Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 9, 2022 329 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Diqqat! Testni 80% va undan yuqori natija bilan tugating va sertifikatga ega bo'ling! 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz Online olimpiada savollari! Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 1 / 25 1. Otdan yasalgan yasama sifat otlashgan qatorni toping. A) Achchiqni achchiq kesar B) Hunarli o`lmas, hunarsiz kun ko`rmas C) Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil D) Aqlli va dono kishilar yo`lda adashmaydi 2 / 25 2. Qaysi qatorda faqat jarangli tovushlarni ifodalaydigan harflar joylashgan? A) b, v, g, d, j, z B) a, o, u, n,l,f C) y, g’, l, m, k, x D) n, r, s, t, p, h 3 / 25 3. Qoplonbek va Oymomo qaysi asar qahramonlari sanaladi? A) “Ot kishnagan oqshom” B) “Oydinda yurgan odamlar” C) “Otamdan qolgan dalalar” D) “Yulduzlar mangu yonadi” 4 / 25 4. “Birlari mo`ltinamo, hiylagar , Birlaridir kunda pix-u gavda xar” ushbu satrlarda qaysi tasvir vositasidan foydalanilgan? A) Sifatlash B) O`xshatish C) Tazod D) Mubolag`a 5 / 25 5. Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe`lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe`llar berilgan qatorni toping. A) kiymoq, taramoq B) yuvmoq, yayramoq C) quvonmoq,jilmaymoq D) qochmoq, yonmoq 6 / 25 6. Tarkibidagi barcha otlar mavhum ot hisoblanadigan gapni toping. A) U o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularni qanday atashni bilmas edi. B) Yalqovlik muhtojlik eshigidir. C) Hayo qalbning haqiqiy ko‘zgusidir. D) Oyog‘ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi. 7 / 25 7. Qaysi gapda sodda yasama va qo‘shma fe’llar ishtirok etgan? A) Komila bir chekkada g‘uj-g‘uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan gaplashib o‘tirardi. B) Hakim bobo har bir niholga alohida e’tibor berib parvarish qilardi. C) Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim. D) Boshing egib ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni gulday erkalagan chaman uchun. 8 / 25 8. Xalq qo‘shiqlari haqidagi qaysi fikr xato? A) Xalq qo‘shiqlarida ko‘pchilikning his-tuyg‘ulari umumlashtirilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi. B) Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. C) Xalq qo‘shiqlari to‘y-tomoshalar jarayonida paydo bo‘lgan. D) Xalq qo‘shiqlarida xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. 9 / 25 9. Tarkibidagi barcha sifatlar yasama bo‘lgan gapni aniqlang. A) Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. B) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, do‘mboq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. C) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi. D) Nodon, kaltafahm odamdan ma’noli gap chiqmaydi. 10 / 25 10. Sabab ravishi qatnashgan gapni aniqlang. A) U qah-qah urib yuborishdan o‘zini arang tiyib, ko‘zlarini yumdi. B) Xayrullo bu shartga noiloj ko‘ndi. C) U esa hamon qo‘rqoqligi tufayli kechalari ko‘chaga chiqolmaydi. D) Mana shu mablag‘ behuda sarf etilmasligi uchun komissiya qat’iy bir qarorga kelishi kerak. 11 / 25 11. Uch, qushcha, hur Qo‘shig‘im bo‘lib! – Shudir sendan so‘nggi tilagim. Tanim qolsin bunda (Tan nima?) Ona yurtga borsin yuragim. (Musa Jalil) Ushbu she’riy parchada kimning tuyg‘ulari ifodalanmoqda? A) Qamoqxonadagi mahbusning. B) Urushdagi askarlarning. C) Chet ellarda sargardon yurgan ishchilarning. D) Kasalxonada yotgan bemorning. 12 / 25 12. Quyidagi o‘tgan zamon shakllaridan qaysi biri ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi? A) Mana bu shotutni bobosi ekkan. B) Mixlangan qulog‘idan, suv quyar oyog‘idan. C) Oq yer ochdim, qora bug‘doy sochdim. D) Sinf rahbarimiz G‘anini uyga yuboribdilar. 13 / 25 13. Eh o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi? Laqqa tushubsan-da lof ursa. Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda Yoningda tursa… Ushbu she’riy parchaga eng mos hikmatli so‘zni aniqlang. A) Do‘sti yo‘q bilan sirlash, Do‘sti ko‘p bilan siylash. (Abay) B) Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham, Do‘st qadam qo‘ymas esa, vayronadir koshona ham. (E. Vohidov) C) Yor uldurki, har nechakim o‘ziga Istamas, yorig‘a ham istamagay. O‘zi istarki, yor uchun o‘lgay, Ani munda sherik aylamagay. (Navoiy) D) Yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutula olmaysan, bulutli kunda izlasang ham topolmaysan. (Abay) 14 / 25 14. Qaysi gapda taqsim son ishtirok etgan? A) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi. B) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. C) Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak. D) Bekatda o‘n odam avtobus kutib turishardi. 15 / 25 15. Qaysi gapda fe’lning barcha vazifa shakllari ishtirok etgan? A) Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tutolmay qiqirlab kula boshladi. B) So‘ridagi ko‘rpachani yig‘ishtirib olib, mehmonlar kelguncha yakandoz to‘shab, joy soldi. C) - Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, shuning uchun sha’ningizga dog‘ tushiradigan ish qilmang, - dedi u kuyunib. D) Necha kundan beri qattiq esayotgan shamol tinavermagach, tog‘ga chiqishni qoldirdi. 16 / 25 16. Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat. Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridur kunda pix-u gavda xar. “Tanobchilar” satirasidan olingan ushbu parchada qanday tasvir vositasidan foydalanilgan? A) tazod B) mubolag‘a C) sifatlash D) jonlantirish 17 / 25 17. Sabab ravishdoshini toping. A) ko‘rgani bordi B) qo‘rqib kirmadi C) yig‘lay-yig‘lay uxladi D) suvga tikilgancha o‘ylanib qoldi 18 / 25 18. Qaysi asarda biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli uchraydi? A) “Shum bola” B) “Muzqaymoq” C) “Do‘nan” D) “Urushning so‘nggi qurboni” 19 / 25 19. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik qaysi gapda mavjud? A) Yuragimda mening bir dardim bor… B) Ob-havo yomonlashganda tog‘ga chiqmaslikni maslahat berishdi. C) Olis-olislarda qolgan qishlog‘im… D) Sen chiqguncha kutib tura qolaman. 20 / 25 20. Xirmon yanchishda kuylanadigan o‘zbek xalq qo‘shig‘ini aniqlang. A) “Xo‘sh-xo‘sh” B) “Maydagul” C) “Turey-turey” D) “Chittigul” 21 / 25 21. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan? A) Sen chala qoldirgan yerlaringni supura tur, kelib qolar. B) Dalaga suv chiqaraman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi. C) – Koyima, qizim, - dedi ona, o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. D) Ertaga mashina kelar, kelmasa, yo‘lga chiqmayman. 22 / 25 22. Xalq (tabobat) qulupnay (mevterlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Qavs ichidagi so‘zlarga qo‘shilishi kerak bo‘lgan munosabat shakllari soni nechta? A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 6 ta 23 / 25 23. — Shiroq biz tomondan. O‘zi ertakchi, dostonchi dono chol. Butun umri cho‘ponlik bilan o‘tgan, — dedi Saksfar. Ushbu gapda nechta shaxs oti mavjud? A) 2 B) 4 C) 3 D) 5 24 / 25 24. Boychechakni tutdilar, Tut yog‘ochga osdilar.Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar. Ushbu parchadagi boychechak qanday ramz hisoblanadi? A) bahor ramzi B) yoshlik ramzi C) jo‘shqinlik ramzi D) mehnatkash inson ramzi 25 / 25 25. Ibroyim Yusupovning “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ridan olingan qaysi misralarda lirik tuyg‘ular bilan birga ijtimoiy kayfiyat ham aks etgan bo‘lib, sho‘ro davri siyosatini eslatadi? A) Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab, Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday. B) Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar. She’r o‘qishib turgan yosh shoirlarday. C) Biroq u bunda yo‘q, u yiroqlarda, Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor. D) Qizil kendir bilan shivirlashar tol, Turna uchib borar olis yoqlarga. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2