Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 926 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Berilgan gaplardan shaxsi umumlashgan gaplarni toping. A) Keksalarni e’zozlaylik B) Nahorga oshga chiqing C) O‘ylab ko‘rsam u haq ekan. D) Bilmagan kasbga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. 2 / 25 2. Bayon qilingan fikrning tartibini bildiruvchi modal so‘zlar qatnashgan gapni belgilang. A) Xususan, o‘zaro kelishuvga erishganliklari foyda keltirdi. B) Avvalo, ularning bu ishlari qayerdan boshlanganini bilish zarur. C) Demak, xulosa qilsak ham bo‘ladi. D) Aksincha, o‘quvchilar bir-biridan qolmaslik uchun harakat qildilar. 3 / 25 3. Matni o‘qing. Ostiga chizilgan so‘zlar qaysi so‘z turkumidaligini aniqlang? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti. Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) ot, ravish, fe’l B) ot, sifat, fe’l C) olmosh, sifat, fe’l D) sifat, ot, ravish 4 / 25 4. Quyidagilardan o‘tgan zamon sifatdoshi berilgan qatorni toping. A) Barchasi o‘tgan zamon sifatdoshi B) Ketadigan C) Ketgan D) Ketayotgan 5 / 25 5. Kim? Nima? so‘rog‘iga qaysi gap bo‘lagi javob bo‘ladi? A) Hol B) Aniqlovchi C) Ega D) To‘ldiruvchi 6 / 25 6. Matni o‘qing. Quyidagi berilgan sarlavhalardan qaysi biri matn uchun mos emas? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti.Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) Mehnat fasli B) Fasllar go‘zalligi C) Yozdagi mevalar D) Yoz tarovati 7 / 25 7. Berilgan gapdagi kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? Ushbu joy bolaning g‘amini ham, hursandchiligini ham, sevgisini ham ko‘rgan. A) fe’l B) ravishdosh C) sifatdosh D) harakat nomi 8 / 25 8. Noto‘g‘ri berilgan ma’lumotni belgilang. A) Ham yuklamasi alohida ajratib yoziladi B) -da chiziqcha bilan yoziladigan yuklama hisoblanadi C) Faqat yuklamasi ajratib yozilmaydi D) Qo‘shib yoziladigan yuklamalarga -mi, -gina kiradi 9 / 25 9. Ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida yasaladi? A) -li, -siz, be B) -sh, -ish, -moq C) -gan,-kan,-qan D) -gach, -guncha, -gani 10 / 25 10. otmoq, bezatmoq- ushbu so‘zlar fe’lning qaysi nisbatiga kiradi? A) aniq nisbat B) o‘zlik nisbat C) majhul nisbat D) ortirma nisbat 11 / 25 11. Quyidagi berilgan ma’lumotlardan qaysi biri noto‘g‘ri? A) Agar bo‘g‘lovchisi shart ma’nosini ifodalab keladi. B) Ya’ni bog‘lovchisi aniqlov ma’nosini ifodlab keladi. C) Zero bog‘lovchisi tartib ma’nosini ifodalab keladi. D) Chunki bog‘lovchisi sabab ma’nosini ifodalab keladi. 12 / 25 12. Vazifadosh ko‘makchi qatnashgan gapni toping. A) Biz yurtimiz uchun hamma narsaga tayyormiz. B) Bola kun sayin, soat sayin o‘sib borardi. C) Men do‘stim bilan kutubxonaga bordim. D) U tomon bir to‘da bollalar yugurib ketishdi. 13 / 25 13. Qaysi qatordagi qo‘shimchlar kelishik qo‘shimchalari hisoblanadi? A) -da, -ni, -ning B) -gi, -chi, -kor C) -li, ba-, -bo D) -ona, -siz, -lab 14 / 25 14. Ish-harakat va uning bajaruvchisi oʻrtasidagi munosabat nima deyiladi? A) vazifadosh shakli B) nisbat zamon shakli C) fe’l deyiladi D) bo‘lishsizlik shakli 15 / 25 15. Sifatdosh nechta zamon shakliga ega? A) bitta B) ikkita C) uchta D) to‘rtta 16 / 25 16. Ko‘rsatilgan misollardan mavhum otlar berilgan qatorni toping. A) havorang, tirma, yovuzlik B) chopmoq, o‘qish, yurak C) ezgulik, kiyik, avtobus D) vijdon, go‘zallik, sevgi 17 / 25 17. Nuqtalar o‘rniga mos yuklamalarni qo‘ying. 1)Nok shirin bo‘ladi… , ammo hosilga kech kiradi… .2)Bu ishni sen… uddalarsan, biroq ukang eplarmikin? A) -u; -da; -ku. B) -yu; -da; - ku. C) ham; -da; -ku. D) -ku; -da; -ku. 18 / 25 18. Matni o‘qing. Qaysi meva yozda birinchi pishadigan meva deb tariflangan? Yoz! Bu fasl haqida qancha gapirsang oz! Bog‘larga bir qarang! Olma, gilos, o‘riklar pisha boshlayapti. Ishkomlarda chillaki uzumlarga rang kiryapti. Polizlarda handalaklar dum beryapti. Yozning ilk ne'mati qulupnayni aytmaysizmi? Qulupnay, handalaklar pishganda dalaga yaqin borsang, hididan dimog‘ing yayraydi. Ko‘m-ko‘k, zilol suvlar, uzoq-uzoqlardagi tog‘larning cho‘qqilari “Bag‘rimga kel!” deb imlayotganday! Ha, yoz - soz fasl. Har yili yozni, dam olish oromgohlarini intiqlik bilan kutamiz. Biroq yoz faqat dam olish fasligina emas, mehnat fasli hamdir. Yozning issiq kunlarida shirin-shakar mevalar pishadi, polizlarda xilma-xil sabzavotlar yetiladi, bularning barchasi tinimsiz mehnatning natijasidir. Yoz faslida uy solish, xonalarni ta'mirlash kabi ishlarni bajarish ham rejalashtiriladi. Farzandlar dam olish bilan birga uy yumushlarida ota-onalariga ko‘maklashadilar. A) Qulupnay B) Gilos, olma, o‘rik C) Handalak D) Uzum 19 / 25 19. Quyidagi berilgan gaplarda nechta yuklama qatnashgan? 1)Yig‘ilishga faqat Murod kelmadi. 2)Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz-ku! A) to‘rtta B) ikkita C) uchta D) bitta 20 / 25 20. Quyidagi berilgan javoblardan mosini tanlab nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. ……… – tinglovchiga qaratilib, biror ish-harakatni bajarishga undaydigan gaplar: ma, mang, qani, marhamat, xo‘sh kabi so‘zlar. A) Tasdiq so‘z-gaplar B) Taklif so‘z-gaplar C) Inkor so‘z-gaplar D) Modal so‘z-gaplar 21 / 25 21. Bog‘lovchi bilan yasalgan gapda qanday ma’no ifodalab kelinmoqda? Chunki qorong‘u tushib qolgan edi. A) Sabab ma’nosi ifodalab kelinmoqda. B) Aniqlov ma’nosi ifodalanmoqda. C) Inkor ma’nosi ifodalab kelinmoqda. D) Shart ma’nosi ifodalab kelinmoqda. 22 / 25 22. Gapda olmoshning qaysi ma’no turi qatnashgan? Birovlarning fikri bilan kelajagingni qurma. A) bo‘lishsizlik B) o‘zlik C) gumon D) kishilik 23 / 25 23. Tasdiq ma’nosini bildiruvchi vositalar to‘g‘ri berilgan qatorni ko‘rsating? A) shunday, shekilli. B) ha, to‘g‘ri. C) yo‘q, bilmayman. D) noto‘g‘ri, aksinchа. 24 / 25 24. Undalmalar gapda qanday tinish belgilari bilan ajratiladi? A) undov, vergul B) ikki nuqta C) qavs, qo‘shtirnoq D) vergul, nuqta 25 / 25 25. Aniq nisbatda berilgan gapni aniqlang. A) Davron bilan Maqsud musobaqada ko‘rishdi. B) Respublikamizda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. C) U o‘zining kuchini shaxmatda ko‘rsatdi. D) Jinoyatchilar ishi qayta ko‘rildi. 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1