Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 828 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 3 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Berilgan gapda nechta payt holi ishtirok etgan? Kecha maktab tomonidan ikki marta majlis o‘kazildi va kelasi o‘quv yili uchun rejalar belgilandi. A) to‘rtta B) uchta C) ikkita D) bitta 2 / 25 2. Bo‘sh qoldirilgan joylarni kerakli qo‘shimchalar bilan to‘ldiring. Men ko‘p kitob o‘qiy…. Kerak... joylarini eslab qolish uchun kitob… varaqlarini buklab, ma’lumotlarning tagi… chizib qo‘yaman. A) -man; -lik; -ning; -ga; B) -man; -lik, -ni; -dan. C) -man; -li; -ni; -ga. D) -man; -li; -ning; -ga. 3 / 25 3. … egani yoki to‘ldiruvchini aniqlab, qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. A) hol va kesim B) hol C) kesim D) aniqlovchi 4 / 25 4. Berilgan gaplardan ot-kesimga misol bo‘la oladigan gaplarni belgilang. 1) Osmonimiz musaffo; 2) Qushlar uchib keldi; 3) Gullar ochildi; 4) Mehmon aziz. A) 1; 3 B) 2; 4 C) 1; 4 D) 3; 4 5 / 25 5. Vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan gapni toping. A) Birni kessang, o‘nni ek. B) Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘. C) Bu olmani ukam uchun oldim. D) Til qilichdan o‘tkir. 6 / 25 6. Matnni o‘qing. “Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish” ilmiy nazariyasi kim tomonidan takror isbotlanganligini belgilang? Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. -Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. -Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) Nyuton B) Kopernik C) Karol Yov D) Beruniy 7 / 25 7. To‘ldiruvchi quyidagi so‘z turkumlaridan qaysi biri bilan gapda ifodalanib kelmaydi? A) ot bilan B) yuqoridagi ifodalangan so‘z turkumlarining barchasi bilan ifodalanadi C) otlashgan sifat bilan D) sifatdosh bilan 8 / 25 8. Quyidagi ega haqidagi ma’lumotlardan nechtasi to‘g‘ri? Ega harakatning bajaruvchisini bildirib keladi. Ega kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi. Ega egalik va ko‘plik shaklarini qabul qiladi. A) uchtasi B) to‘rttasi C) bittasi D) ikkitasi 9 / 25 9. Quyidagi berilgan gaplarning nechtasida tire to‘g‘ri qo‘yilgan? 1) Ikki karra to‘rt – sakkiz; 2) Vatan – muqaddas; 3)Mening iqrorim – shu; 4) Niyatim – o‘qish; 5) Odob – insonning boyligi. A) Berilgan barcha holatlarda tire to‘g‘ri qo‘llangan. B) To‘rtta o‘rinda to‘g‘ri; uchta o‘rinda noto‘g‘ri. C) Uchta o‘rinda to‘g‘ri; ikkita o‘rinda noto‘g‘ri. D) Ikkita o‘rinda to‘g‘ri; uchta o‘rinda noto‘g‘ri. 10 / 25 10. Ushbu gapda holining qaysi turi ishtirok etgan? Gapiravermagach o‘zim so‘roqqa tutdim. A) sabab holi B) payt holi C) holat holi D) o‘rin holi 11 / 25 11. Berilgan gapdagi sifatdoshni aniqlang. Olimpiadaga qatnashuvchi talabalar jurnali yozildi. A) olimpiadaga B) yozildi C) qatnashuvchi D) talabalar 12 / 25 12. Qavs ichidagi ma’nolar ifodalanishi uchun nuqtalar o‘rniga qaysi so‘z qo‘yilishi lozim? Ovqatni … (“ulashmoq”), qamchi … (“urmoq”), qo‘yni … (“o‘lchamoq”). A) bermoq B) uzmoq C) urmoq D) tortmoq 13 / 25 13. Matnni o‘qing. Unga mos nomni aniqlang. Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) Olimlarning ilmiy tadqiqotlar B) Sharq olimlari C) Insoniyat tamadduni D) Kashfiyot va ixtirolar 14 / 25 14. Berilgan gapda nechta to‘ldiruvchi qatnashgan va to‘ldiruvchining nechtasi otlashgan sifat bilan ifodalangan? Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. A) Gapda bitta to‘ldiruvchi bor. To‘ldiruvchi otlashgan sifat bilan ifodalanmagan. B) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Bittasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. C) Gapda uchta to‘ldiruvchi bor. Ikkatasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. D) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Ikkalasi ham otlashgan sifat bilan ifodalangan. 15 / 25 15. Ikkinchi darajali bo‘laklarga nimalar kiradi? A) ega, kesim B) hol, kesim, ega C) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol D) faqat kesim. 16 / 25 16. Gapdagi // o‘rnida qanday tinish belgisi bo‘lishi kerak? Pul bo‘lsa // changalda sho‘rva. A) tire B) ikki nuqta C) vergul D) nuqtali vergul 17 / 25 17. Sabab holi ishtirok etgan gapni belgilang. A) Olimjon orqada qoldi. B) Dushman chorasizlikdan taslim bo‘ldi. C) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur. D) Kecha majlis bo‘ldi. 18 / 25 18. Qaysi gapda yasama so‘zlar soni nisbatan ko‘proq? A) Kimki berahmdir — rahm qilinmas, Kechirmaganlarni kechirmas Olloh. B) Biror yangilik eshitib qolsangiz, bizni xabardor qiling. C) Ota-onaning roziligi umrni ziyoda qiladi. D) Istarali kishining kiyimidagi yamoqlar ham yarashib turadi. 19 / 25 19. Quyidagi berilgan gapning turini aniqlang. Sayohatga juda erta kelibsan. A) Inkor gap B) Buyruq gap C) Tasdiq gap D) Yig‘iq gap 20 / 25 20. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etgan? A) O‘rta asrlarda Xitoy va Hindiston paxtaning vatani hisoblangan. B) Usmon Nosir juda qisqa umr ko‘rdi. C) Anvar va men musobaqaga ertaga soat sakkizda boramiz. D) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. 21 / 25 21. Berilgan gapda necha oʻrinda vergul tushib qolgan? Darhaqiqat bolalarning xulqi odobi yurish-turishi koʻcha-koʻyda mahallada oʻzini tutishi doʻstlari orasidagi obroʻ-e’tibori oila yumushlariga qoʻshayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim. A) 6 oʻrinda B) 8 oʻrinda C) 7 oʻrinda D) 5 oʻrinda 22 / 25 22. Kelishik qoʻshimchalarini qoʻllash bilan bogʻliq xatolik uchraydigan javobni aniqlang. A) Maqsadlarimizga erishish uchun oldimizda turgan toʻsiq va gʻovlarni yengib oʻtishimiz kerak. B) Salohiyatimizni yurtimizning xalqaro maydondagi obroʻ-e’tibori oshishi uchun safarbar etamiz. C) Nasimning otasi Qoʻqonnigina emas, butun xonlikning tanilgan kishilaridan edi. D) Xalqimizning eng noyob fazilatlaridan biri – uning bir tan, bir jon boʻlib yashashidir. 23 / 25 23. Qaysi javoblarda gap bo‘laklariga to‘g‘ri ajratilgan? Aziza ertalab she’r yozadi. A) kesim, to‘ldiruvchi, hol, kesim B) ega, kesim, to‘ldiruvchi, hol C) hol, ega, to‘ldiruvchi, kesim D) ega, hol, to‘ldiruvchi, kesim 24 / 25 24. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Bu hududning tabiati, havosi, sharoiti juda yaxshi. A) ega B) hol C) kesim D) aniqlovchi 25 / 25 25. Berilgan namunalardan qaysi birida bog‘lovchi vositasida qo‘llanuvchi so‘zlar berilgan? A) goho, ba’zan, goh B) deb, bo‘lsa, esa C) shuning uchun, agar D) biroq, ammo, lekin 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1