Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 9, 2022 328 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Diqqat! Testni 80% va undan yuqori natija bilan tugating va sertifikatga ega bo'ling! 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz Online olimpiada savollari! Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 1 / 25 1. Shart mayli shakli kerak so`zni olib kelganda qanday ma’no bildiradi? A) taxmin-gumon B) o`xshatish C) piching D) istak 2 / 25 2. “Uchtadan oxiri bor ertaklar” turkumiga kiruvchi ertaklarni aniqlang. 1.”Sehrli nog`ora” 2.”Milanda yoqqan shlyapa yomg`iri” 3.”Ayyor Buratino” 4.”Sahrodagi uy” 5.”Shahzoda Plombir” 6 .”Hurishni eplolmaydigan kuchukcha” A) 1,2,3,4 B) 1, 2,3,5,6. C) 1,2,3,4,6 D) 1,3,4,5 3 / 25 3. Tarkibida birgina qo`shimcha bo`lgan so`zni toping. A) atamoq B) boradigan C) ko`rsatkich D) taroqqa 4 / 25 4. Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe`lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe`llar berilgan qatorni toping. A) yuvmoq, yayramoq B) quvonmoq,jilmaymoq C) kiymoq, taramoq D) qochmoq, yonmoq 5 / 25 5. O'z o'rnida aytilmagan so‘z hech kim yo'q yerda chalingan kuyga o'xshaydi. Ushbu gapdagi sifatdoshning sintaktik vazifasi nima? A) ega B) to‘ldiruvchi C) aniqlovchi D) hol 6 / 25 6. Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat. Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridur kunda pix-u gavda xar. “Tanobchilar” satirasidan olingan ushbu parchada qanday tasvir vositasidan foydalanilgan? A) jonlantirish B) sifatlash C) tazod D) mubolag‘a 7 / 25 7. Xalq (tabobat) qulupnay (mevterlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Qavs ichidagi so‘zlarga qo‘shilishi kerak bo‘lgan munosabat shakllari soni nechta? A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta 8 / 25 8. Eh o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi? Laqqa tushubsan-da lof ursa. Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda Yoningda tursa… Ushbu she’riy parchaga eng mos hikmatli so‘zni aniqlang. A) Yor uldurki, har nechakim o‘ziga Istamas, yorig‘a ham istamagay. O‘zi istarki, yor uchun o‘lgay, Ani munda sherik aylamagay. (Navoiy) B) Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham, Do‘st qadam qo‘ymas esa, vayronadir koshona ham. (E. Vohidov) C) Yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutula olmaysan, bulutli kunda izlasang ham topolmaysan. (Abay) D) Do‘sti yo‘q bilan sirlash, Do‘sti ko‘p bilan siylash. (Abay) 9 / 25 9. Tarkibidagi barcha otlar mavhum ot hisoblanadigan gapni toping. A) Yalqovlik muhtojlik eshigidir. B) U o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularni qanday atashni bilmas edi. C) Hayo qalbning haqiqiy ko‘zgusidir. D) Oyog‘ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi. 10 / 25 10. Uch, qushcha, hur Qo‘shig‘im bo‘lib! – Shudir sendan so‘nggi tilagim. Tanim qolsin bunda (Tan nima?) Ona yurtga borsin yuragim. (Musa Jalil) Ushbu she’riy parchada kimning tuyg‘ulari ifodalanmoqda? A) Urushdagi askarlarning. B) Qamoqxonadagi mahbusning. C) Kasalxonada yotgan bemorning. D) Chet ellarda sargardon yurgan ishchilarning. 11 / 25 11. Sabab ravishi qatnashgan gapni aniqlang. A) Xayrullo bu shartga noiloj ko‘ndi. B) U esa hamon qo‘rqoqligi tufayli kechalari ko‘chaga chiqolmaydi. C) Mana shu mablag‘ behuda sarf etilmasligi uchun komissiya qat’iy bir qarorga kelishi kerak. D) U qah-qah urib yuborishdan o‘zini arang tiyib, ko‘zlarini yumdi. 12 / 25 12. Boychechakni tutdilar, Tut yog‘ochga osdilar.Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar. Ushbu parchadagi boychechak qanday ramz hisoblanadi? A) mehnatkash inson ramzi B) jo‘shqinlik ramzi C) yoshlik ramzi D) bahor ramzi 13 / 25 13. Qaysi gapda sodda yasama va qo‘shma fe’llar ishtirok etgan? A) Boshing egib ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni gulday erkalagan chaman uchun. B) Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim. C) Komila bir chekkada g‘uj-g‘uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan gaplashib o‘tirardi. D) Hakim bobo har bir niholga alohida e’tibor berib parvarish qilardi. 14 / 25 14. Xirmon yanchishda kuylanadigan o‘zbek xalq qo‘shig‘ini aniqlang. A) “Xo‘sh-xo‘sh” B) “Chittigul” C) “Turey-turey” D) “Maydagul” 15 / 25 15. Tarkibidagi barcha sifatlar yasama bo‘lgan gapni aniqlang. A) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, do‘mboq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. B) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi. C) Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. D) Nodon, kaltafahm odamdan ma’noli gap chiqmaydi. 16 / 25 16. Qaysi gapda taqsim son ishtirok etgan? A) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi. B) Bekatda o‘n odam avtobus kutib turishardi. C) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. D) Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak. 17 / 25 17. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik qaysi gapda mavjud? A) Yuragimda mening bir dardim bor… B) Olis-olislarda qolgan qishlog‘im… C) Ob-havo yomonlashganda tog‘ga chiqmaslikni maslahat berishdi. D) Sen chiqguncha kutib tura qolaman. 18 / 25 18. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan? A) Sen chala qoldirgan yerlaringni supura tur, kelib qolar. B) – Koyima, qizim, - dedi ona, o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. C) Ertaga mashina kelar, kelmasa, yo‘lga chiqmayman. D) Dalaga suv chiqaraman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi. 19 / 25 19. Xalq qo‘shiqlari haqidagi qaysi fikr xato? A) Xalq qo‘shiqlarida xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. B) Xalq qo‘shiqlarida ko‘pchilikning his-tuyg‘ulari umumlashtirilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi. C) Xalq qo‘shiqlari to‘y-tomoshalar jarayonida paydo bo‘lgan. D) Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. 20 / 25 20. — Shiroq biz tomondan. O‘zi ertakchi, dostonchi dono chol. Butun umri cho‘ponlik bilan o‘tgan, — dedi Saksfar. Ushbu gapda nechta shaxs oti mavjud? A) 2 B) 3 C) 5 D) 4 21 / 25 21. Quyidagi o‘tgan zamon shakllaridan qaysi biri ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi? A) Mana bu shotutni bobosi ekkan. B) Sinf rahbarimiz G‘anini uyga yuboribdilar. C) Oq yer ochdim, qora bug‘doy sochdim. D) Mixlangan qulog‘idan, suv quyar oyog‘idan. 22 / 25 22. Ibroyim Yusupovning “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ridan olingan qaysi misralarda lirik tuyg‘ular bilan birga ijtimoiy kayfiyat ham aks etgan bo‘lib, sho‘ro davri siyosatini eslatadi? A) Biroq u bunda yo‘q, u yiroqlarda, Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor. B) Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar. She’r o‘qishib turgan yosh shoirlarday. C) Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab, Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday. D) Qizil kendir bilan shivirlashar tol, Turna uchib borar olis yoqlarga. 23 / 25 23. Sabab ravishdoshini toping. A) suvga tikilgancha o‘ylanib qoldi B) qo‘rqib kirmadi C) yig‘lay-yig‘lay uxladi D) ko‘rgani bordi 24 / 25 24. Qaysi asarda biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli uchraydi? A) “Urushning so‘nggi qurboni” B) “Do‘nan” C) “Muzqaymoq” D) “Shum bola” 25 / 25 25. Qaysi gapda fe’lning barcha vazifa shakllari ishtirok etgan? A) Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tutolmay qiqirlab kula boshladi. B) So‘ridagi ko‘rpachani yig‘ishtirib olib, mehmonlar kelguncha yakandoz to‘shab, joy soldi. C) - Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, shuning uchun sha’ningizga dog‘ tushiradigan ish qilmang, - dedi u kuyunib. D) Necha kundan beri qattiq esayotgan shamol tinavermagach, tog‘ga chiqishni qoldirdi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2