9-sinf Geografiya olimpiada №4

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

9-sinf Geografiya olimpiada №4

2023-yil 17-oktyabr:

2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 30

1. Yer yuzasidagi eng ko‘p yog‘in yog‘adigan joy qayer?

2 / 30

2. 1987-yilda bir nechta davlatlar freon gazlarini ishlab chiqarishga va ulardan foydalanishga cheklovlar to‘g‘risidagi xalqaro bitimni imzolagan edi. Ushbu bitim imzolangan davlat va shaharni toping

3 / 30

3. Agar odamning kuzatish balandligi 20 metr bo’lsa, u qancha masofani ko’ra oladi?

4 / 30

4. Toshkentda yillik amplituda qanchaga teng?

5 / 30

5. Qaysi materik berk havzalar maydoniga ko‘ra yetakchi?

6 / 30

6. Quyidagi Dunyo siyosiy xaritasidag o‘zgarishlarni sodir bo‘lgan yiliga moslab chiqing:1.Sovet Ittifoqi parchalandi. 2. Yugoslaviya Ittifoqi parchalandi. 3. Chexoslovakiya ikkiga bo‘lindi. 4. Germaniya va Yaman birlashdi. a) 1990 b) 1991 c) 1991 – 1992 d) 1993

7 / 30

7. Musson shamollari qaysi hududlarda kuchli bo‘ladi?

8 / 30

8. Mamlakatimizning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy tekislik qismlarida bir yillik yog‘in miqdori qancha?

9 / 30

9. Quyidagi ta’rifda qaysi sanoat tarmog’i haqida gap ketmoqda? “Qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham ishlab chiqariladi. U ko‘plab tarmoqlarni xomashyo va materiallar bilan ta’minlar ekan, o‘z navbatida boshqa tarmoqlardan energiya, jihozlar va transport vositalarini oladi”

10 / 30

10. BMT qaysi yilda cho‘llashishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyani qabul qildi?

11 / 30

11. Qaysi shamol har ikkala yarim sharning 30o kengliklaridan ekvatorga qarab doimiy esib turadi?

12 / 30

12. Xaritada E harfi bilan qaysi yarim orol belgilangan?

13 / 30

13. O‘simliklar uchun namlanish darajasi qancha bo‘lganda eng qulay sharoit bo‘ladi?

14 / 30

14. Qutb yog‘dulari, “Yulduz uchishi” hodisalari Atmosferaning qaysi qatlamlarida ro‘y beradi?

15 / 30

15. Toshkentda havo harorati 0O C, havo bosimi 720 mm bo‘lsa, Toshkentning dengiz sathidan balandligi qancha?

16 / 30

16. Shimoliy magnit qutbining geografik o‘rnini kim aniqladi?

17 / 30

17. O‘rtа Оsiyo dаryolаri to‘yinishigа, ya’ni qаyеrdаn suv оlishigа qаrаb necha guruhgа bo‘linаdi?

18 / 30

18. Quyidagilardan “bir millatli” davlatlarni ajrating: Yaponiya, AQSH, Fransiya, Islandiya, Turkiya, Kanada, Belgiya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Norvegiya;

19 / 30

19. Ptolemey tuzgan “Dunyo xaritasi”da 2 va 3 raqamlari bilan qaysi daryolar ko‘rsatilgan?

20 / 30

20. Quyidagi grafikdan foydalanib, 15 kunlik o‘rtacha havo haroratini aniqlang.

21 / 30

21. Quyidagi ta’rif qaysi viloyat uchun mos keladi?“Sanoatning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi shahar aholisining tez ko‘payishiga olib kelmoqda. Cho‘l chorvachiligi sohasida mamlakatda yetakchi, mamlakatimizning eng kenja viloyati.”

22 / 30

22. Xaritada 8 raqami bilan qaysi davlat ko’rsatilgan?

23 / 30

23. Ushbu ta’rif qaysi geograik ob’yektga tegishli? “Тuron tekisligining markazida, Ustyurt platosidan sharqda joylashgan, shimoli sharqdan janubi g‘arbga cho‘zilgan tektonik cho‘kmada hosil bo‘lgan”.

24 / 30

24. Rasmda ko‘rsatilgan A nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo bosimi 730 mm Hg. B nuqtadagi havo bosimini aniqlang.

25 / 30

25. 20°–30° shimoliy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang.

26 / 30

26. Meteorologik stansiyalarda havo harorati har necha soatda kuzatilib turiladi?

27 / 30

27. Mahalliy dinlar va e’tiqod qiluvchilarning asosiy qismi tarqalgan davlatlarni belgilang. 1. Iudaizm 2. Konfutsiylik 3. Daosizm 4. Sintoizm 5. Sikxizm 6. Hinduizm a) Hindiston, Nepal, Shri Lanka b) Hindiston (Panjob shtati) c) Xitoy d) Yaponiya e) Isroil, AQSH

28 / 30

28. Xaritada 4 raqami bilan qaysi tabiat zonasi tasvirlangan?

29 / 30

29. Tabiiy ko‘payishning eng yuqori ko‘rsatkichi qaysi materikka xos?

30 / 30

30. Quyidagi mamlakatlar orasidan mutlaq teokratik monarxiya tipiga kiruvchi davlatlarni ajrating. 1. Ummon; 2. Daniya; 3. Qatar; 4. Saudiya Arabistoni; 4. Belgiya; 5. Buyuk Britaniya; 6. Bruney; 7. Vatikan.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0