Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №13 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №13 InfoMaster Oktabr 24, 2022 162 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №13 19.10.2022 Toshkent savollari! Testni Toshev Anvar tayyorladi. 1 / 40 1. To`g`ri chiziq tekis harakat uchun quyidagi formulalardan qaysi biri to`g`ri? A) a=2s/t^2 B) v=vo+gt C) v=vo-at D) v=s/t 2 / 40 2. Jism R radiusili aylana bo’ylab harakatlanmoqda. Aylananing 1/3 qismini o’tganda, yo’l va ko’chish moduli nimaga teng bo’ladi? A) 4 B) 1 C) 3 D) 2 3 / 40 3. 50 sm li iрga bog‘langan sharcha minutiga 36 marta aylanmoqda. Uning aylanish chastotasini toping (Hz). A) 1.67 B) 0.6 C) 3.6 D) 6 4 / 40 4. Rasmda ko’rsatilgan jismlarning to’qnashuvdan keying tezligini m/s toping?(Jismlar bir vaqtda to’qnashadi, ishqalanishni hisobga olmang) A) 0.75 B) 0.25 C) 2.5 D) 12.5 5 / 40 5. Boshlang’ich tezligi 20m/s bo’lgan jism 10s ichida o’z tezligini 40m/s ga yetkazdi. Jismni tezligini vaqtga bog’lanish tenglamasini toping. A) v=20-2t B) v=60-2t C) v=40-2t D) v=20+2t 6 / 40 6. Qiya tekislikning qiyaligi 0,6 ga teng. shu qiya tekislik yordamida 10 kg massali yukni qanday kuch (N) bilan qiya tekislik bilan yuqoriga tekis ko’tarish mumkin? Ishqalanish kuchini hisobga olmang? g=10m/s² A) 160 B) 100 C) 60 D) 50 7 / 40 7. Suvga nisbatan tezliklari 10m/s va 5m/s bo’lgan katerlar rasmda ko’rsatilgandek Amudaryoni kechib o’tishadi. Agar Amudaryoning tezligi 3m/s ga teng bo’lsa, katerlar orasidagi masofani aniqlang? A) 580 m B) 560 m C) 320 m D) 420 m 8 / 40 8. Radiusi 1 cm bo‘lgan temir sharni radiusi 3 cm ga yetguncha oltin (ρoltin = 19300 kg/m³) bilan qoplandi. Bu jarayonga qancha (kg) oltin sarflanganini aniqlang. π = 3 A) 2 B) 1 C) 0,62 D) 1,54 9 / 40 9. Qaysi grafikda izotermik kengayotgan ideal gaz ifodalangan? A) 1-grafik B) 2-grafik C) 3-grafik D) 4-grafik 10 / 40 10. Difraksion panjara yordamida hosil qilingan 1-tartibli ikkita maksimumlar o`zaro 60º burchak ostida kuzatilayotgan bo`lsa, hosil qilingan maksimumlar soni qanchaga teng bo`ladi? A) 9 B) 3 C) 4 D) 5 11 / 40 11. Nima uchun odamlar bilan to’la zalda tovush past eshitiladi? A) Odamlar bilan to’la zalda tovush baland eshitiladi. B) Odamlar tovush to’lqin energiyasini qaytaradi. C) Chunki odamlar tovush to’lqin energiyasini yutadi. D) Chunki odamlar bilan to’la zalda hech qanday tovush eshitilmaydi. 12 / 40 12. Kislorod atomini ionlashtirish uchun 14 eVga yaqin energiya zarur. Ionlashtiruvchi nurlanishning chastotasini toping. h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s, e = 1,6·10-19 C A) 0,34•10 darajasi 15 Hz B) 6,8•10 darajasi 15 Hz C) 34•10 darajasi 15 Hz D) 3,4•10 darajasi 15 Hz 13 / 40 13. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi shu hodisa uchun qaysi qonunning qo‘llanishidir? A) tok kuchini saqlanish qonuni B) energiyaning saqlanish qonuni C) zaryadning saqlanish qonuni D) impulsning saqlanish qonuni 14 / 40 14. Kunduzgi yorug'likda material qizil rangda ko'rindi. Agar qorong'ida shu materialga havorang nur tushirilsa, u qaysi rangda ko'rinadi? A) sariq B) qora C) qizil D) havorang 15 / 40 15. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing. A) I=0,314 sin10⁸ πt B) I=3,14 cos2•10⁸ πt C) I=0,314 cos10⁸ πt D) I=31,4 sin4•10⁸ πt 16 / 40 16. Agar boshlang’ich tezlikka ega bo’lmagan elektron yassi kondensatorda bir plastinkadan ikkinchisigacha bo’lgan yo’lni o’tganda 109 sm/s tezlikga erishganligi ma’lum bo’lsa, kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligini aniqlang(nC/m2). Plastinkalar orasidagi masofa 3 sm. εo=8.85·10-12 F/m, e=-1.6·10-19 C, me=9.1·10-31 kg. A) 84•10⁻⁹ B) 8,4 C) 84 D) 84•10⁻⁵ 17 / 40 17. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo’l o’tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo’l o’tadi. A) 3600 m B) 3000 m C) 1800 m D) 6000 m 18 / 40 18. C sig`imli kondensator q zaryad bilan, 2C sig`imli kondensator 3q zaryad bilan zaryadlangan. Bu kondensatorlar qutblarini teskari holda ulansa sistema elektr energiyasi qanchaga kamayadi? A) q²/12C B) 25q²/12C C) 7q²/12C D) 13q²/12C 19 / 40 19. 10 sm uzunlikdagi o`tkazgich induksiyasi 50 mTl bo`lgan magnit maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan. Amper kuchi o`tkazgichni o`zining yo`nalishida 8 sm siljitib, 0,004 J ish bajaradi. O`tkazgichdagi tok kuchi (A) qanday? A) 64 B) 0,01 C) 10 D) 0,1 20 / 40 20. Kuchni 3 marta orttirib, yelkani 2 marta kamaytirsak, kuch momenti qanday o’zgaradi? A) 2 marta ortadi B) 3 marta ortadi C) 6 marta ortadi D) 1,5 marta ortadi 21 / 40 21. Difraksion panjaraga monoxromatik yorug`lik nuri tik tushmoqda. Panjaraning 1 mm da 100 ta shtrix bor. Ekrandagi birinchi tartibli ikkita maksimum orasidagi masofa 10 sm ga teng bo`ldi. Ekran bilan difraksiya panjarasi orasidagi masofa 1 m bo`lsa, yorug`likning to`lqin uzunligini ( μm) toping. A) 1 B) 0,5 C) 0,46 D) 0,6 22 / 40 22. Elektr plita tuzatilayotganda uning spirali dastlabki uzunligining 0,2 ulushiga qisqartirildi. Bu holda plitaning quvvati necha marta ortadi? A) 0,8 B) 1,8 C) 1,25 D) 1,2 23 / 40 23. XBS dagi o’lchamligi N/T·m bo’lgan fizik kattalik birligining nomi nima? A) Amper B) Genri C) Veber D) Joul 24 / 40 24. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida .... A) Tok kuchi maksimum bo’lishi mumkin emas. B) Magnit va elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. C) Magnit maydon energiyasi maksimum bo’ladi. D) Elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. 25 / 40 25. Lift shiftidagi dinamometrga osilgan m massali yuk vertikal bo`ylab a tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikrligi k bo`lsa, bu prujina qanchaga uzayadi? A) m/k (a-g) B) k/m (a-g) C) m/k (g+a) D) m/k (g-a) 26 / 40 26. Atom bombalarining quvvati istalgancha katta bo’la olmasligining sababi nimada? A) Bombaning quvvati istalgancha katta bo’lishi mumkin. B) Bombaning quvvati uni tashkil qiluvchi zarralar soni bilan aniqlanadi. C) Portlovchi moddaning har bir bo’lagining massasi kritik massadan kichik bo’lishi kerak. Bombaning quvvati bu bo’laklar soni bilan aniqlanadi. D) Portlovchi moddaning har bir bo’lagining massasi kritik massadan katta bo’lishi kerak. Bombaning quvvati bu bo’laklar soni bilan aniqlanadi. 27 / 40 27. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub? A) ferromagnetik B) paramagnetik C) Diamagnetik va paramagnetik D) diamagnetik 28 / 40 28. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N). A) 4,0•10²⁰ B) 10²⁰ C) 2,0•10²⁰ D) 2,0•10²² 29 / 40 29. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)? A) 1,2 B) 4,8 C) 2 D) 2,4 30 / 40 30. Agar jismga 3 s davomida 15 N kuch ta’sir etsa, jism impulsining o'zgarishi (kg·m/s) nimaga teng? A) 60 B) 18 C) 5 D) 45 31 / 40 31. Kislorod atomining ionizatsiya energiyasi 14 eV. Bu atom uchun fotoeffektning qizil chegarasi (nm) topilsin. h=6,63·10-34 J s, 1 eV= 1,6·10-19 J. A) 3,4 B) 8,8 C) 34 D) 88 32 / 40 32. Radioaktiv elementning aktivligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Yarim yemirilish davrini toping. A) 2 sutka B) 8 sutka C) 4 sutka D) 1 sutka 33 / 40 33. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidan nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo'lgan modda chiqarib olinsa, zanjirdagi zaryadning tebranish davri qanday o'zgaradi? A) 2 marta kamayadi B) 4 marta kamayadi C) 2marta ortadi D) 16 marta kamayadi 34 / 40 34. α – zarraning tezligi 0 dan v=0,9 c gacha orttirilganda, uning massasi qanchaga ortadi? α-zarraning tinchlikdagi massasi m0=4,0 m.a.b. deb hisoblang. c=3·108 m/s. A) 5,8 m.a.b B) 5,2 m.a.b C) 10,4 m.a.b D) 2,6 m.a.b 35 / 40 35. 2 kg va 1 kg massali silindrlar qo`zg`almas blok orqali vaznsiz ipga osilgan. Bunda birinchi silindrning 4% qismi suvga botganda muvozanat vujudga kelgan. Silindrlarning zichligini (kg/m3 ) aniqlang. A) 40 B) 20 C) 100 D) 80 36 / 40 36. Induksiya EYUK ning birligini ko‘rsating. A) T/s B) Gn/s C) F/C D) Wb/s 37 / 40 37. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi? A) Imax=Umax / √LC B) Imax=Umax • √LC C) Imax=Umax • √C/L D) Imax=Umax • √L/C 38 / 40 38. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 10 B) 27,3 C) 17,3 D) 30 39 / 40 39. 45 m balandlikdan erkin tashlab yuborilgan metall sharcha yerga elastik urilib, 5 m balandlikka ko’tarildi. Yerga urilish vaqtidagi sharcha impulsining o’zgarishini toping (kg·m/s). (m=5 kg). g=10m/s2. A) 400 B) 198 C) 200 D) 100 40 / 40 40. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi? A) 4000 B) 400 C) 4 D) 40 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15