Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 945 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 9 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Quyidagilardan o‘tgan zamon sifatdoshi berilgan qatorni toping. A) Ketayotgan B) Barchasi o‘tgan zamon sifatdoshi C) Ketgan D) Ketadigan 2 / 25 2. Quyidagilardan hol qatnashgan gap qatorni aniqlang. A) Tog‘am chiroyli kiyim olib keldilar. B) Qiziqchi o‘zining kulguli so‘zi bilan hammani o‘ziga qaratdi. C) Balandlikka chiqishda avtomobillar taqa-taq to‘xtab qoldi. D) Ukam menga qaradi, men ukamga qaradim. 3 / 25 3. Gapda olmoshning qaysi ma’no turi qatnashgan? Birovlarning fikri bilan kelajagingni qurma. A) bo‘lishsizlik B) o‘zlik C) kishilik D) gumon 4 / 25 4. Quyidagi berilgan ma’lumotlardan qaysi biri noto‘g‘ri? A) Chunki bog‘lovchisi sabab ma’nosini ifodalab keladi. B) Agar bo‘g‘lovchisi shart ma’nosini ifodalab keladi. C) Zero bog‘lovchisi tartib ma’nosini ifodalab keladi. D) Ya’ni bog‘lovchisi aniqlov ma’nosini ifodlab keladi. 5 / 25 5. Ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida yasaladi? A) -gach, -guncha, -gani B) -li, -siz, be C) -gan,-kan,-qan D) -sh, -ish, -moq 6 / 25 6. Matni o‘qing. Ostiga chizilgan so‘zlar qaysi so‘z turkumidaligini aniqlang? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti. Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) olmosh, sifat, fe’l B) ot, sifat, fe’l C) ot, ravish, fe’l D) sifat, ot, ravish 7 / 25 7. Quyidagi berilgan gaplarda nechta yuklama qatnashgan? 1)Yig‘ilishga faqat Murod kelmadi. 2)Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz-ku! A) bitta B) ikkita C) uchta D) to‘rtta 8 / 25 8. Vazifadosh ko‘makchi qatnashgan gapni toping. A) Biz yurtimiz uchun hamma narsaga tayyormiz. B) Bola kun sayin, soat sayin o‘sib borardi. C) Men do‘stim bilan kutubxonaga bordim. D) U tomon bir to‘da bollalar yugurib ketishdi. 9 / 25 9. Sifatdosh nechta zamon shakliga ega? A) bitta B) ikkita C) uchta D) to‘rtta 10 / 25 10. Noto‘g‘ri berilgan ma’lumotni belgilang. A) Faqat yuklamasi ajratib yozilmaydi B) Ham yuklamasi alohida ajratib yoziladi C) Qo‘shib yoziladigan yuklamalarga -mi, -gina kiradi D) -da chiziqcha bilan yoziladigan yuklama hisoblanadi 11 / 25 11. Ish-harakat va uning bajaruvchisi oʻrtasidagi munosabat nima deyiladi? A) nisbat zamon shakli B) vazifadosh shakli C) fe’l deyiladi D) bo‘lishsizlik shakli 12 / 25 12. Bayon qilingan fikrning tartibini bildiruvchi modal so‘zlar qatnashgan gapni belgilang. A) Aksincha, o‘quvchilar bir-biridan qolmaslik uchun harakat qildilar. B) Demak, xulosa qilsak ham bo‘ladi. C) Avvalo, ularning bu ishlari qayerdan boshlanganini bilish zarur. D) Xususan, o‘zaro kelishuvga erishganliklari foyda keltirdi. 13 / 25 13. Kim? Nima? so‘rog‘iga qaysi gap bo‘lagi javob bo‘ladi? A) To‘ldiruvchi B) Hol C) Ega D) Aniqlovchi 14 / 25 14. Quyidagi berilgan javoblardan mosini tanlab nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. ……… – tinglovchiga qaratilib, biror ish-harakatni bajarishga undaydigan gaplar: ma, mang, qani, marhamat, xo‘sh kabi so‘zlar. A) Taklif so‘z-gaplar B) Modal so‘z-gaplar C) Inkor so‘z-gaplar D) Tasdiq so‘z-gaplar 15 / 25 15. Berilgan gapdagi kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? Ushbu joy bolaning g‘amini ham, hursandchiligini ham, sevgisini ham ko‘rgan. A) harakat nomi B) sifatdosh C) fe’l D) ravishdosh 16 / 25 16. Tasdiq ma’nosini bildiruvchi vositalar to‘g‘ri berilgan qatorni ko‘rsating? A) shunday, shekilli. B) noto‘g‘ri, aksinchа. C) yo‘q, bilmayman. D) ha, to‘g‘ri. 17 / 25 17. otmoq, bezatmoq- ushbu so‘zlar fe’lning qaysi nisbatiga kiradi? A) aniq nisbat B) majhul nisbat C) o‘zlik nisbat D) ortirma nisbat 18 / 25 18. Nuqtalar o‘rniga mos yuklamalarni qo‘ying. 1)Nok shirin bo‘ladi… , ammo hosilga kech kiradi… .2)Bu ishni sen… uddalarsan, biroq ukang eplarmikin? A) -yu; -da; - ku. B) -ku; -da; -ku. C) ham; -da; -ku. D) -u; -da; -ku. 19 / 25 19. Hozirgi zamon sifatdoshi berilgan gap qatorini aniqlang. A) Asrlar mobaynida rangini yo‘qotmay kelayotgan bo‘yoqlar siri kashf etilmadi. B) O‘zbekistonda uzoq vaqt davomida yartilgan me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. C) Kelajakda o‘zbek tilida o‘qiydigan maxsus dasturlar yaratiladi. D) Jahonda elektron texnika ixtiro qilgan konpaniyalar juda ko‘p. 20 / 25 20. Qaysi qatordagi qo‘shimchlar kelishik qo‘shimchalari hisoblanadi? A) -ona, -siz, -lab B) -gi, -chi, -kor C) -li, ba-, -bo D) -da, -ni, -ning 21 / 25 21. Quyidagi so‘zlardan ijobiy fazilatni ko‘rsatilgan so‘zlarni belgilang. A) dangasa B) ochiko‘z C) ishyoqmas D) oq ko‘ngil 22 / 25 22. Matni o‘qing. Qaysi meva yozda birinchi pishadigan meva deb tariflangan? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti. Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) Gilos, olma, o‘rik B) Uzum C) Qulupnay D) Handalak 23 / 25 23. Berilgan gaplardan shaxsi umumlashgan gaplarni toping. A) Bilmagan kasbga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. B) Nahorga oshga chiqing C) Keksalarni e’zozlaylik D) O‘ylab ko‘rsam u haq ekan. 24 / 25 24. Qaysi qatorda yordamchi fe’llar berilgan? A) qilmoq, olmoq B) kerak, bo‘ladi C) harakat, bo‘lmoq D) zarur, kerak 25 / 25 25. Quyidagi berilganlardan sodda sifat qatnashgan qatorni toping. A) katta, go‘zal B) harakatchan, shifobaxsh; C) havorang, qimmatbaho; D) tinchliksevar, jonkuyar; 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1