Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 607 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Matni o‘qing. Qaysi meva yozda birinchi pishadigan meva deb tariflangan? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti. Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) Uzum B) Qulupnay C) Handalak D) Gilos, olma, o‘rik 2 / 25 2. Ish-harakat va uning bajaruvchisi oʻrtasidagi munosabat nima deyiladi? A) bo‘lishsizlik shakli B) nisbat zamon shakli C) fe’l deyiladi D) vazifadosh shakli 3 / 25 3. Gapda olmoshning qaysi ma’no turi qatnashgan? Birovlarning fikri bilan kelajagingni qurma. A) kishilik B) gumon C) bo‘lishsizlik D) o‘zlik 4 / 25 4. Noto‘g‘ri berilgan ma’lumotni belgilang. A) Qo‘shib yoziladigan yuklamalarga -mi, -gina kiradi B) -da chiziqcha bilan yoziladigan yuklama hisoblanadi C) Ham yuklamasi alohida ajratib yoziladi D) Faqat yuklamasi ajratib yozilmaydi 5 / 25 5. Qaysi qatorda yordamchi fe’llar berilgan? A) kerak, bo‘ladi B) harakat, bo‘lmoq C) qilmoq, olmoq D) zarur, kerak 6 / 25 6. Quyidagi berilgan javoblardan mosini tanlab nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. ……… – tinglovchiga qaratilib, biror ish-harakatni bajarishga undaydigan gaplar: ma, mang, qani, marhamat, xo‘sh kabi so‘zlar. A) Inkor so‘z-gaplar B) Taklif so‘z-gaplar C) Modal so‘z-gaplar D) Tasdiq so‘z-gaplar 7 / 25 7. Quyidagilardan o‘tgan zamon sifatdoshi berilgan qatorni toping. A) Ketayotgan B) Barchasi o‘tgan zamon sifatdoshi C) Ketadigan D) Ketgan 8 / 25 8. Ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida yasaladi? A) -sh, -ish, -moq B) -gan,-kan,-qan C) -gach, -guncha, -gani D) -li, -siz, be 9 / 25 9. Quyidagi berilganlardan sodda sifat qatnashgan qatorni toping. A) tinchliksevar, jonkuyar; B) harakatchan, shifobaxsh; C) havorang, qimmatbaho; D) katta, go‘zal 10 / 25 10. Berilgan gapdagi kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? Ushbu joy bolaning g‘amini ham, hursandchiligini ham, sevgisini ham ko‘rgan. A) sifatdosh B) harakat nomi C) fe’l D) ravishdosh 11 / 25 11. otmoq, bezatmoq- ushbu so‘zlar fe’lning qaysi nisbatiga kiradi? A) o‘zlik nisbat B) majhul nisbat C) ortirma nisbat D) aniq nisbat 12 / 25 12. Quyidagi berilgan gaplarda nechta yuklama qatnashgan? 1)Yig‘ilishga faqat Murod kelmadi. 2)Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz-ku! A) ikkita B) bitta C) to‘rtta D) uchta 13 / 25 13. Undalmalar gapda qanday tinish belgilari bilan ajratiladi? A) qavs, qo‘shtirnoq B) ikki nuqta C) vergul, nuqta D) undov, vergul 14 / 25 14. Ko‘rsatilgan misollardan mavhum otlar berilgan qatorni toping. A) ezgulik, kiyik, avtobus B) havorang, tirma, yovuzlik C) vijdon, go‘zallik, sevgi D) chopmoq, o‘qish, yurak 15 / 25 15. Quyidagilardan hol qatnashgan gap qatorni aniqlang. A) Tog‘am chiroyli kiyim olib keldilar. B) Qiziqchi o‘zining kulguli so‘zi bilan hammani o‘ziga qaratdi. C) Balandlikka chiqishda avtomobillar taqa-taq to‘xtab qoldi. D) Ukam menga qaradi, men ukamga qaradim. 16 / 25 16. Quyidagi so‘zlardan ijobiy fazilatni ko‘rsatilgan so‘zlarni belgilang. A) dangasa B) oq ko‘ngil C) ishyoqmas D) ochiko‘z 17 / 25 17. Vazifadosh ko‘makchi qatnashgan gapni toping. A) Bola kun sayin, soat sayin o‘sib borardi. B) Biz yurtimiz uchun hamma narsaga tayyormiz. C) Men do‘stim bilan kutubxonaga bordim. D) U tomon bir to‘da bollalar yugurib ketishdi. 18 / 25 18. Bayon qilingan fikrning tartibini bildiruvchi modal so‘zlar qatnashgan gapni belgilang. A) Aksincha, o‘quvchilar bir-biridan qolmaslik uchun harakat qildilar. B) Xususan, o‘zaro kelishuvga erishganliklari foyda keltirdi. C) Avvalo, ularning bu ishlari qayerdan boshlanganini bilish zarur. D) Demak, xulosa qilsak ham bo‘ladi. 19 / 25 19. Matni o‘qing. Quyidagi berilgan sarlavhalardan qaysi biri matn uchun mos emas? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti.Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) Fasllar go‘zalligi B) Yoz tarovati C) Mehnat fasli D) Yozdagi mevalar 20 / 25 20. Qaysi qatordagi qo‘shimchlar kelishik qo‘shimchalari hisoblanadi? A) -gi, -chi, -kor B) -li, ba-, -bo C) -ona, -siz, -lab D) -da, -ni, -ning 21 / 25 21. Sifatdosh nechta zamon shakliga ega? A) uchta B) bitta C) to‘rtta D) ikkita 22 / 25 22. Matni o‘qing. Ostiga chizilgan so‘zlar qaysi so‘z turkumidaligini aniqlang? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti. Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) ot, sifat, fe’l B) sifat, ot, ravish C) ot, ravish, fe’l D) olmosh, sifat, fe’l 23 / 25 23. Berilgan gaplardan shaxsi umumlashgan gaplarni toping. A) Nahorga oshga chiqing B) Bilmagan kasbga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. C) Keksalarni e’zozlaylik D) O‘ylab ko‘rsam u haq ekan. 24 / 25 24. Tasdiq ma’nosini bildiruvchi vositalar to‘g‘ri berilgan qatorni ko‘rsating? A) shunday, shekilli. B) noto‘g‘ri, aksinchа. C) ha, to‘g‘ri. D) yo‘q, bilmayman. 25 / 25 25. Bog‘lovchi bilan yasalgan gapda qanday ma’no ifodalab kelinmoqda? Chunki qorong‘u tushib qolgan edi. A) Shart ma’nosi ifodalab kelinmoqda. B) Aniqlov ma’nosi ifodalanmoqda. C) Sabab ma’nosi ifodalab kelinmoqda. D) Inkor ma’nosi ifodalab kelinmoqda. 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1