo buning aksimi, Munisxon kiyim-kechakni yaxshi ko‘radigan ayol ekan. D) Shunda u o‘zining hozirgina dala… kelganini esladi. 25 / 30 25. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini bildirgan ergashgan qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Zokirjon bo‘lib o‘tgan ishlardan otasini xabardor qilgani poytaxtga jo‘nab ketdi. B) Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. C) Qaysi yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer baxt maskanidir. D) Chin do‘st yurakdan so‘zlar, chunki u sening yomon bo‘lishingni aslo xohlamaydi. 26 / 30 26. Ariza, rezyume, tilxat, dalolatnoma kabilar, shuningdek, qonun, qaror, nizom, xalqaro hujjatlar qaysi uslubda yoziladi? A) rasmiy B) publitsistik C) badiiy D) ilmiy 27 / 30 27. Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining o‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Donishmandlar bunday deganlar Qaroqchi sultondan qo‘rqadi o‘g‘ri posbondan qallob chaqimchidan A) : “ , , “ . B) : “ , , . “ C) − “ , − , “ . D) : “ , − , − “ . 28 / 30 28. Dushmanning hiylasiga aldanma va maddohning maqtovini bir pulga olma, chunki biri makr tuzog‘ini qo‘ygan va ikkinchisi tamagirlik qilgan bo‘ladi. Ushbu gapda haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) egalar har xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. B) aniqlovchilar ham vositali, ham vositasiz to‘ldiruvchilarga tobelangan. C) otlashgan so‘zlar bir xil gap bo‘lagi bo‘lib kelgan D) holning faqat bir ma’no turi qo‘llangan 29 / 30 29. Ushbu baytda ostiga chizilgan so‘zlar orqali qanday she’riy san’at qo‘llangan? Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun nas keltirur “nun” eltibon “sod” ustina. A) tazod B) kitobat C) ta’did D) iyhom 30 / 30 30. Ko‘makchi qaysi qatorda holat ma’nosida qo‘llangan? A) Bobur jilmaygancha do‘sti bilan kirib keldi. B) Adham ustoziga mehr bilan qarab turar edi. C) Yoqub xonaga singlisini chaqirish uchun kirgan edi. D) U go‘yo yaqin kishisini ko‘rgandek quvonib ketdi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz