Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №11 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №11 InfoMaster Avgust 1, 2022 266 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №11 Testni Toshev Anvar tayyorladi. DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Bir xil ishorada zaryadlangan ikkita sharcha orasidagi masofa 100 mm ga teng. Ular orasidagi masofa 25 mm ga keltirilsa, ta`sir kuchi qanday o`zgaradi. A) o`zgarmaydi B) 16 marta ortadi C) 8 marta ortadi D) 4 marta ortadi 2 / 40 2. Tik yuqoriga 10 m/s tezlik bilan otilgan jism ma’lum vaqtdan so’ng, yerga qaytib tushdi. Uning yo’li va ko’chishini toping. (m) A) 10; 0 B) 0; 20 C) 5; 0 D) 5; 15 3 / 40 3. Jism qachon to`g`ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat qilgan hisoblanadi A) tezlik vektorining yo`nalishi bir tekisda o`zgargani holda uning moduli o`zgarmasa B) tezlik vektorining yo`nalishi bir tekisda o`zgargani holda uning moduli bir tekisda ortib borsa C) tezlik vektorining yo`nalishi o`zgarmagan holda uning moduli bir tekisda kamayib borsa D) tezlik vektorining yo`nalishi o`zgarmagan holda uning moduli bir tekisda ortib borsa 4 / 40 4. Rasmda ko'rsatilgan bir jinsli to'sinning massasi 10 kg , ipning taranglik kuchi 200 N ga teng bo’lsa osilgan yuklarning massasini aniqlang (kg) ?(M1=M2) A) 28 B) 7 C) 14 D) 10 5 / 40 5. 3q, 2q va 3q nuqtaviy zaryadlar bir to’g’ri chiziqda o’zaro a masofada ketma-ket mahkamlangan. Agar zaryadi 3q, massasi m bo’lgan zaryad bo’shatilsa, qanday maksimal tezlikka erishadi? A) III B) II C) I D) IV 6 / 40 6. Yer sirtidan qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi yer sirtidagi qiymatiga nisbatan 49 marta kichik bo’ladi? Yerning radiusi R. A) 5R B) 6R C) 3R D) 2R 7 / 40 7. Aerostatdagi barometr 610 mm.sim.ust. ga teng bo’lgan bosimni ko‘rsatdi. U qanday balandlikda bo’lgan? A) 1,8 km B) 2,1 km C) 1,2 km D) 1,5 km 8 / 40 8. Geliy gaziga izoxorik tarzda 90 J issiqlik miqdori berildi, so‘ngra gaz izobarik sovitilganida 150 J issiqlik miqdori ajralib chiqdi. Gazning ichki energiyasi necha J o‘zgardi? A) 30 B) 45 C) 15 D) 0 9 / 40 9. Magnit induksiya chiziqlari tik pastga yo‘nalgan. Bu maydonga perpendikulyar yo‘nalishda elektron uchib kirdi. Uning trayektoriyasi qanday? A) ellips B) parabola C) aylana D) to'g'ri chiziq 10 / 40 10. Moddiy nuqta 2 minutda 600 marta tebranadi. Tebranish davrini aniqlang. A) 0,125 s B) 0,5 s C) 0,2 s D) 0,1 s 11 / 40 11. Bir xil hajmli havo sharlariga teng miqdorda vodorod, azot va geliy gazlari qamaldi. Qaysi gaz solingan sharning ko’tarish kuchi eng katta? A) azot B) geliy C) vodorod D) bir xil 12 / 40 12. Chang’ichi tepalikka ko’tarilayotib 3 km ga teng yo’lni o’rtacha 5,4 km/soat tezlik bilan bosib o’tadi. U pastga tushayotib 10 m/s tezlikda 1 km yo’l o’tadi. Chang’ichining butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini toping. A) 1 m/s B) 0,5 m/s C) 4 m/s D) 2 m/s 13 / 40 13. Bikrliklari 0,5 va 1 kN/m bo'lgan ikki prujina ketma-ket ulangan. Agar kuch ta ’sirida 1-prujina 2 sm uzaygan bo’lsa, 2-prujina necha sm uzaygan? A) 4 B) 3 C) 1 D) 2 14 / 40 14. Katodga 3 s davomida kelgan ionlaming umumiy zaryadi 9 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi? A) 3 B) 1 C) 1,5 D) 6 15 / 40 15. To`lqin uzunligi 700 nm bo`lgan yorug`lik vakuumdan muhitga o`tganda uning tezligi 20% ga kamaygan bo`lsa, yorug`likning shu muhitdagi to`lqin uzunligini (nm) aniqlang. A) 140 B) 560 C) 350 D) 600 16 / 40 16. Bir soatda dvigatel 20 kg dizel yonilg'isi sarflaydi. Dvigatelning mexanik quvvati 75 kW bo'lsa, uning FIK necha foiz? Dizel yonilg'isining solishtirma yonish issiqligi 42 MJ/kg. A) 32 B) 40 C) 35 D) 20 17 / 40 17. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 30 B) 17,3 C) 10 D) 27,3 18 / 40 18. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h). A) 37 B) 34,3 C) 35 D) 33,5 19 / 40 19. Moddiy nuqta tezligining vaqtga bog'lanishi υ=5+4t (m/s) ko'rinishga ega. Vaqtning birinchi sekundida bosib o'tilgan yo'lni (m) aniqlang. A) 4,5 B) 5 C) 7 D) 9 20 / 40 20. Normal sharoitda vodorod zichligi 0,09 kg/m³ ekanligi o‘lchandi. Shu sharoitda kripton (M=84 g/mol) zichligi (kg/m³ ) qanday bo`ladi? A) 3,78 B) 1,89 C) 0,94 D) 7,56 21 / 40 21. Elektron atomni ionlashi uchun kamida qanday tezlikka (Mm/s) ega bo`lishi kerak? Atomning ionizatsiya energiyasi 0,392 •10-17 J. Elektron massasi 9,1• 10-31 kg. A) 3,22 B) 29,4 C) 3,37 D) 2,94 22 / 40 22. 100 km yo’lda 10 kg benzin sarflaydigan avtomobil divigateli yonilg’i bakining sig’imi 60 litr bo’lsa, avtomobil bakidagi yonilg’i bilan qancha yo’l bosadi? ρbenzin=710 kg/m3 A) 600 km B) 710 km C) 213 km D) 426 km 23 / 40 23. Agar 1000kg massali kubning qirrasi uch marta orttirilsa, uning massasi (t) qancha bo'ladi? A) 27 B) 4000 C) 400 D) 40 24 / 40 24. Nima uchun odamlar bilan to’la zalda tovush past eshitiladi? A) Odamlar bilan to’la zalda tovush baland eshitiladi. B) Odamlar tovush to’lqin energiyasini qaytaradi. C) Chunki odamlar bilan to’la zalda hech qanday tovush eshitilmaydi. D) Chunki odamlar tovush to’lqin energiyasini yutadi. 25 / 40 25. Radioaktiv yadroning yarim yemirilish davri 3 sutkaga teng bo`lsa, 6 sutkadan so`ng yemirilmay qolgan yadrolar necha foizni tashkil etadi ? A) 12,5 B) 50 C) 25 D) 41 26 / 40 26. Gaz 27° С dan 57° С gacha isitilgan. Agar bosim o‘zgarmagan bo‘lsa, gaz hajmi necha protsent ortgan? A) 25 B) 15 C) 110 D) 10 27 / 40 27. Agar jism yo'lning 1- yarmini 20 s da, 2-yarmini esa 10 s da o'tgan bo'lsa, uning o'rtacha tezligi necha m/s? Yo'l 240 metrga teng. A) 6 B) 5 C) 4 D) 8 28 / 40 28. Oq yorug’lik bilan qizil, sariq, yashil, ko‘k rangdagi shishalarning qaysi biri yoritilganda, o’tgan nur fotonining impulsi eng kichik bo’ladi? A) Yashil B) Ko’k C) Sariq D) qizil 29 / 40 29. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing. A) I=3,14 cos2•10⁸ πt B) I=0,314 cos10⁸ πt C) I=0,314 sin10⁸ πt D) I=31,4 sin4•10⁸ πt 30 / 40 30. Agar anod zanjiridagi tok kuchi 10A bolsa, katoddan 1000 s da nechta elektron chiqadi? e = 1,6·10-19 C. A) 1,6•10²³ B) 6,25•10²² C) 1,25•10³³ D) 5•10²² 31 / 40 31. 1,2 kg massali jism aylana bo’ylab 5 m/s tezlikda harakatlanmoqda. Jism 90° ga burilganda uning impulsi qanday o’zgaradi (kg·m/s)? A) 6,25 B) 8,5 C) 4,3 D) 7,5 32 / 40 32. Ipga osilgan po‘lat sharcha ostiga kuchli magnit joylashtirilsa, sharchaning tebranish chastotasi qanday o‘zgaradi? A) O’zgarmaydi. B) Ortadi. C) Sharcha to’xtab qoladi. D) Kamayadi. 33 / 40 33. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi? A) Imax=Umax • √C/L B) Imax=Umax /√LC C) Imax=Umax • √LC D) Imax=Umax •√L/C 34 / 40 34. Uy temperaturasidagi termistordan o`tayotgan tokning kuchi 4 mA edi. Termistor isitilganda tokning kuchi 0,01 A bo`lgan. Isitilmagan termistor qarshiligi isitilgan termistornikidan necha marta katta? A) 3,5 B) 2,0 C) 3,0 D) 2,5 35 / 40 35. Massasi 2000 t bo‘lgan poyezd to‘g'ri chiziqli harakatlanayotib, tezligini 36 dan 72 km/soatga oshirdi. Impulsning o‘zgarishini toping. A) 2•10⁷ kg•m/s B) 2•10⁹ kg•m/s C) 10⁷ kg•m/s D) 4•10³ kg•m/s 36 / 40 36. Agar 1 minutda amplitudasi 7 sm bo'lgan 180 tebranish bajarilsa, garmonik tebranishlar tenglamasini toping (m). Tebranishning boshlang'ich fazasi π/2 ga teng. A) X=7cos(6πt+π/2) B) X = 0,07•sin(6πt+π/2) C) X=0,7 cos(6πt+π/2) D) X=0,07 cos(12πt+π/2) 37 / 40 37. Bir jinsli valning uchidan 20 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi? A) 1 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi B) 2 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi C) 2 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi D) 1 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi 38 / 40 38. Jismga 11 s davomida 22 N kuch ta'sir etmoqda. Jism impulsining o`zgarishi (kg m/s) topilsin. A) 242 B) 206 C) 330 D) 33 39 / 40 39. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,5 kN tortish kuchi, 500 N ishqalanish kuchi va havoning 200 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng? A) 800 N B) 200 N C) 450 N D) 1050 N 40 / 40 40. Radiolampada elektronning katod yaqinidagi tezligi 0 ga, anod yaqinidagi tezligi 0,2 Mm/s ga teng. Elektrodlar orasidagi masofa 1 sm bo`lsa, elektronlar qanday tezlanish (m/s ) bilan harakat qiladi? A) 2 10 darajasi 15 B) 2 10 darajasi 10 C) 2 10 darajasi 12 D) 2 10 darajasi 13 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15