Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №12 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №12 InfoMaster Avgust 22, 2022 163 Ko'rishlar 99 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №12 Testni Toshev Anvar tayyorladi. DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Rasimda ko’rsatilgan jism boshlang’ich tezliksiz harakatlana boshladi va qiyalikning oxiriga 4 s da tushdi. Jism va qiya tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping. (sin37°=0,6; cos37° =0,8) A) 0,2 B) 0,5 C) 0,3 D) 0,4 2 / 40 2. Jism tezlanishining vaqtga bog`lanish grafigi berilgan. Jismning dastlabki tezligi V0= 20 m/s bo’lsa, t = 3s paytdagi tezligi nimaga teng (m/s)? A) 20 B) 45 C) 55 D) 50 3 / 40 3. 50 sm li iрga bog‘langan sharcha minutiga 36 marta aylanmoqda. Uning aylanish chastotasini toping (Hz). A) 0.6 B) 6 C) 1.67 D) 3.6 4 / 40 4. Rasmda ko’rsatilgan jismlarning to’qnashuvdan keying tezligini m/s toping?(Jismlar bir vaqtda to’qnashadi, ishqalanishni hisobga olmang) A) 2.5 B) 0.25 C) 12.5 D) 0.75 5 / 40 5. Yer sirtidan 4R masofadagi m massali jismni, Yer sirtidan 5R maaofaga olib chiqishda tashqi kuchlar bajargan ishni aniqlang. R-yer radiusi, g- yer sirtidagi erkin tushish tezlanishi A) mgr B) –mgr C) mgr/30 D) mgr/20 6 / 40 6. +q hamda +2q nuqtaviy zaryadlar bir biridan 2r masofada turibdi. Ularning o`rtasida joylashgan A nuqtadagi potensial 3 V ga teng. A nuqtadan 2r masofaga Q nuqtaviy zaryad joylashtirilganda esa bu nuqtadagi potensial -3 V ni tashkil etdi. Q zaryadni toping. A) -12q B) -6q C) 6q D) 12q 7 / 40 7. G‘ildirak ω= 100πt rad/s burchak tezlik bilan aylanyapti. U 10 s da necha marta aylanadi? A) 50 B) 2500 C) 500 D) 100 8 / 40 8. Jadvalda moddalar va ularning nur sindirish ko‘rsatkichlari berilgan. Agar bu moddalarda yorug‘likning tarqalish tezligi o‘lchansa, qaysi moddada yorug‘lik eng kichik tezlik bilan tarqaladi? A) shisha B) suv C) yoqut D) olmos 9 / 40 9. C=4µF sig‘imli 3 ta kondensator berilgan. 6µF sig‘im hosil qilish uchun ularni qanday ulash kerak? A) Ikkitasini o‘zaro ketma-ket, qolgan bittasini ularga parallel ulash kerak B) hammasini ketma-ket ulash kerak C) hammasini parallel ulash kerak D) Ikkitasini o‘zaro parallel, qolgan bittasini ularga ketma-ket ulash kerak 10 / 40 10. Massasi 3,0kg bo‘lgan jism 7,2 m/s2 tezlanish bilan tik tushmoqda. Havoning qarshilik kuchi qancha? g=9.8m/s2 A) 8,4 N B) 51 N C) 51,6 N D) 7,8 N 11 / 40 11. Agar anod zanjiridagi tok kuchi 10A bolsa, katoddan 1000 s da nechta elektron chiqadi? e = 1,6·10-19 C. A) 5•10²² B) 1,25•10³³ C) 1,6•10²³ D) 6,25•10²² 12 / 40 12. XBS dagi o’lchamligi N/T·m bo’lgan fizik kattalik birligining nomi nima? A) Genri B) Amper C) Veber D) Joul 13 / 40 13. Agar jismga 3 s davomida 15 N kuch ta’sir etsa, jism impulsining o'zgarishi (kg·m/s) nimaga teng? A) 18 B) 60 C) 45 D) 5 14 / 40 14. Lift shiftidagi dinamometrga osilgan m massali yuk vertikal bo`ylab a tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikrligi k bo`lsa, bu prujina qanchaga uzayadi? A) m/k (a-g) B) k/m (a-g) C) m/k (g+a) D) m/k (g-a) 15 / 40 15. Elektr zanjir qarshiligi 4 Ω bo‘lgan rezistor EYUKi 12 V, ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan tok manbayidan iborat. Rezistorning kuchlanishi qanday? A) 4 V B) 2 V C) 12 V D) 8 V 16 / 40 16. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidan nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo'lgan modda chiqarib olinsa, zanjirdagi zaryadning tebranish davri qanday o'zgaradi? A) 4 marta kamayadi B) 2 marta kamayadi C) 2marta ortadi D) 16 marta kamayadi 17 / 40 17. Kislorod atomining ionizatsiya energiyasi 14 eV. Bu atom uchun fotoeffektning qizil chegarasi (nm) topilsin. h=6,63·10-34 J s, 1 eV= 1,6·10-19 J. A) 34 B) 88 C) 3,4 D) 8,8 18 / 40 18. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N). A) 2,0•10²⁰ B) 2,0•10²² C) 10²⁰ D) 4,0•10²⁰ 19 / 40 19. Matematik mayatning uzunligi 2,5 m, unga osilgan sharchaning massasi 100 gr. Tebranish davrini hisoblang(s). g=10m/s2. A) 1,73 B) 31,4 C) 6,28 D) 3,14 20 / 40 20. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi? A) Imax=Umax • √C/L B) Imax=Umax • √LC C) Imax=Umax / √LC D) Imax=Umax • √L/C 21 / 40 21. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub? A) Diamagnetik va paramagnetik B) ferromagnetik C) paramagnetik D) diamagnetik 22 / 40 22. C sig`imli kondensator q zaryad bilan, 2C sig`imli kondensator 3q zaryad bilan zaryadlangan. Bu kondensatorlar qutblarini teskari holda ulansa sistema elektr energiyasi qanchaga kamayadi? A) 25q²/12C B) 13q²/12C C) 7q²/12C D) q²/12C 23 / 40 23. Og‘irlik deb ... A) jismning og‘irlik kuchi ta’sirida tayanchga va osmaga ta’sir qiluvchi kuchga aytiladi B) jismlarning tinch holatda bo‘lishini ta’minlovchi kuchga aytiladi C) jismlar deformatsiyalanganda hosil bo‘ladigan kuchga aytiladi D) jismlarni yerga tortuvchi kuchga aytiladi 24 / 40 24. Elektr plita tuzatilayotganda uning spirali dastlabki uzunligining 0,2 ulushiga qisqartirildi. Bu holda plitaning quvvati necha marta ortadi? A) 1,25 B) 1,2 C) 0,8 D) 1,8 25 / 40 25. 45 m balandlikdan erkin tashlab yuborilgan metall sharcha yerga elastik urilib, 5 m balandlikka ko’tarildi. Yerga urilish vaqtidagi sharcha impulsining o’zgarishini toping (kg·m/s). (m=5 kg). g=10m/s2. A) 200 B) 100 C) 198 D) 400 26 / 40 26. Kuchni 3 marta orttirib, yelkani 2 marta kamaytirsak, kuch momenti qanday o’zgaradi? A) 2 marta ortadi B) 6 marta ortadi C) 3 marta ortadi D) 1,5 marta ortadi 27 / 40 27. Difraksion panjaraga monoxromatik yorug`lik nuri tik tushmoqda. Panjaraning 1 mm da 100 ta shtrix bor. Ekrandagi birinchi tartibli ikkita maksimum orasidagi masofa 10 sm ga teng bo`ldi. Ekran bilan difraksiya panjarasi orasidagi masofa 1 m bo`lsa, yorug`likning to`lqin uzunligini ( μm) toping. A) 1 B) 0,5 C) 0,46 D) 0,6 28 / 40 28. O‘zgarmas kuchlanish manbayiga 10 Ω , 16 Ω va 18 Ω qarshiliklar ketma-ket ulangan. Umumiy qarshilikni toping (Ω). A) 4,4 B) 4,235 C) 7,72 D) 44 29 / 40 29. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo’l o’tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo’l o’tadi. A) 1800 m B) 3000 m C) 3600 m D) 6000 m 30 / 40 30. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)? A) 4,8 B) 2,4 C) 1,2 D) 2 31 / 40 31. Induksiya EYUK ning birligini ko‘rsating. A) Wb/s B) T/s C) F/C D) Gn/s 32 / 40 32. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 17,3 B) 27,3 C) 30 D) 10 33 / 40 33. Radioaktiv elementning aktivligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Yarim yemirilish davrini toping. A) 1 sutka B) 8 sutka C) 2 sutka D) 4 sutka 34 / 40 34. 10 sm uzunlikdagi o`tkazgich induksiyasi 50 mTl bo`lgan magnit maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan. Amper kuchi o`tkazgichni o`zining yo`nalishida 8 sm siljitib, 0,004 J ish bajaradi. O`tkazgichdagi tok kuchi (A) qanday? A) 64 B) 10 C) 0,01 D) 0,1 35 / 40 35. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m). A) 400 B) 40 C) 440 D) 360 36 / 40 36. Agar boshlang’ich tezlikka ega bo’lmagan elektron yassi kondensatorda bir plastinkadan ikkinchisigacha bo’lgan yo’lni o’tganda 109 sm/s tezlikga erishganligi ma’lum bo’lsa, kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligini aniqlang(nC/m2). Plastinkalar orasidagi masofa 3 sm. εo=8.85·10-12 F/m, e=-1.6·10-19 C, me=9.1·10-31 kg. A) 84•10⁻⁵ B) 84•10⁻⁹ C) 8,4 D) 84 37 / 40 37. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing. A) I=0,314 cos10⁸ πt B) I=31,4 sin4•10⁸ πt C) I=3,14 cos2•10⁸ πt D) I=0,314 sin10⁸ πt 38 / 40 38. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)? A) 2 B) 4,8 C) 1,2 D) 2,4 39 / 40 39. Atom E2 energiyali holatdan E1 energiyali holatga o'tganida nurlangan fotonning energiyasi qanday bo’ladi? A) E2 B) E1+E2 C) E2- E1 D) E1 40 / 40 40. Kunduzgi yorug'likda material qizil rangda ko'rindi. Agar qorong'ida shu materialga havorang nur tushirilsa, u qaysi rangda ko'rinadi? A) sariq B) qora C) qizil D) havorang 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15