Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №13 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №13 InfoMaster Oktabr 24, 2022 165 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 1 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №13 19.10.2022 Toshkent savollari! Testni Toshev Anvar tayyorladi. 1 / 40 1. Rasmda jism tezlanishining vaqtga bog‘lanishi berilgan. Vaqtning qaysi oralig‘ida (s) jism tekis tezlanuvchan harakat qilgan? A) 0-1 B) 2-3 C) 0-3 D) 1-2 2 / 40 2. Javohir o’z tezligini 14 m/s dan 10 m/s gacha tekis kamaytirib bordi va jami 192 m masofa bosib o’tdi. Buninguchun qancha vaqt sarflangan (s)? A) 24 B) 90 C) 16 D) 8 3 / 40 3. Gorizontal yo`nalishda harakatlanib ketayotgan samolyotdan snaryad erkin tushib ketdi. Uning samolyotga nisbatan harakat trayektoriyasi qanday shaklda bo`ladi? A) parabola B) to`g`ri chiziq C) egri chiziq D) giperbola 4 / 40 4. O’lchamlari 0,5x0,4x0,1 m bo’lgan taxta suvli bakda0,6 m masofada turubdi. Suv taxtani pastki qismini qanday kuch (kN) bilan bosadi. Bu yerda 0,1 taxtaning qalinligi deb hisoblang. A) 1.2 B) 2.6 C) 12 D) 1.4 5 / 40 5. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektori… A) Moduli tekis kamayib, yo’nalishi o’zgarmaydi B) Moduli o’zgarmas, yo’nalishi uzluksiz o’zgarib turadi C) Moduli va yo’nalishi o’zgarmaydi D) Moduli tekis ortib, yo’nalishi o’zgarmaydi 6 / 40 6. Yuzalari 30 sm² va 330 sm² bo’lgan gidravlik press kuchdan necha marta yutuq beradi ? Ishqalanish yo’q. A) 11 B) 12 C) 9 D) 7 7 / 40 7. Avtomobil tekis harakat qilib 1 minutda 900m yo`lni bosib o`tdi. U qanday tezlik bilan harakat qilgan. A) 54 km/h B) 45 km/h C) 40 km/h D) 36 km/h 8 / 40 8. 0,3 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 20 t massali vagon 0,2 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 30 t massali vagonni quvib yetadi. Agar to‘qnashuv noelastik bo‘lsa, sistema to‘qnashuvda qancha (%) mexanik energiyasini yo‘qotadi? A) 12 B) 18 C) 8 D) 4 9 / 40 9. Jism o‘zgarmas tezlanish bilan harakat qilib, ketma-ket 2 sekund vaqt oralig‘ida 26m va 18m masofalarni bosib o‘tdi. Jism boshlang‘ich tezligini toping (m/s)? A) 90 B) 30 C) 18 D) 26 10 / 40 10. Suv muzlaganda massasi o'zgaradimi? A) o'zgarmaydi . B) suvning massasiga bog'liq C) kamayadi D) ortadi 11 / 40 11. Chang’ichi tepalikka ko’tarilayotib 3 km ga teng yo’lni o’rtacha 5,4 km/soat tezlik bilan bosib o’tadi. U pastga tushayotib 10 m/s tezlikda 1 km yo’l o’tadi. Chang’ichining butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini toping. A) 2 m/s B) 0,5 m/s C) 1 m/s D) 4 m/s 12 / 40 12. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m). A) 40 B) 440 C) 400 D) 360 13 / 40 13. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida .... A) Tok kuchi maksimum bo’lishi mumkin emas. B) Elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. C) Magnit maydon energiyasi maksimum bo’ladi. D) Magnit va elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. 14 / 40 14. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing. A) I=31,4 sin4•10⁸ πt B) I=0,314 sin10⁸ πt C) I=3,14 cos2•10⁸ πt D) I=0,314 cos10⁸ πt 15 / 40 15. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub? A) ferromagnetik B) diamagnetik C) paramagnetik D) Diamagnetik va paramagnetik 16 / 40 16. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidan nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo'lgan modda chiqarib olinsa, zanjirdagi zaryadning tebranish davri qanday o'zgaradi? A) 2 marta kamayadi B) 16 marta kamayadi C) 4 marta kamayadi D) 2marta ortadi 17 / 40 17. Agar jismga 3 s davomida 15 N kuch ta’sir etsa, jism impulsining o'zgarishi (kg·m/s) nimaga teng? A) 18 B) 60 C) 45 D) 5 18 / 40 18. 10 sm uzunlikdagi o`tkazgich induksiyasi 50 mTl bo`lgan magnit maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan. Amper kuchi o`tkazgichni o`zining yo`nalishida 8 sm siljitib, 0,004 J ish bajaradi. O`tkazgichdagi tok kuchi (A) qanday? A) 64 B) 10 C) 0,1 D) 0,01 19 / 40 19. Kislorod atomini ionlashtirish uchun 14 eVga yaqin energiya zarur. Ionlashtiruvchi nurlanishning chastotasini toping. h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s, e = 1,6·10-19 C A) 3,4•10 darajasi 15 Hz B) 34•10 darajasi 15 Hz C) 0,34•10 darajasi 15 Hz D) 6,8•10 darajasi 15 Hz 20 / 40 20. O‘zgarmas kuchlanish manbayiga 10 Ω , 16 Ω va 18 Ω qarshiliklar ketma-ket ulangan. Umumiy qarshilikni toping (Ω). A) 4,4 B) 44 C) 7,72 D) 4,235 21 / 40 21. Matematik mayatning uzunligi 2,5 m, unga osilgan sharchaning massasi 100 gr. Tebranish davrini hisoblang(s). g=10m/s2. A) 31,4 B) 3,14 C) 1,73 D) 6,28 22 / 40 22. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)? A) 2,4 B) 4,8 C) 1,2 D) 2 23 / 40 23. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi? A) Imax=Umax • √C/L B) Imax=Umax • √LC C) Imax=Umax / √LC D) Imax=Umax • √L/C 24 / 40 24. Kuchni 3 marta orttirib, yelkani 2 marta kamaytirsak, kuch momenti qanday o’zgaradi? A) 2 marta ortadi B) 6 marta ortadi C) 1,5 marta ortadi D) 3 marta ortadi 25 / 40 25. Og‘irlik deb ... A) jismning og‘irlik kuchi ta’sirida tayanchga va osmaga ta’sir qiluvchi kuchga aytiladi B) jismlar deformatsiyalanganda hosil bo‘ladigan kuchga aytiladi C) jismlarni yerga tortuvchi kuchga aytiladi D) jismlarning tinch holatda bo‘lishini ta’minlovchi kuchga aytiladi 26 / 40 26. Lift shiftidagi dinamometrga osilgan m massali yuk vertikal bo`ylab a tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikrligi k bo`lsa, bu prujina qanchaga uzayadi? A) m/k (a-g) B) k/m (a-g) C) m/k (g-a) D) m/k (g+a) 27 / 40 27. Atom bombalarining quvvati istalgancha katta bo’la olmasligining sababi nimada? A) Portlovchi moddaning har bir bo’lagining massasi kritik massadan kichik bo’lishi kerak. Bombaning quvvati bu bo’laklar soni bilan aniqlanadi. B) Portlovchi moddaning har bir bo’lagining massasi kritik massadan katta bo’lishi kerak. Bombaning quvvati bu bo’laklar soni bilan aniqlanadi. C) Bombaning quvvati uni tashkil qiluvchi zarralar soni bilan aniqlanadi. D) Bombaning quvvati istalgancha katta bo’lishi mumkin. 28 / 40 28. Atom E2 energiyali holatdan E1 energiyali holatga o'tganida nurlangan fotonning energiyasi qanday bo’ladi? A) E2 B) E1+E2 C) E1 D) E2- E1 29 / 40 29. 45 m balandlikdan erkin tashlab yuborilgan metall sharcha yerga elastik urilib, 5 m balandlikka ko’tarildi. Yerga urilish vaqtidagi sharcha impulsining o’zgarishini toping (kg·m/s). (m=5 kg). g=10m/s2. A) 400 B) 100 C) 200 D) 198 30 / 40 30. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida .... A) Magnit maydon energiyasi maksimum bo’ladi. B) Magnit va elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. C) Elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. D) Tok kuchi maksimum bo’lishi mumkin emas. 31 / 40 31. Radioaktiv elementning aktivligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Yarim yemirilish davrini toping. A) 2 sutka B) 4 sutka C) 1 sutka D) 8 sutka 32 / 40 32. Katodga 4 s davomida kelgan ionlarning umumiy zaryadi 16 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi? A) 1 B) 1,5 C) 6 D) 4 33 / 40 33. Elektr zanjir qarshiligi 4 Ω bo‘lgan rezistor EYUKi 12 V, ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan tok manbayidan iborat. Rezistorning kuchlanishi qanday? A) 8 V B) 4 V C) 2 V D) 12 V 34 / 40 34. 2 kg va 1 kg massali silindrlar qo`zg`almas blok orqali vaznsiz ipga osilgan. Bunda birinchi silindrning 4% qismi suvga botganda muvozanat vujudga kelgan. Silindrlarning zichligini (kg/m3 ) aniqlang. A) 80 B) 20 C) 100 D) 40 35 / 40 35. Elektr plita tuzatilayotganda uning spirali dastlabki uzunligining 0,2 ulushiga qisqartirildi. Bu holda plitaning quvvati necha marta ortadi? A) 1,2 B) 1,25 C) 0,8 D) 1,8 36 / 40 36. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo’l o’tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo’l o’tadi. A) 3000 m B) 3600 m C) 1800 m D) 6000 m 37 / 40 37. Agar boshlang’ich tezlikka ega bo’lmagan elektron yassi kondensatorda bir plastinkadan ikkinchisigacha bo’lgan yo’lni o’tganda 109 sm/s tezlikga erishganligi ma’lum bo’lsa, kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligini aniqlang(nC/m2). Plastinkalar orasidagi masofa 3 sm. εo=8.85·10-12 F/m, e=-1.6·10-19 C, me=9.1·10-31 kg. A) 84•10⁻⁹ B) 8,4 C) 84 D) 84•10⁻⁵ 38 / 40 38. C sig`imli kondensator q zaryad bilan, 2C sig`imli kondensator 3q zaryad bilan zaryadlangan. Bu kondensatorlar qutblarini teskari holda ulansa sistema elektr energiyasi qanchaga kamayadi? A) q²/12C B) 7q²/12C C) 25q²/12C D) 13q²/12C 39 / 40 39. Harakatsiz turgan jismning zichligi 840 kg/m3 ga teng. Jism inersial sanoq sistemasiga nisbatan 0,4 c tezlik bilan harakatlansa, bu sanoq sistemasida jismning zichligi qanday qiymatga (g/sm3 ) ega bo`ladi? A) 1 B) 0,42 C) 0,84 D) 0,917 40 / 40 40. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi? A) 40 B) 400 C) 4 D) 4000 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15