Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №13 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №13 InfoMaster Oktabr 24, 2022 136 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №13 19.10.2022 Toshkent savollari! Testni Toshev Anvar tayyorladi. 1 / 40 1. 45 kg massali bola 15 m/s tezlik bilan yurayotgan bòlsa, uning kinetik energiyasi (J) nimaga teng? A) 38954 B) 7654 C) 7462 D) 5062 2 / 40 2. Jism koordinatalari (6;5) bo’lgan nuqtadan koordinatalari (12;13) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Uning ko’chish moduli qanday (m)? A) 10 B) 6 C) 14 D) 8 3 / 40 3. To‘g‘ri shosse bo`ylab bronemashina OX o ‘q yo‘nalishida 20 m/s tezlik bilanharakatlanmoqda. Vaqt boshidan 10 s o‘tgan paytda u koordinatasi 100 m bo‘lgan nuqtadan o‘tadi. Vaqt boshidan 10 s avval u koordinatasi qanday bo‘lgan (m) nuqtada edi? A) 500 B) -100 C) -300 4 / 40 4. Agar baliq ovlaydigan iplarning uchiga bir xil kuch qo’yilsa, diametri 0,2 mm bo’lgan ipning nisbiy uzayishi diametri 0,4 mm bo’lgan ipning nisbiy uzayishidan necha marta kata? A) 3 B) 2 C) 8 D) 4 5 / 40 5. Yig’uvchi linzaning bosh optic o’qiga nisbatan 30° burchak ostida yorug’lik tushmoqda. Agar nur linzadan o’tgach bosh optic o’qdan 20cm masofada unga parallel tarqalsa, linzaning focus masofasini aniqlang (m). A) √3 B) 3 C) 0,2*√3 D) 81 6 / 40 6. +q hamda +2q nuqtaviy zaryadlar bir biridan 2r masofada turibdi. Ularning o`rtasida joylashgan A nuqtadagi potensial 3 V ga teng. A nuqtadan 2r masofaga Q nuqtaviy zaryad joylashtirilganda esa bu nuqtadagi potensial -3 V ni tashkil etdi. Q zaryadni toping. A) 12q B) -6q C) -12q D) 6q 7 / 40 7. G‘ildirak ω= 100πt rad/s burchak tezlik bilan aylanyapti. U 10 s da necha marta aylanadi? A) 500 B) 2500 C) 100 D) 50 8 / 40 8. Uzunligi 300 m, ko‘ndalang kesim yuzasi 1 cm² bo‘lgan misdan yasalgan sterjenning bikrligini (kN/m) aniqlang. Misning elastiklik moduli 120 GPa ga teng. A) 60 B) 20 C) 40 D) 80 9 / 40 9. Og‘irligi P bo‘lgan blokka A va B jismlar osilgan. Richak muvozanatda bo‘lishi uchun qancha F kuch qo‘yish kerak? Richak vaznsiz. A) 7,5p B) 10p C) 5p D) 6P 10 / 40 10. Bir jinsli valning uchidan 40 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi? A) 1 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi B) 2 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi C) 1 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi D) 2 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi 11 / 40 11. 1,2 kg massali jism aylana bo’ylab 5 m/s tezlikda harakatlanmoqda. Jism 90° ga burilganda uning impulsi qanday o’zgaradi (kg·m/s)? A) 7,5 B) 8,5 C) 6,25 D) 4,3 12 / 40 12. Lift shiftidagi dinamometrga osilgan m massali yuk vertikal bo`ylab a tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikrligi k bo`lsa, bu prujina qanchaga uzayadi? A) m/k (g-a) B) m/k (a-g) C) m/k (g+a) D) k/m (a-g) 13 / 40 13. Og‘irlik deb ... A) jismlarning tinch holatda bo‘lishini ta’minlovchi kuchga aytiladi B) jismlar deformatsiyalanganda hosil bo‘ladigan kuchga aytiladi C) jismning og‘irlik kuchi ta’sirida tayanchga va osmaga ta’sir qiluvchi kuchga aytiladi D) jismlarni yerga tortuvchi kuchga aytiladi 14 / 40 14. Kuchni 3 marta orttirib, yelkani 2 marta kamaytirsak, kuch momenti qanday o’zgaradi? A) 3 marta ortadi B) 2 marta ortadi C) 6 marta ortadi D) 1,5 marta ortadi 15 / 40 15. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo’l o’tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo’l o’tadi. A) 3000 m B) 3600 m C) 1800 m D) 6000 m 16 / 40 16. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidan nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo'lgan modda chiqarib olinsa, zanjirdagi zaryadning tebranish davri qanday o'zgaradi? A) 2marta ortadi B) 16 marta kamayadi C) 4 marta kamayadi D) 2 marta kamayadi 17 / 40 17. Agar jismga 3 s davomida 15 N kuch ta’sir etsa, jism impulsining o'zgarishi (kg·m/s) nimaga teng? A) 5 B) 60 C) 18 D) 45 18 / 40 18. Agar boshlang’ich tezlikka ega bo’lmagan elektron yassi kondensatorda bir plastinkadan ikkinchisigacha bo’lgan yo’lni o’tganda 109 sm/s tezlikga erishganligi ma’lum bo’lsa, kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligini aniqlang(nC/m2). Plastinkalar orasidagi masofa 3 sm. εo=8.85·10-12 F/m, e=-1.6·10-19 C, me=9.1·10-31 kg. A) 8,4 B) 84•10⁻⁹ C) 84 D) 84•10⁻⁵ 19 / 40 19. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida .... A) Elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. B) Magnit maydon energiyasi maksimum bo’ladi. C) Magnit va elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. D) Tok kuchi maksimum bo’lishi mumkin emas. 20 / 40 20. Atom E2 energiyali holatdan E1 energiyali holatga o'tganida nurlangan fotonning energiyasi qanday bo’ladi? A) E2- E1 B) E1+E2 C) E2 D) E1 21 / 40 21. Kislorod atomini ionlashtirish uchun 14 eVga yaqin energiya zarur. Ionlashtiruvchi nurlanishning chastotasini toping. h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s, e = 1,6·10-19 C A) 3,4•10 darajasi 15 Hz B) 6,8•10 darajasi 15 Hz C) 0,34•10 darajasi 15 Hz D) 34•10 darajasi 15 Hz 22 / 40 22. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi? A) 40 B) 4 C) 400 D) 4000 23 / 40 23. Harakatsiz turgan jismning zichligi 840 kg/m3 ga teng. Jism inersial sanoq sistemasiga nisbatan 0,4 c tezlik bilan harakatlansa, bu sanoq sistemasida jismning zichligi qanday qiymatga (g/sm3 ) ega bo`ladi? A) 0,917 B) 1 C) 0,84 D) 0,42 24 / 40 24. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida .... A) Magnit maydon energiyasi maksimum bo’ladi. B) Elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. C) Tok kuchi maksimum bo’lishi mumkin emas. D) Magnit va elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. 25 / 40 25. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 30 B) 27,3 C) 10 D) 17,3 26 / 40 26. Kunduzgi yorug'likda material qizil rangda ko'rindi. Agar qorong'ida shu materialga havorang nur tushirilsa, u qaysi rangda ko'rinadi? A) sariq B) qora C) qizil D) havorang 27 / 40 27. 2 kg va 1 kg massali silindrlar qo`zg`almas blok orqali vaznsiz ipga osilgan. Bunda birinchi silindrning 4% qismi suvga botganda muvozanat vujudga kelgan. Silindrlarning zichligini (kg/m3 ) aniqlang. A) 80 B) 100 C) 20 D) 40 28 / 40 28. C sig`imli kondensator q zaryad bilan, 2C sig`imli kondensator 3q zaryad bilan zaryadlangan. Bu kondensatorlar qutblarini teskari holda ulansa sistema elektr energiyasi qanchaga kamayadi? A) q²/12C B) 7q²/12C C) 25q²/12C D) 13q²/12C 29 / 40 29. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m). A) 40 B) 360 C) 440 D) 400 30 / 40 30. Matematik mayatning uzunligi 2,5 m, unga osilgan sharchaning massasi 100 gr. Tebranish davrini hisoblang(s). g=10m/s2. A) 3,14 B) 6,28 C) 31,4 D) 1,73 31 / 40 31. Atom bombalarining quvvati istalgancha katta bo’la olmasligining sababi nimada? A) Bombaning quvvati istalgancha katta bo’lishi mumkin. B) Portlovchi moddaning har bir bo’lagining massasi kritik massadan kichik bo’lishi kerak. Bombaning quvvati bu bo’laklar soni bilan aniqlanadi. C) Portlovchi moddaning har bir bo’lagining massasi kritik massadan katta bo’lishi kerak. Bombaning quvvati bu bo’laklar soni bilan aniqlanadi. D) Bombaning quvvati uni tashkil qiluvchi zarralar soni bilan aniqlanadi. 32 / 40 32. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)? A) 1,2 B) 4,8 C) 2 D) 2,4 33 / 40 33. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi shu hodisa uchun qaysi qonunning qo‘llanishidir? A) energiyaning saqlanish qonuni B) impulsning saqlanish qonuni C) zaryadning saqlanish qonuni D) tok kuchini saqlanish qonuni 34 / 40 34. Radioaktiv elementning aktivligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Yarim yemirilish davrini toping. A) 2 sutka B) 4 sutka C) 8 sutka D) 1 sutka 35 / 40 35. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub? A) paramagnetik B) Diamagnetik va paramagnetik C) diamagnetik D) ferromagnetik 36 / 40 36. α – zarraning tezligi 0 dan v=0,9 c gacha orttirilganda, uning massasi qanchaga ortadi? α-zarraning tinchlikdagi massasi m0=4,0 m.a.b. deb hisoblang. c=3·108 m/s. A) 5,8 m.a.b B) 5,2 m.a.b C) 2,6 m.a.b D) 10,4 m.a.b 37 / 40 37. Elektr plita tuzatilayotganda uning spirali dastlabki uzunligining 0,2 ulushiga qisqartirildi. Bu holda plitaning quvvati necha marta ortadi? A) 1,8 B) 1,2 C) 1,25 D) 0,8 38 / 40 38. 10 sm uzunlikdagi o`tkazgich induksiyasi 50 mTl bo`lgan magnit maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan. Amper kuchi o`tkazgichni o`zining yo`nalishida 8 sm siljitib, 0,004 J ish bajaradi. O`tkazgichdagi tok kuchi (A) qanday? A) 10 B) 0,01 C) 64 D) 0,1 39 / 40 39. XBS dagi o’lchamligi N/T·m bo’lgan fizik kattalik birligining nomi nima? A) Veber B) Genri C) Joul D) Amper 40 / 40 40. Elektr zanjir qarshiligi 4 Ω bo‘lgan rezistor EYUKi 12 V, ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan tok manbayidan iborat. Rezistorning kuchlanishi qanday? A) 8 V B) 2 V C) 12 V D) 4 V 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15