Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 9, 2022 41 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Diqqat! Testni 80% va undan yuqori natija bilan tugating va sertifikatga ega bo'ling! 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz Online olimpiada savollari! Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 1 / 25 1. X.To`xtaboyevning “Sariq devni minib” romanidagi “Baxtim kulib boqqan edi” bobida Hojimjonnnig qaysi sarguzashtlari to`g`risida hikoya qilinadi? A) Hoshimjonning 1200 gektar paxta maydoni-yu, 12 ta brigadaga agronom bo`lib tayinlanganligi B) Hoshimjonning qalpoqcha tufayli diplomli bo`lgani, Krupskaya maktab-internatidagi sarguzashtlari C) Hoshimjonning tashlandiq uydan sehrli qalpoqchani topib olishi va a`lo baholar olishi D) Hoshimjonning Soraxon folbin va uning o`g`lining nayranglarini fosh etishi 2 / 25 2. Otdan yasalgan yasama sifat otlashgan qatorni toping. A) Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil B) Aqlli va dono kishilar yo`lda adashmaydi C) Achchiqni achchiq kesar D) Hunarli o`lmas, hunarsiz kun ko`rmas 3 / 25 3. Bir kuni chol qo`li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe`llar berilgan? A) Majhul, o`zlik, orttirma nisbatlar B) O`zlik, majhul, orttirma nisbatlar C) Aniq, majhul, orttirma nisbatlar D) Orttirma, birgali, majhul nisbatlar 4 / 25 4. “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish” asarlari muallifi kim? A) T Murod B) M.M.Do’st C) E.A’zam D) X.Sultonov 5 / 25 5. Shart mayli shakli kerak so`zni olib kelganda qanday ma’no bildiradi? A) piching B) taxmin-gumon C) o`xshatish D) istak 6 / 25 6. Qaysi gapda taqsim son ishtirok etgan? A) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. B) Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak. C) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi. D) Bekatda o‘n odam avtobus kutib turishardi. 7 / 25 7. Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat. Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridur kunda pix-u gavda xar. “Tanobchilar” satirasidan olingan ushbu parchada qanday tasvir vositasidan foydalanilgan? A) mubolag‘a B) sifatlash C) tazod D) jonlantirish 8 / 25 8. Ibroyim Yusupovning “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ridan olingan qaysi misralarda lirik tuyg‘ular bilan birga ijtimoiy kayfiyat ham aks etgan bo‘lib, sho‘ro davri siyosatini eslatadi? A) Biroq u bunda yo‘q, u yiroqlarda, Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor. B) Qizil kendir bilan shivirlashar tol, Turna uchib borar olis yoqlarga. C) Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab, Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday. D) Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar. She’r o‘qishib turgan yosh shoirlarday. 9 / 25 9. Uch, qushcha, hur Qo‘shig‘im bo‘lib! – Shudir sendan so‘nggi tilagim. Tanim qolsin bunda (Tan nima?) Ona yurtga borsin yuragim. (Musa Jalil) Ushbu she’riy parchada kimning tuyg‘ulari ifodalanmoqda? A) Kasalxonada yotgan bemorning. B) Urushdagi askarlarning. C) Qamoqxonadagi mahbusning. D) Chet ellarda sargardon yurgan ishchilarning. 10 / 25 10. Qaysi asarda biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli uchraydi? A) “Do‘nan” B) “Shum bola” C) “Muzqaymoq” D) “Urushning so‘nggi qurboni” 11 / 25 11. Sabab ravishdoshini toping. A) yig‘lay-yig‘lay uxladi B) ko‘rgani bordi C) qo‘rqib kirmadi D) suvga tikilgancha o‘ylanib qoldi 12 / 25 12. Xalq (tabobat) qulupnay (mevterlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Qavs ichidagi so‘zlarga qo‘shilishi kerak bo‘lgan munosabat shakllari soni nechta? A) 4 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 5 ta 13 / 25 13. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan? A) Ertaga mashina kelar, kelmasa, yo‘lga chiqmayman. B) – Koyima, qizim, - dedi ona, o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. C) Sen chala qoldirgan yerlaringni supura tur, kelib qolar. D) Dalaga suv chiqaraman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi. 14 / 25 14. Boychechakni tutdilar, Tut yog‘ochga osdilar.Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar. Ushbu parchadagi boychechak qanday ramz hisoblanadi? A) jo‘shqinlik ramzi B) bahor ramzi C) yoshlik ramzi D) mehnatkash inson ramzi 15 / 25 15. Quyidagi o‘tgan zamon shakllaridan qaysi biri ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi? A) Mixlangan qulog‘idan, suv quyar oyog‘idan. B) Oq yer ochdim, qora bug‘doy sochdim. C) Mana bu shotutni bobosi ekkan. D) Sinf rahbarimiz G‘anini uyga yuboribdilar. 16 / 25 16. Tarkibidagi barcha otlar mavhum ot hisoblanadigan gapni toping. A) U o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularni qanday atashni bilmas edi. B) Oyog‘ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi. C) Hayo qalbning haqiqiy ko‘zgusidir. D) Yalqovlik muhtojlik eshigidir. 17 / 25 17. Qaysi gapda fe’lning barcha vazifa shakllari ishtirok etgan? A) - Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, shuning uchun sha’ningizga dog‘ tushiradigan ish qilmang, - dedi u kuyunib. B) Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tutolmay qiqirlab kula boshladi. C) Necha kundan beri qattiq esayotgan shamol tinavermagach, tog‘ga chiqishni qoldirdi. D) So‘ridagi ko‘rpachani yig‘ishtirib olib, mehmonlar kelguncha yakandoz to‘shab, joy soldi. 18 / 25 18. Tarkibidagi barcha sifatlar yasama bo‘lgan gapni aniqlang. A) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi. B) Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. C) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, do‘mboq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. D) Nodon, kaltafahm odamdan ma’noli gap chiqmaydi. 19 / 25 19. Xalq qo‘shiqlari haqidagi qaysi fikr xato? A) Xalq qo‘shiqlari to‘y-tomoshalar jarayonida paydo bo‘lgan. B) Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. C) Xalq qo‘shiqlarida ko‘pchilikning his-tuyg‘ulari umumlashtirilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi. D) Xalq qo‘shiqlarida xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. 20 / 25 20. Eh o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi? Laqqa tushubsan-da lof ursa. Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda Yoningda tursa… Ushbu she’riy parchaga eng mos hikmatli so‘zni aniqlang. A) Yor uldurki, har nechakim o‘ziga Istamas, yorig‘a ham istamagay. O‘zi istarki, yor uchun o‘lgay, Ani munda sherik aylamagay. (Navoiy) B) Yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutula olmaysan, bulutli kunda izlasang ham topolmaysan. (Abay) C) Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham, Do‘st qadam qo‘ymas esa, vayronadir koshona ham. (E. Vohidov) D) Do‘sti yo‘q bilan sirlash, Do‘sti ko‘p bilan siylash. (Abay) 21 / 25 21. — Shiroq biz tomondan. O‘zi ertakchi, dostonchi dono chol. Butun umri cho‘ponlik bilan o‘tgan, — dedi Saksfar. Ushbu gapda nechta shaxs oti mavjud? A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 22 / 25 22. Xirmon yanchishda kuylanadigan o‘zbek xalq qo‘shig‘ini aniqlang. A) “Turey-turey” B) “Xo‘sh-xo‘sh” C) “Maydagul” D) “Chittigul” 23 / 25 23. Qaysi gapda sodda yasama va qo‘shma fe’llar ishtirok etgan? A) Hakim bobo har bir niholga alohida e’tibor berib parvarish qilardi. B) Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim. C) Boshing egib ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni gulday erkalagan chaman uchun. D) Komila bir chekkada g‘uj-g‘uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan gaplashib o‘tirardi. 24 / 25 24. Sabab ravishi qatnashgan gapni aniqlang. A) U esa hamon qo‘rqoqligi tufayli kechalari ko‘chaga chiqolmaydi. B) Mana shu mablag‘ behuda sarf etilmasligi uchun komissiya qat’iy bir qarorga kelishi kerak. C) Xayrullo bu shartga noiloj ko‘ndi. D) U qah-qah urib yuborishdan o‘zini arang tiyib, ko‘zlarini yumdi. 25 / 25 25. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik qaysi gapda mavjud? A) Sen chiqguncha kutib tura qolaman. B) Ob-havo yomonlashganda tog‘ga chiqmaslikni maslahat berishdi. C) Yuragimda mening bir dardim bor… D) Olis-olislarda qolgan qishlog‘im… 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2